• Lavozimiga oid majburiyatlari
  • 4. Javobgarligi
  • Xomashyo omborchisining lavozim yo`riqnomasi. Bilishi shart bo`lgan omillar




    Download 20,76 Kb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi20,76 Kb.
    #247522
    Bog'liq
    Doljnostnaya Instruksiya


    Xomashyo omborchisining lavozim yo`riqnomasi.



    1. Bilishi shart bo`lgan omillar:




    • Xomashyo ( qog`oz turlari)ni ajrata olish.

    • Qog`oz o`lchamlarini aniqlash va sortirovkalash (klassifikatsiyalash).

    • Taroziga tortish va o`lchash qoidalarini bilish

    • Yaroqsiz (brak) bo`lgan qog`ozlarni deffektini ajrata olish

    • Xom ashyoni qabul qilish, yuklash va ichki transportirovka qilish qo`idalari




    1. Lavozimiga oid majburiyatlari: 




    • Xomashyo maxsulotlarini qabul qilish jarayonida, uni to`gri sanay bilishi (og`irligi, uzunligi va soni) kerak

    • Korxona omboriga kirib kelgan xomashyo qadoqlash varog`I (upakovochniy list) bo`yicha birma-bir tekshirib qabul qilish

    • Xomashyo mollarini o`z o`rniga tartib bilan joylashtirish va saqlash

    • Bajarilgan va qabul qilingan ishlarni hujjatlashtirish.

    • Texnika havfsizligi va yong`in havfsizligi qonun qoidalariga qat`iy rioya qilish

    • Korxona xodimlari bilan yaxshi muomalada, xurmat va izzatda, murosada, muomala madaniyatida va diplomatik etiketda murojat qilish majburiyatiga ega




    1. Huquqlari:




    • Xomashyoni qabul qiluvchi o`z qo`li ostidagi yuk tashuvchi (gruzchik), transport vositalari (avtokara va transpallet) larini ishlatuvchi xodim va xaydovchilariga xizmat doirasidagi topshiriq, vazifa, tartibli ishlash uchun ko`rsatmalar berish uchun funksiyalanal majburiyati va huquqlari bor.

    • Omborchi xomashyoni qabul qilayotgan vaqtda va topshirayotgan vaqtda xomashyoga tegishli hujjatlarni talab qilishi, tekshirishi va sanash huquqlariga ega.

    • Sanaganda, tekshirish jarayonida, yoki og`irligini o`lchaganda hujjatga mos kelmagan paytda xomashyoni qabul qilmaslik yoki rad etish huquqi bor.

    • Yaroqsiz xolatga kelgan (brak) mahsulotlarni qabul qilmaslik va o`z omborida saqlamaslik huquqi bor.

    • Xomashyo omboriga ta`luqli xodimlar o`rtasida majlis, tadbir va tushuntirish ishlarini o`tkazish huquqi bor.

    4. Javobgarligi:



    • Xom ashyo omborchisi, omborda saqlanayotgan tovar moddiy boyliklarining soniga (og`irligiga) va qiymatiga javobgar.

    • Korxona omboriga ta`luqli maxsulotlarni hujjat bo`yicha qabul qilishi va o`z vaqtida rasmiy hujjat asosida topshirishga javobgar.

    • Hisob kitobni to`g`ri, o`z vaqtida va aniq yuritishi kerak.

    • Omborda saqlanayotgan tovar moddiy boyliklarini suvdan, yong`indan, oftobdan va changdan saqlashi, o`z sifatini yo`qotmasligi shart va hududi doirasini va maxsulotlarni tozaligiga javobgar

    • Omborda turgan xomashyo soni, og`irligi, turi va mioqdori haqiqatdagi (fakticheskiy) soniga mos kelishiga javobgar.

    • Har bir jarayondagi,kirim,chiqim, qoldiq(balans) hujjatlarini korxonaning ombor mudiriga,bosh Hisobchisiga, ta`minot bo`limiga va korxona Rahbariga ma`lumotlarni o`z vaqtida berish javobgaligiga ega.

    • Omborchi maxsulot saqlash bo`yicha chiqarilgan Davlat qonun qoidalariga, Jinoyat kodekslariga va Korxona Rahbari chiqargan buyrug`iga qarshi xarakatlarni qilmaslikka javobgardir.

    • Omborda saqlanayotgan tovar moddiy boyliklarining soni va sifatiga shaxsan javobgar.

    Yo`riqnoma bilan tanishdim va bajaraman
    Xomashyo ombori omborchisi R. R. Ahundjanov


    Download 20,76 Kb.




    Download 20,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xomashyo omborchisining lavozim yo`riqnomasi. Bilishi shart bo`lgan omillar

    Download 20,76 Kb.