Xorazm viloyati hazorasp tumani 45 umumiy oʻrta taʻlim




Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.03.2024
Hajmi0.5 Mb.
#166259
  1   2
Bog'liq
XORAZM VILOYATI HAZORASP TUMANI 45
Hujjatlar maxfiyligini saqlash, MA\'MURA, Abdurahimov Humoyun, 25,01,2023, MInMax dart, 3537, 025253985, lk 15 KAPSULY dlya studentov, 3-t, РАЗВИТИЕ СТАТИСТИКИ В РОССИИ, СИСТЕМНО КВАНТИТАТИВНЫЙ ПОДХОД В ЛИНГВИСТИКЕ, Soliq va soliqqa tortish fanidan glossariy, .........Kurs ishi-2....., Bizning sinfimiz metodikasi (3), презентация на тему ХАЛҚАРО БАҲОЛАШ ДАСТУРЛАРИНИНГ СТАНДАРТЛАРИДА (FRAMEWORK) ҚАЙД ЭТИЛГАН КОМПЕТЕНЦИЯЛАР


ʻ
ʻ
ʻ



XORAZM VILOYATI HAZORASP TUMANI 45 - UMUMIY OʻRTA TAʻLIM 
MAKTABI 
BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI 
FANLARINI OʻQITISHDA YANGI PEDOGOGIK VA PSIXOLOGIK 
METODLARNING OʻRNI HAMDA DARSDAGI SAMARASI
Berganova Shoira Qodirovna 
45-sonli makatbning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi 
Hazorasp 2024 



Kirish 
Annotatsiya: Ushbu qoʻllanmada boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish 
savodxonligi darslarini samarali tashkil etish xususida fikr yuritiladi, yaʻni dars 
davomida oʻquvchilarni dars jarayoniga turli didaktik oʻyinlar yordamida jalb 
qilishning bir necha usullari koʻrib chiqiladi.
Kalit soʻzlar: zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oʻyinli texnologiyalar, ―Kim 
soʻz topadi‖ oʻyini, ―Soʻz top‖ oʻyini, ―Soʻzlar zanjiri‖ oʻyini, ―Palindrom‖ oʻyini. 
Respublikamizning xalq taʻlimi oldida turgan asosiy vazifasi har tomonlama kamol 
topgan sogʻlom, qobiliyatli, oʻz Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va 
ularni voyaga yetkazishdan iboratdir . Bu ulugʻ maqsadni roʻyobga chiqarish xalq 
taʻlimi tizimiga qarashli barcha xodimlar va oʻqituvchilar ommasidan oʻz ishiga 
ijodiy yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish xilma-xil metodik 
usullarni oʻylab topish hamda uni maktab hayotiga tadbiq etishni talab qiladi. 
Bugun maktablarda taʻlim olayotgan oʻquvchilar ilm-fan, texnika taraqqiyoti 
erishgan bir qator yutuqlardan bahramand boʻlgan maʻlum darajada bilimli 
kishilardir. Oʻquvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli 
mashgʻulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Psixologlarning 
aniqlashicha bolalar oʻqituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan 
maʻlumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali oʻzlari mulohaza 
yuritib mustaqil bajargan ishlari vositasida oʻzlashtirilgan bilimlarini uzoq esda 
saqlab qoladilar. Chunki oʻquvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat 
koʻrsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda koʻplab oʻquv materiallarini 
hayolidan oʻtkazadi. Oʻxshash hodisalarni taqqoslaydi. Oʻzicha mulohaza yuritib 
mustaqil hukm chiqaradi. Dars jarayonida koʻproq pedagogik texnologiyaning 
oʻyin texnologiyalari turidan foydalaniladi. Hozirgi kunda zamonaviy oʻqituvchi 
dars jarayonida aktyor emas, balki ―rejissyor‖ boʻlishi zarur. U oʻz oʻquvchilarini 
fanga ijodkorlik bilan qarashlarini tashkil etish, ularda izlanuvchanlik 
xususiyatlarini shakllantirish, shuningdek zamonaviy pedagogic texnologiyalardan 
foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak. Buning uchun esa oʻqituvchi yangi 
taʻlim usullari va metodlarini bilishi, dars jarayonida ulardan samarali foydalanishi 
maqsadga muvofiq. 2023-yil ham bejizga ―Insonga eʻtibor va sifatli taʻlim yili‖deb 
nomlanmagan.Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish nima uchunkerak? Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ortiqcha ruhiy 
va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish 
maqsadini nazarrda tutadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri boʻlgan 
oʻyinli texnologiyalar – taʻlim oluvchilarni



faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, taʻlim jarayonining markazida 
taʻlim oluvchi boʻlgan metod. Oʻyinli texnologiyalarni dars jarayonida qoʻllash: 
―Kim soʻz topadi?‖ oʻyini Bu oʻyin oʻquvchilar yoki guruhlar asosida oʻtkazilishi 
mumkin. Sinfdagi oʻquvchilar 3 guruhga boʻlinadilar. Har bir guruhga alohida 
topshiriq beriladi. 
1-guruh
OT 
Lola 
Ilon 
Ipak 
3-guruh 
FEʻL 
Ishladi 
Nolidi 
Aldadi 
2-guruh 
SIFAT 
Aqlli 
Nordon 
Kalta 
Yozuvdagi oʻyinda har bir guruh soʻzlar topishadi. 1-guruh kim?, nima? soʻrogʻiga 
javob boʻladigan soʻzlarni, 2-guruh qanday?, qanaqa? soʻrogʻiga javob boʻlgan 
soʻzlarni, 3-guruh nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? soʻrogʻiga javob 
boʻlgan soʻzlarnitopishlari kerak boʻladi. Bunda guruhlar soʻzlarning oxirgi harfiga 
soʻz topishadi.OʻYINNING 2- VARIANTI 
Oʻquvchilarga matn beriladi. Shu matn ichidan 1-guruh kim?, nima? soʻroqlariga 



javob boʻlgan soʻzlarni, 2-guruh qanday?, qanaqa? soʻroqlariga javob boʻlgan 
soʻzlarni, 3-guruh nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? soʻroqlariga javob 
boʻlgan soʻzlarni topib yozishlari kerak boʻladi. Namuna: 
Oshxonami yo nonga, 
Borsang bozor, doʻkonga. 
Navbatingni kut, bolam, 
Toqatsiz boʻlma, Hamdam! 
Teatrmi, kinomi, 
Avtobus yo metromi, 
Navbatingni kut doim, 
Deydilar oyijonim. 
Kimda tartib, yoʻq toqat, 
Dakki eshitar faqat 
Xudbinlikdan boʻl yiroq, 
Hurmat topasan, oʻrtoq! 
Dilshod Rajab 
1-guruh 2-guruh
Toqatsiz
Oshxona, non, 
bozor, doʻkon, 
navbat, bola, 
Hamdam, teatr, 
kini, avtobus, 
tartib, metro, 



toqat oyijonim, 
xudbinlik 
Oʻquvchilarga shu boʻgʻinlarni ishtirok ettirib, yangi kim?, nima? soʻroqlariga 
javob boʻlgan soʻzlarni tuzish topshirigʻi beriladi. Toʻgʻri va koʻp soʻz tuzgan 
oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi. Bu oʻyinni guruh boʻlib oʻynasa ham boʻladi. 
Oʻquvchilar topishi mumkin boʻlgan soʻzlar -ma 
-me 
-mon 
Malika, mashina, olma, tabriknoma, mahorat, … 
―SOʻZLAR ZANJIRI‖ OʻYINI 
Ushbu oʻyinni boshlangʻich sinflarning hammasida oʻtkazish mumkin. U 
oʻquvchilarning har bir soʻzga, uning tuzilish tomoniga eʻtibor berilishini taqozo 
etadi. Oʻyinni oʻtkazish uchun kim?, nima? soʻroqlariga javob boʻlgan istalgan bir 
soʻz olinadi. Tanlangan soʻz qaysi tovush bilan tugasa keyingi soʻz kim?, nima? 
soʻroqlariga javob boʻladigan, oʻsha tovush bilan boshlanadigan boʻlishi zarur. 
Oʻquvchilar kerakli soʻzni tez topishadi va oʻz ijodlarining natijasini birdan koʻra 
oladilar. Bu ularga oʻzgacha zavq beradi. Oʻyin qiziqarli boʻlishi uchun bir qator 
oʻquvchilar yoki alohida guruhlar oʻrtasida oʻtkazilsa yanada yaxshi boʻladi. 
Bahor, Robiya, alla, anor, randa, arra, asal, lola, archa, apelsin, Navoiy, yongʻoq, 
qop, paxta, ananas, somsa, ayiq, qoʻl, lochin, nina, … 
Soʻzlar zanjri oʻyinini aniq mavzularda ham oʻtkazish mumkin. Fikrlash faoliyati 
rivojlangan va soʻz zahirasi boy boʻlgan oʻquvchilar orasida bunday oʻyinlarni 
oʻtkazsa boʻladi. Ayrim sinflarda toʻrt-besh faol oʻquvchi boʻlsa ham ushbu oʻyin 
turini oʻtkazish imkoniyati boʻladi. Dastlabki oʻyinlarda bir guruh oʻquvchilar 
qatnashishsada, keyingi mashgʻulotlarda ularning safi kengayib boradi. Boshqa 
oʻquvchilar ham koʻplab soʻzlarni oʻzlashtirib oladilar. Oʻyinni boshqa soʻz 
turkumlariga bogʻlab ham oʻtkazish mumkin. Oʻquvchilar bu oʻyinni bajarish bilan 
maʻlum bir soʻz turkumi yuzasidan bilimlari ham mustahkamlanib boradi. 
Qanday?, qanaqa? soʻroqlariga javob boʻladigan soʻzlar ishtirokida oʻyinni 
uyushtirish: oq, qora, aʻlochi, issiq, qizil, laziz, zolim, moviy, yorqin, nordon, 
nozik, koʻk, koʻkish, shirin, … 



Bu turdagi oʻyinlarni ismlar, hayvonlar, harakat bildirgan soʻzlar, poliz ekinlari 
singari mavzularda ham oʻtkazish mumkin. Soʻzlar zanjiri oʻyini har bir soʻzga 
diqqat bilan qarashni, uning maʻnosi va tashqi koʻrinishiga alohida eʻtibor berishni 
talab qiladi. OʻYINNING 2-VARIANTI 
Ikki oʻquvchi bir vaqtning oʻzida doskaga chiqadi va birinchisi kim?, nima? 
soʻroqlariga javob boʻladigan soʻzlardan, ikkinchisi esa qanday?, qanaqa? 
soʻroqlariga javob boʻladigan soʻzlardan soʻz zanjiri tuzish oʻyinini oʻtkazadi. 
Qaysi oʻquvchi yozuvdan bir daqiqa toʻxtasa yengilgan sanaladi. Kim koʻp soʻz 
topgan boʻlsa gʻolib hisoblanadi. Oʻyinning shartiga koʻra biror soʻz ham qaytarib 
yozilmaydi. 
1-oʻquvchi: anjir, rubob, botir, ruchka, aka, anhor, roʻmol, lola, ayiq, qop, … 
2-oʻquvchi: qizil, lola, anor, ruchka, ayiq, qop, paxta, anhor, randa, ananas, somsa, 
apelsin, … 
―PALINDROM‖ OʻYINI 
Palindrom- chapdan oʻngga va oʻngdan chapga ham bir xil oʻqiladigan soʻzlar 
topish oʻyini hisoblanadi. Bu oʻyin qadimgi yunonistonda vujudga kelgan. U 
―Palindromos‖ soʻzidan olingan. Bizning tilimizga tarjima qilganda ―teskari 
yuruvchi‖ degan mazmunni anglatadi. Bu oʻyinni hamma yoshdagi kishilar ham 
zavq bilan oʻynashadi. Uzoq kuzatishlar natijasida ushbu oʻyinning eng qiziqarli 
shakli ikki guruh boʻlib oʻtkazish hisoblanadi.Boshlangʻich sinf oʻquvchilari bilan 
oʻtkazilganda bir boʻgʻinli soʻzlardan koʻproq foydalanishadi. Tilimizda bir, Ikki 
boʻgʻinli soʻzlar koʻp uchraydi. Uch boʻgʻinli soʻzlar ham bor. Oʻyinni ikki guruh 
oʻrtasida musobaqa tarzida oʻtkazish quyidagicha amalga oshiriladi. 
Har bir guruh ishtirokchilari xattaxtaga chiqib oldidan va orqasidan bir xil 
oʻqiladigan, kim?,nima? soʻroqlariga javob boʻladigan soʻzlar yoki qanday?, 
qanaqa? soʻroqlariga javob boʻladigan soʻzlar yozishi va soʻzlardagi harflar sonini 
koʻrsatishi talab qilinadi. Oʻyinning shartida guruhlarga beshta, oʻnta, oʻn 
beshtadan soʻzni navbatma-navbat yozish talab qilinadi. Oʻquvchilarning 
tayyorgarligiga qarab istalgancha soʻzlar sonini belgilash mumkin. 
I guruh 
1. non -3 



2. lol -3 
3. quduq -5 
4. alla- 4 
5. amma -4 
6. Aziza-5 
II guruh 
1. tut -3 
2. bob -3 
3. aka -3 
4. arra -4 
5. katak -5 
6. qozoq -5 
Koʻrinib turibdiki, oʻyin davomida ikkala guruh ham oltitadan soʻz yozdi. Birinchi 
guruhdagi bolalar yozgan soʻzlardagi harflar soni 24 ta, ikkinchi guruh 
oʻquvchilari yozgan oltita soʻzda 23 ta harf ishlatildi. Demak, ikkinchi guruh 
oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.Oʻquvchilar foydalanishi mumkin boʻlgan 
soʻzlar: Non, aka, kek, bob, sas, lol, acha, 
mum, tut, amma, alla, arra, obbo, kiyik, kuchuk, qochoq, qozoq, Aziza, katak, 
quduq, 
kallak, tabobat aqiqa, Tashat (Toshmamat). 
Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinf darslarini qiziqarli tashkil etish bilim 
oʻzlashtirish jarayonidagi mashaqqatlarni osongina yengib oʻtishga yordam beradi. 
Boshlangʻich sinf darslari uzluksiz taʻlim tizimida bilimli yoshlarni tayyorlashdagi 
muhim davr hisoblanadi. Shu sababli doimiy ravishda amaliyotchi oʻqituvchilar, 
tadqiqotchilar metodist olimlar faoliyatining muhim tadqiqot obʻekti boʻlib 
kelmoqda. Boshlangʻich sinf darslari asosan alifbe, ona tili va oʻqish savodxonligi 
darslari shaklida amalga oshirilib, 



bunday darslarda analitik metod, sintetik metod, harfiy metod bilan birgalikda 
taʻlimiy oʻyinlardan ham keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kichik maktab 
yoshidagi bolalar hayoti va faoliyatida asosiy yetakchi oʻrin tutadi. Ular har bir 
topshiriq yoki vazifani oʻyin bilan uygʻunlashtirgan holda amalga oshirishga 
harakat qiladilar. Tajribali boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻyindan bolalar uchun 
yangi va murakkab boʻlgan taʻlim jarayonini qiziqarli tashkil etish usuli sifatida 
foydalana oladilar. Taʻlimiy oʻyinlar boshlangʻich taʻlim jarayonini 
qiziqarli tashkil etish bilan birga bolalarni aqlan va jismonan chiniqtirish 
vazifalarini ham oʻtaydi. Boshlangʻich taʻlim jarayonida didaktik oʻyinlardan 
foydalanishga doir metodik qoʻllanmalar, koʻrsatmalar, koʻrgazmali qurollar 
tayyorlanishi va nashr etilishi hozirgi kun talablaridan biridir. 
Svetafor oʻyini 
Qizil rang oʻqituvchi tomonidan koʻrsatilganda otga doir
misollarni tez-tez aytishadi. Sariq rangda sifat hamda yashil rangda feʻlga oid 
soʻzlarni aytishadi. Bu oʻyin orqali oʻquvchi tez fikrlaydi va soʻz turkumlariga oid 
bilimlari malakaga ayladi.
Kim tez topar? 
Bu oʻyinda oʻquvchilarda rasm boʻladi. Masalan biror mavzudagi obidalar yoki 
binolar. Ikki oʻquvchi oʻyinni olib boradi. Beshgacha sanagandan keyin oldlariga 
oʻgiriladilar kim tez joy nomini topsa, shu oʻquvchi gʻolib boʻladi. 
Xazinani top metodi 
Oʻquvchilarning kitoblari orasiga uchta soʻz yashirib chiqiladi. Uch guruhdan 
bittadan oʻquvchi chiqadi va oʻsha soʻzlarni izlab topadi. Topilgan soʻzda gap hosil 


10 
qilishadi. Daraxtning ildizi qanchalik chuqur va tarmoqlangan boʻlsa, u shunchalik 
mustahkam, uning umri shunchalik davomli, hosili esa moʻl-koʻl boʻladi. Insoniyat 
koʻp ming yillik taraqqiyoti davomida jamiyatni rivojlantirishning taʻlim, ilm va 
hunardan samaraliroq vositasini kashf qila olgan emas. Shu sababli ham taʻlim, 
ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, 
uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omildir [1]. Shu sababdan bugungi 
kunda tarbiyani maktabgacha taʻlim tizimidan shakillantirib borish lozim. 
Shu maʻnoda mamlakatimiz bogʻchalari bolalariga kompyuter 
texnologiyalari asosida oʻquv mashgʻulotlarni tashkil qilish yanada samarali 
natijalarga erishishga koʻmak boʻladi. Bunda biz, milliy ertaklarimiz 
qahramonlaridan (Masalan: Nasriddin Afandi, Zumrad, Qimmat va b.) foydalanib, 
ingliz tilida zamonaviy didaktik oʻyin dasturlarini tashkillashtirish bolalarning soʻz 
boyligini oshirishda yordam beradi. 
Ayrim tadqiqotchilar oʻyinlarni tashkil etishda quyidagi bosqichlarni ajratib 
koʻrsatadilar: a) tayyorgarlik; b) tashkiliy; v) oʻyin harakatlari; g) yakuniy. Bu 
bosqichlar oʻz xususiyatlari, oʻyinga sarflangan vaqt, bolalarning mustaqilligi va 
tarbiyachi faoliyatiga koʻra bir-biridan farq qiladi. 
Bu bosqichlarni metodik jihatdan quyidagicha taʻminlash maqsadga 
muvofiq:Birinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich uchun vaqt koʻproq 
ajratiladi. Anʻanaviy darsdan koʻra didaktik oʻyin tashkil etish murakkabroq 
jarayondir. Bu bosqichda oʻqituvchining asosiy vazifasi oʻyin qoidasini ishlab 
chiqish, bolalarga ana shu qoidani oʻrgatish, oʻyinning maqsadi va vazifalarini 
tushuntirishdan iboratdir.Oʻyinlarga tayyorgarlik bosqichida quyidagi masalalar 
hal etiladi:1) oʻyinning maqsadini belgilash, yaʻni oʻyin orqali bolalar 
oʻzlashtirishi lozim boʻlgan soʻzlar va koʻnikmalar hajmi aniqlanadi; 
2) quyidagi talablarga javob beradigan vaziyat yaratiladi; 


11 
a) oʻyinning bolalarning tayyorgarlik darajasi, yosh xususiyatlari 
hamda oʻquv ishlaridagi aniq muammolarga mos boʻlishi; 
b) oʻyin koʻrinishlarini aniq belgilash, yaʻni oʻyin tarkibiga kiruvchi 
holatlarni ayrim qismlarga ajratish; 
3) oʻyin qoidasini ishlab chiqish, har bir ishtirokchiga alohida- alohida 
vazifalar belgilash. Tasodifiy holatlar sodir boʻlganda nimalar qilish kerakligi, 
oʻyinning boshlanishi va tugatilishi, harakatlar soni koʻzda tutiladi; 
4) oʻyinning tafsilotini yozish. Bunda oʻyinlar uchun boshqaruvchi va 
har bir ishtirokchining harakatlari tasvirlangan maxsus koʻrsatma tayyorlanadi. 
Ikkinchi bosqich – oʻyinni tashkil etish. Bunda, avvalo, oʻrganilayotgan 
mavzuga oid oʻyinning boshlanishi haqida bolalarga xabar qilish; oʻyin tayyorlash 
va oʻtkazish uchun boshqaruvchi tanlash, saylash ishlari amalga oshiriladi. 
Uchinchi bosqich – oʻyinni oʻtkazish. Oʻyinni oʻtkazish uslubi qatʻiy 
belgilanmaydi. Bolalarga erkinlik beriladi va ularning oʻyindagi ijodkorligi 
ragʻbatlantirib boriladi.Toʻrtinchi bosqich – oʻyin natijalarini tahlil qilish. 
Oʻyindagi hal qiluvchi mavqega ega boʻlgan bu bosqichda bolalarning oʻyin 
jarayonida oʻzlashtirgan bilimlari tartibga solinadi.Undan tashqari quyidagi 
fikrlarni ham tahlil qilish mumkin. Oʻyinning choʻzilishi va mazmuni oʻzgarishi 
bilan oʻyinchogning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham oʻzgarib boradi 
va x.k. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijodiy oʻyinning rivojlanib borishi. Uch 
yoshdagi bolalarning oʻyinlari yangi tus oladi:masalan, bola mashina yasab uni 
boshqaradi. Kattalar undan sen kimsan?- deb soʻrasa, "Haydovchiman" deb javob 
beradi. Yoki qoʻgʻirchogʻqa ovqat pishirayapti. "Sen kimsan?"- degan savolga 
"Men oshpazman" deb javob beradi. 
Oʻyin mavzusi oʻzgarishi bilan oʻyinda qatnashuvchilarning ham oʻzaro 
munosabatlari oʻzgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri oʻz xolicha oʻynasa, 


12 
keyinchalik 2-3 qishi boʻlib oʻynay boshlaydi. Oʻrta maktabgacha yoshga 
kelganda oʻynovchilar soni koʻpayib, oʻrtoqlik munosabatlari tarkib topa 
boshlaydi, bunday munosabatlar oʻyinga mavzu mazmun tanlashda, rollar va 
oʻyinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi. 
Oʻyinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan oʻyinchoqning roli 
va unga talab ham oʻzgarib boradi. Kichkina bolalar oʻyinini koʻpincha 
oʻyinchoq belgi laydi. Bitta oʻyi nchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. 
Oʻrta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oʻyin toʻgʻrisidagi fikr avval 
tugʻiladi. Keyin oʻynay boshlaydi. Oʻyinchoq oʻyin mazmuniga qarab tanlanadi. 
Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari oʻzlarining harakatidir. Masalan, 
bola ikki oyogʻ ida sakrab quyonchaga taqlid qiladi. 
Bolalarning koʻp harakatlari qurish, yasash bilan bogʻliq boʻladi, ular 
soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni oʻziga oʻxshatishga 
urinadilar. Koʻpincha qurish oʻyinning boshlanishi boʻlib xizmat qiladi. 
Didaktik oʻyin taʻlim bilan bevosita bogʻliq boʻlib, unga yordam beradi. 
Didaktik oʻyin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga 
mos keladigan taʻlim berish metodidir . 
Tajribali tarbiyachi bu oʻyindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har 
xil rejalar, vazifalarni qoʻrqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi. 
Didaktik oʻyinni amalga oshirishda har doim gʻoyaviylik printsipiga 
asoslanish kerak. Didaktik oʻyin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga 
muvofiq kelishi lozim. 
Didaktik oʻy inlar bolalarni ng birgalikda oʻynab, oʻz manfa atlarini 
jamoa manfa at lari bi lan uygʻunlashti ra olishi , bir-biriga ko ʻmaqlashish va 
oʻrtogʻining muvaffaqiyatidan xursand boʻ lishi kabi yaxshi munosabatlarning 


13 
tarkib topishiga yordam beradi. Oʻyinlar shaxsning sofdi llik, rostgoʻylik kabi 
ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi. 
Didaktik oʻyin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda 
bolalar mashgʻulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit 
yaratib beradi. 
Bunday oʻyinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga 
qarab top» kabi oʻyinlarni misol tariqasida keltirish mumkin . 
Katta guruh bolalari uchun «nimalar va qanday ishlarni bilishadi?», 
«Dehqonlar nimalarni etishtiradi?», «Kim koʻproq narsalarning nomini ayta 
oladi?» va boshqa oʻy inlarni koʻrsatish mu m ki n. 
Demak, didaktik oʻyinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini 
mustahkamlashga yordam beradi, oʻz shaxsiy tajribalari va mashgʻulotlarda olgan 
bilimlarni amalda qoʻllay olishga oʻrganadi, ulardagi fikrlash qobilyatlarini, ijodiy 
kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi , olgan bilimlarni taiiibga soladi. 
Didaktik oʻyinlar taʻlim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar 
yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali oʻyinda amalga oshiraladigan aqliy 
tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi oʻzlashtiradilar. Didaktik oʻyin bolalarni 
aqliy rivojlantirish maqsadida yaratiladi. Unda oʻyin elementlari qancha koʻp 
boʻlsa, bolalarga u shuncha quvonch bagʻishlaydi. Didaktik oʻyining muhim 
tomoni - uni oʻtkazishdan koʻzda tutiladigan gʻoyadir. Oʻyin gʻoyasi bolalarda 
oʻyinga qiziqish uygʻotadi, koʻpincha bu gʻoya didaktik oʻyinni boshlashga 
sababchi boʻladi. 
BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA DIDAKTIK OʻYINLARDAN 
FOYDALANISHNING METODIK IMKONIYATLAR 


14 
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotiga turli yangiliklarning 
kirib kelishi taʻlim 
sohasida ham bir qator oʻzgarishlar qilinishini taqoza etmoqda. Hozirgi kunda 
taʻlim sohasida erishilgan 
yutuqlami saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan saqlanmoq 
zarur. Taʻlimning kishi 
xotirasini rivojlantirishga asoslangan turidan inson tafakkurini har tomonlama 
rivojlantirish, oʻquvchilar 
egallagan bilimlarni amaliyotda qoʻllash, ularda amaliy koʻnikma va malakalar 
hosil etishga qaratilgan 
turiga oʻtishga harakat qilish shu kunning talabi. Shunga erishilsagina vatanimiz 
kelajagi boʻlgan yosh 
avlod tarbiyasi oldiga qoʻyilgan vazifa oqilona hal etilishi mumkin. 
Taʻlim metodlarini toʻgʻri tanlash va ulardan oʻrinli foydalanish - taʻlim samarasini 
taʻminlashga 
yordam beradi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun didaktik oʻyinlar bilim 
olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri boʻlib, oʻquvchilarda mustaqil 
tafakkur, ogʻzaki va yozma nutq koʻnikmalarini shakllantiradi. Oʻquvchilarning 
oʻqish darslariga qiziqishini oʻstiruvchi vositalardan biri didaktik oʻyin 
hisoblanadi. Oʻyinning maqsadi taʻlim olishga, fanga, kitobga qiziqish 
uygʻotishdir. Didaktik oʻyin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uygʻotadi va 
maʻlumotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu kabi oʻyinlar bolalarning atrof-
muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirilishiga, chuqurlashtirilishiga, 
tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlanishiga yoʻnaltirilgan boʻlishi 
lozim. Oʻz navbatida bu oʻquvchilarda goʻzal va boy ona tilimizdan gʻururlanish, 
axloqiy qadriyatlarimizni eʻzozlash kabi sifatlarni shakllantiradi. 
Oʻyin elementlari didaktik vazifalarni bolalardan yashirishga xizmat qiladi, shu 
tariqa ular uchun qiyin boʻlgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Taʻlimiy 
mazmunga ega boʻlgan oʻyinlardan,avvalo, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-
javoblardan darsning maʻlum qismida foydalanish lozim. Shu tarzda boshqotirma, 
tez aytish kabi oʻyinlar muntazam oʻtkazib turilsa, oʻquvchilarda maʻlum bir 


15 
koʻnikmalar toʻplanib boradi. Shunga koʻra oʻquvchilar egallashi shart boʻlgan 
koʻnikma va malakalar:tasvirlay olish, tushuntira olish va bashorat qila olish 
qobiliyatini hosil qiladi. Dars jarayonida oʻyinlarni toʻgʻri tashkil etish va 
oʻtkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tahlil qilish bosqichlarini 
aniq belgilab olish lozim. Quyida oʻqish darslarida qoʻllanilayotgan hamda ijobiy 
natija berayotgan bir necha didaktik oʻyinlardan namunalar keltiramiz. 
«Hammualliflar» oʻyini. 
Oʻqituvchi matnni oʻqiydi yoki oʻquvchilar matn bilan mustaqil tanishadilar. 
Topshiriq: 
– Matnning davomini oʻylab toping. Kelgusida qanday voqealar sodir boʻlishi 
mumkin ekanligini oʻylab koʻring. 
– Qahramonlardan qaysi biri voqealarga koʻproq taʻsir koʻrsatgan? U ishtirok 
etmasa asar mazmuni qanday oʻzgaradi? 
– Sujetning rivojiga qaysi voqea taʻsir qilgan? 
«Multfilm chizamiz» oʻyini. 
Oʻquvchilar guruhlarga boʻlinadilar. Kartochkalarda yozilgan topshiriqlarni 
oladilar, ularni 
bajaradilar va fikr almashadilar. Masalan, Aziza Ahmedovaning «Qish ertagi» 
mavzusini oʻtishda 
foydalanish mumkin. Topshiriq:– «Qish ertagi» matnini oʻqimagan bolalar ertak 
mazmunini tushunishlari uchun qanday suratlar 
chizish maqsadga muvofiq?– Chizilgan suratlar orasidan ertak mazmunini 
tushunish uchun yordam beradigan eng asosiylarini 
tanlab oling.– Suratlarning tagiga asardan tanlab olib yoki oʻzingiz oʻylab topib 
ularga mos yozuvlarni yozing. 
«Soʻzdan soʻz yasash» oʻyini.Oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga, soʻz 
zaxirasini boyitishga yordam beradi. Oʻyinning 
sharti: Oʻquvchilar 3 guruhga boʻlinadilar. Mavzuga oid bir necha soʻz yozib 
qoʻyiladi. Soʻzdagi 309 


16 
harflardan foydalangan holda, boshqa harf ishlatmasdan, oʻzgacha maʻnoga ega 
boʻlgan soʻzlarni topib yozish taklif qilinadi. Masalan: «Donishmand yigit» 
ertagida donishmand soʻzidan soʻzlar yasashadi. Masalan: ona, ish, don, shon, 
nish, dam, dada, nishon, mashina. 
«Xat tashuvchi» oʻyini. 
«Xat tashuvchi» oʻquvchi 4–5 kishilik guruhlarga taklifnomalar tarqatadi. Bolalar 
ularni qayerga taklif qilishganini aniqlaydilar. Masalan: tomorqa, istirohat bogʻi, 
daryo, maktab, oshxona, hayvonot bogʻi. Shu soʻzlarga oid har biriga 5–6 tadan 
talaffuzi va yozilishida farq qiladigan soʻzlar bitta harfi 
tushirilgan holda beriladi. Oʻquvchilar oʻz taklifnomalariga mos soʻzlarni tushirib 
qoldirilgan harfini 
aniqlagan holda oʻqib berishlari lozim boʻladi. 
«Adabiy muzey» oʻyini. 
Oʻqituvchi «muzey» zallari boʻylab xayolan sayohat uyushtiradi. Har bir zal 
asarlarning janriga mos nomlanadi. Masalan: hozir biz siz bilan muzeyning 
«Ertaklar zali»ga tashrif buyuramiz. Bu zalda sehrli buyumlar bor. Oʻylab 
koʻringchi, ular kimga tegishli. Yettita novda («Ahillik – ulugʻ baxt»), 
xumcha («Halollik »), yoy («Alpomishning bolaligi»). «Domino» (Soʻz top) 
oʻyini. 
Bu oʻyin darsning kirish yoki mustahkamlovchi qismida oʻtkazilishi mumkin. 
Oʻqituvchi matn ichidan biron soʻz aytadi, oʻquvchilar davom ettiradilar. 
Oʻqituvchi boshlagan soʻz qaysi harfda tugasa,oʻquvchi shu harfdan boshlangan 
soʻzni matn ichidan topib aytishi kerak. Masalan: «Toshkent» (Erkin 
Malik) matnidan oʻqituvchi Toshkent soʻzini aytsa oʻquvchilar Taxtapul – Labzak 
– Koʻlob – Balx – 
Xiva kabi soʻzlarni topadilar. 
«Kim tez topadi?» oʻyini. 
Oʻquvchilar guruhlarga ajratiladi. Oʻyinning sharti: shunday soʻzlar topingki, 
ularning bosh yoki 
oxirgi harflari olib tashlansa ham, maʻlum maʻno bildirsin. Masalan: «Soy suvi 
haqidagi ertak» (Zohir 


17 
Aʻlam) ertagida soy – oy, yoʻq – oʻq, boy – oy, odam – dam, qish – ish, yoz – oz 
soʻzlarini tez topadilar. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi dunyo miqiyosida axborot 
kommunikatsiya 
tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar 
qatorida taʻlim jarayoniga 
ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga oʻz taʻsirini koʻrsatayotganligi 
ehtiyojidan kelib chiqib, 
shuni aytish mumkinki, boshlangʻich taʻlim oʻqituvchisi texnika va texnologiyani 
chuqur bilishi, tahlil 
qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli boʻlishi juda 
muhim. Buning uchun 
darsni tashkil etish jarayonida barcha oʻquvchilarga tushunarli, oson, qiziq boʻlgan 
usullarni tanlashi va 
qoʻllay olishi, koʻrgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan 
texnik vositalarni tadbiq 
qilishi, taʻlim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, didaktik oʻyinlardan 
toʻgʻri va unumli 
foydalanishi maqsadga muvofiqdir. 
Xulosa: 
Didaktik oʻyinlardan foydalanishda kafolatli natijani koʻzlab, zamonaviy hamda 
samarali 
yoʻllarni tanlab, biri har bir narsa va hodisaga majmua sifatida yondoshish zarur. 
Aks holda faoliyat 
anʻanaviylikni ifoda etib qoladi. Shu nuqtai nazardan har qanday didaktik oʻyin 
tamoyillari markaziy 
oʻrinda turishi kerak. Shundagina faoliyat zamonga mos boʻlib, jamiyat ijtimoiy 
buyurtmasini sharaf bilan 
bajarish mumkin. 


18 
Oʻquv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham anʻanaviy usullardan farqli oʻlaroq, 
yangicha pedagogik yondashuvlarni oʻzlashtirish va taʻlim jarayonida qoʻllash 
zamon talabidir. Dars jarayonida yangicha muhitni shakllantirish, zamonaviy 
koʻrgazmalardan, interfaol metodlardan foydalanib mazmunli olib borish zarur. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari boshqarishga moyil, qiziquvchan, taʻsirchan 
boʻlganliklari uchun ham oʻqituvchidan oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga mos 
boʻlgan, darsni oson oʻzlashtirishlarini, bilimlarni mustahkam oʻrganishni 
kafolatlaydigan metodlarni tanlashi va foydalanishi talab etiladi.Didaktik 
oʻyinlardan foydalanishda ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning 
shakllari va vositalarini tayyorlash, oʻquvchilarning bilimlarni keng egallashi va 
ma`naviy fazilatlarni oʻzlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab 
chiqish, ta`limning natijasi va oʻzlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv 
baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. Boshlangʻich sinf 
oʻquvchilarining didaktik oʻyinlar asosida tashkil etilgan oʻqish darslari jarayonida 
erkin va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining 
shakllanishi natijasida, oʻquvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, 
shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali lar insoniy fazilatlarni 
anglash, bilimlarni chuqur oʻrganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish 
koʻnikmalari shakllanadi. 


19 

Download 0.5 Mb.
  1   2




Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazm viloyati hazorasp tumani 45 umumiy oʻrta taʻlim

Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish