Yelimsimon not’oqima tasmalardan foydalanish




Download 0.74 Mb.
bet7/10
Sana13.04.2021
Hajmi0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yelimsimon not’oqima tasmalardan foydalanish. Xozirda do’konlarda yelimsimon, o’rgimchak uyasiga o’xshash rulonli tasmalar ko’p uchraydi. Ularni qayerlarda qo’llash mumkin? Ushbu yelimsimon tasmalarni ayniqsa elastikli gazlamalardan kiyim tikishda kiyim etagini qayirib tikishda, yeng uchini qayirib tikishda mashina chok o’rnida ishlatish mumkin. Agar mashinada qayirib tikilganda kiyim o’ngida chok o’rni qo’pol ko’rinishi mumkin. Yelimli tasma bilan yopishtirib bukilganda chok borligi bilinmaydi. Yeng yoki etak uchlari tekis bukilib, kiyim cho’zilganda ham chok sitilib yoki so’qilib ketmaydi.

Undan tashqari yelimli tasmalardan milliy ko’ylak old va ort bo’lak koketkalariga avra va astar detallarini qo’lda ko’klash jarayonini yengillatish maqsadida ham qo’llash mumkin.

Yelimsimon noto’qima tasmalardan foydalanishda qo’yidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

Tasma ikki detalni o’rtasiga qo’yilib sal namlanadi va dazmolmato ustidan dazmollanadi. Dazmollash jarayonida dazmol harakatda bo’lmasdan toki namlik ketgunga qadar ushlab turiladi, undan so’ng boshqa uchastka dazmollab yopishtiriladi. Agar dazmolni harakatlantirib dazmollansa tasma surilib ayrim joylaridan qochishi mimkin, yoki yelimsimon tasma uzilib o’sha joy yopishtirilmay qolishi mumkin.



9-rasm. Yelimli noto’qima tasma bilan kiyim etagi va yeng uchiga ishlov berish.

Lekin yelimsimon tasmadan xohlagan joylarda foydalanib bo’lmaydi. Masalan, paxta tolali gazlamadan tikilgan milliy ko’ylak etak va yeng uchlari faqat qaytarma chokli bahya bilan qayirib tikilishi lozim.



Download 0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yelimsimon not’oqima tasmalardan foydalanish

Download 0.74 Mb.