Tukli matolardan kiyim tikishni o’ziga xos xususiyatlari




Download 0.74 Mb.
bet9/10
Sana13.04.2021
Hajmi0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tukli matolardan kiyim tikishni o’ziga xos xususiyatlari.

Tukli gazlamalardan kiyim tikishda ham ayrim qonuniyatlarga e’tiborni qaratish lozim. Tukli matolardan kiyim tikish oddiy matolardan kiyim tikishdan tubdan farq qiladi. Tukli matolar bilan ishlashda e’tiborliroq bo’lish lozim. Ayrim tukli matolar dazmollash jaroyonida tuki bosilib o’sha joy yaltirab qoladi va kiyim sifati buziladi. Bunday matolardan kiyim tikishda, ayniqsa dazmollash jarayonida mayday-mayda temir tishli tasmalardan foydalanish lozim. Kiyim pastki tomoniga tishli tasma qo’yiladi va dazmollanadiigan qirqim ehtiyotlik bilan amalgam oshiriladi. Tukli matoni tuklari tishli tasma orasiga kirib, qayrilmaydi, dazmollash jarayoni tugaganda gazlamani tuklari avvalgi xolatini saqlaydi. Shunday xollarda ham matoni tuki yaltirab qolsa, qirqim cho’zib tiqiladi va qattiq qoqib qirqim dazmollanmasligi kerak bo’ladi.

Tukli gazlamalardan kiyimtikishda tiqiladigan qirqim chamalab ilgaklar yordamida har joydan ildirib qo’yiladi, undan so’ng mashina chok yuritiladi. Tukli gazlamani ilgak ildirmasdan tikilsa gazlama tuklari surilib qirqim tomonlari uzun-kalta bo’lib qolishi mumkin. Oldinlari bunday gazlamalarni avval qo’lda ko’klab keyin tikib chiqilardi. Hozir esa tayyor bir tomoni to’mtoqlangan ilgaklarni bozorlarda ko’plab uchratish mumkin.

Tukli gazlamalar ko’pincha sitiluvcha bo’ladi bunday gazlamalardan kiyim tikishda qirqimlari albatta yo’rmalanishi lozim.

Tukli gazlamalarni bichish jarayoni ham ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Tukli gazlamalardan kiyim bichishda, tuksiz gazlamaga nisbatan ancha ko’proq gazlama sarflanadi. Chunki andozlar gazlamaga faqat bir tomonlama joylashtiriladi.



Download 0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tukli matolardan kiyim tikishni o’ziga xos xususiyatlari

Download 0.74 Mb.