Xotira qurilmasi
maʼlumotlarni yozish va saqlash qurilmasi
Xotira qurilmasi –
elektron hisoblash mashinasi
(EHM),
raqamli hisoblash mashinasi
(RHM)
va
kompyuterlarning
axborotlarni qayd qilish, saqlash va operator izlaganda „qaytarib berish“
uchun moʻljallangan qismi. Asosan
integral mikrosxemalardan
iborat. Xotira qurilmasida
axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik
tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar) ning magnit
xossasini oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va ultratovush
tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash va boshqa amallar
bajariladi.
Xotira qurilmasi, asosan, oʻta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan iborat boʻladi.
Axborotlarni izlash usuliga koʻra, adresli (har bir xotira uyasiga zarur raqam qoʻyiladi va axborot
aniq bir adres boʻyicha izlanadi) hamda assotsiativ (axborotlar alomatlar yigindisi boʻyicha
izlanadi) xotira qurilmasi farqlanadi. Xotira qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod
matritsalar, perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va oʻchadigan (magnit eltuvchilar,
ferromagnit oʻzaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining asosiy ish
koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir vaqtda Xotira
qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni.
Inson miyasi eng mukammal xotira qurilmasi hisoblanadi. Unda (10—15)109 ga yakin asab
hujayrasi (uyasi) – neytronlar mavjud boʻlib, ularning har biri xotira hujayrasi (uyasi)ni tashkil
qiladi.
Kompyuterning „miyasi“ – mikroprotsessor maʼlumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va
natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan maʼlumotlarni „oʻqib“, maxsus qismida saqlaydi
va ish jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb
ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sigʻimiga bogʻliq. Kompyuterda operativ
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Kompyuterlarga oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikip
edia.org/w/index.php?title=Xotira_qurilm
asi&action=edit) Vikipediyaga
yordam
berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xotira_qurilmasi&oldid=3909
300
"
dan olindi