• Mavzuning bayoni: Teleskop.
  • Galiley
  • -Mavzu: Teleskoplar. Ulug’bek rasadxonasi




    Download 99.57 Kb.
    bet2/4
    Sana19.06.2021
    Hajmi99.57 Kb.
    #15140
    1   2   3   4
    10-Mavzu: Teleskoplar. Ulug’bek rasadxonasi.

    O’zbekistonda astronomiya.

    Reja:

    1. Teleskoplar.

    2. Radioteleskoplar.

    3. Ulug’bek rasadxonasi.



    O’quvchilar bilishi kerak:


    Teleskopning vazifasi va ishlash prinsipi. Keng to’lqinli zamonaviy astronomiya. Yerdan tashqi astronomiyaning imkoniyatlari. Osmon jismlarini o’rganishda spectral analiz. Optik telskoplar. Radioteleskoplar. Ulug’bek rasadxonasi. Yer tipidagi planetalar. Gigant planetalalari. O’zbekistonda astronomiya.

    Mavzuning bayoni:

    Teleskop. Teleskop – asosiy astronomik asbobdir.

    Teleskopning vazifasi – tekshirilayotgan osmon jismlaridan kelayotgan yorug`likni iloji boricha ko`proq yig`ish va (vizual kuzatishlarda) osmon jismlarining ko`rinma burchagini kattalashtirishdan iborat.

    Teleskopning asosiy optik qismi obyektiv bo`lib, u manbadan kelayotgan yorug`likni yig`adi va uning tasvirini hosil qiladi. Agar teleskopning obyektivi linza yoki linzalar sistemasidan iborat,agar teleskop ob’ektivi faqat qavariq ko’zguli bo`lsa, u holda bunday teleskopni refraktor deyiladi, agar obyektivi botiq ko`zguli bo`lsa, bu holda reflektor deyiladi.

    Teleskop yig`adigan yorug`lik energiyasi obyektiv o`lchamiga bog`liq. Obyektiv sirti qancha katta bo`lsa, bu teleskop orqali shuncha kuchsiz ravshanlikdagi yoritgichlarni kuzatish mumkin. (19-rasm)





    19-rasm

    Refraktorda nurlar obyektivdan sinib o`tadi va fokal tekisliklarda osmon jismining tasvirini hosil qiladi. Reflektorlarda nurlar botiq ko`zgudan qaytadi va fokal tekisliklarda yig`iladi. Osmon jismining obyektiv hosil qilgan tasvirini okulyar deb ataladigan linza orqali kuzatish yoki fotosuratga olish mumkin.

    Teleskop Quyosh, Oy, planetalar va ular sirtidagi detallarning ko`rinma burchak kattaligini, yoritkichlar orasidagi ko`rinma burchak masofalarini kattalashtirib beradi. Ammo yulduzlar bizdan juda uzoqda bo`lgani sababli ular istalgan teleskopda ham nurlanayotgan nuqta ko`rinishidagina namoyon bo`ladi.

    Teleskopda odatda to`nkarilgan tasvir hosil bo`ladi, ammo kosmik jismlarni kuzatishda buning hech qanday ahamiyati yo`q. Okulyatorga qo`shimcha linza kiritilsa, teleskop tasvirni to`g`ri ko`rsatadigan kuzatuv durbiniga aylanadi, lekin bunda yorug`likning ma`lum qismi yo`qoladi.

    Teleskoplar bilan kuzatishda 500 martadan ortiq kattalashtirish kamdan-kam qo`llaniladi. Teleskopning kattalashtirishi qancha kuchli bo`lsa, tasvirning bo`zilishi shuncha sezilarli bo`ladi.

    Eng katta refraktor obyektivining diametri 102 sm (AQSH, Klark) ga teng. Dunyodagi eng katta reflektorning botiq ko`zgusi diametri 6 m (Rossiya, Ioannisiani). Bu teleskop, Kavkaz tog`larida o`rnatilgan bu teleskop oddiy ko`z bilan bevosita ko`rish mumkin bo`lgan yulduzlarga nisbatan o`nlab million marta xira yulduzlarni kuzatish imkonini beradi. Refraktor teleskop asoschisi Galiley va reflektor teleskop asoschisi esa Nyuton hisoblaniladi.

    Dunyodagi eng katta teleskop 1974-yilda Rossiyaning Stavropol o`lkasida qurilgan bo`lib, bu teleskop haqidagi ma`lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:



    Download 99.57 Kb.
    1   2   3   4




    Download 99.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Teleskoplar. Ulug’bek rasadxonasi

    Download 99.57 Kb.