Yer sun’iy yo’ldoshlari va uning evolyutsiyasi. Orbital manyovrlar. Oyga va boshqa planetalarga uchish Reja




Download 99.57 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2021
Hajmi99.57 Kb.
#15140
1   2   3   4
Teleskop nomi

Katta azimutal

Teleskop balandligi, m

42

Teleskop massasi, t

850

Teleskop trubasining uzunligi, m

24

Oynasi diametri, m

6

Oynasining massasi, t

42

Oyna sirtining ishchi yuzasi, m2

28

Oyna sirtiga quyilgan qaytaruvchi alyuminiy qatlamining qalinligi, mkm

0,1

Oyna tayyorlashda qo`yilgan optik shishaning sovishi uchun zarur bo`lgan vaqt

2 yil

Oyna tayyorlangan shishaning chiziqli kengayish koeffitsienti, oS-1

0,000003

Teleskop trubasining massasi, t

280

Teleskop uchun astronomik minora, balandligi, m

53

Diametri, m

44

Minora aylanma gumbazining massasi, t

1000

Teleskop qurilgan yil va joyi

Rossiya FA. Astrofizika observatoriyasi, Stavropol o`lkasi, 1974-yil

Observatoriyaning dengiz sathidan balandligi, m

2070

Astronomik tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot institutlarida, universitetlar va observatoriyalarda olib boriladi. Leningrad yaqinida joylashgan Pulkovo observatoriyasi 1893 yildan beri mavjud bo`lib, yulduzlarning aniq kataloglarini to`zish bilan shuhrat qozongan. Bu observatoriyani o`tgan asrda dunyoning astronomiya poytaxti deb atashgan. Fanning g`urkirab rivojlanishi natijasida bizning mamlakatimizda, shu jumladan, ittifoqdosh respublikalarda juda ko`p boshqa observatoriyalar qurildi. Yirik observatoriyalarga shimoliy Kavkazlarga maxsus astrofizik observatoriyani, Krim, Byurakan, Abastuman, Golosiyolo, Shamaxi observatoriyalarini kiritish mumkin. Institutlardan eng yiriklari - MDU qoshidagi P.K.Shternberg nomli Astronomiya instituti va O`zbekiston fanlar akademiyasiga qarashli Toshkentdagi Astronomiya institutidir. O`zbekiston Respublikasi FA 1966-yilda qayta to`zilgan bo`lib, Toshkent observatoriyasida dastlabki astronomik kuzatishlar 1873-yildan boshlangan.

Observatoriyalar odatda astronomik tekshirishlarning ma`lum bir sohasi bo`yicha ish olib borishga ixtisoslashgan bo`ladi. Shu munosabat bilan ular, chunonchi, yulduzlarning osmondagi aniq vaziyatlarini aniqlash, Quyoshni o`rganish yoki ilmiy masalalarni echishga mo`ljallangan har xil teleskoplar va boshqa asboblar bilan jihozlangan.

Ko`pincha, osmon jismlarini o`rganishda ularni maxsuslashtirib qurilgan teleskoplar yordamida fotosuratlarga tushiriladi. Olingan negativlardagi yulduzlarning vaziyatlari laboratoriyalarda maxsus asboblar yordamida o`lchanadi. Observatoriyalarda saqlanadigan negativlar “shisha fototekasini” tashkil etadi. Astronomik fotosuratlarini tekshirib bizga yaqin joylashgan yulduzlarning olis yulduzlarga nisbatan asta-sekin siljishlarini o`lchash, juda xira jismlarning negativdagi tasvirlarini ko`rish, yo`ldluzlar, platetalar va boshqa kosmik jismlardan kelayotgan nurlanishlar oqimi kattaligini o`lchash mumkin. Yorug`lik oqimlari energisini katta aniqlikda o`lchashda fotoelektrik fotometrlar qo`llaniladi. Bo`larda yulduzning teleskop obyektivi yig`adigan yorug`ligi elektron vakuum asbob-fotoko`paytkichnining yorug`likni sezadigan sirtiga yo`naltiriladi, bunda maxsus elektron asboblar yordamida qayd qilinadigan kuchsiz tok hosil bo`ladi. Astronomlar yorug`likni maxsus tanlab olingan turli yorug`lik filtrlaridan o`tkazib, jismlarning rangini katta aniqlikda miqdoriy aniqlaydilar. O`zbekistonning asosiy astronomik kuzatishlar olib boradigan Maydanak observatoriyasi Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan bo`lib, bu observatoriyadagi reflektor – teleskop obyektivining diametri 1,5 metrga tengdir.



O`rta Osiyodagi yagona Xalqaro tekislik stansiyasi ham Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joylashgan bo`lib, bu Yerdagi refraktor – teleskop obyektivining diametri 0,4 metrga teng. Shuni aytib o`tishimiz kerakki, Kitob Xalqaro tekislik stansiyasida aniqlangan asteroidga «O`zbekistoniya» nomi berilgan bo`lib, bu nom asteroid katalogida 1351-o`rinda turadi. Ma`lumki, hozirgacha aniqlangan mayda planetalar (asteroid va meteor) soni 3500taga etdi va ularning 98%i «asteroidlar poyasi»da joylashgandir.



Download 99.57 Kb.
1   2   3   4




Download 99.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yer sun’iy yo’ldoshlari va uning evolyutsiyasi. Orbital manyovrlar. Oyga va boshqa planetalarga uchish Reja

Download 99.57 Kb.