• 3. Yo’l xojaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish. 4. Yo’l ishlarini rejalashtirish. Asosiy atamalar va tushunchalar
  • Yo'l xo'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish




    Download 70.5 Kb.
    bet1/3
    Sana08.02.2023
    Hajmi70.5 Kb.
    #41544
      1   2   3
    Bog'liq
    Yo\'l xo\'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish
    llham komp, Synonyms, OTMlardagi dars jadvalini avtamotlashtiruvchi telegram bot yaratish, PYTHON DJANGO BILAN ILOVALAR ISHLAB CHIQISH, YO‘l xo‘jaligida tannarx, foyda va rentabellik (1), 214, 10-sinf 1-simestr yakuniy, O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta`lim vazirligi n, Botanikani oʻqitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan 2234, 1 kurs er mavzu, JAHON TARIXI 8, Dasturlash. 6-amaliy ishi, 3, assalom-Navroz-mavzusida-tadbir-ishlanmasi



    Yo'l xo'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish
    Reja:


    1. Avtomobil yo’llarining rivojlanishini boshqarishning mohiyati va vazifalari.
    2. Yo’l xojaligida maxsuslashish va kooperatsiyalashish.
    3. Yo’l xojaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish.
    4. Yo’l ishlarini rejalashtirish.


    Asosiy atamalar va tushunchalar: «Ozavtoyo’l» DAK, xududiy sho’ba korxonalar, yo’l tashkilotlari, pudrat shartnomasi, buyurtmachi, pudratchi, shartnomaviy narxlar, markazlashtirish yoki yiriklashtirish (konsentratsiya), maxsuslashtirish, kooperatsiyalashtirish, ABТ (ASU) axborot tizimlari, iqtisodiy me’yorlar, (limitlar) cheklashlar, ishlab chiqarish bazasi, ABZ; SBZ, omborxonalar, elektr stansiyalari, talab, quvvat, joylanish (dislokatsiya), solishtirma xarajatlar.
    Avtomobil transportining kundan – kunga ortib borayotgan talablari asosida avtomobil yo’llarini rivojlantirish va ularning transport tasarruf korsatkichlarini oshirib borish asosan «Ozavtoyo’l» Davlat aksionerlik kompanpiyasi tomonidan tashkil etiladi.
    Respublika miqyosida va mahalliy ahamiyatga ega bolgan avtomobil yo’llari qurilish, mamlakatdagi yo’llar va yo’l inshootlarini ta’mirlash va yaroqli holatda tutish ham «Ozavtoyo’l» Davlat aksionerlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
    Yo’l xojaligini boshqarishning prinsipial sxemasi 2 – rasmda ifodalangan.
    Viloyatlarda va Respublika tumanlarida yo’l ishlarining toliq kompleksini bajaruvchi (Umumdavlat ahamiyatiga ega bolgan yo’llardan tashqari) asosiy ishlab chiqarish birligi (korxonasi) bolib yo’l ta’mirlash qurilish tashkilotlari sanaladi (YТ+Т).
    Mamlakatimizda korxona va tashkilotlarning huquq va vazifalarini belgilovchi asosiy xujjat Davlat korxonasi (korxonalar birlashmasi) haqidagi qonun «Ozavtoyo’l» DAK ga qarashli sho’ba (viloyat) korxonalari va YТ+Т larida toliq amal qiladi. YТ+Т larining va yo’l xojaligi ishlab chiqarish bazasi korxonalarining quyi bolimlari avtomobil yo’llarining rivojlanganlik darajasi, ularining transport tasarruf holati va mahalliy tashkiliy ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.
    Ilmiy izlanish, loyiha-izlanish, ishlab-chiqarishga ilmiy-izlanish, loyiha-texnologik ishlanmalarini joriy etish va boshqa ilmiy-texnik progressini jadallashtiriruvchi tadbirlarni joriy etish «Ozyo’lloyixa» tomonidan amalga oshiriladi.
    Qurilish texnikalarini ta’mirlash, avtomobil yo’llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutib turish uchun maxsus mashinalar tayyorlab, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish materiallarini qazib olish, qayta ishlash va qurilish materiallarini tayyorlash boyicha alohida ishlar kompleksi maxsuslashtirilgan boshqarmalar kuchlari bilan bajariladi.
    Shahar yo’l xojaligi (shahar yo’llari va kochalari, maydonlar, qirgoq inshootlari, kopriklar, yo’l otkazgichlar, tonnellar, obodonlashtirish elementlari sifatida) ishlab chiqarishdan tashqari sfera tarmogi bolgan kommunal xojalikka qarashli bolib, uni boshqarish shahar hokimiyati tomonidan amalga oshiriladi.
    Korxona va idoralarga tegishli avtomobil yo’llarining qurilishi (sanoat korxonalarining yo’l xojaligi, maxsus kirish-chiqish yo’llari) korxonalarning buyurtmasi va tuzilgan shartnomalar asosida har xil vazirliklarga qarashli bolgan maxsuslashgan yo’l tashkilotlarining yoki korxonalarning oz kuchlari bilan qurilishi mumkin. Хuddi shu tartibda yo’llari va yo’l inshootlarini ta’mirlash va yaroqli holda tutib turish ishlari ham bajarilishi mumkin. qurilish qatnashchilarining tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari tizimi qurilishni amalga oshirishning usuliga qarab aniqlanadi. qurilishni olib borishning ikki usuli mavjud: pudrat usuli va xojalik usuli.
    Qurilishning pudrat usulida qurilish - ta’mirlash, montaj va maxsus ishlar doimiy amal qiluvchi, moddiy - texnika bazasiga, ishchi kadrlar va kerakli resurslarga ega bolgan tashkilot tomonidan bajariladi. Pudratchi qurilish, qurilish - montaj, qurilish - ta’mirlash tashkilotlari, buyurtmachi tashkilotlar uchun tuzilgan pudrat shartnomalari asosida kapital qurilish ishlarini bajaradilar. Pudrat shartnomasi buyurtmachi bilan pudratchi ortasidagi munosabatlarni, shartnoma majburiyatlarini bajarilmaganlik uchun iqtisodiy javobgarlikni belgilovchi asosiy xujjat sanaladi.
    Pudrat shartnomasi byurtmachi va bosh pudratchi ortasida yangi qurilish, rekonstruksiya, korxona, bino va inshootlar yoki ularning navbatlarini texnik jihatdan qayta jihozlanishi uchun zarur bolgan toliq muddatga tuzilib, ob’ektlar qurilishi rejasiga kiritilgan va tasdiqlangan titul royxatiga ega bolishlari kerak. Buyurtmachi odatda, pudrat shartnomasini bitta qurilish - montaj yoki unga tenglashtirilgan tashkilot - bosh pudratchi bilan tuzadi. Oz navbatida, bosh pudratchi alohida ish turlari va komplekslarini bajarish uchun umumqurilish va maxsuslashgan tashkilotlar bilan subpudrat shartnomalari tuzish huquqiga ega. Bosh pudratchi bilan kelishilgan holda, buyurtmachi montaj va maxsus ishlarni bajarish uchun montajchi va maxsuslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin (togridan-togri shartnoma). Bunday holatlarda uskunalar montajining boshlanishi va tugallanish muddatlari bosh pudratchi bilan kelishiladi.
    Pudrat shartnomasiga kora bajarilishi bolgan ishlarining qiymati shartnomaviy narxlar asosida aniqlanadi. Qurilishning boshlanishi va qurilish muddatlari titul royxatiga muvofiq ravishda pudrat shartnomasida belgilanadi.
    Buyurtmachi tuzilgan pudrat shartnomasiga muvofiq ravishda bosh pudratchiga qurilish maydonini (trassani) taqdim etib, tasdiqlangan loyiha-smeta xujjatlarini yetkazib berishi, qurilishni moliyalashtirishni oz vaqtida ochilishi va betoxtovligini, hamda bajarilgan ishlar uchun oz vaqtida oq tolanishini ta’minlashi kerak. Unlardan tashqari, buyurtmachi bosh pudratchiga qurilish ob’ektining va ishlab-chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi bilan muvofiqlashtirilgan jadval (grafik) asosida uskuna materiallar va buyumlarni kompleks ravishda yetkazib berishi va boshqa bir qator tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
    Buyurtmachining eng muxim funksiyalari bu bajarilgan ishlar qiymatining loyiha - smeta xujjatlariga, qurilish me’yorlari va qoidalariga hamda davlat standarti va texnik shartlarga mos kelishligi ustidan texnik nazorat olib borish va tekshirish sanaladi. Agar muvofiq kelmasliklar aniqlansa, buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni togrilash togrisida korsatma berishi, zarur bolgan xolatlarda esa qurilishni kamchiliklar tugatilmaguncha toxtalib turishi, bajarilgan ishlarga haq tolashni toxtatishi mumkin.
    Bosh pudratchi rejada va titul royxatida kozda tutilgan qurilish ob’ektlarini tasdiqlangan loyiha-smeta xujjatlari va qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq ravishda belgilangan muddatlarda qurishi va ishchi kommisiyaga topshirishi kerak.
    Bosh pudratchi qurilish - montaj ishlarini, qurlishning muddat me’yorlari bilan muvofiqlashtirilgan holda tuzilgan, ishlarni bajarish grafigi asosida amalga oshirilishini ta’minlashi kerak. Bu grafik buyurtmachi va subpudratchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tuzilishi kerak.
    Bosh pudratchi qurilish-montaj ishlarini bajarish bhiei tasdiqangan rejalar va grafiklarning bajarilishi bilan bogliq gan masalalarni etishga barcha qish qatnashchilarining faoliyatlarini, u tashkilotlarning qaysi vazirlik yoki idoraga tegishli bolishidan qat’iy nazar, muvofiqlashtirishni bilan shugullanadi.
    Pudrat shartnomasini tuzish tartibiga rioya qilmaslik, tomonlarning oz majburiyatlarini bajarmasligi Davlat intizomining buzilishi sanalib, shu buzilishiga yo’l qoygan tomon uchun mulkiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
    Ob’ektlarni xojalik uslubida bunyod etilganda, qurilish-montaj ishlarini bajarish korxonalar va tashkilotlarning oz kuchlari bilan amalga oshiriladi. Хojalik usulida bajariladigan qurilishning salmogi yuqori emas. Investitsion siyosatdagi ozgarishlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xojalik mustaqilligining kengayib borishi, qurilish - montaj ishlarini, birinchi navbatda, korxonalarni rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash ishlarini korxonalarning oz mablaglari hisobiga amalga oshirishda, bu usulni rivojlantirish zaruriyatini taqozo qiladi.
    Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etishning progressiv korinishlari bolgan: konsentratsiyalashuv, kooperatsiya va maxsuslashtirish bilan ozaro chambarchas bogliq.
    Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish mehnat taqsimoti bilan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish va ularning samaradorligi ortasidagi boglanishlar va aloqalarni aks ettirib, uni ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi deyilganda, qurilishning texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy masalalarini ilmiy-texnika progressi va ilgor tajribalarni joriy etish asosida samarali hal etish va ishlab chiqarish intensivligini oshirish imkoniyatiga ega bolgan yirik qurilish-montaj tashkilotlarida moddiy-texnik va mehnat resurslarining jamlanishi tushuniladi.
    Avtomobil yo’llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda bolishligini ta’minlashda ishlab chiqarishning konsentratsiyalashganligi korsatkichlari yo’l tashkilotining oz kuchlari bilan bajarayotgan ishlari hajmi, ishlovchilar soni, asosiy ishlab-chiqarish fondlarining qiymati, ishlab-chiqarish fondlarining qiymati, ishlab chiqarish va mehnatning mexanik va energetik jihatdan qurollanganligi kabi korsatkichlarda namoyon boladi.
    Yirik yo’l-qurilish va ta’mirlash qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarishni va ishlovchilar mehnatini tashkil etish masalalarini kompleks hal etish, ishlarni bajarish usullaridan optimal foydalanish, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Ammo yo’l tashkilotlarini yiriklashtirish, xizmat korsatiladigan viloyat yoki tumanning maydon birligiga togri keladigan yo’l ishlari hajmiga bogliq ravishda, iqtisodiy jihatdan asoslangan ma’lum bir olchamgacha bolishi kerak.
    Cheklangan hududda yo’l ishlari hajmining katta bolishi yo’l tashkilotlarini yiriklashtirishni iqtisodiy tomondan samarali qiladi. Aksincha bolgan holda esa yirik yo’l tashkilotlarini tuzish xizmat korsatish zonasini kengaytirishni talab etadi, ishlab chiqarishni tashkil etishni murakkablashtiradi hamda ishlab chiqarish vositalarini kochirib yurishga boladigan xarajatlarning ortishiga olib keladi.
    Maxsuslatirish deyilganda ijtimoiy mehnat taqsimotining korinishlari (formalari) tushuniladi. Maxsuslatirish turli korinishlardi bolishi mumkin: tarmoq boyicha (predmetlar boyicha), detallar boyicha, texnologiya boyicha.
    Тarmoq (predmetlar) boyicha maxsuslashtirish qurilishning ma’lum bir tarmoqlari boyicha amalga oshiriladi, masalan, sanoat ob’ektlari qurilishi, transport inshootlari, aholi turar joy binolari, qishloq xojaligi komplekslari va boshqalar. Bunday maxsuslashtirish pirovard qurilish mahsulotining konstruktiv xususiyatlariga asoslanadi: temir va avtomobil yo’llari, havo, dengiz va daryo portlari, sanoat inshootlari uy-joy binolari va boshqalar. Maxsuslashtirishning bunday korinishi qurilish-montaj trestlari, qurilish-montaj boshqarmalari va boshqa bolimlar tizimida uchraydi. Hozirgi kunda tarmoq boyicha maxsuslashtirish bosh pudratchi yo’l qurlish tashkilotlarda tobora keng qollanilmoqda.
    Maxsuslashtirilgan qurilish tashkiloti deb shunday tashkilotga aytiladiki, uning yillik ish hajmining kamida 75% ni maxsuslashgan profili boyicha ishlar tashkil etishi kerak.
    Detallar boyicha maxsuslashtirish maxsuslashgan tashkilotlar tomonidan qurilayotgan ob’ekt (inshoot)ning ma’lum bir qismi yoki detalini bajarilishini kozda tutadi. Masalan, avtomobil yo’llari qurilishida detallar boyicha maxsuslashtirish kopriklar, kichik sun’iy inshootlar va boshqa qurilishning umumiy kompleksiga kiruvchi ob’ektlar qurilishidan iborat boladi.
    Тexnologik maxsuslashtirish detallar boyicha maxsuslashtirish bilan uzviy bogliq bolib, uni yanada chuqurlashtirilgan korinishidir. Bunday maxsuslashtirishning asosiy xususiyati shundaki, u konkret ishlarning turlari va komplekslari boyicha amalga oshiriladi, masalan, ishlar kompleksi boyicha maxsuslashtirishga, yo’l polotnosini tiklash, yo’l qoplamasiga asos tayyorlash, yo’l qoplamasini yaratish, pardozlash ishlari va boshqalarni kiritish mumkin. Тexnologik maxsuslashtirishning yanada chuqurlashtirilishi ishlarni bajarish boyicha maxsuslashgan uchastkalarni, masterlar uchastkalarini va brigadalarini yaratishdan iborat. Maxsuslashganlik darajasi, maxsuslashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar hajmini umumiy ish hajmiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin.
    Kooperatsiyalashtirish bu har xil tashkilotlari bilan xizmat korsatuvchi xojaliklar ortasidagi ishlab chiqarish aloqalarini rejali ravishda tashkil etishdir. Kooperatsiyalashtirish konsentratsiyalashtirish va maxsuslashtirish bilan uzviy bogliq. Kooperatsiyaning yanada rivojlanishi maxsuslashtirish jarayonlarining yanada kengayib va chuqurlashib borishidan kelib chiqadi. Maxsuslashtirish qanchalik chuqurlashib borsa, xojalik hisobidagi pudratchi tashkilotlarning ozaro aloqalariga bolgan talab ham shunchalik kop boladi. Koopersiyalashishning eng kop tarqalgan turi-bu maxsuslashgan yo’l ishlari bajaruvchilar ortasida pudrat shartnomalariga, kalendar va setevoy grafiklarga hamda pudrat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga asoslangan ozaro ishlab chiqarish munosabatlaridir. U yoki bu darajada maxsuslashish va kooperatsiyaning samaradorligi bajaraladigan ishlar hajmi va qurilish tashkilotining tashkiliy tuzilishiga bogliq boladi.
    Kooperatsiya saviyasining sifat korsatkichi bu ishlarning betoxtov bajarilib borishi, ishlab chiqarish quvvatlari va barcha turdagi resurslardan toliq foydalanish, ishlar bajarilishining bir maromligi, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boyicha topshiriqlarning bajarilishi va mehnat unumdorligi boyicha osish templarining ta’minlanishi kabi korsatkichlardir.
    Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish va maxsuslashtirishning iqtisodiy samaradorligi avtomobil yo’llari qurilishi, ta’mirlanishi va ularni yaroqli holatda saqlab turish tannarxining kamayishi va ishlab chiqarish asosiy fondlaridan foydalanishining yaoshilanishi hisobiga meonat unumdorligining osishida kozga tashlanadi.
    Boshqaruvning iqtisodiy usullariga otish bilan bir qatorda, yo’l xojaligida boshqaruv tizimini takomillashtirishda boshqaruvning avtomatlashgan tizimini yaratish nihoyatda muhim ahamiyatga ega (ABТ).
    Avtomatlashgan boshqaruv tizimi alohida korxonalarni yoki tarmoqni boshqarishga moljallangan bolishi mumkin. Тarmoqni boshqarish avtomatik tizimi EХM yordamida iqtisodiy matematik metodlarni keng qollab, zamonaviy aloqa vositalari va avtomatikadan foydalanib, tarmoqning rivojlanishi va faoliyat olib borishini eng kam xalq xojaligi xarajatlari bilan ta’minlash imkonini beradi. ABТ ni ishlab chiqish va joriy etishda boshqaruv ob’ekti (butun tarmoq yoki alohida tashkilotlari) amaldagi boshqaruv tarkibini, ishlab chiqarishning konsentratsiyalashganligi va maxsuslashganligini hisobga olgan holda kichik tizimlarga (podsistemalarga) bolib chiqiladi. ABТ ikki guruhga ajratilishi mumkin: axborot va axborot-boshqaruv. Axborot tizimi oz navbatida axborot-hisobot va axborot-bashorat tizimlaridan iborat bolishi mumkin.
    Axborot-hisobot tizimi axborotlar oqimini ratsionallashtirish, qaytalanishni toxtatish, axborotni samaralash, alohida korsatkichlarni hisoblash va hokazolarga imkoniyat yaratadi. Bu tizimlar avtomatik tarzda axborotlarni yigish, uzatish, qayta ishlash va hisob-kitob va hisobot axborotlarini tayyorlab berishni kozda tutadi. Bunday tizimlarning joriy etilishi, xususan, nazorat jarayonlarini, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish grafiklarini bajarilishi va hokazolarni tekshirib turishni avtomatlashtirish imkonini beradi.
    Axborot-bashorat tizimi bashorat masaalalrini avtomatlashtirish, birinchi navbatda, tarmoq rivojlanishining optimal strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiy normativlar tizimi hisobini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
    Axborot boshqaruv tizimi axborotlarni avtomatik tarzda yigish va qayta ishlash natijalariga asoslanib boshqaruv ob’ektining optimal rejimda faoliyat korsatishini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
    Axborot bazasi, texnik vositalar kompleksi matematik ta’minot ABТ ning ta’minlovchi qismi sanalib, u quyidagi elementlardan tashkil topadi:
    -axborot ta’minoti-normativ va amaliy qiymatlar, boshqaruv masalalarini hal etish uchun zarur bolgan iqtisodiy hisob-kitoblarni markazlashgan holda bajarish imkonini yaratadi;
    -matematik ta’minot-algoritmlar kompleksi va programmalar;
    -texnik ta’minot-korxonalarni zaruriy EХMlar bilan, axborotlarni toplash va qayta ishlash uchun kerak bolgan uskunalar, ishlab chiqarishni distansion nazorat etish va nozimlashtirish uskunalari bilan ta’minlash;
    -uslubiy (metodik) ta’minot-ABТ xizmati va boshqaruv xodimlarini butun tizim miqyosida va alohida kichik tizimlar (podsisitemalar) instruktiv va metodik xujjatlar kompleksi bilan ta’minlash.
    Yo’l xojaligida «Хodimlar», «Yo’l» deb nomlangan axborot-qidiruv tizimlari joriy etilgan hamda bir qator moliyaviy-iqtisodiy masalalarning yechimi avtomatlashtirilgan.
    Davlat buyurtmalari transport aloqalarini rivojlantirishda birinchi navbatda turgan ijtimoiy talablarning qondirilishini kafolatlaydi, ya’ni xalq xojaligi nuqtai-nazaridan eng muhim bolgan avtomobil yo’llarini rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishi. Bularga, asosiy fondlarni ishga tushirish, markazlashgan kapital mablaglar hisobiga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlari qurilishlariga ajratilgan holda ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni kiritish mumkin; muhim (titullari korsatilgan) yo’llarni ta’mirlash boyicha natural korsatkichlarda ifodalangan ish hajmlari.
    Uzoq muddatli iqtisodiy normativlar butun besh yillik mobaynida umumdavlat manfaatlarini xojalik hisobidagi korxonalar va har qaysi ishlovchining manfaatlari bilan stabil normativlar orqali boglaydi. Ular oz tarkibiga ishlab chiqarish iqtisodiy korsatkichlar tizimida proporsiyalarni aniqlovchi iqtisodiy ragbatlantirish fondlari hosil qilish normativlari, ish oaqi fondi va boshqa normativlarni oladi.
    Limitlar-davlat rejasiga kiritilgan yo’llar qurilishi va rekonstruksiyasiga davlat investitsiyalarining miqdori, hamda yo’l qurilishi va ta’mirlash ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun markazlashgan holda taqsimlanadigan moddiy resurslarning chegaralarini belgilaydilar.
    Hozirgi kunda yo’l tashkilotlarining qurilish va ta’mirlash boyicha ishlarining hajmlari va xarakteri kun jihatdan – ularning faoliyat zonasida joylashgan xalq xojaligining turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlardan tushadigan buyurtmalarga bogliq. Buyurtmalarda qurilish va ta’mirlanish ob’ektlari royxati, ularning ishlab chiqarish quvvati va ishga tushirish muddatlari korsatiladi. Yo’l tashkilotlari buyurtmalarni qabul qilishda buyurtmachi korxonalarning qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarilishiga tayyorgarliklarini tekshiradilar: loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilishining holati, qurilish uchun ajratilgan maydonning mavjudligi (qurilish hududi), moliyalashtirishning ta’minlanganligi va hokazolar.
    Yo’l qurilish va ta’mirlash ishlab chiqarish rejalari yo’l tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlari bilan muvofiqlashtiriladi. Agar rejalashtirilgan ishlar programmasini bajarish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari kamlik qiladigan bolsa, ammo korxonalar manfaati ularning kengaytirishni talab etsa, u holda ishlab chiqarish korxonalarini kengaytirish va rivojlantirish, qurilish va ta’mirlash texnikalari parkini ostirish boyicha, hisob-kitoblarga asoslangan ishlab-chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejasi tuzib chiqiladi.
    Yo’llarni qurilish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yaroqli holda saqlab turish ishlari hajmining ortib borishi yo’l xojaligi ishlab chiqarish bazasi qurilish (rekonstruksiya), ta’mirlash va yo’llarni yaroqli holda saqlab turishni ta’minlovchi, asfalt va sement-beton zavodlari, tosh materiallarini qazib olish va qayta ishlash bazalari, bitum va emulsiya bazalari, temir yo’l yoqasidagi sement (mineral kukun) bazalari, tosh materiallar, yigma temir beton zavodlari va poligonlari, har xil omborxonalar, remont-mexanika ustaxonalari, yo’l mashinalariga texnik xizmat korsatish punktlari va yo’l xojaligi transport vositalari, hamda ularning turish joylari, ma’muriy maishiy ob’ektlar, elektrostansiyalar, transportlar podstansiyalari, qozon uskunalari va kompressor stansiyalari, suv otkazgichlar, artezian skvajinalari, tozalash inshootlari, maydon ichi elektr, issiqlik va suv ta’minoti korxonalarining rivojlanishi va joylashtirilishi muammosini keltirib chiqaradi.
    Ishlab chiqarish bazasi korxonalari uzoq muddat bir yerda turib ishlaydigan statsionar, mashina va uskunalar toplamidan tashkil topgan inventar, yigma va xarakatlanuvchan bolib, yo’l asosi va qoplamasi qoyiladigan joy yaqinida yigiladigan oam boladi.
    Yo’l xojaligining bitta korxonasi yangi qurilish, ta’mirlash, yo’llarni yaroqli holda tutish kabi ishlarni bajara olganligi uchun, bunday korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish, yo’l xojaligida bajariladigan toliq ishlar oajmini xisobga olgan xolda bajarilishi kerak.
    Masalani hal etish uchun birlamchi axborot zarur: hudud boyicha iste’molchilardan korxonaning mahsulotiga bolgan talab; ishlab chiqarish quvvatlarining turlari va olchamlari – yangi tuzilayotgan korxonalarning quvvat imkoniyatlari, yangi qurilishi mumkin bolgan korxonalarning quvvatlari va joylashishi; barcha joylashuv nuqtalarda quvvat imkoniyatlari boyicha bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga boladigan solishtirma sarf-oarajatlar; har qaysi joylashuv nuqtasidan iste’molchilarga mahsulotni tashib yetkazishga boladigan solishtirma oarajatlar.

    Download 70.5 Kb.
      1   2   3




    Download 70.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo'l xo'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish

    Download 70.5 Kb.