• 35-rasm. Muskullarning tuzulishi.
  • Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari
  • Qisqaruvchanlik, muskullarning asosiy xususiyati ekanligi.
  • Bolalarda harakatlarning rivojlanishi
  • Bolalarni harakat apparatini rivojlanishida jismoniy madaniyatning ahamiyati.
  • 7.6. Tayanch - harakat organlarining gigiyenasi Qaddi qomat va uning kamchiliklari
  • Kifotik qad-qomatli
  • 37-rasm.Oyoq panjalari kaftlarinig shakllari
  • VII BOB. ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI
  • Yosh fiziologiyasi va gigienasi




    Download 1.67 Mb.
    bet11/23
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.67 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23

    Muskullar haqida umumiy ma’lumotlar. Odamlar organizmida 600 ga yaqin skelet muskullari sanaladi. Muskullar tizimi odamlar tanasining kattagina qismini tashkil etadi. Agarda yangi tug’ilgan bolalarning umumiy og’irligini 23 % ni muskullar tizimi tashkil etsa, 8 yoshda –27 %, 17-18 yoshga borib esa 43-44 % gacha yetadi, muskullari yaxshi rivojlangan sportchilarda esa 50 % gacha yetishi mumkin.


    Ayrim muskullar guruhi bir xilda o’smaydi. Emadigan bolalarda asosan qorin muskullari rivojlansa, keyinchalik chaynash muskullari rivojlanadi. Bir yoshning oxiriga kelib bolaning siljishi, emaklashi va yurishining boshlanishi tufayli sezilarli darajada yelka va qo’l-oyoqlar muskullari o’sadi. Tananing butun o’sish davrida muskullar massasi 35 martaga ortadi. Jinsiy yetilish davrida (12-16 yosh) naysimon suyaklarning uzayishi bilan bir qatorda muskullarning naylari ham jadal uzayadi. Bu paytlarda muskullar uzunlashadi va ingichkalashadi, natijada o’smir bolalar uzun oyoqli va uzun qo’lli bo’lib ko’rinadi. 15-18 yoshda muskullarning eniga o’sishi davom etadi, odatda muskullarning rivojlanishi 25-30 yoshgacha davom etadi.

    Bolalarning muskullari voyaga yetgan odamlar muskullariga qaraganda ancha rangsiz, yumshoq va anchagina elastik bo’ladi.





    35-rasm. Muskullarning tuzulishi.

    A –ko’ndalang kesilgan muskullar;

    1- muskul tolalarning tutami; 2-alohida muskul tolalari;

    B –skelet muskullarining umumiy ko’rinishi; 1-qorincha; 2-pay;


    Muskullarning tuzilishi. Muskullarda o’rta qism-qorincha va zich biriktiruvchi to’qimalardan hosil bo’lgan paylar farqlanadi. Paylar yordamida muskullar suyaklarga birikadi, lekin ayrim muskullar turli organlarga (ko’z olmasi) teriga (yuz va bo’yin muskullari va boshqalar) birikadi. Yangi tug’ilgan bolalarning paylari kuchsiz rivojlangan. Faqat 12-14 yoshga kelib voyaga yetgan odamlarga xos bo’lgan muskul-payli nisbatlar paydo bo’ladi.

    Har bir muskul katta miqdordagi ko’ndalang targ’il muskul tolalaridan iborat bo’ladi. Bu tolalar parallel holda joylashgan bo’lib o’sha bir-biri bilan bo’sh biriktiruvchi to’qima bilan tutashgan bo’lib bog’lar hosil qiladi. Barcha muskullar tashqi tomondan yupqa biriktiruvchi po’stloq-fassiya bilan qoplangan bo’ladi. Muskul tolalari sarkoplazmadan tashkil topgan bo’lib ular bo’ylab qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan iplar-miofibrillar hamda mitoxondriylar va hujayraning boshqa organoidlari joylashgan.

    Muskullar qon tomirlariga boy bo’ladi, tomirlar orqali qon ularga to’yimli moddalarni va kislorodni olib keladi va almashinuv mahsulotlarini olib ketadi. Muskullarda yana limfa tomirlari ham mavjud.

    Muskullarda nerv uchlari-retseptorlar joylashgan bo’lib, ular muskullarning qisqarish va cho’zilish darajalarini qabul qiladi.

    Muskullarning shakli va o’lchami ular bajaradigan ishlarga bog’liq. Uzun, keng, kalta va aylana muskullar farqlanadi. Uzun muskullar qo’l va oyoqlarda, kalta- muskullar qayerda harakatlanish tor doirada bajarilsa (masalan umurtqalar orasida) o’sha joylarda joylashadi. Keng-muskullar gavdada va tananing bo’shliqlari devorlarida (masalan qorin, yelka, ko’krak muskullari) joylashsa, aylana-muskullar tana teshiklari atrofida joylashib qisqargan paytda ularni toraytiradi. Bunday muskullar sfinkterlar deb ataladi.

    Funksiyasi bo’yicha ham muskullar – bukuvchilar, yozuvchilarga ya’ni olib keluvchi va olib ketuvchi muskullar hamda ichga va tashqariga aylanuvchi muskullarga bo’linadi.



    Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari. Gavda muskullariga ko’krak qafasi, yelka va qorin muskullari kiradi.

    Qovurg’alar orasida joylashgan muskullar, muskullararo va nafas funksiyasini bajarilishida ishtirok etuvchi boshqa muskullar nafas muskullari deb yuritiladi. Bular qatoriga diafragma ham kiradi (u ko’krak bo’shlig’ini qorin bo’shlig’idan ajratib turadi).

    Baquvvat rivojlangan ko’krak muskullari gavdaning oldingi qo’l-oyoqlarning muskullarini harakatga keltiradi va mahkam ushlab turadi (katta va kichik ko’krak, oldingi tishsimon muskullar).

    Qorin muskullari turli funksiyalarni bajaradi. Ular qorin bo’shlig’ini devorlarini hosil qiladi va o’zining tonusi tufayli ichki organlarning joyini o’zgarib ketishiga, pastga tushishiga, osilib qolishiga yo’l qo’ymaydi.

    Qorin muskullari qisqarishi natijasida ichki organlarga qorinning pressi sifatida ta’sir ko’rsatadi, buning natijasida siydik, najasni ajratib chiqarilishiga hamda tug’ish aktini bajarilishini ta’minlaydi, qorin pressining muskullari qisqarishi, venoz tizimida qonning harakatlanishini ta’minlaydi va nafas harakatlarini bajaradi. Bundan tashqari qorin muskullari umurtqalar ustunini oldinga egilishida ishtirok etadi.

    Qorin muskullari zaiflashganda qorin bo’shlig’idigi organlarni pastga osilib qolishidan tashqari grija (qorin pardasining muskullar orasiga qisilib qolishi kabi holatlar) ham yuz berishi mumkin. Grijalar paytida ichki organlarning ichaklar, me’da, katta salnik qorin bo’shlig’idan qorin terisi ostiga chiqishi yuz beradi.

    Qorinning devor muskullari qatoriga, qorinning to’g’ri muskuli, piramida muskuli, belning kvadrat muskuli va qorinning tashqi va ichki qiyshiq va ko’ndalang keng muskullari ham kiradi. Qorinning o’rta chizig’idan payli zich tasma o’tadi, bu oq chiziqdir. Oq chiziqni yonidan qorinning tolalari eniga joylashgan to’g’ri muskullar yotadi.

    Yelkada ya’ni umurtqalar ustuni bo’ylab juda ko’plab muskullar joylashgan, bular yelkaning chuqur muskullaridir.Ular odatda umurtqalarning o’simtalariga tutashgan bo’ladi. Bu muskullar umurtqalar pog’onasini orqaga va yon tomonlarga harakatlanishida ishtirok etadi. Yelkaning yuza muskullariga trapetsiyasimon muskul va yelkaning eng keng muskuli kiradi. Ular qo’l muskullarini va ko’krak qafasini harakatlanishida ishtirok etadi.

    Bosh yoki kalla muskullarini chaynash muskullariga va mimik muskullarga farqlash mumkin. Chaynash muskullariga chakka, chaynash va qanotsimon muskullar kiradi. Bu muskullarning qisqarishi pastki jag’ning murakkab chaynash harakatlarini bajaradi. Mimik muskullar bir, ayrim vaqtlarda o’zlarining uchi bilan yuz terisiga birikadilar. Ularning qisqarishi natijasida terini o’zgartirib o’ziga xos mimika chaqiradi, ya’ni yuzning u yoki bu ko’rinishini chaqiradi, ko’zning va og’izning aylana muskullari ham mimik muskullar qatoriga kiradi.

    Bo’yin muskullari kallani ko’taradi, engashtiradi va uni yon tomonlarga buradi. Narvonsimon muskullar qobirg’alarni ko’taradi va shu bilan bir vaqtda nafas olishda ishtirok etadi. Tilosti suyagiga birikkan muskullar qisqarishi natijasida tilni holatini va aynan shunday funksiyalarni, yutish aktini bajarishda va turli tovushlar chiqarishda halqumni holatini ham o’zgartiradi.

    Qo’llarni poyaslari gavda bilan faqat ko’krak-umrov bug`uni hududidagina birikadi. Oldingi qo’l-oyoqlar kamari gavda bilan trapetsiyasimon, kichik ko’krak, rombsimon, tishsimon va kurakni ko’taruvchi muskullar bilan birikkan.

    Oldingi qo’l kamari muskullari qo’l suyaklarini yelka bug’inidan harakatga keltiradi. Bular orasida deltasimon muskul muhim ahamiyatga ega. Bu muskul qisqarganida yelka bugunidan qo’lni bukadi va gorizontal holatgacha qo’lni yozadi.

    Yelkaning oldingi qismida bukuvchi va orqada qismida rostlovchi muskullar guruhi joylashgan. Oldingi guruh muskullari orasida yelkaning ikki boshli muskuli va keyingi guruh muskullari orasida – uch boshli muskul joylashgan.

    Bilak muskullarini oldingi yuzasi-bukuvchilar, orqa qismini – roslovchilar tashkil etadi. Panja muskullari orasida –kaftning uzun muskuli barmoqlarni bukuvchi hisoblanadi.

    Keyingi oyoqlar kamarida joylashgan muskullar, oyoqlarni tos bo’g’inidan hamda umurtqalar pog’onasini harakatlantiradi. Oldingi muskullar guruhiga bitta katta muskul – qovurg’a bilan qorin orasidagi va bel muskuli kiradi. Keyingi tashqi tos kamari muskullar guruhiga - katta, o’rta va kichik dumba muskullari kiradi.

    Oyoqlar qo’lga nisbatan og’ir skelet, ularning muskullari katta kuchga ega bo’lish bilan birga kichik va chegaralangan harakat doirasiga ega.

    Sonning oldi tomonidan odam tanasidagi eng uzun (50 sm.gacha) bo’lgan tikuvchilik muskuli joylashadi. Bu muskul oyoqni tos suyagi bilan son suyagini tutashtiruvchi va tizza bo’g’unlarida bo’ladi. Sonning to’rt boshli muskuli tikuvchi muskuldan ancha chuqurroq yotadi va son suyagini hamma tomondan o’rab turadi. Bu muskullarning asosiy funksiyasi – tizza bo’g’unlarini rostlashdan iboratdir. Tik turganda to’rt boshli muskul tizza bo’g’inini bukilishiga yo’l qo’ymaydi.

    Boldirni orqa tomoni yuzasida boldir muskuli joylashgan, qaysiki boldir suyagini bukadi va oyoqni kaft suyaklarini ham bukadi va tashqi tomonga buradi.



    Qisqaruvchanlik, muskullarning asosiy xususiyati ekanligi. Muskullarning asosiy fiziologik xususiyatlari bo’lib qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik hisoblanadi. Muskullarning qisqaruvchanligi muskullarning kaltarishi yoki undagi kuchlanishni rivojlanishi paytida namoyon buladi. Eksperimentlar sharoitida yakka qo’zg’atuvchilar ta’siriga, muskullar yakka qisqarish bilan javob beradi. Odam va hayvonlar organizmidagi muskullar markaziy asab tizimidan alohida-alohida impulslar olmaydi, balki impulslar seriyasini oladi va buning natijasida muskullar kuchli va uzoq muddatli qisqarish bilan javob beradi. Muskullarning bunday qisqarishi tetanik yoki tatanus deb ataladi.

    Muskullar qisqarish bilan ish bajaradi. Muskullarning ishi uning kuchiga bog’liq, ya’ni muskulda tolalar qancha ko’p bo’lsa muskul shuncha ko’p bo’ladi. U yo’g’on u shuncha kuchli bo’ladi. 1 sm2 ko’ndalang kesimga ega bo’lgan muskul 10 kg gacha yuk ko’tarishga qodir.

    Bundan tashqari muskullarning kuchi uni suyakga birikish xususiyatiga bog’liq. Suyaklar o’zlariga birikkan muskullar bilan birga o’ziga xos richaglar hisoblanadi, va musukllar richagni tayanch nuqtasidan uzoq va u birikkanda og’irlik kuchi tushadigan nuqtaga qancha yaqin tursa ular shuncha katta kuch rivojlantirishi mumkin.

    Odamlar uzoq muddat bir holatda o’zlarini saqlab turishi mumkin. Bu muskullarning statik kuchlanishidir. Statik kuchlanishga tik turish, boshni tik holatda ushlab turish va boshqalar kiradi. Halqalarda, parallel bruslarda, ayrim mashqlarni bajarishda va ko’tarilgan shtangani ushlab turishda statik ishlar deyarlik barcha muskul tolalarida birdaniga bajarilishi bilan birga charchoqlik ham chaqiradi va tabiiyki bunday holat rivojlanuvchi charchash tufayli uzoq muddat davom etmaydi.

    Dinamik ish paytida navbati bilan turli guruhlar muskullari qisqaradi. Dinamik ish bajaruvchi muskullar tez qisqaradi va katta kuchlanish bilan ish bajarish davomida tez charchaydi. Odatda, turli guruh muskullarini tolalari dinamik ish paytida navbati bilan qisqaradi, bu esa ularga uzoq muddat ish bajarish imkonini beradi. Asab tizimi muskullarini ishini boshqarish bilan ularni organizmni talabida – bajarilayotgan ishga moslashtiradi. Bunday jarayon muskullarga yuqori foydali ish koeffisiyentiga ega bo’lgan samarali ishlash imkonini beradi.

    Muskullarning har bir turdagi faoliyatiga bir qator maqbul (o’rtacha) ritm tanlash mumkin va ish maksimal darajada bajariladigan, charchash esa sekin asta rivojlanadigan yuklamani o’lchamini tanlash mumkin.

    Muskullarning ishi uning hayotiyligi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitdir. Uzoq muddatli faoliyatsizlik ularni atrofiyaga uchrashini va ish bajarish qobiliyatini yo’qotadi. Mashqlar ya’ni uncha me’yoridan ortiq bo’lmagan muskullarning ishi, ularni hajm jihatidan ortishini, kuchini ko’payishini va ish qobiliyatini oshishini ta’minlaydi. Bu esa butun organizmni jismoniy rivojlanishi uchun muhim omillardan hisoblanadi.

    Muskullar tonusi. Odamlarning muskullari tinch holatda ham bir muncha qisqargan bo’ladi. Bunday holatni uzoq muddat ushlab turuvchi kuchlanishli muskullar tonusi deyiladi. Uyqu paytida, narkoz berilganida muskullar tonusi bir muncha pasayadi, tana bo’shashadi. Muskullar tonusi faqat o’lgandan keyin yo’qoladi. Muskullarning tonik qisqarishlarida ular charchamaydi, ana shu tufayli ichki organlar normal holatda ushlab turiladi. Muskullar tonusining o’lchami markaziy asab tizimining funksional holatiga bog’liq bo’ladi.

    Skelet muskullarining tonusi, orqa miyaning harakat neyronaridan katta interval bilan bir-birini orqasidan muskullarga kelayotgan nerv impulslariga bog’liq. Bu neyronlarning faolligi markaziy asab tizimining yuqorigi bo’limlaridan hamda muskulning o’zidagi retseptorlardan (proprioretseptorlar) kelayotgan impulslar ta’minlab turadi. Harakatlarning koordinatsiyasini bajarilishida muskullar tonusi muhim rol o’ynaydi. Yangi tug’ilgan bolalarda qo’lning bukuvchi tonusi yuqori bo’lsa, 1-2 oylik bolalarda rostlovchi muskullar tonusi yuqori bo’ladi, 3-5 oylik bolalarda esa antogonist muskullar tonusining muvozanati kuzatiladi. Yangi tug’ilgan bolalarda va ularning hayotini birinchi oyida muskullar tonusi yuqori bo’lishini o’rta miyaning qizil yadrosini yuqori darajadagi qo’zg’aluvchanligi bilan bog’lab tushuntiriladi. Bosh miyaning katta yarim sharlari va piramidali tizimni funksional jihatdan yetilishi bilan muskullar tonusi pasayadi.

    Yangi tug’ilgan bolaning hayotini ikkinchi yarim yilida, oyoqlar muskulining tonusini sekin-asta pasayishi kuzatiladi, bu esa o’z navbatida yurishning rivojlanishi oldidan zarur bo’lgan funksional holat hisoblanadi.

    Charchash. Uzoq muddatli hamda ma’lum vaqtda kuchli ishdan keyin muskullar ish bajarish qobiliyatini pasaytiradi, qaysiki dam olishdan keyin tiklanadi. Keskin namoyon bo’lgan charchashda muskullarning uzoq muddatli qaltirashi rivojlanadi va to’lig’icha bo’shashish qobiliyatini yo’qotadi (kontraktura).

    Charchashning rivojlanishi eng avvalo asab tizimida yuz beradigan o’zgarishlar, ya’ni sinapslardan nerv impulslarini o’tkazilishini buzilishi bilan bog’liq. Charchashda qisqarishning asosiy energiya manbai bo’lgan zahiradagi kimyoviy moddalarning kamayishi va almashinuv mahsulotlarining jamlanishi (sut kislotasi va boshqalar) kuzatiladi.

    Charchashni yuzaga kelish tezligi asab tizimining holatiga, ishni bajarish ritm chastotasiga va yuklamani o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Noqulay holat tomonidan ham charchash chaqirilishi mumkin. Qiziq bo’lmagan yoqmagan ish ham tez charchash holatini chaqiradi.

    Bola qancha yosh bo’lsa u shuncha tez charchaydi. Bola emadigan paytda bedorlik davrining 1,5-2 soatida charchash boshlanadi. Harakatsizlik hamda uzoq muddat harakatni tormozlanishi natijasida ham charchash yuz beradi.

    Jismoniy jihatdan charchash – bu mo’tadil fiziologik hodisadir. Dam olishdan keyin faqatgina ish qobiliyati tiklanmasdan balki dastlabki darajasidan ham ortadi. I.M.Sechenov (1903 yilda) birinchi marta agar dam olish paytida chap qo’l bilan ish bajarsa, charchagan o’ng qo’l muskullarining ish qobiliyatini tiklanishini ko’rsatib bergan edi. Odatiy tinchlik holatdan farqli o’laroq bunday dam olishni I.M.Sechenov faol dam olish deb atadi. Darsga qadar va dars paytida hamda tanaffus paytlarida aqliy va jismoniy mehnat, jismoniy madaniy pauzalar dinamikasini navbatlashuvi o’quvchilarni ish qobiliyatini oshishini ta’minlaydi.

    Bolalarda harakatlarning rivojlanishi. Yangi tug’ilgan bolalarda qo’l-oyoqlarning, gavdaning va boshning tartibsiz harakatlari kuzatiladi. Koordinatsiyalangan - ritmik bo’lish, rostlash, olib kelish va uzatish kabi harakatlar, aritmik - koordinatsiyalanmagan va izolyatsiyalangan harakatlar bilan almashinadi.

    Bolalarning harakat faoliyati vaqtinchalik bog’lanish mexanizmlari bo’yicha shakllanadi. Bu bog’lanishlarning shakllanishida harakat analizatorining boshqa analizatorlar (taktil, ko’rish, vestibulyar) bilan uzviy aloqasi jiddiy rol o’ynaydi.

    Ensa muskullari tonusining ortishi, 1,5-2 oyligida qoringa yotqizilgan bolani boshini ko’tarish imkonini beradi. 2,5-3 oylik bolalarda ko’ringan narsaga qarab qo’lni harakati rivojlanadi. 4-oylik bolalar orqadan yonboshga burilsa, 5 oylikda qoringa va qorindan orqaga ag’darilish imkoniga ega bo’ladi. 3 oylikdan 6 oylikgacha bo’lgan davrda bola siljish uchun tayyorgarlik ko’radi; qoringa yotib boshini va gavdasini yuqori qismini ko’tarishga harakat qiladi va 8 oylik bo’lganida u ancha masofani siljishi –emaklashi mumkin bo’ladi.

    6 oylikdan 8 oylikgacha bo’lgan yoshda gavda va tos muskullarining rivojlanishi tufayli bola, o’tirishni, turish, tik turish, qo’li bilan tayanish, biron narsaga suyanishlarni boshlaydi.

    Bola bir yoshga to’lganida erkin tik turadi va qoida bo’yicha yura boshlaydi. Lekin bu yoshda bolaning qadami kichik, notekis tanani ushlab turilishi turg’un bo’lmaydi. Muvozanatni saqlash uchun bola qo’li yordamida tenglikni saqlashga harakat qiladi, oyoqlarini keng qo’yadi. Sekin-asta qadamni uzunligi orta boradi, 4 yoshga borib qadamni uzunligi 40 sm.gacha yetsada, hali ham oyoq olishlari tekis bo’lmaydi. 8 yoshdan 15 yoshgacha odim uzunligi orta borsada yurish tempi pasayadi.

    4-5 yoshlarda muskullar guruhlarining rivojlanishi va harakat koordinatsiyalarining takomillashishi tufayli chopish, sakrash, konkida uchish, gimnastik mashqlar singari ancha murakkab harakatlarni bajarish imkoni tug’iladi. Bu yoshda bolalar rasm chizishi va musiqa asboblarida o’ynashlari mumkin.

    Yosh ulg’ayishi bilan 13 yoshgacha bolalarning chopish tezligi orta boradi. 14-15 yoshli o’smirlarda tez yugurishga chidash bera olishning pasayishi, bizning nazarimizda ularning jinsiy yetilish davri bilan bog’liq bo’lsa kerak.

    Bolaning o’sishiga qarab sakrash kabi harakatlar ham rivojlanadi. Bolalarning yoshi kichik bo’lganida ular sakraganida, ularni oyog’i yerdan uzilmaydi va barcha harakatlar deyarlik o’tirib turish va tanani tik ushlashdan iborat bo’ladi. Uch yoshdan boshlab bolalar yengilgina oyoqni yerdan uzib joyida sakrashni boshlaydilar. Faqatgina 6-7 yoshlardan boshlab sakrash paytida oyoqlar suyaklarining koordinatsiyasi ko’rina boshlaydi. Sakrashni bajarish paytida harakatlarning koordinasiyasini takomillashishi bilan bir qatorda uning balandligi va davomiyligi ham ortadi.

    Joyida uzunlikga sakrashni uzoqligi o’g’il bolalarda 13 yoshgacha, qiz bolalarda esa 12-13 yoshgacha ortib boradi. 13 yoshdan keyin uzunlikga sakrashdagi jinsga bog’liq holdagi farq juda aniq ko’rinadi, balandlikga sakrashdagi farq esa 11 yoshdayoq namoyon bo’ladi.

    Yurish, yugurish, sakrash, irg’itish, suzish, raqs harakatlari, tik holdagi ish vaziyati kabi murakkab harakatlarni boshqarishni yuqori san’ati, tajribasi hech qachon o’z-o’zidan o’rganmasdan, mashq qilmasdan yuzaga kelmaydi, takomillashmaydi, qaysiki bular badiy gimnastika, figurali uchish, tramplindan sakrash, suv polosi, basketbol kabi o’yinlarni bajarish natijasidir.

    Sog’likni mustahkamlash va bolalarni jismoniy takomillashtirishdan tarkib topuvchi jismoniy tarbiyaviy funksiyasi fikrlash, diqqat-e’tibor va xotira kabi jarayonlarni rivojlanishida jiddiy aks etadi. Bu funksiya birgina biologik ma’noga ega emas, balki odamlarda axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va foydalanish, bilimlarni o’zlashtirish, o’rab turuvchi atrof-muhitni har tomonlama o’rganish va o’z-o’zini bilish imkonini kengaytiradi.

    Jismoniy mashqlar asosiy hisoblanadi. Lekin murakkab jismoniy tarbiyalash jarayonida organizmga ta’sir ko’rsatuvchi yagona omil emas. Umumiy ratsional tartib davomida oziqlanish va uyquni to’g’ri tashkil qilishda bu haqda eslash zarur. Lekin chiniqish ham bu borada muhim ahamiyatga ega.

    Jismoniy mashqlar faqatgina muskullar tizimini takomillashtiribgina qolmay, balki usiz muskullar ishini bajarib bo’lmaydigan vegetativ funksiyalarni ham (nafas, qon aylanish va h.z.) takomillashtiradi. Markaziy asab tizimining funksiyalariga, mashqlar stimullovchi ta’sir ko’rsatadi.

    Hozirda yoshga oid fiziologiyada bolalar va o’smirlar harakatining rivojlanishi haqidagi qonuniyatlarni yoshga bog’liq holda o’zgarishi bo’yicha juda ko’plab aniq ma’lumotlar jamlangan.

    Odamlar haqidagi fanning yutuqlari, bolalarni u yoki bu harakat faoliyatiga o’rgatish va harakat funksiyalarni ayrim tomonlarini shakllanish bosqichlarini xarakterli davrlarini ajratish imkonini berdi. O’sish va rivojlanishning turli davrlarida bolalarning organizmi mashqiy jismoniy yuklamalarga javob reaksiyasi turlicha va u ma’lum davrlarda katta va uzoq muddat saqlanib qoluvchi va samara beradi: ayrim mualliflar bularni kritik yoki sezuvchi davr deb ataydilar (Z.Kuznesova va boshq.) harakat funksiyasidagi jiddiy o’zgarish bolalarning kichik maktab yoshida yuz beradi (8-12 yoshlar).

    Morfologik ma’lumotlar shuni ko’rsatib turibdiki, bolaning harakat apparatining asab tuzilmalari (orqa miya, o’tkazuvchi yo’llar) ontogenezning dastlabki bosqichlarida yetiladi. Harakat analizatorining markaziy tuzilmalari borasida esa ularning morfologik jihatdan yetilishi 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan davrda amalga oshadi. Yana shu narsa diqqatni o’ziga jalb etadiki, aynan shu yoshga kelib muskul apparatining sezuvchi va harakat uchlari to’lig’icha rivojlanishiga ega bo’ladi. Muskullarning o’zlarini rivojlanishi va ularning o’sishi 25-30 yoshgacha davom etadi. Mana shuni o’zi bilan muskullarning mutloq kuchi ham yoshga bog’liq holda 25-30 yoshgacha ortib boradi.

    Hozir shuni ishonch bilan takidlash mumkinki, maktabdagi jismoniy tarbiyaning bosh vazifasi bolalarning maktabda o’qishni birinchi 8 yili ichida to’liq yechimiga ulgurishdan iborat, aks holda bolalarning harakat imkoniyatlarini rivojlantirish uchun eng samarali yosh davrlarini qo’ldan chiqarishimiz mumkin, yoki boshqacha aytganda «kechikamiz».

    Tekshirishlarni ko’rsatishicha 7-11 yoshdagi o’quvchilar nisbatan ancha past bo’lgan muskul kuchiga egadirlar. Kuchli va ayniqsa statik mashqlar ularni juda tez charchashiga olib keladi. Bu yoshdagi bolalar qisqa muddatli kuchli tezlik dinamik xarakterdagi mashqlarga moslashgan bo’ladi.

    Lekin kichik maktab o’quvchilarini statik holatlarni saqlab turishga sekin-asta o’rgatish kerak. Statik mashqlarni ahamiyati shundan iboratki, avvalo qad-qomatni tug’ri saqlab turish xususiyatini yaratishdir.

    O’g’il bolalar muskullarining kuchini ortishining eng jadal davri 14-17 yoshga to’g’ri keladi, qiz bolalarda esa bu yosh ertaroq kuzatiladi. O’g’il bolalar bilan qiz bolalarni muskul kuchi orasidagi farq 11-12 yoshlarda namoyon bo’ladi.

    Jismoniy tarbiya vositalari yordamida harakat sifatlari darajasini jiddiy oshirishda o’smirlik yoshi –muhim davr hisoblanadi. Ularning jinsiy yetilishi bilan bog’liq bo’lgan organizmdagi qayta o’zgarishlar jismoniy yuklamalarni to’g’ri taqsimlashda pedagogdan juda katta ma’suliyat talab qiladi. Yana bir muhim muammolardan biri bo’lib, ontogenezning turli bosqichlarida harakat faolligini hajmini to’g’ri rejalashtirish hisoblanadi.

    Tabiiyki, bola qancha ko’p harakatlansa, shunchalik uning harakat funksiyalarini rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Bizga ma’lum, bola maktab yoshigacha doimiy ravishda, faqatgina uyqu va ovqatlanishga ajratilgan vaqtdan boshqa vaqtda harakatda bo’ladi.

    Maktabga o’qishga kirganidan keyin bolaning harakat faoliyati ikki martaga qisqaradi. Faqatgina o’zining harakati tufayli 1-3 sinf bolalari maqbul harakatni 50 % nigina amalga oshiradi. Bu yoshda jismoniy mashqlar bilan o’tiladigan darslarni tashkil qilish jiddiy ahamiyatga ega bo’ladi.

    Hattoki sog’lom, to’g’ri rivojlanayotgan o’quvchilarda ham faqat spontan harakat faoliyat deb ataluvchi va jismoniy tarbiya darslari bir kecha-kunduzlik kerakli harakat hajmini ta’minlay olmaydi.

    Jismoniy tarbiya darsi bir kecha-kunduzlik zarur bo’lgan harakatlar miqdorining o’rtacha 11 % nigina to’ldiradi. Uydagi ertalabki gimnastika, maktabda dars boshlanishidan oldingi gimnastika, darslar orasidagi jismoniy pauzalar, tanaffus paytlaridagi harakatlanuvchi o’yinlar, harakat o’yinlari bilan sayr qilish, 7-11 yoshli bolalarda bir kecha-kunduzlik talab qilinadigan harakat hajmining 60 % gacha bo’lgan qismini namoyon qilish imkonini beradi.

    M.V.Antronova tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni ko’rsatishicha, uyda bajariladigan jismoniy tanaffuslar maktab o’quvchilarining kundalik ish tartibidagi jismonan-sog’lomlashtirish ishlarining bir qismi bo’libgina qolmay balki, aqliy ish bajarish qobiliyatini pasayib ketishiga qarshilik ko’rsatuvchi zaruriy tadbirlardan bo’lib qoladi. Uy sharoitida boshlang’ich sinf o’quvchilari uy vazifalarini bajarish ustida ishlayotgan paytda har 30-40 daqiqadan keyin jismoniy pauza qilishlari zarur.

    Agarda jismoniy tarbiya darsi va jismonan sog’lomlashtirish ishlari o’quvchilarni kun tartibidagi bir kecha-kunduzlik harakat xajmini yarmidan ko’pini ta’minlovchi zarur sharoit hisoblansa, unda sinfdan va maktabdan tashqarida tashkil qilinadigan jismoniy mashqlar darslari shunday tashkil qilinishi kerakki, u o’quvchilarni harakat faolligidagi defisitlarni oldini olsin va to’ldirsin.

    Bundan tashqari 1-11 sinf o’quvchilari uchun har kun 15-20 daqiqali harakatli o’yinlar 3 soatdan keyin keng joriy etilishi kerak, chunki bunday tartib 1-2 soatlardan keyingi o’tkaziladigan tadbirlarga nisbatan ham bolalarning aqliy ish bajarish faoliyatini 3-4,5 martagacha oshirishi mumkin.

    O’smirlar uchun ham 3- va 4-soatlardan keyin va kunnnig ikkinchi yarmida uy vazifalarini bajarishdan oldin faol dam olish tavsiya etiladi. Agarda 5-6 soatlardan keyin faol dam olish imkoniyati berilsa, ish qobiliyati ko’rsatkichlarini yomonlashuvi bilan birga qon tarkibidagi leykositlarni fagositar faolligini ham yo’qolishi kuzatiladi.

    Suzishga, suvda cho’milishga jiddiy e’tibor berilishi kerak. Uning ahamiyati, muhimligi, va albatta har bir yigit-qiz suzish tajribasiga ega bo’lishi kerakligi haqida gap yuritishni o’zi noo’rin. Shu bilan birga o’zining sog’lomlashtirish ta’siriga ko’ra (jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari orasida) suzish yuqori o’rinlardan biri sifatida ilgari surilmoqda.


    7.5. Bolalar va o’smirlar tayanch-harakat organlarining rivojlanishida jismoniy mehnat va jismoniy madaniyatning roli.
    Qad-qomat. Har bir odam uchun xos bo’lgan qad-qomat, bo’y-bast yoki holat spetsifikdir, ya’ni tik turganda, o’tirganda va ish bajarganda har kim o’ziga xos tana holatini namoyon qiladi. Qad-qomat odatda muskullarning statik kuchlanishi tufayli ushlab turiladi.

    To’g’ri yoki kelishgan qad-qomatlarda umurtqa pog’onasining qiyshiqliklari juda kam, yelka keng, oyoqlar to’g’ri, kaftlaridagi gumbazlar normal bo’ladi. Bo’y-basti yaxshi odamlar kelishgan, ularning boshi doimo oldinga to’g’ri qarab turadi yoki biroz orqaga tashlangan bo’ladi, ko’krak biroz qorindan oldinga chiqib turadi. Bunday odamlarning muskullari tarang, harakatlari dadil va aniq bo’ladi. To’g’ri qomat, bo’y-bast odamning harakat organlari tizimini funksiyasi va ichki organlar faoliyati uchun ancha qulaylik to’g’diradi, oxir-oqibat ish bajarish qobiliyatini oshishini ta’minlaydi.

    Qomat noto’g’ri bo’lganida bosh oldinga chiqqan, ko’krak qafasi yalpoq, ichga tortgan, yelka chiqqan, qorin shish singari osilib turadi, oyoqlar tizza bug’unidan ikki tomonga yoki ichga qiyshaygan bo’ladi. Bel lodozi va ko’krak kifozi kuchli ko’rinadi («aylana yelka»). Noto’g’ri qomat ko’pchilik holatlarda skoliozlar bilan birga kechadi, ya’ni umurtqa pog’onasining yon tomonga qiyshayishi yuz beradi. Skoliozlarda yelka, kuraklar va tos suyaklari asimmetrik holatda bo’ladi.



    36-rasm. Tik turish tiplari.

    a-mo’tadil qomat; b-egik qomat ; d-kifotonik qomat; e-kekkaygan qomat; f-lardotik qomat; g-skolioz qomat.


    Noto’g’ri qomat yurak, o’pka, oshqozon-ichaklar tizimini ishini og’irlashtiradi: bu paytda o’pkaning tiriklik sig’imi kamayadi, moddalar almashinuvi sekinlashadi, bosh og’rig’i kuzatiladi, tez charchaydigan bo’lib qoladi.

    Qomat odatda tadqiqot ishlari olib boriladigan ko’rsatkichlar qatoriga kirmaydi. Yoshlikdanoq u shakllanishni boshlaydi va hayot davomida o’zgarib turadi. Asosan qomatni shakllanishi 6-7 yoshda yuz beradi va uning shakllanishida gavda muskullarining rivojlanishi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu muskullarning kuchlanishi, qomatni shakllantiradi va o’sha holatda ushlab turadi, ularning kamayishi esa uning buzilishiga olib keladi. Bolalarda gavda muskullari hali zaif rivojlanganligi sababli, ularning qomati chidamsiz bo’ladi.

    Qomatni shakllantirish o’quvchilarni jismoniy jihatdan tarbiyalashning asosiy vazifalaridan biridir. Bu yerda bosh mezon bo’lib bir tekisda mashqlar bajarish va barcha guruh muskullarini gormonik rivojlantirishdan iboratdir. 18 yoshga yetganda qomat stabillashadi va bundan keyin uni tuzatish juda qiyin bo’ladi.

    Qomatni buzilishiga nimalar olib keladi? Voyaga yetganlarga nisbatan bolalarda tanani tik turganda yoki o’tirganda normal yoki bir xil holatda uzog’ muddat saqlab turish juda qiyin. Ular tez charchab tana holatini noto’g’ri holatga o’zgartiradi, bu esa avval qomatni buzilishiga olib kelsa, so’ngra yelka muskullarini bo’shashiga va o’sayotgan umurtqa pog’onasini qiyshayishiga olib keladi. Shu sababli jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar, sayr qilish, xuddi to’g’ri yig’ilgan mebel singari turli muskul faoliyatining navbatlashuvchi qomatni buzilishini oldini oladi. Bolalarga og’ir yuk ko’tarishga ijozat bermaslik kerak, portfelga kitob solib qo’lda ko’tarib yurish ham umurtqa pog’onasini qiyshayib qolishiga, olib kelishi mumkin.

    O’quvchilarga daftar va kitoblarni yelkaga osiladigan ranslarda olib yurish maqsadga muvofiqdir. Bolalarga juda yumshoq yoki yotgan paytda buklanib tushib ketadigan krovatlarda uxlash tavsiya qilinmaydi.

    Dars va ovqatlanish uchun o’tirganda bolalarni to’g’ri o’tirishiga e’tibor berish kerak. Buni esa qachonki o’tiradigan stul va stol bolaning bo’y va tana proporsiyasiga to’g’ri keladigan bo’lsagina ta’minlash mumkin.



    Bolalarni harakat apparatini rivojlanishida jismoniy madaniyatning ahamiyati. Muskullarning quvvati va o’lchami to’g’ridan to’g’ri mashqlar va trinengga bog’liq bo’ladi. Ish jarayonida muskullarning qon bilan ta’minlanishi ortadi, asab faoliyati bilan ularning boshqarilishi yaxshilanadi, muskul tolalarining o’sishi yuz beradi, ya’ni muskullarning massasi ortadi.

    Muskullar tizimining jismoniy ishga qobiliyati, baquvvatliligi trinenglar natijasi hisoblanadi.

    Bolalarning va o’smirlarning harakat faoliyatini ortishi suyak tizimini o’zgarishiga va ularning tanasini suyak tizimini o’zgarishiga va ularning tanasini jadal o’sishiga olib keladi. Trenning ta’sirida suyaklar ancha mustahkam va yuklamalar va sinishlarga chidamli bo’ladi. Bolalar va o’smirlarning yoshini hisobga olib tashkil qilingan jismoniy mashqlar va sport treningi qomatni buzilishini oldini oladi.

    Almashinuv jarayonlarining kechishiga va ichki organlar funksiyasini bajarilishiga skelet muskullari ta’sir ko’rsatadi. Nafas harakatlarini ko’krak muskullari va diafragma bajarsa, qorin pressi muskullari qorin bo’shlig’i organlarini normal faoliyatini, qon aylanishi va nafas olishni bajarilishida ishtirok etadi.

    Hozir hammaga ma’lum gipokineziya –kam harakatlanish – sog’liq uchun zararlidir. Me’yoridan ortiq semirish, uning natijasida rivojlanuvchi skeleroz va u bilan bog’liq bo’lgan yurak-tomirlar faoliyatining buzilishi – gipokineziya natijasidir.

    Muskullarning har tomonlama faoliyati organizmni ish bajarish qobiliyatini oshiradi, bu paytda ish bajarish uchun organizm kam miqdorda energiya sarflaydi. Doimiy ravishda jismoniy yuklamalarni bajarish nafas harakatlarining takomillashgan mexanizmini shakllantiradi. Nafas olish chuqurligi oshadi, organizm to’qimlari bilan kisloroddan foydalanish darajasi ortadi. Jismoniy mashqlar ta’sirida o’pkaning tiriklik sig’imi ortadi. Mashqlar jarayonida qon tomirlarini elastikligi oshadi va ularda qonning harakatlanishi yaxshilanadi.

    O’zining ish faoliyati bo’yicha odam kam harakatchan bo’lsada sport bilan shug’ullanmasa o’rta va qarilik yoshlarida uning muskullarining elastiklik va qisqaruvchanlik xususiyatlari pasayib ketadi. Muskullar juda bo’shashib ketadi, buning natijasida qorin pressi muskullari ushlab turuvchi ichki organlarini osilib qolishi yuz beradi va me’da ichaklar tizimini funksiyasi buziladi. Yelka muskullarini bo’shashi natijasida qad-qomatini o’zgarishini chaqiradi, asta-sekin engashib yurish rivojlanadi, harakatlar koordinatsiyasi buziladi.

    Jismoniy mashqlar sog’lom, kuchli, baquvvat tana tuzilishi bo’yicha to’g’ri va muskullari garmonik rivojlangan odamni shakllanishiga qulay samara beradi.

    Hozirgi davr uchun xarakterli bo’lgan odamlarni jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratilishidir. Jismoniy madaniyat bilan shug’ullanish uchun yosh chegarasi yo’q. Yoshi o’tgan odamlarni doimiy ravishda jismoniy mashqlarni bajarishi bo’g’inlarda tuz o’tirishiga qarshilik qiladi, ularni harakatchanligini saqlab qoladi, muskullar va paylarning bog’lovchi apparatlarini mustahkamlaydi. Bunday hollarda harakat bilimlari yuqori darajada saqlab qolinadi va yoshi o’tgan odamlar o’z harakatiga ishonchini yo’qotmaydi.

    Mashqlar odam harakat apparatlarining takomillashtiruvchi samarali vositasi hisoblanadi. Mashqlar ta’sirida odamlarning barcha shakldagi harakat faoliyatlarini takomillanishi va turg’unligi shakllanadi.

    Mashqlarni fiziologik mohiyati dinamik steriotiplarni hosil bo’lishiga olib keladi. Mashqlarni bajarishni dastlabki davrida bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i bo’ylab qo’zg’alishni keng tarqalishi kuzatiladi. Katta miqdordagi muskullar faoliyat holatiga tortiladi, o’quvchilarni harakati noaniq, bo’sh va ishonchsiz bo’ladi. Bu paytda ushbu harakat aktiga aloqasi bo’lmagan ko’plab muskullar qisqaradi. Buning natijasida tormozlanish rivojlanadi, muskullarning ish bajarish qobiliyati pasayadi.

    Sport bilan shug’ullanuvchi odamlarda yurak muskullarining qisqarish soni kamayadi, lekin sistolik va minutlik qon haydash hajmi ortadi. Sport bilan shug’ullanmagan odamlarda esa yurakning minutlik hajmi uncha jiddiy bo’lmagan sistolik hajmini ortishi va yurak faoliyatini jiddiy tezlashishi hisobiga yuz beradi.



    7.6. Tayanch - harakat organlarining gigiyenasi
    Qaddi qomat va uning kamchiliklari. Har bir odam o’z tanasini odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deyiladi. Qad-qomat shakllanishida ayniqsa umurtqa pog’onasining, ko’krak qafasi, qo’l va oyoqlar suyaklari hamda tana muskullarining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Odam qad-qomatining to’g’ri bo’lishi muskullar tonusiga, asab tizimining holatiga, hayoti mobaynida gavdasini tutishiga, jismoniy mashq bilan shug’ullanish darajasiga, turli kasalliklarga chalinuvchanligiga bog’liq. Anatomik nuqtai nazardan, mutadil qad-qomat deyilganda, umurtqa pog’onasi bir me’yorda to’lqinsimon, bosh va bo’yining tanaga nisbatan to’g’ri va tik, ikkala yelka va ikkala ko’krak bir tekislikda, qorin bir oz ichga tortilgan, ko’krak qafasi bir oz qorindan oldinga chiqib turgan, oyoqlari tik va to’g’ri holatda bo’lib, ularni juftlashtirganda tovonlar, tizzalar bir-biriga tegib turadigan holat tushuniladi.

    Qad-qomatning noto’g’ri shakllanishi bir necha xil bo’ladi: cho’zilgan, egilgan, kifotik, lordotik va skolitik qad-qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat skelet muskullari ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo’lishi tufayli yuzaga keladi.



    Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o’xshab ko’tarilib, orqa yelka qismi do’mbayib, bukir holat yuzaga keladi.

    Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq, ko’krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat umurtqa pog’onasining bel qismi me’yordan ko’proq oldinga bukilishi, bo’yin qismida esa oldinga kamroq bukilishi, hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi.

    Skoliotik qad-qomatli odam tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi baland, ko’kraklari ham past, baland, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Bunday odam gavdasini to’g’ri va tik tuta olmaydi, tik turganda gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo’ladi (rasmga qarang). Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun bir qator gigiyenik qoidalarga rioya qilish kerak.

    Qad-qomatning to’g’ri shakllanishiga bola tug’ilishidan boshlab e’tibor berish lozim. Yangi tug’ilgan bolaning oyoq-qo’llarini to’g’ri parvarish qilish, to’g’ri yo’rgaklash, beshikda yotganda oyoq-qo’llarini to’g’rilab bog’lash, ko’krak qafasini qattiq qisib bog’lamaslik kerak. Bola bir yoshda yura boshlaydi. Bu davrdan boshlab bolaning qad-qomatiga ye’tibor berish lozim.

    Bolani olti oylik bo’lguncha o’tqizmaslik, o’n oylik bo’lguncha oyog’ida uzoq vaqt tik turg’izmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog’onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo’lganligi sababli tana og’irligini ko’tara olmasdan, qiyshayib qolishi mumkin.

    4-5 yoshgacha bo’lgan bolalalarni katta odamlar uzoq vaqt qo’lidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko’tarilishi tufayli umurtqa pog’onasi egrilanib qolishi mumkin. Bolaning 6-7 yoshdan qad-qomati shakllana boshlaydi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari uzoq vaqt bir joyda o’tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og’ir buyumlarni ko’tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo’lida ish bajarmasligi, bo’ylariga mos parta, stol-stullarda o’tirishi kerak. O’quvchilar parta, stol-stulda o’tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: o’tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyang’ichiga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo’g’imida to’g’ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko’krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm. ga yaqin masofa bo’lsin.

    Yurganda boshni tik tutib, o’rtacha qadam tashlash, lapanglab, bir qo’lni cho’ntakka solib, qiyshayib yoki uyalib, engashib yurmaslik, mehnat darsida gavda holatini, mehnat turini tez-tez o’zgartirib turishi kerak. Bolalar va o’smirlarda ko’pincha tovuq ko’krak, etikdo’z ko’kragi, skoliozning turli shakllari, yassi oyoqlik, muskullarni yetarli rivojlanmasligi, bo’g’imlarning kasallanishi kabi nuqsonlar tufayli qad-qomat buziladi. Bola yoki o’smirni oyoq kiyimining tor yoki keng bo’lishi ham qad-qomatning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.

    Bolaning tunda uxlashiga ham e’tibor qaratish lozim. Bola gadasini to’g’rilab tekis joyda, biroz qattiq o’rin ko’rpada uxlashi kerak. Ba’zi bolalar gujanak bo’lib uxlaydilar. Bunday holat ham qad-qomatga ta’sir qiladi, bolalar va o’smirlar qad-qomatni to’g’ri shakllanishiga yordam beradigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga yoshlikdan o’rgatish lozim. Masalan: gimnastika, suvda suzish, voleybol, turnikda tortilish va boshqalar.

    Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning ko’rinishi o’zgarmasdan, balki u ichki organlar (o’pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilarning) rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi.

    Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun shu yoshgacha o’smirlar yuqorida ko’rsatilganlarga amal qilsalar ularning qad-qomatlari to’g’ri va chiroyli bo’lib shakllanadi.

    Bolani qad-qomatini to’g’ri shakllanishini ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar tizimli ravishda kuzatib borishlari, zarur bo’lganida turli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.

    Skolioz tayanch-harakat apparati kasalliklariga kiradi, u umurtqa pog’onasining yon tomonga qiyshayishidir. Kasallik o’z vaqtida davolanmasa, uzoq yilga cho’ziladi va oqibat natijada ko’krak qafasi bo’shlig’idagi hayotiy muhim organlarga zarar yetadi. Bu kasallikda ko’pincha umurtqa pog’onasining shakli buziladi. Skoliozning og’ir-yengil kechishi umurtqa pog’onasining qanchalik qiyshayganiga bog’liq. Qobirg’alar uchining bir oz bo’rtganligi 10° qiyshayishi skoliozning birinchi darajali belgisi qovurg’alarda bukirlik hosil bo’lib qiyshayish burchagi 30° gacha bo’lsa ikkinchi darajali, qiyshayish burchagi 30-50° bo’lganda skoliozning uchinchi darajasi va nihoyat qiyshayish burchagi 50° dan ortsa, skoliozning to’rtinchi darajasi rivojlangan bo’ladi.

    O’quvchilar o’qish jarayonida umurtqa pog’onasining juda zo’riqishi skoliozga sabab bo’ladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida, maktab internatlarda shifokorlar, biologiya o’qituvchilari o’quvchilarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turishi, o’quv muassasalarida o’quvchilarning o’qishi, mehnat qilishi uchun talab qilingan gigiyena sharoiti yaratib berilishi shart. Ayniqsa bog’cha, kichik maktab yoshidagi bolalarni tekshirib, skolioz bor yo’qligini aniqlash va zo’rayib ketmasligi uchun chora-tadbirlar ko’rish muhim ahamiyatga ega.

    Noto’g’ri o’tirish natijasida umurtqa pog’onasining yon tomonga egilishi (skolioz). Bolalar va o’smirlar tez o’sib rivojlanadilar. Bu davrda ularning ovqatlanishiga katta ye’tibor berish kerak. Bolalar ovqatida vitaminlar, ayniqsa vitamin D, tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) yetarli bo’lmasligi, oyoq suyaklarini noto’g’ri shakllanishiga sababchi bo’lishi mumkin. Buning oqibatida oyoqlar X simon yoki O simon qiyshayadi.

    Oyoqlarning X-simon shaklida oyoqning tizza qismlari bir-biriga tegib turganda tovonlar bir-biridan uzoqlashadi. Oyoqlarning O-simon shaklida, aksincha tovonlar bir-biriga tegib turganda, tizzalar bir-biridan yiroqlashgan holatda bo’ladi.

    Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga ko’ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.

    Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko’proq qismi o’yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo’ladi. Tovon va panjalarning bunday tuzilishi tana og’irligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta’minlaydi.



    Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining (gumbaz qismi) kengayib, o’yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuzasining butun sathining gumbaz qismi egilib, tekis bo’lib qoladi. Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi: bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko’proq yurganda, yugurganda, og’ir yuk ko’targanda oyog’ining tovon-panja va boldir muskullarida og’riq paydo bo’ladi; yassioyoqli umurtqa pog’onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qadqomatning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to’g’ri tuta olmaydi. Yassioyoqlik odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo’llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining og’irligi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og’riq seziladi. Bunday odamlar ko’proq tik turganida va yurganida oyog’ining kaft yuzasi yana kengayadi va ertalab mos bo’lgan poyafzal kunning ikkinchi yarmida oyoqni qisa boshlaydi.


    37-rasm.Oyoq panjalari kaftlarinig shakllari:

    A-mo’tadil, B-yassi panja, D- turli darajadagi yassipanjalik


    Yassioyoqlikda, tananing massasi ko’proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyafzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.

    Yassioyoqlik tug’ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Tug’ma bo’lishi bu nasldan naslga berilishi yoki bolaning embrion rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta’siri natijasida sodir bo’lishi mumkin.

    Yassioyoqlikning tug’ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:


    • Bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog’ida tik turg’izish;

    • Yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyafzal kiygizish;

    • O’quvchilar kun bo’yi poshnasiz sport poyafzalida yurishi (sprot poyafzalini faqat mashg’ulot vaqtida kiyish kerak);

    • Poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo’lgan poyafzallarni kiyish;

    Og’ir yuk ko’tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
    Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e’tibor berish kerak.

    VII BOB. ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI



    Download 1.67 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




    Download 1.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yosh fiziologiyasi va gigienasi

    Download 1.67 Mb.