Yoyli dastakli payvandlash mohiyati va rejimlari 6-mavzu. Yoyli dastakli payvandlash mohiyati




Download 331.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.04.2024
Hajmi331.99 Kb.
#202723
  1   2   3   4
Bog'liq
6-Маъруза Ёйли тастакли пайвантлаш моҳияти
BMI Sadirova Dilbar, Instructions on ensuring of system ru, Ахмаджонов М, boynazarov, Onlayn olimpiada, Aning kurs ishi Web saytlarni yaratish, M.Amonov, сиртки тестлар рус, xrpt u3ltrd4dklbn7ae3mczuk090mh6zsg0d0lypopu14vezvir0kftxfrvs1phiyglxsad9pyzjj49, Qaraqalpaqstan etnonim 2, Kampyuter tarmoqlarida test savollari. Kompyuter tarmog`i nima , 1701689968 (2), Oziq ovqat tovarlari sifatini tekshirish usullari-fayllar.org, obyektivka-namuna, Mavzu innavatsion faoliyatni tashkil etishda texnoparklar tizim-fayllar.org


YOYLI DASTAKLI PAYVANDLASH MOHIYATI

VA REJIMLARI 
6-mavzu. Yoyli dastakli payvandlash mohiyati 
 
Reja: 
1.Yoyli dastakli payvandlash mohiyati 
2.Yoyli dastakli payvandlash postining jihozlanishi 
3.Elektrod tutqich 
4.Payvandlash kabel-simlari 
5.Qirralarni payvandlashga tayyorlash 
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: elektrod, payvandlash kabinasi, payvandlash post, biriktirgich-ajratgich, saqlagich, payvandlash 
transformatori, payvandlash simlari, elektrod tutqich, payvandlash kabel-simlari.
Yoyli dastakli payvandlash mohiyati 
 
Yoyli dastakli payvandlash – yoyli payvandlashda, yoy yonishi, elektrod uzatilishi va siljitishi qo‘lda bajariladi. 
Yoyli dastakli payvandlashda, yoy yonishi, payvandlash davrida uni ushlab turish, payvandlanayotgan yuza bo‘yicha siljitishni 
payvandchi qo‘lda bajaradi. Normal yoy uzunligi elektrod diametridan 0,5 – 1,1 ga oshmaydi. Elektrod diametri 3 – 6 mm ni tashkil etadi. 
Payvandlash ishlarining asosiy hajmini 90–350 A va 18 – 30 V kuchlanishda bajariladi.
2.1 – rasm. Yoyli dastakli payvandlash chizmasi: 
1 – elektrod o‘zagi; 2 – elektrod qoplamasi; 3 – gaz yoki gaz-shlak himoya; 4 – payvandlash vannasi; 5 – payvand chok; 6 – shlak qoplamasi.
 
Yoyli dastakli payvandlash posti jihozlanishi 
Bajariladigan ishlarning turiga, buyumning o‘lchamlariga va ishlab chiqarish turiga qarab, payvandchining ish o‘rni turlicha tashkil etilishi 
mumkin. Bu ish o‘rinlari katta gabaritli buyumlarni, inshootlarni montaj qilish (o‘rnatish) yoki tayyorlash uchun muqim payvandlash kabinasidan 
yoki vaqtinchalik payvandlash postidan iborat bo‘lishi mumkin.
1
Agar payvandlanadigan buyum katta bo‘lmasa va katta seriyalarda tayyorlansa, u holda ish o‘rni muqim payvandlash kabinalarida tashkil 
etiladi, bu kabinalarning o‘lchamlari bitta payvandchi uchun kamida 2,0x2,5 m, balandligi kamida 2,0 m bo‘ladi. Kabina havoning tabiiy harakati 
hisobiga yaxshi shamollatib turilishi kerak uning uchun devorlari polgacha 200...250 mm yetkazilmasligu lozim. Eshik o‘rniga halqalarda brezent 
parda osib qo‘yiladi. Kabinaning devorlari o‘tga chidamli materialdan, ko‘pincha metalldan yasaladi. Ichkari tomondan devorlarga o‘tga chidamli 
qoplama yoki ochiq rangli bo‘yoq chaplanadi, bu ranglar yaltiramaydi va xira sirt hosil qiladi. Havoni umumiy va mahalliy usulda shamollatish 
majburiydir. Kabinaga payvandlash yoyini ta’minlash manbayi, uni ta’minlash elektr tarmog‘iga ulash uchun, biriktirgich-ajratgich yoki magnitli 
yurgizib yuborgich o‘rnatiladi. Agar payvandlash o‘zgartkichdan foydalaniladigan bo‘lsa, uni kabinadan tashqarida, ovozni o‘tkazmaydigan xonada 
o‘rnatiladi.
Payvandlash postlariga o‘zgaruvchan tok maxsus transformatorlardan, o‘zgarmas tok esa o‘zgartirgich va to‘g‘rilagichlardan beriladi. 
2.2-a rasmda o‘zgaruvchan tok bilan elektr yoyi vositasida (qo‘l bilan) payvandlash postining prinsipial elektr sxemasi, 2.2- b rasmda esa 
bunday postning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan.
1
Edward R. Bohard. Welding: Principles and Practces - American Welding Society - Connect Learn Success, 2012 



Download 331.99 Kb.
  1   2   3   4




Download 331.99 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yoyli dastakli payvandlash mohiyati va rejimlari 6-mavzu. Yoyli dastakli payvandlash mohiyati

Download 331.99 Kb.
Pdf ko'rish