• II. O ‘ tgan mavzuni so ‘ rash.
  • Ergashgan qo’shma gaplar. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar. 45-mashq
  • Foydalaniladigan adabiyotlar




    Download 219.22 Kb.
    bet18/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219.22 Kb.
    #15586
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
    Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.

    I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stiri

    II. Otgan mavzuni sorash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu bayoni : mashqlar tahlili ustida ishlash :


    • Bilib oling. Qismlarining qanday bog`lovchi vositalari yordamida bog`lanishiga ko’ra qo’shma gaplar uch guruhga bo'linadi:

    • Bog`langan qo’shma gaplar.

    • Ergashgan qo’shma gaplar.

    • Bog’lovchisiz qo’shma gaplar.

    45-mashq. Matnni o’qing. Undagi qo’shma gaplarni topib ko’chiring. Ularni guruhlarga ajrating. Gaplarni nima asosida guruhlarga ajratganingizni ayting.

    1. Baraka top, jiyan. Sen borsan, ko’nglim to’q. Shu, mashina haydashni o’rganib olsang, juda soz bo’lardi. Qatorda noring bo’lsa, yuking yerda qolmaydi, deydilar. (Hakim Nazir) 2. Goh kechalari shamol bo’riday uvillab chiqar, goh sharros yomg’ir quyib qolardi. (E. Usmonov) 3. Guli yo’q bo’stondan yaproq yaxshi, foydasi yo’q yo'ldoshdan tayoq yaxshi. (Maqol) 4. Dunyo ko’rgan odam bilan hamsuhbat bo’lsang, bahri diling ochiladi. (O’. Hoshimov) 5. Yurakda orzum qat-qat, ko’nglim etadi parvoz. (Rauf Tolipov) 6. Quyoshli(va) tog’da qushlarning xush navosi boshlandi. (Sh. Xolmirzayev)



    46-mashq. Matnni o’qing, qo’shma gap qismlarini aniqlab, ularni izohlang.

    O’qishli kitob go’zallikdir, lekin go’zallikda ham go’zallik bor. Qorong’i kechada otilgan mushak ham go’zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go’zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go’zalligi ko’zni qamashtirsa ham puch go’zallik, shuning uchun bebaqodir. Gulning go’zalligi esa to’q go’zallik, chunki uning bag’rida hayot bor, shuning uchun abadiy go’zallikdir. G’uncha guldan ham go’zalroq, chunki uning bag’rida ikki hayot — o’z hayoti va yana gul hayoti bor. (Abdulla Qahhor)



    47-mashq. Gaplarni o’qing, bog’langan qo’shma gap, ergashgan qo’shma gap, bog’lovchisiz qo’shma gap sarlavhalari ostida uch guruhga bo’lib ko’chiring.

    1. Shogirdlar qancha ko’p bo’lsa, ko’ngil qafasi shuncha ravshanroq bo’ladi. (G’afur G’ulom) 2. Og’ziga kelganini demoq nodon ishi va oldiga kelganini yemoq hayvon ishi. (Alisher Navoiy) 3. Oqil agar(gar) so’z bila so’zni yopar, Orif o’shal so’zda o’zini topar. (Haydar Xorazmiy) 4. Hunar o’rgan, chunki hunarda ko’p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. (Nizomiy) 5. Jahonda hammadan to’g’rilik a’lo, Egrilikdan ortiq yo’qdir hech balo. (Firdavsiy)



    48-mashq. Sodda gaplarni qo’shma gaplarga aylantiring.

    Biz ham uning ketidan bozorga kirdik. Zarafshon vodiysida yetishtiriladigan ho'l-u quruq noz-ne’matlar bari shu yerda. Ranglar-chi, tabiiy ranglar. Tog’ora-yu savatlarda katta Minorga o’xshatib terib qo’yilgan pomidorlar, anjirlari xirmon qilib uyib tashlangan qovun-tarvuzlardagi oq-u qora, ko’k-u zangor — olamdagi hamma rang bir-biri bilan rang talashadi. Ulardan taralayotgan muattar hid-chi?! Quyoshning nuri, yerning sharbatini shimib pishgan zilday bosvoldini qo’lingizga olib bir hidlasangiz, bemalol qovun polizga borib qaytganning savobini topasiz. (S. Anorboyev)



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    O‘TIBDO‘ _____________________________________

    «Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK



    Mavzu: 11-dars BOG’LANGAN QO’SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT



    Download 219.22 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




    Download 219.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalaniladigan adabiyotlar

    Download 219.22 Kb.