Zbek tili darsning maqsadi




Download 219.22 Kb.
bet41/81
Sana22.07.2021
Hajmi219.22 Kb.
#15586
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

24-25-dars KO’MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi.

100-mashq. Ko’chiring. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni aniqlang. Qanday tinish belgisi qo’yilganini va buning sababini izohlang.

1. Xalq Yusufbek hojidan zarra yomonlik ko’rmagan, shuning uchun u qayoqqa yursa, shu yoqqa borishga hozir turar edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo’l hosil oldik. (Olimjon Xoldor) 3. Tuzimlar o’zgarsa ham, Inson o’zgarmas ekan, Shul boisdan Payg’ambar Ummat g’amin yeganlar: Allohdan boshqasiga sig’inmagin deganlar. (A.Oripov) 4. Kamtarin bo’l, hatto bir qadam O’tma g’urur ostonasidan, Piyolani shuning-chun inson o’par doim peshonasidan. (E. Vohidov) 5. O’zimiz juda cho’llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik. (Abdulla Qodiriy). 1/. Uning bunday odati yo'q edi, shuning uchun yigit hayron bo'lib, biroz qarab turibdi. (Abdulla Qahhor) 3/. Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo'q edi, shu bois tag'in jiddiy ishga kirishib ketdilar. (O. Yusupov) 4/. Saodat ko'pdan beri ashula aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo'shilib ashula aytgisi keldi. (Ibrohim Rahim)

101-mashq. Berilgan gaplardagi shuning uchun, shu sababli, shu tufayli kabi bog’lovchi vositalar tarkibidagi ko’rsatish olmoshini chiqarib tashlab, ko’makchi holida qo’llang. Ergash gap kesimi tarkibida qanday o’zgarish bo’lganligini izohlang.

1. Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda, shuning uchun klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo’lga kiritmoqdalar. 2. Musavvirlikka menda havas uyg’ondi, shu sababli uning sirlarini o’rganishga astoydil bel bog’ladim. (Said Ahmad) 3. Giyohvandlik — insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy kurash olib bormoqda. (Gazetadan) 4. Beruniy ilm yo’lidagi hamkorlikni juda qadrlar(di), shuning uchun ham o’z davrining taniqli olimlari bilan ilmiy aloqalar o’rnatgan edi. (Mirkarim Osim) 5. O’qituvchi bolalarni nazmdan xabardor etishni o’z burchi hisoblardi, shu bois «Guliston» va «Bo’ston» kabi kitoblarni mustaqil mutolaa qilishga ruxsat bergan edi. (A. Qayumov)

Namuna: Maktabimizda sport klubi yaxshi faoliyat olib bormoqda, shuning uchun klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo’lga kiritmoqdalar — Maktabimizda sport klubi yaxshi faoliyat olib borayotganligi uchun klub a‘zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.

102-mashq. Gaplarni ko’chiring. Ergash gapning bosh gapga bog’lanishiga diqqat qiling.

1. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo’l. 2. Ilmsiz inson - mevasiz daraxt, shuning uchun hamisha ilmlilar safida bo’lishga intil. 3. Ilm martabasi martabalarining zo’ridir, shu sababli yoshlikdan ilm olish payida bo’l. 4. Qog’ozga tushirilmagan ilm unitilib ketadi, shuning uchun bilganlaringni kelgusi avlodlarga yozib qoldirishga harakat qil. 5. Ilm — saodatga yo’llovchi mash’al, shu tufayli uning insonlar hayotidagi o’rni nihoyatda katta. («Otalar so’zi»)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»



Download 219.22 Kb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Download 219.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbek tili darsning maqsadi

Download 219.22 Kb.