• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219.22 Kb.
    bet50/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219.22 Kb.
    #15586
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu
    Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko’rsatish olmoshi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
    129-mashq. Ko’chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Bosh gap kesimining ifodalanishini tushuntiring.

    1. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz. (M.Mansurov) 2. Toleim shulki, jahonda bir guliston tanladim. (Hamid Olimjon) 3. Muhammad Yusuf ijodining o’ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o’qiladi, sodda, xalqchil. (O.Sharafiddinov) 4. Buning natijasi shu bo'ldiki, To’laganning qanshariga musht tushdi. (Abdulla Qahhor) 5. Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak. (G’afur G’ulom) 6. Qizig’i shundaki, shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi. (F.Musajonov)


    131 mashq. Gaplarni ko’chiring, ergash gapning bosh gapga bog’lanishiga diqqat qiling.

    1. Eng yaxshi yol shuki, yaxshi do’st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi. 2. O’tgan ota-bobolarning xulosasi shuki, shirin so’z odamlarning qalbini bog’lovchi zanjirdir. 3. Qisqa gap shuki, odam so’zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. 4. Donolarning o’giti shundayki, so’zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir. 5. Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qayishmaydi. («Hikmatlar bo’stoni» kitobidan)


    133 mashq. Uyga vazifa. Vatanni sevishimning boisi shuki, …bosh gap ishtirokida bir necha qo’shma gap tuzing.

    N a m u n a: vatanni sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to’kilgan muqaddas zamin.



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

    «Ona tili» 9-sinf

    9-sinf «____» «_____________»

    ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

    35-dars EGA ERGASH GAPLI QO’SHMA GAPLAR

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

    Foydalaniladigan adabiyotlar:

    «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



    I. Darsning borishi:

    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu

    1-topshiriq. Ko’chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang.



    1.Kimki ilm urug’ini sepsa, u ulug’lik mevasini teradi. (Donolar bisotidan) 2. Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida kun kechiradi. (Muhammad Ali)



    Download 219.22 Kb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




    Download 219.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbek tili darsning maqsadi

    Download 219.22 Kb.