• Tayyorlovchi: Eshnazarov.N.N- EHM operatori fani o`qituvchisi MUNDARIJA
  • Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси




    Download 6.31 Mb.
    bet2/48
    Sana29.12.2020
    Hajmi6.31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    Ma’sul muharrir – F.K. Tursunbaev f.m.f.d., professor
    Mualliflar: Aripova N.A. - TATU katta o’qituvchisi

    Beletskiy А.- Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi

    Q,S. Raxmanov - TATU assistenti

    Taqrizchilar:



    L.P.Varlamova- O’zMU dosenti, fizika-matematika fanlari nomsodi
    G.A.Sabirova- Mirzo Ulug’bek informatika va hisoblash texnikasi kasb-hunar kolleji director o’rinbosari, maxsus fan o‘qituvchisi
    Tayyorlovchi: Eshnazarov.N.N- EHM operatori fani o`qituvchisi

    MUNDARIJA


    Kirish

    4

    1. Asboblar bilan jihozlash




    1.1. Kompyuter bilan ishlovchi asboblar tavsifi

    5

    1.2. Asboblar turlari

    6

    2. Yuklanuvchi disketa va kompakt disk yaratish

    8

    2.1. Yuklanuvchi disketa yaratish

    10

    2.2. Yuklanuvchi kompakt disk yaratish

    12

    2.3 Yuklanuvchi disketa va disk bilan ishlash

    13

    3. Kompyuterda ishlash qoidalari




    3.1. Asosiy qoidalar

    17

    3.2. Asosiy qoidalar tavsifi

    17

    4 Diskovodni o‘rnatish




    4.1 Diskovodni o‘rnatish bosqichlari

    22

    4.2. Diskovodning imkoniyatlari

    26

    5. Qattiq disk(IDE)ni o‘rnatish




    5.1. Qattiq diskni o‘rnatish

    28

    5.2. Qattiq diskni formatlash

    30

    6 CD-ROM/CD-R-RW/DVD diskovodini o‘rnatish




    6.1.CD ROM diskovodi

    36

    6.2.CD ROM diskovodini o‘rnatish

    36

    7 Kengaytiruvchi platalarni o‘rnatish




    7.1 ISA shinasi

    42

    7.2 AGP shinasi

    42

    7.3 PCI shinasi

    44

    8 Tovush kartasini o‘rnatish




    8.1. Tovush kartasi va uning ulanish joylari

    50

    8.2. Tovush kartasini o‘rnatish

    53

    9 Tarmoq kartasini o‘rnatish va sozlash




    9.1. Tarmoq kartasini o‘rnatish

    55

    9.2. Tarmoq kartasini sozlash

    56

    9.3. Tarmoq kartasini turlari

    59

    10 Videokartani o‘rnatish




    10.1. Videokartalar

    62

    10.2. Videokartani o‘rnatish bosqichlari

    64

    11. TV Tyunerni o‘rnatish va sozlash




    11. TV tyuner

    72

    11.2. TV tyunerni o‘rnarish

    73

    12 Modemni o‘rnatish




    12.1. Modem

    76

    12.2 Modemni o‘rnatish

    77

    13 Operativ xotirani o‘rnatish




    13.1. Operativ xotirani o‘rnatish

    80

    13.2. Operativ xotira turlari

    82

    14 Ona plata bilan ishlash




    14.1. Ona plata

    86

    14.2. Ona platani o‘rnatish

    94

    Foydalanilgan adabiyotlar

    98


    Kirish
    Hozirgi vaqtda hayotni kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu o‘quv qo‘llanmada kompyuterning qurilmalari va unga xizmat qiluvchi vositalar haqida so‘z yuritilgan Bu kitobda shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchilarga mustaqil ravishda kompyuterni tuzatish unga yangi qurilamalar qo‘shish, ularni yangilash haqida ma’limotlar berilgan.

    O‘quv qo’llanmada kompyuterda har xil nosozliklar ro‘y berganda ishlatiladigan asbob uskunalar haqida ham ma’lumotlar bor.

    Shu asboblar yordamida diskovodlarni, qattiq diskni, tovush kartasini, tarmoq kartasini, vodeokartani va ona platani o‘rnatish haqida ko‘rsatmalar berilgan.

    Ayniqsa hozirgi axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan davrda, kompyuter vositalaridan qanday foydalanish kerakli haqida tavsiyalar bayon qilingan.

    Kitobda yangi zamonaviy qurilmalar modem, TV tyuner, qo‘shimcha operativ xotira qo‘shish va boshqa kerakli qurilmalarni qanda kompyuterga o‘rnatish haqida ko‘rsatmalar aniq qilab bayon etilgan.

    Bu o‘quv qo‘llanma “Hisoblash texnikasining ekspluatatsiyasi bo‘yicha chuqurlashtirilgan kurs”idan yaratilgan o‘quv qo‘llanmari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

    1. Asboblar bilan jihozlash

    1.1. Kompyuter bilan ishlovchi asboblar tavsifi


    Kompyuter tizimlarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat yuritadigan har bir mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish ishlarining ko‘pchiligini katta miqdordagi asboblarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun ham elektr asboblari bozori rusum va modellarning rang-barangligi bo‘yicha faqat kompyuter texnikasi bozori bilangina qiyoslanishi mumkin. Elektr asbobining uzoq muddatga sotib olinishini, ulardan foydalanish sharoitlari esa ekstremal holatlarga yaqinligini e’tiborga olsak, eng ma’qul keladigan modelni tanlash unchalik oson emasligi ma’lum bo‘ladi.

    Bu ishlarda eng ko‘p tarqalgan xatolik – asbobning ko‘p vazifali bo‘lishiga ortiqcha intilishdir. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o‘zlari chiqarayotgan elektr asbobning ko‘p maqsadlarda qo‘llaniladigan qilib yaratishga harakat qiladilar. Odatda, bunday asbob o‘zining asosiy vazifalaridan tashqari yana bir nechta qo‘shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, mazkur vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo‘llab ham bajarish mumkin.

    Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi hali uning universalligini bildirmaydi. Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan uning imkoniyatlari chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa uning tezda buzilishiga hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo asoslanmagan holda xafsalaning pir bo‘lishiga olib keladi.

    Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim jihatlari e’tibordan chetda qoladi. Ko‘pchilik hollarda tushunmovchilik xaridorlarda axborotning etarli emasligi va sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo‘ladi. Asbob sotib olinayotganda, avvalam bor uning tashqi ko‘rinishi (korpusning ergonomik shakli, vaznining sizga mosligi, boshqaruv organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi, elektr xavfsizligi, qo‘shimcha tutgichlar hamda chuqurlikni ko‘rsatuvchi belgilar borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. So‘ngra elektr asbobning konstruktiv xususiyatlari, bajaradigan vazifalar to‘plami va tavsifini batafsil tahlil qilib, tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish aynan mana shularga bog‘liqdir.

    Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta bo‘lmagan ro‘yxati, shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning maxsus vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan:
    1.2. Asboblar turlari

    1. Buragichlar (otvyortkalar) to‘plami.

    2. Yassi jag‘li omburlar va h.k.

    3. Yon tomonlarni kesuvchi (izolyatsiyani ko‘chiruvchi) qaychilar.

    4. Qirquvchi omburlar.

    5. Elektr o‘lchov asboblari.

    6. Siquvchi asbob.

    7. Kabel testeri.

    8. Izolyatsiyalovchi material.

    9. Shurup burovchi asbob.


    Omburlar



    1.1-rasm.



    Yassi jag‘li omburlar(1.1-rasm).

    1.2-rasm.



    Yumaloq jag‘li omburlar(1.2-rasm).

    1.3-rasm


    Yarim yumaloq yassi jag‘li omburlar(1.3-rasm).

    1.4-rasm.



    Yon tomonlarni kesuvchi omburlar yoki qaychilar(1.4-rasm)

    1.5-rasm


    O‘tkir jag‘li maxsus omburlar(1.5-rasm).

    1.6-rasm


    ISO 2380 standartli yarim yumaloq jag‘li qayrilgan omburlar(1.6-rasm).

    1.7-rasm


    ISO 8764PH stantardli yassi uchli buragich(1.7-rasm).

    1.8-rasm.



    (PH) krestli buragich, ya’ni + shaklli buragich.(1.8-rasm).

    1.9-rasm.



    TX profilli buragich, ya’ni olti yulduzli buragich(1.9-rasm).

    1.10-rasm.

    Asboblar to‘plami(1.10-rasm)
    Shurup buragichlar ko‘p miqdordagi shuruplar va vintlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. Qanday manbadan foydalanishiga qarab, ular akkumulyatorli va tarmoqli turlarga bo‘linadi. Tarmoqdan, asosan, gipsokarton va quruq qorishmalar bo‘yicha ishlar uchun foydalaniladigan shurup buragichlar quvvat oladi. Do‘konlarda sotiladigan shuruplarni va o‘zi kesuvchi moslamalarni tasmada yetkazib beradigan shurup buragichlar katta hajmdagi ishlarni va gipsokarton bo‘yicha seriyali ishlarni bajarishda qo‘llashga mo‘ljallangan. Akkumulyatorli drel-shurup buragichlar akkumulyatorlarining quvvati (soatiga 1,4 A dan 2,0 A gacha), reduktori va tutgichining tuzilishiga (to‘pponchasimon, T-simon) qarab farqlanadilar. To‘pponchasimon tutgich kuchning o‘q momentini maksimal ravishda o‘tkazishga imkon berishi tufayli eng universal hisoblanadi. T-simon tuzilish, aylanish momenti muhimroq bo‘lgan turli xil shurup va boltlar bilan ishlaganda juda qulay.

    Tizimlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishda akkumulyator tipli, oddiy ixcham shurup buragich emas, o‘tish rejimli drel-shurup buragich qulay. Chunki ba’zan kabel yotqizilayotganda va boshqa hollarda drelga ehtiyoj sezilishi mumkin.


    1.11-rasm


    Foydalanish qulay bo‘lishi uchun elektr asbobini ko‘pchilik hollarda uni asrash va tashishga ham mo‘ljallangan maxsus jomadon shaklida ishlab chiqariladi(1.11-rasm). Odatda, jomadon chidamli, zarbalarga bardoshli materiallardan tayyorlanadi hamda uning ichida moslamalar va almashtiriladigan vositalar uchun maxsus joylar ajratilgan(1.12-rasm).

    1.12-rasm

    1-Bobga doir nazorat savollari.


    1. 1.Kompyutеrni sozlashda qаnаqа аsbоblаr ishlаtilаdi?

    2. Аsbоb sotib оlаyotgаndа nimаlаrgа e’tibоr bеrish kеrаk?

    3. Burаgichlаrning qаndаy turlаri mаvjud?

    4. Kompyutеr аsbоblаri bilаn ishlаshdа, ishni еngillаshtirish uchun qаndаy аsbоblаrdаn fоydаlаnilаdi?

    5. Аsbоblаr nаbоri nimа?




    Download 6.31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 6.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси

    Download 6.31 Mb.