Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




Download 372.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.02.2022
Hajmi372.64 Kb.
#17932
  1   2   3
Bog'liq
1913-Текст статьи-5055-1-10-20210618
2-must ish Oliy mat, Документ (1)



ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА
ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 
БУХОРО ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ 
ТАБИИЙ ФАНЛАР ФАКУЛЬТЕТИ 
“ЗАМОНАВИЙ КИМЁНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ” 
мавзусидаги 
Республика миқёсидаги хорижий олимлар иштирокидаги онлайн 
илмий-амалий анжумани 
ТЎПЛАМИ 
Бухоро, 2020 йил 4-5 декабрь 
Бухоро- 2020 


Анжуман 
Ўзбекистон 
Республикаси 
Президенти 
Шавкат 
Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январдаги Олий Мажлисга йўллаган 
Мурожаатномаси 
ҳамда 
Ўзбекистон 
Республикаси 
Вазирлар 
Маҳкамасининг 2020 йил 7 февралдаги 56-Ф-сон фармойишига мувофиқ 
ташкил этилмоқда. 
“Мамлакатимиз ўз тараққиётининг янги даврига 
қадам қўйган ҳозирги кунда барча соҳаларда 
кенг кўламли ўзгаришлар амалга оширилмоқда. 
Ана 
шу 
ислоҳотларнинг 
муваффақияти, 
мамлакатимизнинг 
дунёдаги 
ривожланган, 
замонавий давлатлар қаторидан муносиб, ўрин 
эгаллаши, аввало, илм-фан ва таълим-тарбия 
соҳасининг ривожи билан, бу борада бизнинг 
дунё миқёсидаги рақобатбардош бўла олишимиз 
билан узвий боғлиқ....” 
Шавкат Мирзиёев 
Ўзбекистон Республикаси Президенти



280 
Резорцинни 
хлорацетиллаш 
маҳсулотларининг 
физик-кимёвий 
доимийликлари аниқланди ва уларнинг тузилишлари ИҚ-, УБ- спектрлари 
ёрдамида тасдиқланди. 
Резорцинни 
хлорацетиллаш 
реакция 
маълумотлари 
қуйида 
келтирилган. 
Адабиётлар: 
1. 
Чориев А.У. и др. «Синтез 1,4- фенилен дикарбоксиметилен-
гликолята ». Universum: Химия и биология : электрон. научн. журн. 2020. 
№ 5(71).
2. 
Садикова С.Б., Абдушукуров А.К., Чориев А.У. 
Хлорацетилирование гидрохинона и его эфиров кислотами Льюиса 
Universum: Химия и биология Российская Федерация. ООО "МЦНО" 
//№5(59). 2019. –С.52-56. 
3. 
Ахмедов Қ.Н., Йўлдошев Ҳ.Й., Органик кимё усуллари. –
Тошкент: Университет, 2013. 1-қисм. -60 б. 
4. 
Сhoriev A.U., Abdushukurov A.K. Solvent-free, microwave-
assisted, acidic Al
2
O
3
-MoCl
5
catalyzed synthesis of aromatic hydroxyketones 
via fries rearrangement of aromatic esters // Acta NUUz, Tashkent, 2015, №3, 
pp. 172-175. 
ANTIOKSIDANTLAR IMMUN SISTEMASINI MUSTAHKAMLAYDI 
VA KORONAVIRUSNI YENGADI 
H.T. Аvezov, M.H. Avezova, Sh.N. Jalilov 
Buxoro davlat universiteti 
Keyingi yillarda antioksidantlarning ahamiyati to’g’risida olimlar tomoni-
dan tez–tez gapirilmoqda. Ayniqsa, hozirgi pandemiya sharoitida Covid-19 
koronavirusiga qarshi kurashishda ularning o’rnini belgilash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Xo’sh, antioksidant nima o’zi? Inson organizmi doimiy ravishda 
oksidantlar deb ataluvchi beqaror birikmalarni ishlab chiqaradi. Oksidantlar yoki 
oksidlovchilar erkin radikallar bo’lib, tarkibida toq electron saqlagan o’ta faol 
zarrachalar (Н
2
О
2
, НО∙ va b.) dir. Shu toq elektron hisobiga ular yo’lida duch 
kelgan modda bilan reaksiyaga kirishib ketaveradi. Erkin radikallarning oz 
miqdori organizmimiz hujayralarida har soniyada sodir bo’ladigan millionlab 
reaksiyalarda ishtirok etib,ular ovqatni hazm qilishda, kasallik keltiruvchi 
zamburug’lar, bakteriyalar vaviruslarga qarshi kurashishda organizmga yordam 
beradi.Ammo,og’ir jismoniy mehnat, toza bo’lmagan ichimlik suvi, chekish, 


281 
radiatsiyalar ularni nazorat qilishning tabiiy mexanizmini izdan chiqaradi. 
Organizm nazoratidan chiqqan erkinradikalla rhujayra membranasi va hujayra-
larni parchalaydi yoki hujayra DNK si strukturasini o’zgartirib, mutatsiyani 
keltirib chiqaradi. Shuningdek, erkinradikallar birdaniga ikki molekulani 
biriktirib olib, ularning normal faoliyat yuritishiga xalal beradi. Masalan, teri 
kollagenining ikki molekulasi birlashgan bo’lsa, teri o’zining elastikligi va 
silliqligini yo’qotib dag’al va burishgan bo’lib qoladi. Ko’pincha, organizmi 
erkin radikallar bilan kuchli zararlangan insonlar kaftining orqa tomonida va 
peshonasida jigarrang dog’lar paydo bo’ladi. 
Bizning hozirgi shiddatli hayotimiz tez-tez sodir bo’ladigan ruhiy 
zarbalar,pandemiya vahimasi, ekologik muammolar girdobida kechmoqda. 
Quyoshning ultrabinafsha nurlari, megapolislardagi mashinalardan chiqadigan 
tutunlar, tamaki chekish va ruhiy zarba (stress) lar erkin radikallarning 
faollanishiga sabab bo’ladi. Bu omillarning barchasi hujayralarimiz faoliyatiga 
o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Natijada organizmda erkin radikallarning 
miqdori me’yoridan oshib ketadi. Oqibatda hujayralar aziyat chekadi. Erkin 
radikallar go’yo ularni “kemiradi” hamda ularning o’limiga sababchi bo’ladi. 
Xullas, erkin radikallar (oksidantlar, oksidlovchilar) yo’lida duch kelgan 
molekula, organ va butun organizmni yemiradi. Bu agressorlar bizning bir necha 
yil umrimizni qisqartirishi aniqlangan. Ular tufayli saraton, ateroskleroz, infarkt, 
insult singari kasalliklar rivojlanadi. Erkin radikallar qarishning asosiy 
sababchilari hisoblanadi. Ayrim olimlar to’g’ridan – to’g’ri quyidagicha ta’rif 
berishadi: qarish – bu oksidlanish demakdir. Agar biz erkin radikallar va ular 
bilan bog’liq oksidlanishga qarshi kurash choralarini topsak, umrimizni bir 
necha o’n yilga uzaytirishimiz mumkin bo’lardi. Kuchli antioksidantlar qabul 
qilgan laboratoriya hayvonlari umrining davomiyligi 60% ga oshgan. 
Xo’sh, antioksidantlar nima o’zi? Antioksidantlar inson tanasidan 
oksidantlarni bog’lab olib chiqarib tashlash imkonini beruvchi moddalar hisob-
lanadi. Antioksidantlar–shunday moddalarki, ular hujayralarimizni o’z himoya-
siga olib, erkin radikallarni neytrallaydi va bizning kuchimiz, go’zalligimizni 
saqlab qoladi.Ularning organizmdagi g’aroyib ta’sirini o’rganish maqsadida 
kimyogar olimlar, vrachlar, farmasevtlar va biologlar jiddiy shug’ullana 
boshladilar. Aniqlanishicha antioksidantlar qandli diabet, saraton, yurak – tomir 
kasalliklari (koronavirus “yoqtiradigan”) ning oldini olish hamda organizmning 
erta qarishidan himoya qilish xususiyatiga ega ekan. 
Ularni qayerdan olish mumkin? Inson organizmi har doim 
antioksidantlarga muhtoj bo’ladi. Kasallik chog’ida, ultrbinafsha nurlar ta’sirida, 


282 
stress paytida va keksayganda bu ehtiyoj yanada oshadi. Yangi uzilgan meva va 
sabzavotlar antioksidantlarning eng yaxshi manbai hisoblanadi.Ular bizga 
tetiklik va faol uzoq umr bag’ishlaydi. Organizmimizni yoshartirish xususiyatiga 
ega bo’lgan eng muhim antioksidantlarga to’rtta vitamin – A,E,C va selenni 
kiritish mumkin.Vitamin A hosil bo’ladigan karotin tufayli organism yosh 
ko’rinadi.Amerikalik olimlarning isbotlashicha karotinga boy ovqat saratondan 
himoya qilar ekan. Yorqin rangga ega bo’lgan meva va sabzavotlarda karotin 
juda ko’p bo’ladi. A vitamin baliq moyida ham judako’p. 
E vitamin lipidlar (yog’lar) ning oksidlanishini sekinlashtiradi hamda 
hujayralarni zararlaydigan erkin radikallarning ko’payishiga yo’l qo’ymaydi. 
O’simlik moylari, olma urug’i, dukkaklar, soya, jigar, sut va tuxum sarig’da u 
ko’p bo’ladi. Askorbin kislotasi eng kuchli antioksidantlardan biri sanaladi. U 
qon aylanish sistemasining faoliyatini va qondagi xolesterin miqdorini 
mo’tadillashtiradi. Na’matak mevasi, qora qoraqat, qulupnay mevasi, yashil 
no’xat askorbin kislotasiga boy mahsulotladir. Se elementi qarish jarayonini 
chetga surib kuchli antioksidantlikni namoyon qiladi. U qalqonsimon bez 
faoliyatini boshqaradi. Kokos, tunes balig’i, tuxum, mol go’sti va sut Se ga boy. 
Antioksidantlik xususiyat nafaqat vitaminlarda, balki mikroelementlar 
(Se, Zn,Cu, Cr, Mn va b.), karotinlar, flavanoidlar, kumarinlar, aminokislotalar, 
katexinlar singari boshqa tabiiy birikmalarda ham kuzatiladi.Ularning barchasi 
ona tabiat tomonidan bizga in’om etilgan meva va sabzavotlarda mujassam. 
Ayniqsa, yorqin va to’q rangdagi ne’matlarda ular juda ham ko’p bo’ladi. 
Xullas, har kuni dasturxonimizni tabiiy toza mahsulotlar–yangi uzilgan 
meva va sabzavotlar, ko’katlar bilan bezatib tursak tanamiz sog’lom bo’ladi va 
hech qandah virus tahdid solmaydi. Hayotimiz go’zal va umrimiz uzoq bo’ladi. 
Ona tabiat saxovatidan bebahra qolmang.
MЕVА VА SАBZАVОTLАRDАGI UGLЕVОDLАRNI SIFАT 
RЕАKSIYALАRI ОRQАLI TАJRIBАDА АNIQLАSH 
Z.K. Qodirova, S. Saidova 

Download 372.64 Kb.
  1   2   3




Download 372.64 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Download 372.64 Kb.
Pdf ko'rish