• Kam moyli o‘chirgichlarning kamchiligi
  • Kam moyli o‘chirgichlarning afzalliklari quyidagilar




    Download 1.46 Mb.
    bet14/39
    Sana29.07.2022
    Hajmi1.46 Mb.
    #25014
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
    Bog'liq
    Elektr stansi

    Kam moyli o‘chirgichlarning afzalliklari quyidagilar: moy miqdori ko‘p emas; og‘irligi nisbatan kichik, bakli o‘chirgichlarga qaraganda yoy o‘chiruvchi kontaktlarga borish ancha qulay; unifikatsiyalangan uzellarni ishlatish bilan turli kuchlanishlarga o‘chirgichlarning turli seriyalarini yaratish imkoni bor.
    Kam moyli o‘chirgichlarning kamchiligi: portlash va yong‘in jihatdan xavfli (bakli o‘chirgichlarga qaraganda ancha kam bo‘lishiga qaramay); tez ta’sir etuvchi APV ni amalga oshirish mumkin emas; vaqt-vaqti bilan moyni nazorat qilish, kamini quyib to‘ldirish va yoy so‘ndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tez-tez almashtirish kerak, ichkaridagi tok transformatorlarini o‘rnatish qiyin, nisbatan uzish qobiliyati kichik.
    Kam moyli o‘chirgichlarning qo‘llanilish sohalari - 6, 10, 20, 35 va 110 kV li stansiya va nimstansiyalarning yopiq taqsimlash qurilmalari, 6, 10 va 35 kV li komplekt taqsimlash qurilmalari hamda 35 va 110 kV li ochiq taqsimlash qurilmalari.
    g) Havoli o‘chirgichlar
    Havoli o‘chirgichlarda yoy siqilgan havo bilan so‘ndiriladi, tok o‘tkazuvchi qismlar bilan yoy so‘ndiruvchi qurilma esa, chinni yoki boshqa qattiq izolyatsiyalovchi materiallar bilan izolyatsiyalanadi.
    Havoli o‘chirgichlarning konstruktiv sxemalari turlicha bo‘lib, ular ning nominal kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyatsion oraliq hosil qilish usuli, yoy so‘ndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga bog‘liq. Katta nominal toklarga mo‘ljallangan o‘chirgichlarda(53-rasm, a, b) kam moyli MG va MGG lariga o‘xshash bosh va yoy so‘ndiruvchi kontur mavjud. o‘chirgich ulangan holatda tokning asosiy qismi ochiq joylashgan bosh kontaktlar 4 bo‘yicha uzadi. o‘chirgichlar uzilganda bosh kontaktlar birinchi bo‘lib uziladi, bundan so‘ng tok kamera 2 ga joylashgan yoy so‘ndiruvchi kontaktlardan o‘tadi. Bu kontaktlarning uzilish vaqtida kameraga idish (rezervuar) 1 dan siqilgan havo beriladi, yoyni so‘ndiruvchi kuchli puflash hosil bo‘ladi.
    Puflash bo‘ylama (53-rasm, a) yoki ko‘ndalang (53-rasm, b) bo‘lishi mumkim. Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyatsion oraliq yoy so‘ndiruvchi kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yo‘li bilan (53-rasm, b) yoki ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 (53-rasm, a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5 uzilgandan so‘ng kameraga siqilgan havo haydash to‘xtatilib, yoy so‘ndiruvchi kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlangan o‘chirgichlar ichki qurilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha bo‘lgan toklar (VVG seriyasi) ga mo‘ljallab ishlab chiqariladi.
    Ochiq kurilmadagi o‘chirgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera chinni izolyator ichiga joylashib, 35 kV li kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish bo‘lishi yetarli hisoblanadi (53-rasm, ye), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish lozim bo‘ladi (53-raem, g). Bu konstruksiyalar orasidagi farq shundaki, 35 kV li o‘chirgichda izolyatsion ora-liq yoy so‘ndiruvchi kamera 2 da hosil qili-nadi, 110 kV li va undan yuqori kuchlanishli viklyuchatellarda esa yoy so‘ndirilgandan keyin ajratgich 5 kontaktlari uziladi va ajratgich kamerasi uzilgan holatdagi butun vaqt ichida siqilgan havo bilan to‘la bo‘ladi. Bunda siqilgan havo yoy so‘ndiruvchi kameraga berilmaydi va undagi kontaktlar tutashadi. Yukorida ko‘rib chikilgan havo o‘chirgichlar kontaktlarning pastiga o‘rnatilgan aloxida sikilgan havo bakiga ega. Agarda kontakt tizimini yerdan izolyatsiya kilingan sikilgan havo kamerasiga o‘rnatilsa, yoyni so‘nisha ancha tez bo‘ladi (53-rasi, d). Bu yerda o‘chirgich o‘chganda sikilgan havoning bakini bajaruvchi yoy so‘ndiruvchi kamera 2, puflash kanallar orkali tashki muxid bilan bog‘llangan, shuning uchun puflash xosil bo‘ladi va yoy so‘nadi.



    Download 1.46 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




    Download 1.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kam moyli o‘chirgichlarning afzalliklari quyidagilar

    Download 1.46 Mb.