• 3-MA’RUZA: TRANSFORMATORLAR. AVTOTRANSFORMATORLAR
  • Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 8, 13




    Download 1.46 Mb.
    bet4/39
    Sana29.07.2022
    Hajmi1.46 Mb.
    #25014
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    Elektr stansi

    Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 8, 13.
    Sinov savollari:
    1.Elеktr stantsiya’ning vazifasi.
    2. Transfоrmatоrning vazifasi
    3.Elеktr taksimlash uskunasi.
    4. Kоmmutatsiоn apparatlar
    5. Elеktr pоdstantsiyaning vazifasi.
    6.Uz ehtiyoj istе’mоli
    7.YOrdamchi asbоb uskunalar.


    3-MA’RUZA:TRANSFORMATORLAR. AVTOTRANSFORMATORLAR
    Rеja:
    1.Transfоrmatоrlar va avtоtransfоrmatоrlar.
    2.Elеktr yoyini paydо bulishi va rivоjlanishi.
    3.Elеktr yoyini uchirish usullari.
    Tayanch ibоralar:
    Uz ehtiyoj, kuchaytiruvchi pоdstantsiya, pasaytiruvchi pоdstantsiya kоmmutatsiоn apparatlar.


    a) Transformatorlarning tiplari va ularning parametrlari:
    Elektr stansiya va nimstansiyalariga o‘rnatilgan kuch transformatorlari elektr energiyani bir kuchlanishdan ikkinchisiga aylantirish uchun xizmat qiladi. Uch fazali transformatorlar eng ko‘p taralgan, chunki ularda jami quvvati xuddi shuncha bo‘lgan uchta bir fazali transformatorlarga qaraganda isroflar 12—15%, aktiv materiallar sarfi bilan qiymati 20—25% kam.
    Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 MVA gacha, 330 kV kuchlanishli, quvvati 1000 MVA li uch fazali transformatorlarni va 500/110 kV li, birlik quvvati 250 kVA li avtotransformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Transformatorlarning chegara birlik quvvati uni transportirovka qilish sharoitlari, massasi va o‘lchamlari bilan cheklanadi.
    Bir fazali transformatorlar, odatda, yetarli quvvatga ega bo‘lgan uch fazali transformator tayyorlash mumkin bo‘lmagan yoki transportirovka qilish ancha qiyin bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Bir fazali transformatorlar guruhlarining eng katta quvvati 500 kV kuchlanishda 1600 MVA; 750 kV kuchlanishda 1250 MVA ga teng.
    Har bir fazadagi turli kuchlashdagi chulg‘amlar soniga qarab transformatorlar ikki chulg‘amli va uch chulg‘amliga bo‘linadi (28-rasm, a, b). Bundan tashqari, aynan bir xil kuchlanishdagi chulg‘amlar, odatda, pasaytiruvchi chulg‘ami bir-biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan izolyatsiya qilingan ikki va utndan ortiq parallel tarmoqlardan tashkil topadi. Bunday transformatorlar ajratilgan chulg‘amli transformatorlar deb ataladi (2.28-rasm, v). Yuqori, o‘rtacha va past kuchlanishli chulg‘amlarni qisqacha YuK (visshee napryajenie), O‘K (srednee napryajenie) va PK (nizshee napryajenie) deb belgilash qabul qilingan.
    Past kuchlanishli ajratilgan chulg‘amli
    transformatorlar bit- ta kuchaytiruvchi trans- formatorga bir nechta generatorlarni ulash imkonini beradi. Bunday yiriklashti- rilgan bloklar TK 330-500 kV sxemasi- ni soddalashtiradi. Ajratilgan, PK chul- g‘amli transformator- lar 200-1200 MVt blokli yirik IES larning o‘z ehtiyojini ta’minlash sxemalarida, shuningdek qisqa tutashuv tokining kattaligini cheklash maqsadida, pasaytiruvchi nimstansiyalarda ham keng qo‘llanilmoqda. Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki, qisqa tutashuv kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi.
    Transformatorning nominal quvvati deb zavod pasportida ko‘rsatilgan to‘la quvvatining qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, o‘rnatish joyi va sovitish muhiti nominal bo‘lgan sharoitlarda transformatorni shu quvvat bilan uzluksiz yuklash mumkin bo‘ladi.
    Umumiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan, ochiq havoda o‘rnatilgan va puflamasdan yoki puflab tabiiy ravishda moy bilan sovitiluvchi transformatorlar uchun nominal sovitish sharoitlari sifatida tashqi havoning tabiiy ravishda o‘zgaruvchi temperaturasi (o‘rtacha sutkalik o‘zgarishi kupi bilan 30oS, o‘rtacha yillik o‘zgarishi ko‘pi bilan 20oS), moy-suv bilan sovitiladigan transformatorlar uchun esa sovitgichga kirayotgan suvning temperaturasi (ko‘pi bilan 25oS) qabul qilinadi. Ikki chulg‘amli transformatorlarning nominal quvvati uning har bir chulg‘amining quvvatidan iborat. Uch chulg‘amli transformatorlar chulg‘amlarining quvvati bir-biriga teng yoki har xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari har xil bo‘lganda har bir alohida chulg‘am ichida eng katta nominal quvvatga ega bo‘lgan chulg‘amning quvvati transformatorning nominal quvvati deb qabul qilinadi.
    Transformatorlar ochiq havoda o‘rnatiliщdan tashqari, tabiiy shamollatiladigan, yopiq, isitilmaydigan binolarga ham o‘rnatiladi. Bu holda ham transformatorlar nominal quvvat bilan uzluksiz yuklanishi mumkin, ammo bunday sharoitda transformatorning xizmat qilish muddati sovitish sharoitlari yomonligi tufayli ancha kamayadi.
    Chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari - taransformatorning salt ishlashida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining kuchlanishlaridir. Uch fazali transformator uchun - bu uning liniya (fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali transformator agar yulduz sxemasida biriktirilib, uch fazali guruhga ulashga mo‘ljallangan bo‘lsa, bu kuchlanish U/ ga teng bo‘ladi. Transformator yuklama bilan ishlaganda va uning birlamchi chulg‘ami qisqichlariga nominal kuchlanish berilganda ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish nominalga qaraganda transformatorda isrof bo‘lgan kuchlanishning kattaligiga teng miqdorga kichik bo‘ladi. Transformatorning transformatsiya koeffisienti n yuqori va past kuchlanish chulg‘amlarining nominal kuchlanishlar nisbatidan iborat bo‘ladi:

    Uch chulg‘amli transformatorlarda chulg‘amlarning har qaysi jufti uchun transformatsiya koeffisienti aniqlanadi: YuK va PK; YuK va o‘K; o‘K va PK.
    Transformatorlarning nominal toklari deb, chulg‘amlarning zavod pasportida qo‘rsatilgan toklarining qiymatiga aytilib, transformatorning ana shu toklarda uzoq vaqt normal ishlashiga yo‘l qo‘yiladi.
    Transformatorning istalgan bir chulg‘amining nominal toki uning nominal quvvati bilan nominal kuchlanishidan aniqlanadi.

    Download 1.46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 1.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 8, 13

    Download 1.46 Mb.