• 4-MA’RUZA: AVTOTRANSFORMATORLAR
  • Avtotraisformatorlarniig konstruksiyasi bilan ish rejiminiig xususiyatlari
  • Ўзбекистон республикаси олий ва




    Download 1.46 Mb.
    bet6/39
    Sana29.07.2022
    Hajmi1.46 Mb.
    #25014
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    Elektr stansi
    008 Деж шофер ОДП Ўзбек 2020.1 июль, Dadaizm - Vikipediya, MAVZU, 65, 1.ocr, 01-1-19-сонли хат, geomet 215, sertifikat med institut, 3 tomonlama shartnoma 2023, Robomaktab uz, Majmua nutq o\'stirish 2023-sirtqilar uchun, Ideal-rezyume-formulasi, Savod o\'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. R-hozir.org (Автосохраненный), KIRISH
    Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4.
    Sinov savollari:

    1. Kuch transformatorlari va avtotransfomatorlari nima uchun ishlatiladi?

    2. Transformatorlar chulg‘amlarining ulanish sxemalari va guruhlari.

    3. Transformatorlarnig sovitish tizimi aytib bering.

    4. Transformatorlarning yuqlanish qobiliyati.


    4-MA’RUZA:AVTOTRANSFORMATORLAR
    Rеja:
    1.Transfоrmatоrlar va avtоtransfоrmatоrlar.
    2.Elеktr yoyini paydо bulishi va rivоjlanishi.
    3.Elеktr yoyini uchirish usullari.
    Tayanch ibоralar:
    Uz ehtiyoj, kuchaytiruvchi pоdstantsiya, pasaytiruvchi pоdstantsiya kоmmutatsiоn apparatlar.
    Avtotraisformatorlarniig konstruksiyasi bilan ish rejiminiig xususiyatlari:
    Keyingi o‘n yillar ichida O‘zbekiston va chet davlatlarda katta quvvatli avtotransformatorlardan keng foydalanilmoqda. Bu ularning trancformatorlarga qaraganda qator afzalliklarga ega bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
    Bir fazali avtotransformator ikkita elektr bog‘lantan chulg‘am OV va OS ga ega (34-rasm). Tutqichlar V va S orasida joylashgan chulg‘amning qismi ketma-ket, S va O orasidagisi esa umumiy deb yuritiladi.
    Avtotransformator kuchlanishni pasaytirish rejimida ishlaganda ketma-ket chulg‘amdan tok Iv o‘tib magnit oqim hosil qiladi va bu oqim umumiy chulg‘amda Io tokni vujudga keltiradi. Ikkilamchi chulg‘am yuklanishning toki Ic, chulg‘amning galvanik (elektr) bog‘lanishi sababli o‘tuvchi Iv tok bilan shu chulg‘amlarning magnit bog‘lanishidan hosil bo‘lgan Io toklar yig‘indisiga tent:
    Ic = Iv Q Io bundan Io = Ic - Iv
    Avtotransformatorning nominal quvvati sifatida o‘zaro avtotransformatorli bog‘lanishga ega bo‘lgan tomonlardan birining nominal quvvati (o‘tuvchi quvvat – «proxodnaya moщnost») qabul qilinadi.
    Avtotransformatorning birlamchi tarmog‘idan ikkilamchisiga uzataladigan to‘la quvvat o‘tuvchi quvvat deb yuritiladi.
    Agar avtotransformatorning chulg‘amlari qarshiligidagi yo‘qotishni hisobga olmasak, u holda quyidagini yozish mumkin:

    Ifodaning o‘ng tomonini o‘zgartirib



    (13)

    tenglikii hosil qilamiz. Bunda - birlamchi chulg‘amdan ikkilamchisiga magnit yo‘li bilan o‘tayotgan transformator quvvati; - transformatsiyasiz, galvanik bog‘lanish hisobiga birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga o‘tayottan elektr quvvat.
    Bu quvvat umumiy chulg‘amni yuqlanishlamaydi, chunki tok OS chulg‘amini chetlab ketma-ket chulg‘amdan chiqish joyi S ga o‘tadi.
    Nominal rejimdagi o‘tuvchi quvvat avtotransformatorning nominal quvvati S = Snom bo‘ladi, transformator quvvati esa - tipaviy quvvat deb yuritiladi:

    Magnit o‘tkazgichning o‘lchamlari, demak uning og‘irligi nominal quvvatning bir qismini tashkil etuvchi transformator (tipaviy) quvvati orqali aniqlanadi:



    (14)

    bunda - transformatsiya koeffisienti; kfoy - foydalilik yoki tipaviy quvvat koeffisienti.
    (14) ifodadan ko‘rinadiki, kattalik ga qancha yaqin bo‘lsa, kfoy shuncha kichik va tipaviy quvvat nominalning kam qismini tashkil etadi. Bundan, avtotransformatorning o‘lchamlari, og‘irligi, aktiv materiallarni sarflash, nominal quvvati bir xil bo‘lgan transformatorga nisbatan kamayadi degan xulosa kelib chiqadi.
    34- rasmdagi sxemada ko‘rinadiki, ketma-ket chulg‘am quvvati:

    umumiy chulg‘am quvvati:



    Shunday qilib, yana shuni qayd qilish mumkinki, avtotransformatorning chulg‘ami va magnit-o‘tkazgichi, ayrim hollarda hisobiy quvvat deb yuritiluvchi tipaviy quvvatga hisoblanadi. V va S qisqichlarga qanday quvvat keltirilishiga qaramay, ketma-ket va umumiy chulg‘amni dan ortiq yuklash mumkin emas. Bu xulosa, avtotransformatorning kombinatsiyalangan ish rejimlarini ko‘rishda ayniqsa muhimdir. Bunday rejimlar avtotransformatorning chulg‘amlari bilan faqat magnit orqali bog‘langan uchinchi chulg‘am mavjud bo‘lgandagina kelib chiqadi.
    Avtotransformatorning uchinchi chulg‘ami (PK chulg‘ami) yuklamani ta’minlash, aktiv yoki reaktiv quvvat manbalari (generatorlar va sinxron kompensatorlar) ni ulash, ayrim hollarda esa faqat uchinchi garmonik toklarni kompensatsiyalash uchun qo‘llaniladi. PK chulg‘amining nominal quvvati avtotransformatorning pasport ma’lumotlarida ko‘rsatiladi.
    YuK, o‘K va PK chulg‘amlari bo‘lgan uch chulg‘amli avtotransformatorlarning ish rejimini ko‘rib chikamiz (35-rasm).
    Avtotransformatorli rejimlarda (35-rasm, a,b) nominal quvvat Snom YuK chulg‘amdan o‘K chulg‘amga uzatilishi va aksincha bo‘lishi mumkin. Ikkala rejimda umumiy chulg‘amda toklar farq o‘tadi, shuning uchun ketma-ket va umumiy chulg‘amlar tipaviy quvvat bilan yuklangan bo‘ladi, bu esa ruxsat etiladi.
    Transformatorli rejimlarda (35-rasm v,g) quvvatni PK chulg‘amdan o‘K chulg‘amiga yoki YuK ga uzatish mumkin. PK chulg‘amini , dan ortiq yukash mumkin emas. Rejim PK-YuK yoki PK-o‘K ning ruxsat etilish sharti:



    (15)

    Agar PK dan o‘K ga transformatsiyalanadigan bo‘lsa, unda umumiy chulg‘am shu qtuvvat bilan yuklangan va ketma-ket chulg‘am yuklanmagan bo‘lsa ham YuK dan o‘K ga qo‘shimcha quvvat uzatilishi mumkin bo‘lmaydi. Transformatorli rejimda (35- rasm, g) quvvatni PK chulg‘amdan YuK ga uzatishda umumiy va ketma-ket chulg‘amlar to‘la yuklanmaydi:

    shuning uchun o‘K chulg‘amidan YuK ga qo‘shimcha ma’lum miqdordagi quvvatni uzatish mumkin (35-rasm, ye ga berilgan tushuntirishni qarang).
    Kombinatsiyalashgan rejimda quvvatni avtotransformatorli yo‘l bilan YuKo‘K avatransformatorlii yo‘l PKo‘K bilan uzatilgan (35-rasm, d) ketma-ket chulg‘amdagi tok

    bunda RV, QB – YuK dan o‘K ga uzatiladigan aktiv va reaktiv quvvatlar.
    Ketma-ket chulg‘am yuklanishi:

    Bundan shu narsa ko‘rinadiki, nominal quvvat SB = SNOM ni uzatganda ham ketma-ket chulg‘am o‘tayuklanmaydi.
    Umumiy chulg‘amdagi toklar avtotransformatorli va transformatorli rejimlarda bir tomonga yo‘nalgan:

    Umumiy chulg‘am yuklamasi

    Toklar miqdorini o‘rniga qo‘yib va tegishli o‘zgartirishlardan so‘ng quyidagi natijani olamiz:





    (16)

    bunda RNN, QNN - PK chulg‘amdan o‘K chulg‘amga uzatilayotgan aktiv va reaktiv quvvatlar.


    Shunday qilib, PKo‘K, YuKo‘K kombinatsiyalangan rejim umumiy chulg‘am yuklamasi bilan chegaralanadi va quyidagi shartda ruxsat etiladi:



    (17)

    Quvvatni PK va o‘K chulg‘amlardan YuK chulg‘amga uzatuvi kombinatsiyalashgan rejimda toklarning taqsimlanishi 35-rasm, ye da ko‘rsatilgan. Umumiy chulg‘amda avtotransformatorli rejimdagi tok yo‘nalishi transformatorli rejim tokining yo‘nalishiga qarama-qarshi, shuning uchun chulg‘amning yuklamasi ruxsat etilgandan ancha kichik va nihoyat nolga teng bo‘lishi mumkin. Ketma-ket chulg‘amdagi toklar o‘zaro qo‘shiladi va natijada uni o‘tayuklanishi mumkin. Bu rejim ketma-ket chulg‘amni yuklanishlash bilan chegaralanadi:



    (18)

    bunda - o‘K tomonidagi aktiv va reaktiv quvvatlar; - PK tomonidagi aktiv va reaktiv quvvatlar.
    Agar quyidagi shart bajarilsa kombinatsiyalangan rejim PKYuK, o‘KYuK ga yo‘l qo‘yiladi:



    (19)

    Boshqa kombinatsiyalashgan rejim ham bo‘lishi mumkin, ya’ni o‘K chulg‘amdan PK va YuK chulg‘amlarga quvvat uzatilishi yoki YuK chulg‘amdan o‘K va PK chulg‘amlarga quvvat uzatib pasaytiruvchi rejimda ishlashi mumkin.
    Hamma hollarda ham avtotransformator chulg‘amlarining yuklanishini nazorat qilib turish kerak. bo‘lganligi uchun ketma-ket chulg‘am tokini tok transformatori TT1 orqali nazorat qilish mumkin (36-rasm). o‘K chulg‘am chiqishlaridagi tokni tok transformatori TT2 nazorat qiladi, umumiy chulg‘amdagi tok esa shu chulg‘amga o‘rnatilgan tok transformatori TT0 orqali bevosita nazorat etilishi mumkin. Umumiy chulg‘amning ruxsat etilgan yuklanishi avtotransformatorning pasport ma’lumotlarida ko‘rsatiladi.
    Bir fazali avtotransformatorlar uchun qilingan xulosalar [(14)-(18) formulalar] sxemasi 37-rasmda ko‘rsatilgan uch fazali avtotransformatorlar uchun ham to‘g‘ri keladi. YuK va o‘K chulg‘amlar nol nuqtasi chiqarilgan yulduzchada ulanadi. PK chulg‘am uchburchaklik ko‘rinishida ulanadi.
    Avtotransformatoar konstruksiyalarinin xususiyatlariga YuK va o‘K chulg‘amlar uchun umumiy bo‘lgan neytralni yerga mustahkam tutashtirish lozimligini kiritish mumkin. Buni quyidagicha tushuntiriladi. Agar neytrali yerga samarali ulangan tizimga neytrali yerga ulan-magan pasaytiruvchi avtotransformator ulansa, u holda o‘K tarmoqdagi fazalardan biri yerga tutashganda, shu fazaning ketma-ket chulg‘amidagi kuchlanish - o‘rniga to‘liq kuchlanish bo‘ladi va o‘K chulg‘am chiqishlaridagi kuchlanish taxminan gacha ortib, shikastlanmagan fazalar chulg‘amidagi kuchlanish keskin ortadi. Xuddi shu holat neytrali yerga samarali ulangan tizimga neytrali yerga ulanmagan kuchaytiruvchi avtotransformator ulanganda ham kuzatiladi.
    Bu kabi o‘takuchlanishlarga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagani uchun avtotransformatorlarning hamma neytrallari yerga mustahkam ulanadi. Bunday holatda YuK yoki o‘K tomonlar yerga tutashganda xavfli o‘takuchlanish bo‘lmaydi, biroq YuK va o‘K tizimlarda bir fazali qisqa tutashuv toki ortadi.
    Yuqoridagi mulohazalarga yakun yasab, shuni aytish mumkinki, avtotransformatorlarning shu quvvatdagi transformatorlarga nisbatan afzalligi quyidagilar:
    materiallar kam sarflanadi (mis, po‘lat, izolyatsiya materiallari);
    og‘irligi va o‘lchamlari kichik bo‘lganligi uchun transformatorlarga nisbatan katta nominal quvvatli avtotransformatorlar yaratish imkonini beradi;
    yo‘qotgichlar kam bo‘lib, FIK katta;
    sovitish sharoitlari ancha yengil.

    Download 1.46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 1.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва

    Download 1.46 Mb.