Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti




Download 2.61 Mb.
bet1/6
Sana07.01.2024
Hajmi2.61 Mb.
#131439
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ibrohimov Sh Individual loyha
awfdawesrbgsas vte rgt serg, xakerlar haqida, TTva TL 2-topshiriq, TOK, Документ Microsoft Word, Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, jismoniy tayyorgarlik, Web OOP, 7, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov. (1), Topshiroq 1 Xasanov M, 3513-Article Text-6940-1-10-20220528, test tarmoq, Karimberdiyev H.F., MobaXterm 20.0.0.101root 20230426 115834

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

“Infokommunikatsiya injiniringi” kafedrasi

INDIVIDUAL LOYIHA - 1

Mavzu: “Kirish va chiqishni hisoblash mikroprotsessor tizimi”

Bajardi: 043-20 guruh talabasi


Ibrohimov Sh.I.
Tekshirdi: Abdullayev U.M.
Toshkent 2023



MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………….…3

  1. Mikrokontrollerlar va ularning arxitekturasi……….…………………………....5

  2. Qo’llanilgan mikrokontroller va elementlar bilan qisqacha tanishuv ……….….7

  3. ATmega328 mikrokontrolleri texnik ta’rifi va chiqish portlari …….………......7

  4. Proteus muhitida loyihani yeg’ish……………………………………………...10

  5. Qurilmaning dastur kodi…………………………….……………………….....15

  6. Proteus muhitida loyihaning natijasi…………………………………………...17

Xulosa……………………………………………………………………………..21
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………....22





KIRISH

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Og’ir ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy qiyinchiliklarni yengib o’tib, taraqqiyot yo’liga kirgan mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg’or texnologiyalarni joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada 1997 yil 29 avgust kuni tarixiy xujjat “Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Uning asosiy maqsadi mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish, komil inson va yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashdir.


“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etadi. Mazkur qonun va dasturni ro’yobga chiqarish ta’lim tizimini tubdan qayd qilishni, ya’ni halk ta’limining taraqqiyoti qoidalarining qayta ko’rib chiqishni va uni o’z vaqtida hal qilishni taqazo etmoqda. Chunki “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da XXI asrda yashaydigan, ijod qiladigan, Vatan va yurt mustaqilligini mustahkamlovchi, insonlarning manfaatini, ularning bilimi, ko’nikma va malakasini shakllantirishga aloxida ahamiyat berilgan zamonaviy axborot texnologiyalari, ta’limni kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari tuzilishida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashning rivojlantirishga e’tibor qaritilgan. Zero milliy dasturda e’tirof etilgandek, “Ta’limni axborot bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bog’lash, ommaviy axborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash” malakali kadrlar tayyorlashning muhim muammolaridan biridir.
Bugun biz yangi texnologiyalarga sarflanayotgan mablag’lar qay darajada o’zini oqlashini, ularni ta’lim sifatini oshirish, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining ta’limni rivojlantirishga ta’siri qanday bo’lishini tasavvur qila olishimiz shart. Ko’p hollarda “Ta’limning kompyuter texnologiyalari” iborasi “Axborot texnologiyalari” iborasi bilan almashtirib yuborildi. Bu o’rinda asosiy an’anaviy pedagogik texnologiyalaridan farqli, kompyuter tarmoqlariga ulangan dasturlashtirilgan, halkaro aloqalarni ham ta’minlashga qodir tizim nazarda tutilmoqda.
Ma’lumki pedagogikada boshqa ilm sohalaridan olingan ko’plab atamalardan foydalaniladi, bu esa pedagogikaning boshqa fanlar bilan chuqur aloqada ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday atamalar texnika va iqtisod fanidan eng ko’p miqdorda kirib keladi, chunki ayni shu sohalar ijtimoiy fikrning rivojlanishiga eng ko’p ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi bugun o’qitishning tejamkorligi va oqilonaligi o’qituvchi, texnika va texnologiya, o’qitishning kompyuterlashtirish va shu kabilar haqida tez – tez gapirilmoqda.
Shunday qilib, yangi texnik vositalar, yangi texnologiyalar ta’limda yangi tartib qoidalarni kiritish uchun eng muhim komponentlardan biridir. Ta’lim sohasidaga yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ularda ko’tarinki rux, o’z kuchiga bo’lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo’ladi.
Funksional va algoritmik jihatdan quyidagi loyihalashtirish darajalarini keltirish mumkin:

  • masalaning qo’yilishi;

  • tizimli va arxitekturali;

  • funksional-mantiqiy va dasturiy;

  • sxemotexnik va mikrodasturiy.

MKQ va MKT loyihalashtirishlarining tizimli va arxitekturali darajalari uchun dastlabki axborotlari: kiruvchi axborotning qayta ishlanish analitik nisbati ko’rinishida berilgan funksiyalanish qonunlari; Qurilmali va dasturiy yo’llar bilan amalga oshiriladigan MKQ va MQT asosiy funksiyalarining bajarilish algoritmi sxemalari to’plami; ishlab chiqiladigan MKQ va MKT parametrlariga optimallik shartlari va cheklanishlar to’plami.
MKQ va MKT loyihalashtirilishining turli xil darajalarida funksional va algoritmik tarzda yechiladigan asosiy masalalarni ko’rib chiqamiz. Ushbu individual loyihada Proteus dasturiy muhitidan foydalaniladi.


  1. Download 2.61 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 2.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti

Download 2.61 Mb.