• Mavzu: Kompas , Solid Works, dasturlari misolida grafik modellahtirish. REJA: KOMPAS dasturida ishlash ko’nikmasini shakillantirish.
  • " " 202 y. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu




    Download 409 Kb.
    bet16/30
    Sana01.02.2024
    Hajmi409 Kb.
    #149816
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
    Bog'liq
    Kasbiy faoliyatda AT maruza (1)

    Mashg’ulot yakuni:
    1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izoxlab baholaydi va rag’batlantiradi.
    Uyga vazifani berilishi:
    2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (-ilova).



    Baholari bilan
    tanishadilar.
    Topshiriqni yozib
    oladilar.

    O`qitish sharoiti

    Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona

    Qayta aloqaning usul va vositalari

    Tezkor-so`rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash



    Mavzu: Kompas, Solid Works, dasturlari misolida grafik modellahtirish.
    REJA:

    1. KOMPAS dasturida ishlash ko’nikmasini shakillantirish.

    2. Solid Works dasturida ishlash ko’nikmasini shakillantirish.

    Tayanch so’z va iboralar: Solid Works 3D SAPRda katta birinchi. Shapr3D, Siemens PLM Software va Tech Soft 3D bilan birgalikda Shapr3D iPad Pro
    Kompas 3d dasturinini o'rganish barcha yo'nalishdagi chizmalarni tez, sifatli va oson tartibda chizishni va 3d madellar(loyihalar) ustida amal bajarish, ishlov berish, yaratish, harakatlantirish, sinovdan o'tkazishni va albatta hayotiy ko'rinishda aks ettirishni kompyuter grafikasi orqali o'rganasiz. Shuningdek bu dasturda jahon standartlariga mos keladigan barcha turdagi jumladan mehanik, elektrik va arxitektorlik chizma 3d loyihalarni yaratishda dastur kutbxonasi orqali juda tez va onson yaratishga mo'ljallangan. 3D-modellashtirish o‘zida maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotdan foydalanib, 3D-modelni (yoki uch o‘lchovli obyekt ko‘rinishidagi karkas model) ishlab chiqish tartibini ifodalaydi. Uch o‘lchovli model chiziqlar va egri sirtlar bilan o‘zaro bog‘langan ko‘pgina nuqtalar yordamida yaratiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan sohalar doimo kengayib bormoqda. U quyidagi: o‘yinlar, ya’ni realistik personajlarning modellashtirilishi amalga oshirilishi; tibbiyot — inson tanasi organlarining alohida modellarining yaratilishi; muhandislik — transport vositalari, yangi qurilma va inshootlar modeli ishlab chiqilishi; kinomatografiya — turlicha maxsus effektlar va xayoliy personajlar yaratilishi kabi sohalarni qamrab olmoqda. Shuningdek, reklama sohasida ham 3D-modellashtirishdan yetarlicha foydalanib kelinmoqda.
    3D-dasturiy vositalarining qay biri yaxshi yoki yomonligi bo‘yicha omma tomonidan qabul qilingan javobning o‘zi yo‘q. Har bir foydalanuvchi ushbu savolga o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan 3D-dasturiy vositani muhim deb biladi. Foydalanuvchi o‘zi ishlaydigan 3D-dasturiy vosita bilan qanchalik darajada yaxshi ishlay olishi va uning ijodiy (asboblarni bilishdan tashqari badiiy ko‘nikmalarni egallash, ranglar uyg‘unligi, kompozitsiyani bilish maqsadga muvofiq) imkoniyatlariga juda ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dizayner qanday dasturni afzal ko‘rishni o‘zi hal qiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish dasturiy vositalari imkoniyatlarini batafsil o‘rganish uchun uch o‘lchovli elementlardan tarkib topgan 3D-sahna yaratish kerak bo‘ladi. 3D-dasturiy vositalarning har biri o‘zining muayyan sohadagi afzalliklariga ega. Uch o‘lchovli modellashtirishga mo‘ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi:
    1. Autodesk 3D Studio Max — ancha keng tarqalgan, shuningdek, grafik paketni o‘zlashtirish nisbatan oson. Qo‘shiladigan modul VRay real obyektlar va interyerlarni yaratish imkonini beradi.
    2. Autodesk Maya — boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan jiddiy grafik paket hisoblanadi. Unga quyidagilar: subdiv primitives yordamida modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash, modellashtirilgan obyektga turli effektlarni chizish imkoniyati, animatsiyalarning rivojlangan tizimi va boshqalar tegishli bo‘ladi. Realistik interyerlar, personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o‘yinlari sanoatida vizual effektlar yaratishda keng ishlatiladi.
    3. Maxon Cinema 4D — qulay interfeysga ega bo‘lgan nemis grafik paketi. Tezkor xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash bo‘yicha o‘zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita ko‘rinadigan ekranga bo‘yash imkonini beradi.
    4. NewTek LightWave 3D — juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori sifatli renderingga ega bo‘lgan grafik paket. Televizion formatda uch o‘lchovli grafika yaratish uchun qulay.
    Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar ham mavjud. Ular tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqorida keltirilgan muharrirlardan birida mukammal sahnani yaratishga yordam beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi allaqachon tayyorlangan personajlar bilan
    SolidWorks dasturi
    SolidWorks -ishlab chiqarishni loyihalash va texnologik tayyorlash bosqichlarida sanoat korxonasi ishini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy paketdir. U har qanday murakkablik maqsadli darajasidagi buyumlarni ishlab chiqishni avtomatlashni ta'minlaydi. SolidWorks dizayner uch o‘lchovli modellarni yaratish va undan KXYaT (Konstruksion xujatlarning yagona tizimi (ESKD)) talablariga muvofiq ikki o‘lchovli chizmalarni avtomatik qo‘lga kiritishga imkonini beruvchi uch o‘lchovli qattiq jism va sirtlarni dizayn loyixalash dasturidir. Solid Works dastur bir qator amaliy modullarni o‘z ichiga olgan dasturdir. Bular ichida ayniksa Solid Works Simulation biz uchun eng katta qiziqish bo‘ldi. Bu modul chekli element usuliga asoslangan bo'lib elastik zonadagi kuchini hisoblash, deformasiyalangan qattiq jism mexanikasi masalalarini yechish imkonini beradi. Ushbu modul qismlar va yig‘inlarni statik tahlil qilish, dizaynni optimallashtirish va qo‘shimcha material uchun keraksiz xarajatlardan qochish imkonini beradi. Bu modul yordamida qurilishda mustahkamlikka hisoblashni yengillashtirish, oqilona iqtisodiy jihatdan tejamli qulay va amaliy yechimlar qilish mumkin. Solid works dasturiy vositasidan ta'lim jarayonida foydalanish texnik ta'lim yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda eng muhim rol o'ynashi mumkin. Bu avtomatik dastur yordamida "materiallar qarshiligi" kursi bo‘yicha hisob grafik ishlarni bajarishda fodalanish mumkin. Bundan maqsad "materiallar qarshiligi" fanidan talabaning asosiy kompetensiyalarini shakllantirish, ya'ni:
    – fikrlash madaniyatini oshirish, mexanika sohasidagi axborotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, maqsadlar qo‘yish va ularga erishish yo‘llarini tanlash;
    - texnik og‘zaki va yozma nutqni mantiqan to‘g‘ri va aniq qura olish qobiliyati;
    - o‘z-o‘zini rivojlantirish, mexanika sohasidagi malaka va ko‘nikmalarini oshirish, hisob grafik ishni hisoblashni egallashtirish;
    - eksperimental tadqiqotlar natijalarini qayta ishlash;
    - hisoblash va loyihalash uchun manba ma'lumotlarini to‘plash va tahlil qilish qobiliyati;
    - mashinalarni loyihalashda axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularning ishini tashkil yetish qobiliyatini oshirish;
    - ma'ruza darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash;
    - dasturiy paketlar yordamida matematik modellashtirish va hisoblash tajribalarini o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirish;
    - kompyuter modellashtirish natijalarini taxlil kilish va optimallashtirish uchun qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirish;
    - kompyuter ko‘nikmalarini mustahkamlash.
    Tayanch so’z va iboralar: Modellashtirish, modellar, Maxon Cinema 4D 
    Nazorat savollar:
    1.Amaliy dasturlar haqida tushuncha?
    2.Ofis dasturlari haqida tushuncha?
    3.Grafik dasturlar va ularning vazifalarini aytib bering.

    “____”____________202__y.



    Download 409 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




    Download 409 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    " " 202 y. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu

    Download 409 Kb.