• Mavzu: Solid Edge, Corel Draw dasturlari misolida grafik modellahtirish. Reja
  • " " 202 y. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu




    Download 407,5 Kb.
    bet20/30
    Sana28.01.2024
    Hajmi407,5 Kb.
    #147496
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
    Bog'liq
    Kasbiy faoliyatda AT maruza (1)

    Mashg’ulot yakuni:
    1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izoxlab baholaydi va rag’batlantiradi.
    Uyga vazifani berilishi:
    2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (-ilova).



    Baholari bilan
    tanishadilar.
    Topshiriqni yozib
    oladilar.

    O`qitish sharoiti

    Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona

    Qayta aloqaning usul va vositalari

    Tezkor-so`rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash


    Mavzu: Solid Edge, Corel Draw dasturlari misolida grafik modellahtirish.
    Reja:
    1.Grafik dasturlar turlari.
    2. Solid Edge dasturlari misolida grafik modellahtirish.
    3. Corel Draw dasturlari misolida grafik modellahtirish.

    Tayanch so’z va iboralar: Solid Edge, Corel Drawda katta birinchi. Shapr3D, Siemens PLM Software va Tech Soft 3D bilan birgalikda Shapr3D iPad Pro.


    Kompyuter savodxonligini oshirish mobaynida grafik muharrirlarni bilish va ularni o`z o`rnida qo`llana olish o`qish jarayoni va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi. Shu sababdan, mazkur maqola grafik muharrirlarning biri bo`lgan Corel Draw dasturini o`rganish va uning ahamiyatiga bag`ishlanadi. Corel Draw — bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga asoslangan holda yaratuvchi va tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel Draw dasturining imkoniyatlari unda turli hil grafik kompozitsiyalarni yaratishga yordam beradi. Ayniqsa dinamik interaktiv instrumentlar, turli hil effektlar va grafik ma`lumotlarni HTML va PDF formatlarida tayyorlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari Corel Draw grafik muharririda ranglar palitralarida turli hil ranglarni tanlash mumkin. Shuningdek turli formatlar bilan ishlashda yordam beruvchi turli instrumentlar, import va eksport uchun zarur bo`lgan ko`plagan filtrlar, tasvirni nashr qiluvchi vositalar ijodkor uchun eng yuqori ijodiy muhit yaratib beradi [1]. Mazkur maqolada ta`lim dargohlarida bu dasturni o`rganish va o`rgatish usullari haqida bayon qilinadi. Albatta, dars jarayonida o`qituvchi bu dasturdan foydalanish tamoyillari va asosiy buyruqlar haqida o`quvchiga ma`lumotlar beradi, bu esa so`ngra ularga mazkur dastur bilan ishlash ko`nikmalarini mustaqil takomillashtirish va yangi bilimlarni tez o`zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida, talabalar tasvirlarni yaratish va qayta ishlashning keng imkoniyatlariga ega bo`lgan grafik muharrirlar bilan ilk marotaba tanishadi. Corel Draw dasturi yordamida turli grafik ko`rinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko`rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog`liq amallarni bajarish mumkin. Bu grafik paket har xil shriftlarning katta jamdagi to`plamiga ega bo`lib, umumiy matndagi biror yozuvni belgilash uchun maxsus effektlarni ularga qo`llash mumkin [2]. Dasturning oxirgi versiyasi rastrli tasvirlarni qayta ishlash bo`yicha birqancha imkoniyatlarga ega bo`lib, bu paket ichida shuningdel rastrli tasvirni vektorli tasvirga aylantirish dasturi ham kiritilgan. Corel Draw dasturining afzalliklarining biri — bu qulay va tushunarli interfeysi bo`lib, bu esa o`z navbatida o`rganish jarayonini oson va ravon tushunishga imkon beradi. Corel Draw paketi dizaynerlar, veb-sayt yaratuvchilari orasida keng tarqalgan bo`lib, reklamalar yaratishda, poligrafiyada qo`llaniladi. Ish beruvchi uchun rassom-dizaynerlarni tanlab olishning eng asosiy kriteriyalarining biri kompyuter grafikasi dasturlarida ishlash uchun yetarli bilimga ega bo`lishi hisoblanadi. Bu yerda kelib chiquvchi raqobatga faqat o`z ishida mazkur dasturlarning imkoniyatlaridan erkin foydalana oladigan oliy ta`lim muassasasi bitiruvchisigina bardosh bera oladi. Shu sababdan, raqobatga bardosh berish uchun va o`z ishida tashabbuskor bo`lish uchun bitiruvchi (dizayner, poligrafist va h. z.) vektorli grafika paketlarining biridan foydalanishni bilishi zarur. Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida talaba laboratoriya mashg`ulotlarini bajarishi zarur bo`ladi, bunda u metodik qo`llanmadan foydalanadi. Buning natijasida talaba dasturning asosiy asboblari, palitralarning joylashishi bilan ketma-ket tanishadi, faol asbobning xossalarini o`zgartirish va sozlashni, matnlar bilan ishlashni o`rganadi.

    Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату:


    Бектурсынова, Д. П. Ijodiy salohiyatni yuksaltirishda Corel Draw grafik muharririni o`rganishning ahamiyati / Д. П. Бектурсынова, А. М. Мамбеткаримова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 49 (287). — С. 599-601. — URL: https://moluch.ru/archive/287/64724/ (дата обращения: 21.01.2024).
    Nazorat savollar:
    1.Modellashtirish nima?
    2.Modell turlari va vazifalari?
    3.Grafik dasturlar va ularning vazifalarini aytib bering.

    “____”____________202__y.



    Download 407,5 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




    Download 407,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    " " 202 y. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu

    Download 407,5 Kb.