" " 202 y. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu




Download 407,5 Kb.
bet24/30
Sana28.01.2024
Hajmi407,5 Kb.
#147496
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
Kasbiy faoliyatda AT maruza (1)

Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izoxlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (-ilova).



Baholari bilan
tanishadilar.
Topshiriqni yozib
oladilar.

O`qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so`rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash

Mavzu: Geoinformatsion tizimlar


1. Geoinformatsion tizimlar.
2.Tizimlarning ishlatilish sohasi va qo’’lanilishi.
Tayanch so’z va iboralar:GIS texnologiyalari, Geinformatsion tizimlarni, Noregulyar mozaikalar.
Ijtimoiy-texnik masalalarni hal etishda katta hajmdagi topografik, gidrografik, infrastrukturaviy ob’ektlarni joylashtirish axborotlaridan foydalaniladi. U yoki bu holatni kompyuter ekranida ifodalash turli grafik obrazlarni aks ettirishni anglatadi. Geoinformatsion texnologiyalar elektron xaritalar tizimi va turli tabiatdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi muhitlar ko’rinishida ifodalanuvchi berilganlarni amalda qo’llashga qaratilgan. Geoinformatsion tizimlarning asosiy sinfini geometrik axborotni saqlovchi va fazoviy aspektni aks ettiruvchi koordinatali berilganlar tashkil etadi. Koordinatali berilganlarning asosiy turlari quyidagilardir: nuqta(tugunlar, uchlar), chuziq (ochiq), kontur(yopiq chiziq), poligon (soha). Amalda real ob’ektlarni qurish uchun katta miqdordagi berilganlardan foydalaniladi. Bular: osiluvchan nuqta, psevdotugun, normal tugun, qoplama, qatlam va boshqalar. Ushbu keltirilgan berilganlar tiplari o’zaro turli-tuman bog’lamlarga ega bo’ladi. Ularni uch guruxga bo’lish mumkin:
-Sodda elementlardan iborat murakkab ob’ektlar qurishga mo’ljallangan bog’lamlar;
- Ob’ektlarning koordinatlari bo’yicha hisoblanadigan bog’lamlar;
- Berilganlarni kiritish jarayonida aniqlanuvchi bog’lamlar.
GIS texnologiyalaridan foydalanishda berilganlarni visual taqdim etish asosini vektorli va rastorli modellar tashkil etadi.Vektorli modellar geometrik axborotni vektorlar yordamida ifodalashga asoslanadi. Rastrli modellarda ob’ekt (hudud) davriy to’rni tashkil etuvchi fazoviy yacheykalarga akslanadi. Rastrli modelning har bir yacheykasiga xajmi bo’yicha bir xil, ammo xarakteristikalari bo’yicha (rang, zichlik) turlicha bo’lgan sath qismlari to’g’ri keladi.Ushbu protsedura pilsellashtirish deb ataladi.Rastrli modellar regulyar, noregulyar va rekursiv yoki ierarxik mozaikalarga bo’linadi.Tekis reguluar mozaikalar uch tipda bo’ladi: kvadrat, uchburchak va oltiburchak. Kvadratli shakl katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda, uchburchaklisi sferik sirtlar yaratishda qulay hisoblanadi. Noregulyar mozaikalar sifatida noto’g’ri shakldagi uchburchakli to’rlar va Tissen poligonlari ishlatiladi. Ular berilgan nuqtalar guruxlari bo’yicha berilgan hudud qismlarining raqamli modellarini qurishda foydalaniladi. Shunday qilib, vektorli modellar ob’ektning joylashgan o’rni to’g’risidagi, rastrli model esa ob’ektning u yoki bu nuqtasida joylashgan narsa to’g’risida ma’lumotni saqlaydi.Rastrli modellar asosan aerokosmik suratlarni qayta ishlashda foydalaniladi. Raqamli xarita qatlamlar majmuasi ko’rinishida tashkil etilishi mumkin. GIS qatlamlari umumiy funksional xususiyatlarga ega bo’lgan fazoviy ob’ektlarning birlashuvi asosida raqamli kartografik modellar to’plamidan iborat. Qatlamlar majmuasi GIS grafik qismining asosini tashkil etadi.
Geinformatsion tizimlarni (GIS) qo’llash - ilm-fanda yangi, ammo tobora ommalashib borayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda GIS dan geografiya, geologiya, xaritashunoslik, iqtisodiyot sohalari bilan birgalikda tarix, demografiya, arxeologiya va arxeografiyada ham qo’llanilmoqda. Ma’lumki, tarixiy hodisa va jarayonlar biror makon va zamonda ro’y beradi. Barcha tarixiy ob’ektlar u yoki bu sarhadda mavjud bo’ladi. Ushbu sarhadning xaritada belgilanishi tarixiy hodisa to’g’risida yanada to’liqroq tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Demak, xarita bilan ishlash tarixiy tadqiqotlarning zaruriy tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.Ammo tarixiy xarita tuzish jarayoni ancha murakkab hisoblanib, geografik xaritani o’rganilayotgan davrga moslab korrektirlash, ushbu tarixiy sarhad to’grisidagi umumiy ma’lumotlar asosida barcha ob’ektlarni kiritish, xaritalarni bir-biriga qiyoslash kerak bo’ladi. Bu ancha vaqtni egallaydi. Shuning uchun xarita yaratish jarayonini kompyuterga yuklash maqsadga muvofiq boladi.
Nazorat savollar:
1. Geoinformatsion tizimlar nima vazifasi qanday?
2.Boshqa tizimlardan farqi?
3.Qo’llanilish sohalari?

“____”____________202__y.



Download 407,5 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Download 407,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



" " 202 y. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu

Download 407,5 Kb.