|
Taʼlim muassasasi majburiyatlari
|
bet | 2/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 24,62 Kb. | | #160134 |
Bog'liq Tashkilot shartnomaTaʼlim muassasasi majburiyatlari:
2.1. Ish beruvchining ehtiyojlari va takliflarini,iqtisodiyotning real sektoridagi oʼzgarishlarni hisobga olgan holda mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun har oʼquv yilida taʼlim muassasasi qabul rejasini. oʼquv reja va dasturlarini muvofiqlashtirib borish;
2.2. Tanlangan kasb oʼquv reja va dasturlari hamda malaka talabida oʼquvchiga taʼlimning dual tizimini joriy etgan holda yetarli nazariy va amaliy bilim berish. Umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish;
2.3. Oʼquv rejasidagi mavjud fanlarni oʼqitish uchun malakali oʼqituvchilarni va “Korxona” taklifiga muvofiq “Korxona”ning tajribali mutaxassis xodimlarini maxsus fanlarni oʼqitishga jalb etish;
2.4. Tanlangan kasb boʼyicha egallanishi lozim boʼlgan bilim va koʼnikmalarga ega boʼlgan kadrlarni tayyorlash;
2.5. Maxsus fan oʼqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalarini “Korxona” bilan oʼzaro kelishilgan holda “Korxona”dagi mavjud asbob-jihozlar bilan tanishtirishga yuborish va mavjud jihozlarga mos ravishda fan dasturlariga belgilangan oʼzgartirishlarni kiritib takomillashtirib borish;
2.6. Diplomoldi amaliyoti oʼtkazish muddatlarini “Korxona”ning imkoniyatlarini inobatga olgan holda oʼzaro kelishuv asosida belgilash va oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
2.7.Taʼlim muassasasidan amaliyot rahbarlarini tayinlash va ularga quyidagi vazifalarni yuklatish:
- korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotining ishchi dasturini tuzish;
- yakka tartibdagi topshiriqlarni ishlab chiqish;
- oʼquvchilarni mutaxassisliklar boʼyicha taqsimlashda yoki ularni ish turlari boʼyicha bir joydan ikkinchi joyga oʼtkazishda qatnashish;
- amaliyot davrida oʼquvchilar mehnatidan toʼgʼri foydalanishni nazorat qilish;
- oʼquvchilar tomonidan yakka tartibdagi topshiriqlarni mustaqil bajarishda ularga uslubiy yordam koʼrsatish;
- oʼquvchilar amalga oshirgan ishlab chiqarish natijalarini baholab borish.
|
| |