• Andijon mashinasozlik instituti
• Elektrotexnika fakulteti
• ETEA yonalishi talabasi Ahmaqulov
Yahyobekning GESlar mavzusida tayorlagan
slaydi
Gidroelektr stanciya (GES) -
suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida
elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika
inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika
inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga
boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv
sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil
joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3)
toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo
oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil
qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ
daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga
Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara GESlarini koʻrsatish
mumkin. Derivatsion (GES ning stansiya uzeliga suv
kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib kelinadigan)
GESlar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya
kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq,
• Farhod va Boʻzsuv kanalidagi GESlar kiradi. Aralash GES
larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va
qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. GES
inshootlari majmuiga daryo oʻzanini toʻsib bosim hosil
qiladigan bosh inshoot (toʻgʻon), GES binosiga suv yetkazib
beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv
quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan,
ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. avtomatik
qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita
elektr energiyaga aylantirib beradigan gidroagregat (turbina
bilan generator) oʻrnatilgan mashina zali va foydalanib
boʻlingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi.
Maxsus gidrotexnika inshootlari bilan GES turbinalariga
keltirilgan suv turbinaning ish gʻildiragini, unga oʻrnatilgan
oʻqni va oʻq bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi
natijasida elektr energiya hosil boʻladi
• Surxandaryo ges
• . Elektr energiya maxsus qurilmalar vositasida
isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Hozir barcha GES larning
ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan GES
lar uzoqdan turib (qoʻshni GES dan yoki energosistemaning
boshqarish pultidan) boshqariladi. GESning belgilangan
quvvatiga koʻra kam (5 MVt gacha), oʻrta (5—25 MVt) va
katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga boʻlinadi.
Daryoning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish
uchun GES lar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha
maʼlum masofada joylashtiriladi. Bunday GES kaskadlariga
Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa,
Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar,
Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv
(GES-14, GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); Oʻrta Chirchiq
(Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (GES5A, GES-6A,
GES-YUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B,
GES-ZB, GES-5B) GES kaskadlari kiradi
• GES lar ichida gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES) va
koʻtarilish suv elektr stansiya (PES) alohida oʻrin tutadi. GAES lar yirik
energetik tizimlarda koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlardagi
energiyani toʻldirib turish uchun quriladi. GAESning energiyani
akkumulyatsiyalash xususiyati energetik tizimdagi baʼzi vaqt oraligʻida
boʻsh boʻlgan elektr energiyadan foydalanishga asoslangan. Bu vaqtda
GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga
haydaydi; tigʻiz vaqtda esa yigʻilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy
va Quyosh gravitatsiya kuchlari suv massasini tortishi natijasida dengiz yoki
okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam koʻgariladi, dam
pasayadi. Ana shu koʻtarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga
aylantiradi. Bularda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yoʻq.
Alohida GES yoki GES kaskadi, odatda kondensatsiyey elektr stansiya (KES),
issiqlik elektr markazi (TETS), atom elektr stansiya (AES) bilan bir tizimda
ishlaydi. Bunda energosistemadagi nagruzka grafigini qoplashda
qatnashishiga qarab GES bazisli, koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz)
vaqtlarida ishlaydigan boʻlishi mumkin. GESlar elektr energiya berish bilan
birga daryo oʻzanini loyqalanishdan asraydi, koʻplab ekin maydonlarini
sugʻorishga imkon beradi
|