|
Tashkilotlarning xodimlari hamda fuqarolar quyidagilarga majburdirlar
|
bet | 4/7 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 133,18 Kb. | | #267224 |
Bog'liq amaliy ish 1Tashkilotlarning xodimlari hamda fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:
a) normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, normativ hujjatlarda, davlat yong‘in nazoratining hujjatlarida va Qoidalarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilishga;
b) gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi suyuqliklar (YeAS) va yonuvchi suyuqliklar (YoS) bilan hamda yong‘in xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida imshlarni bajarishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga;
v) yong‘inni sezib qolganda zudlik bilan bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga xabar qilishga hamda odamlarni, mol-mulkni evakuatsiya qilish va yong‘inni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rishi kerak.
Obektlar Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq soz holatdagi yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari, yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari va boshqa yong‘in texnikasi, shuningdek, tezkor aloqa vositalari bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish va omborxonalarning eshiklari (darvozasi)ning tashqi tarafiga, shuningdek, tashqi qurilmalarning hududiga mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq portlab yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha toifalarning hamda zonalar klassining belgisi o‘rnatilishi kerak.
“A” va “B” toifalariga mansub xonalarning eshiklariga qo‘shimcha ravishda mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining ma'lumot kartasi o‘rnatilishi kerak.
Har bir fuqaro yong‘inni sezganda quyidagilarni bajarishi majbur:
a) zudlik bilan “101” telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV)ning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasiga xabar berish (xabarda voqea sodir bo‘lgan manzil, yong‘in chiqqan joy va o‘zining familiyasini aytish);
b) odamlarga xabar berishga va ularni evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish;
v) imkon qadar mavjud yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish.
Yong‘in joyga yetib kelgan tashkilot rahbari (mansabdor shaxs) quyidagilarga majbur:
a) insonlar hayotiga xavf tug‘ilgan taqdirda, ularni mavjud kuch va vositalar yordamida qutqarish choralarini ko‘rishga;
b) zarur bo‘lganda elektr energiyani (yong‘inga qarshi himoya tizimidan tashqari) o‘chirish, yuklarni tashishga mo‘ljallangan moslamalarni, agregatlarni, apparatlarni ish faoliyatini to‘xtatish, xomashyo, gaz, bug‘ va suv kommunikatsiyalarini yopib qo‘yish, avariya ro‘y bergan va unga tutash xonalarning shamollatish tizimi ishini to‘xtatish, xonalarni tutun bilan qoplanishi va yong‘inni tarqalishini oldini olishga imkon beradigan boshqa choralarni ko‘rishga;
v) yong‘inni o‘chirishga qaratilgan ishlardan tashqari binodagi barcha ishlarni to‘xtatishga (agar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bo‘yicha mumkin bo‘lsa);
g) yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan xodimlardan tashqari barcha xodimlarni xavfli hudud tashqarisiga chiqarishga;
d) yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib kelgunga qadar (obektning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda) yong‘inni o‘chirishda umumiy rahbarlik qilishga;
ye) yong‘in o‘chirishda ishtirok etayotgan xodimlarni xavfsizlik talablariga rioya qilishlarini ta'minlashga;
j) yong‘in o‘chirish bilan bir vaqtda insonlarning evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni himoya qilishni tashkillashtirishga;
z) yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini kutib olishni va yong‘in sodir bo‘lgan joyga qisqa yo‘l bilan olib borishni tashkillashtirishga.
Tashkilot (obekt) rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs) yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yong‘inga yetib kelishi bilan yong‘inni o‘chirish rahbariga yong‘in joyi haqida, xonalarda odamlarning mavjudligi, yordamga muhtojlar hamda yong‘inni o‘chirishga jalb etilganlar, saqlanayotgan va ishlatilayotgan moddalar, materiallar, mahsulotlarning miqdori va yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida axborot berishi kerak.
|
| |