• Document Outline
  • • Kompyuter tarmoqlari va ularning vazifalari • local (mahalliy) tarnmoqlar haqida




    Download 397,78 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana05.12.2023
    Hajmi397,78 Kb.
    #111392
    Bog'liq
    informatika




    Reja:
    • 1.Kompyuter tarmoqlari va ularning vazifalari
    • 2.local (mahalliy) tarnmoqlar haqida :
    • 2.Mintaqaviy tarmoqlar haqida
    • 3.Global tarmoqlar haqida :


    1. KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING VAZIFALARI:
    • Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo 
    bо'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni 
    birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish 
    imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma‘lum bir vazifani bajarishga 
    ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо'pgina boshqa 
    muammolarni ham hal qilish mumkin bо'ladi.
    • Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо'p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi 
    fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga о'tkazishdan tortib, to butun dunyo 
    kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog'igacha.



    • Kompyuter tarmogʻi, EHM tarmogʻi — 
    axborotlarni uygʻunlashtirib almashinish 
    maqsadida uzatish liniyalari orqali bogʻlangan 
    alohida kompyuterlar majmui. Har qaysi 
    axborot isteʼmolchisiga axborotlar zahiralari 
    (maʼlumotlar bazasi, protsessor, xotira va h. k.) 
    dan birgalikda foydalanish uchun qoʻshimcha 
    imkoniyat yaratadi. Kichik hudud (korxona, 
    tashkilot) doirasida foydalaniladigan 
    Kompyuter tarmogʻi lokal (mahalliy), keng 
    hudud (oʻlka, davlat, qitʼa va b.)ni qamrab 
    oladigan Kompyuter tarmogʻi global 
    (umumlashgan) deb ataladi


    • Bu yеrda Intеrnеtning paydo bo`lish tarixiga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
    • 1838 – birinchi tеlеgraf yaratildi.
    • 1943 – birinchi kompyutеr yaratildi.
    • 1957 – birinchi sun'iy yo`ldosh uchirildi.
    • 1958 – ARPA – (Advanced Research Projects Agency) ilg`or izlanishlar agеntligi tuzildi.
    • 1962 – Intergalactic Network – Galaktikalararo tarmoq loyihasi boshlandi. Maqsad dunyoning ixtiyoriy 
    nuqtasidan ma'lumotlarni ola bilish.
    • 1969 – ARPA net – 4 ta kompyutеrni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi.
    • 1971 – tarmoqda 14 ta kompyutеr. FTP – File Transmission Protocol (fayl uzatish protokoli) qabul qilindi.
    • 1972 – Larry Roberts tomonidan elеktron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.


    • Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
    • 1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
    • - past 100 Kbit/ s gacha;
    • - o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
    • - yuqori 10 Mbit/s dan ortiq. 
    • 2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
    • - LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
    • - CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish
    ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
    • - MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta 
    radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
    • - WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan 
    ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
    • - GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;


    2.LOCAL (MAHALLIY) TARMOQLAR:
    • Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik 
    shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab 
    oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha 
    kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 
    10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 
    1000 nafarga etar-etmas mijozlarga 
    xizmat qilishga mo’ljallanadi. Bunday 
    hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq 
    tezlanishda ishlash imkonini beradi. 
    Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va 
    maxsus kompyuterlarni (fayl, print 
    serverlari va boshqalar) o’zaro kabel 
    bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z 
    navbatida tarmoq adapterlari 
    yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi.


    3. MINTAQAVIY TARMOQLAR
    • Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida 
    mujassamlashtirgan tarmoq.
    • Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli 
    serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy 
    yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi


    • MKTga misol sifatida respublikamizdagi bank va soliq sohasidagi ya- gona avtomatlashtirilgan tizimlari, shaharlardagi 
    dorixonalaming ma’lumot beruvchi kompyuter tizimlarini keltirishimiz mumkin.
    • Masofaviy kompyuterlar telefon tarmoqlari orqali modem vositasida bog‘lanadi. Natijada foydalanuvchilar yuqori 
    unumdorli superkompyuterlar orqali o‘zlari uchun ajratilgan resurslarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu 
    superkompyuterlar bir tizimga birlashishi natijasida MKT paydo bo‘ladi.


    GLOBAL TARMOQLAR :
    • Ingliz tilida: global network
    • Rus tilida: глобальная сеть
    • Bir necha mamlakatlarda joylashgan va territorial tarmoqlarni birlashtirib yaratilgan tarmoq. U ko‘p sonli 
    foydalanuvchilarga tarmoq xizmatlarini va resurslarini taqdim qilish maqsadida yaratiladi. O‘zining katta 
    o‘lchamlari tufayli har bir global tarmoq o‘z foydalanuvchilariga minglab ma’lumotlar bazalarini, 
    qit’alararo elektron pochtani, amalda ixtiyoriy mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olishni taqdim etadi. Bunday 
    tarmoqqa misol Internetdir. Shu bilan birga, kompaniyaning turli mamlakatlarda joylashgan filiallarini 
    birlashtiruvchi global korporativ tarmoqlar ham farqlanadi. 


    • Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart minimal internet protokoli (I) orqali maʼlumot 
    almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu 
    maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, 
    internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, 
    tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan 
    sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.


    • Intеrnеt tarmog’ining tuzilishi. Intеrnеt o’z - o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim 
    bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
    • tеxnik;
    • dasturiy;
    • axborot.
    • Intеrnеt tarmog’ining tеxnik ta'minoti har xil turdagi kompyutеrlar, aloqa kanallari (tеlеfon, sun'iy 
    yo’ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning tеxnik vositalari 
    majmuidan tashkil topgan.


    • Xulosa:
    • XXI asr axborot texnalogiyalari asri shunday ekan bugun biz zamon suratlari juda jadallik bilan 
    rivojlanayotgan bir zamonda hayot kechirmoqdamiz va bu jarayonni yanada jadallashtirishda 
    kompyuter texnalogiyalarining o`rni juda katta . Albatta kompyuter texnalogiyalarini malumot
    almashinuvisiz tassavur qilolmaymiz va zamon tezlashib borar ekan malumot almashinuvi, axborot 
    uzatish tezligi ham shunga yarasha tez va sifatli bo`lishi shart. Buni biz kompyuter tarmoqlari orqali 
    amalga oshirmoqdamiz. Shunday ekan kompyuter tarmoqlaring hayotimizdagi o`rni o`ylaganimizdan 
    ham ancha katta , ovqat buyurtma qilishimiz, kamunal to`lovlarni uyda o`tirib ortiqcha muommosiz 
    to`lashimiz va h.k.

    Document Outline

    • Slide 1
    • Slide 2
    • Slide 3: 1. Kompyuter tarmoqlari va ularning vazifalari: 
    • Slide 4
    • Slide 5
    • Slide 6
    • Slide 7: 2.Local (mahalliy) tarmoqlar:
    • Slide 8: 3. Mintaqaviy tarmoqlar 
    • Slide 9
    • Slide 10: Global tarmoqlar :
    • Slide 11
    • Slide 12
    • Slide 13

    Download 397,78 Kb.




    Download 397,78 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    • Kompyuter tarmoqlari va ularning vazifalari • local (mahalliy) tarnmoqlar haqida

    Download 397,78 Kb.
    Pdf ko'rish