|
Hozirgi zamon kriptografiyasi
|
bet | 6/10 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 210,72 Kb. | | #232165 |
1.3 Hozirgi zamon kriptografiyasi
Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to‘rtta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1) Simmetrik kriptotizimlar.
2) Ochiq kalit algoritmiga asoslangan kriptotizimlar.
3) Elektron raqamli imzo kriptotizimlari.
4) Kriptotizimlar uchun kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni boshqarish.
Simmetrik kriptotizimlarning ilmiy nazariyasi yaratilishi va amaliyoti rivojiga ilmiy kriptografiya asoschisi K. Shennon, A.N. Kolmogorov va formal kriptografiya namoyandalari O. Kerxgoff, Ch. Bebbidj, U. Fridman, G. Vernam, E. Xebern va boshqalar katta hissa qo‘shgan. Axborot uzatish va saqlash jarayonlarining raqamlashtirilishi uzlukli (nutq) va uzluksiz (matn, faks, teleks, tasvir, animasiya) axborotlarni muhofazalash uchun yagona algoritmlardan foydalanish imkonini beradi. Shifrlash algoritmlariga quyidagicha asosiy talablar qo‘yiladi:
- shifrlangan axborotni o‘zgartirib qo‘yish yoki uning shifrini buzib ochishga yo‘l qoldirmaslik;
- axborot muhofazasi faqat kalitning ma’lumligiga bog‘liq bo‘lib, algoritmning ma’lum yo noma’lumligiga bog‘liq emas (O.Kerkgoff qoidasi);
- dastlabki axborot (ma’lumot)ni yoki kalitni biroz o‘zgartirish shifrlangan matnning butunlay o‘zgartirib yuborishi lozim (K. Shennon tamoyili, “o‘pirilish” hodisasi);
- kalit qiymatlari sohasi shunday katta bo‘lishi kerakki, undan kalit qiymatlarini bir boshdan ko‘rib chiqish asosida shifrni buzib ochish imkoni bo‘lmasligi lozim;
- algoritm iqtisodiy jihatdan tejamli va yetarli tezkorlikka ega bo‘lishilozim;
- shifrmatnni buzib ochishga ketadigan sarf-xarajatlar axborot bahosidan yuqori bo‘lishi lozim. Kriptografik tizim, yo qisqacha, kriptotizim, shifrlash hamda shifrni ochish algoritmlari, bu algoritmlarda ishlatiladigan kalitlar, shifrlanadigan hamda shifrlangan matnlar va bularning o‘zaro moslashish qoidalarini o‘zida mujassamlantirgan protocol (bayonnoma)dan iborat majmuadir. Kriptotizimdan foydalanishda matn muallifi shifrlash algoritmi va shifrlash kaliti vositasida avvalo dastlabki matnni shifrlangan matnga o‘giradi. Matn muallifi uni o‘zi foydalanishi uchun shifrlagan bo‘lsa (bunda kalitlarni boshqaruv tizimiga hojat ham bo‘lmaydi) uni saqlab qo‘yadi va kerakli vaqtda shifrlangan matnni ochadi.
Shunday qilib, axborot muhofazasining kriptografik uslublari ochiq ma’lumotlarni o‘zgartirib, faqat kalit ma’lum bo‘lgandagina uni asl holatiga qaytarish imkoniyatini beradi.Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo‘lgan, ma’lum bir alifboda tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alifbo - axborotni kodlash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‘plami.
|
| |