|
” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori
|
Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 18,45 Kb. | | #109749 |
Bog'liq Loyiha O\'ZA Fayziyeva
Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovnaning “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertasiyasining ilmiy natijalaridan foydalanilganligi haqida
MA’LUMOTNOMA
Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovnaning “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasining ilmiy natijalari va materiallaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023 yillarga mо‘ljallangan PZ-202004165 “Umumiy о‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” amaliy olima ayollar grantida foydalanilgan. Jumladan, dissertatsiyaning materiallardan:
ta’lim platformalarini yaratishning pedagogik, psixologik, didaktik, dizayn, texnik, mualliflik xuquqi kabi talablari aniqlangan;
ta’lim platformalarini yaratishning reja-loyihani ishlab chiqish, vaqtni tasdiqlash, dasturiy ta’minotni yaratish va sinovdan o‘tkazish kabi bosqichlari ishlab chiqilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida elektron platformalarni yaratish talablari va bosqichlari uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan pedagogik loyihalash jarayonlari hamda raqamli ta’lim platformasi pedagogik loyihasidan elektron platforma yaratish jarayonida foydalanilgan.
Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovna ushbu grantda ishtirok etmagan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning 16.07.2021-yil 311-sonli buyrug‘iga muvofiq tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Rektor Sh.Sirojiddinov
|
| |