“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali




Download 464,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi464,44 Kb.
#230109
  1   2   3
Bog'liq
kiyim-turlari-va-ularning-kelib-chiqishi-haqida




Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№13
 
164 
KIYIM TURLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI HAQIDA 
 
Otamurodov Otaxon Berdiyevich
Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 13-son maktabning
texnologiya fani o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7397949
 
Annatatsiya:
Mazkur maqolada kiyimlar, ularning turlari va kelib chiqishi 
haqida batafsil ma’lumot beriladi. 
Kalit so‘zlar:
kiyim, bosh kiyim, to‘qimachilik, bichish, tikish, ishlab chiqarish, 
tur, sabab, kashta, munchoq, yengil sanoat. 
Kiyim-kechaklar inson hayotining ajralmas bo‘lagidir. Biroq uning turlari va 
kelib chiqishi haqida hamma ham yetarlicha ma’lumotga ega emas. Shu sababli 
mazkur maqola orqali bular haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tmoqchimiz. Kiyim, 
kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. 
Kiyimlar tikiladi, to‘qiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan 
maqsad, avvalo, tanani atrof-muhit ta’siri: issiq-sovuq, shamol, chang-to‘zon, quyosh 
nurlari, yog’in va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga 
ko‘ra ham kiyiladi. Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga ko‘ra kiyim-kechak 
ko‘rimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga 
yoqish uchun). 
Kiyim
inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo o‘zgarishlari, quyosh nuri va 
boshqalar) ta’siri va turli mexanik ta’sirlardan asraydigan vositalar to‘plami; estetik 
vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va boshqa xususiyatlarni o‘zida aks 
ettiradi. 
Keng 
ma’noda 
"Kiyim" tushunchasi bosh 
kiyimlar, oyoq kiyimlar 
(poyabzal), qo‘lqop va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Kiyim turiga ko‘ra ichki 
kiyim, ustki kiyim, bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal); vazifasiga ko‘ra 
kundalik, 
uyda, dam 
olish paytida, bayram va to‘y marosimlarida 
kiyiladigan 
(kishilik) kiyimlar, ish kiyim (jomakor), sport kiyim, rasmiy kiyimlar, maxsus 
kiyimlarga bo‘linadi; ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlariga ajratiladi. 
Kundalik kiyim, odatda, xalqning madaniyati, kishining didiga mos bo‘lib, turli 
modada, turli xil matolardan tikiladi; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik 
o‘z ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan kiyim yumshoq va mayin 
matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim (kishilik) 
kiyimlari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar (kashta, 
munchoq va boshqalar.) bilan boyitiladi. Ish kiyimi (jomakor) oddiy matolardan 
mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi 



Download 464,44 Kb.
  1   2   3




Download 464,44 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali

Download 464,44 Kb.
Pdf ko'rish