|
“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnaliBog'liq kiyim-turlari-va-ularning-kelib-chiqishi-haqida“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№13
165
Kiyim ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay
bo‘lishi, kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimni bichish va tikish katta san’at. Kiyim
tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, jut, ipak) yoki sun’iy (sintetik) matolardan
tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelyelar va fabrikalarda kiyim tikishadi. Buning uchun
avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi bajaradi. Unga modelyer rassom
kiyim rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas, kiyim bitib magazinga tushguncha bir
necha kishi mehnat qiladi.
Yengil sanoat, xususan, to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar
didining tinimsiz o‘sib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi kiyim
modasining tez-tez o‘zgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi.
Ayniqsa, ayollar kiyimlari modasi tez-tez o‘zgarib turadi. Hozir kiyim inson tanasini
tashqi ta’sirlardan asraydigan vosita bo‘lish bilan birga o‘ziga va atrofdagilarga
estetik zavq bag’ishlaydigan badiiy san’at asariga ham aylanib bormoqda.
Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi.
Kiyim inson yaratgan turar joy kabi eng qadimgi ixtirolardan so‘nggi paleolit
davridayoq mavjud bo‘lgan.
Kiyim geografik muhit, xo‘jalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, etnik
qatlamlar va boshqalarga bog’liq holda taraqqiy etgan.
Paleolit davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh va tikadigan suyak
ignalar topilgan.
Kiyim uchun matodan tashqari barglar, o‘tlar, daraxt po‘stloqlari ham xom
ashyo vazifasini o‘tagan.
Estetik xususiyatlarga ega dastlabki kiyim Qadimgi Misr kiyimlaridir. Qadimgi
Misrda erkaklar (bellariga mato yoki teri bog’lagan) va ayollar (bog'chli to‘g’ri
ko‘ylak) kiyimlarida burma (drapirovka)lar qo‘llanilgan; keyinroq nozik mato ishlab
chiqarishga erishilgach, plissirovka keng tarqalgan. Turli rangdagi nozik matodan
tayyorlanib kashtalar bilan bezatilgan kiyimlarni, odatda, hukmron tabaqa vakillari
kiygan, qullar dag’al mato yoki teridan tayyorlangan kiyim kiygan. Qadimgi
ossuriyaliklarda uzun
ko‘ylak
va hoshiya bezakli
yopinchiq
rasm
bo‘lgan.
Yunonlar xiton (yengsiz ko‘ylak), tunika (kalta yengli ko‘ylak), gimatiy (yopinchiq)
kiyishgan, bu kiyimlar inson qiyofasiga ulug’vor soddalik baxsh etgan, inson
tanasining egiluvchanligini ko‘rsatgan (ular, asosan, oq jun va kanop matolardan
tayyorlangan), to‘g’nog’ich, belbog’ va boshqalar bilan boyitilgan. Oyoq kiyim
vazifasini boldirni o‘rab turadigan tasmali shippaklar bajargan.
Qadimgi Rim kiyimi ham yunonlarniki kabi burmali bo‘lgan. XIV-XVI asrlarda
G’arbiy Yevropada chizmachilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar mavjud bo‘lgan
andazalarning barcha turlarini yaratilishini ta’minladi, matolarning nafisligi,
iplarining joylashishi bichishni mukammallashtirdi. Bu yutuqlar kiyimni
|
| |