|
0130 Bajardi: Normatov Sarvar
|
bet | 1/8 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #160923 |
Bog'liq Электроника
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Elektronika va sxemalar fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzusi: Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari
Guruh: 0130
Bajardi: Normatov Sarvar
Tekshirdi: Sattorov
Toshkent – 2024
Mavzusi: Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari
2. Donor aralashmali yarim o‘tkazgichlar
3. Akseptor aralashmali yarim o‘tkazgichlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Zamonaviy elektronika sohasi jahon fani va texnikasida salmoqli o‘rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayottan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko‘payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda. Xozir zamonaviy elektronika elementlari qo‘llanilmayotgan insoniyat faoliyati soxalarini alohida ko‘rsatish qiyin — ular avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron-xisoblash texnikasida va boshqa qator soxalarda keng ishlatilayotir.
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdek muxim dunyoviy muammoni echishda ham elektronika elementlarining ahamiyati juda kattadir. Hozirda unumli foydalanilayotgan fotoelementlar, jumladan, quyosh batareyalari va kichik energetikaga mansub boshqa elementlarni takomillashtirishdan tashqari, yarimo‘tkazgichlarga asoslangan katta energetika — ancha qudratli quyosh elektrstansiyalarini yaratish loyixalari xam o‘rtaga tashlanmoqda, zero quyosh energiyasidan foydalanish inson va tabiatga ziyon keltirmaydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektronika sanoati rivojlana borishi bilan birgalikda bu soxadagi ilmiy tadqiqot ishlari xam avj olib bormoqda. SHu tufayli yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yarimo‘tkazgichlar asosida tayyorlanadigan asboblar, qurilmalar va mikrosxemalar hamda mikroelektronika elementlari bo‘yicha yuqori ixtisosli mutaxassislarni etishtirishga extiyoj katta. Ana shunday kasbni egallashga intilayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormokda. Bu talabni qondirish maqsadida O‘zbekistonning deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida mazkur soxa bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
|
| |