Klaviatura matnli axborotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilma. Sichqoncha




Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana10.03.2024
Hajmi3.46 Mb.
#169530
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
portal.guldu.uz-Amaliy ishi

Klaviatura matnli axborotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilma. Sichqoncha 
ham kirituvchi va buyruqlarni tasdiqlovchi qurilma. 
Boshqacha qilib aytganda klaviatura kompyuterga harf va raqam ko’rinishidagi 
ma’lumotlar va buyruqlarni kiritish uchun ishlatiladigan tashqi qurilmadir. U yozuv 
mashinasining klaviaturasiga o’xshab ketadi, lekin unga nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega. 
Uning tugmalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 
1. Harf va raqamlarni kiritish tugmalari. 
2. Boshqarish tugmalari 
3. Funktsional tugmalar. 
4. Kursorni boshqarish tugmalari. 
5. Qo’shimcha klaviatura tugmalari. 
6. Multimedia bilan ishlash uchun qo’shimcha tugmalar. 
Barcha klaviaturalarda tugmalar to’plami deyarli bir xil. Ular odatda bir-biridan faqat 
multimedia bilan ishlash uchun mo’ljallangan qo’shimcha tugmalarining soni va joylashishi 
bilan farq qiladilar. Oxirgi paytda tugmalarining joylashishi biroz o’zgartirilgan ergonomic 
(foydalanuvchi uchun qulay va bezarar) klaviaturalar urf bo’lmoqda. 
Klaviaturalarni kompyuterga ulash uchun hozirgi paytda maxsus raz’em OS/2 dan 
foydalaniladi. Bu raz’emni 25 yil avval IBM kompaniyasi birinchi marta qo’llagan edi. 
Kompyuterga standart USB port orqali ulanadigan klaviaturalar ham ko’payib bormoqda. 
Bundan tashqari kompyuterga infraqizil nurlar yordamida ulanadigan simsiz klaviaturalar ham 
bor. 
Sichqonchasiz kompyuter bilan ishlashning deyarli iloji yo’q. Grafik interfeysli dasturlar 
bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan sichqoncha, ayniqsa kompyuterda ishlashni endi 
boshlaganlar uchun juda qulay. Sichqonchaning ekranda kursor deb ataluvchi ko’rsatkichi bo’lib, 
sichqonchani joyidan qimirlatsak, kursor ham unga mos ravishda harakatga keladi. 
Sichqoncha yordamida bir necha amalni bajarish mumkin xolos, lekin bu amallardan 
barcha dasturlarda keng foydalaniladi. Bular uning chap tugmasini bir yoki ikki marta chertish
o’ng tugmasini bir marta chertish, uning g’ildiragini aylantirish va chap tugmasini bosib turib 
sichqonchani yurgizishdir. 


26 
Hozirgi paytda sichqonchaning lazerli deb ataluvchi turi ishlab chiqariladi. Bunday 
sichqonchaning harakati lazer nuri yordamida aniqlanadi. Avvallari sichqoncha sharikli mexanik 
qurilmaga ega bo’lib, uning yordamida harakat yo’nalishi aniqlanar edi. 
Sichqonchalar ham klaviaturalar kabi kompyuterga OS/2, USB portlari orqali yoki infra 
qizil nurlar yordamida simsiz ulanishi mumkin. 
Tizimli blok tarkibiga quyidagi kiradi. 

Download 3.46 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Klaviatura matnli axborotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilma. Sichqoncha

Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish