Bir marta kiritganda 50% co




Download 39.8 Kb.
Sana19.05.2023
Hajmi39.8 Kb.
#62146
Bog'liq
Kalsinatsiyalangan soda
organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni

Kalsiyli soda ishlab chiqarishning amiakli usuli texnologik tizimi yozuvi. rasmda amiak usulida kalsiyli soda ishlab chiqarish texnologik sxemasi ko‘rsatilgan. Dastlab kalsiy va magniy tuzlaridan tozalangan 305—310 g/l tarkibli tuzli suv eritmasi, o‘z oqimi bilan 1 yig‘gich idish kelib absorber 2 ga yuqori qismidan tushadi, u yerda Distillyatsion kolonna 7 dan kelayotgan CO2 va NH3 gazlarini vakuum filtr 5 ga kelayotgan tuzli eritmadan 11- ohak toshni o‘chirish apparatidan kelayotgan oxak suti orqali amiakni regeneratsiya qilinib amiak korbanat angidirid ajratib oladi va sovutgich 3 ga keladi 58-60oC haroratda absorberning pastgi qismidan uzatiladi, absorberning ichida gazli aralashma tepaga harakatlanadi, tuzli eritmamiz esa pastga tomon harakatlanadi.Tozalangan taz atmosferaga chiqarib yuuboriladi. Ammonilashgan tuzli eritma 4 sovutgichda dastlab sovutilib karbonizatsiya kolonnasi 6 ga uzluksiz yuqori satxigacha to‘lguncha kelib turadi. Karbonizatsiya kolonnasi uskunasiga ohak toshni kuydirish pechi 11 dan dastlab yuvilgan va tozalangan (37—40% CO2) va gaz aralashmasi keladi. Gaz aralashmasida karbonizatsiya kolonnasiga ikki marta kiritganda 60—80% CO2, bir marta kiritganda 50% CO2— bo‘ladi. Kompressorlar 10 va 13 yordamida gazlar kolonnaga uzatiladi.

3-rasm. Amiak usulida soda olish texnologik sxemasi

  1. yig‘gich idish; 2- absorber; 3, 4, 9 - xolodilnik ammonlashgan tuzli eritmani sovutgichi; 5 - vakuum-filtr; 6 - karbonizatsion kolonna; 7 - distnllyatsiya uskunasi; 8 - soda pechi; 10, 13 - kompressor; 12 - gaz tozalagich sovutgich; 11 - ohak tosh kuydirish pechi; 14- yuvib sovutish uskunasi.

Karbonizatsion kolonna 6 da bikarbonat natriyni shakllantirishni asosiy reaksiyasi kechadi. Bikarbonat natriyni ajratish uchun vakuum filtr 5 ga reaksiyaga kirishib ulgurmagan natriy xloridni va ammoniy xlorid eritmasidagi kristalsimon bikarbnat natriy suspenziyasi uzatiladi. Distillyatsiya kolonnasi 7 ga vakuum filtrdan ammoniy xlorid va ugleamoniy tuzlariga ega qoldiq suqlik uzatiladi, u yerda karbonat ammoniy va xloridli eritmadan amiakni regeneratsiya qilinadi. Eritmani 70 - 80 oC gacha qizdirganda ammoniy karbonat parchalanadi; 11 apparatda suv bilan o‘chirilgan oxak toshidan hosil bo‘lgan ohak tosh suti beriladi.  Regenerizatsiyalangan ammiak va uglerod oksidini eritmadan distillyatsiya kolonnasi 7 bug‘ bilan haydaladi va ular absorber 2 ga tuzli eritmaga yutilishiga keladi.
Amiakni haydagandan keyin olingan eritma tarkibida asosan reaksiyaga kirmagan natriy xlorid va kalsiy xlodir bo‘ladi. Ushbu eritma distiller suyuqligi deb nomlanib ishlab chiqarish chiqindisi hisoblanadi [5].
Vakuum filtr 5 da qoldiq NaNCO3 yuviladi va aylanuvchi soda pechi 8 ga kalsiylanishga uzatiladi, natijada soda va suv bug‘i va uglerod oksidi shakllanadi. Kalsiylangan soda 8 pechdan omborga keladi va qadoqlanadi.
Download 39.8 Kb.




Download 39.8 Kb.