4- amaliy mashg`ulot. Elektrokimyoviy tahlil usulini o’rganish ishning maqsadi




Download 64.83 Kb.
bet1/3
Sana28.09.2022
Hajmi64.83 Kb.
#26522
  1   2   3
Bog'liq
4-AMALIY
organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni

4- AMALIY MASHG`ULOT.
ELEKTROKIMYOVIY TAHLIL USULINI O’RGANISH
Ishning maqsadi: talaba elektrokimyoviy tahlil usullarini, laboratoriya apparatining tuzilishini va tahlil qilish usullarini o`rganadi.
1.Umumiy tushuncha
Tahlilning elektr kimyoviy usullari tekshirilayotgan eritmada sodir bo’ladigan elektr kimyoviy xodisalarning elektrkimyoviy parametrlarini o’lchashga asoslangan. Bu parametrlar ichida elektrodlar botirilgan tekshiriluvchi eritmali idish elektrokimyoviy yacheyka yordamida o’lchanadi.
Elektrokimyoviy usullar tahlil jarayonida o’lchanuvchi parametrlarning turiga qarab sinflarga bo’linadi. Umimiy xolda elektrkimyoviy usullar ikki guruhga bo’linadi:
1.Tashqaridan potensial berilmaydigan usullar, ular elektrodlar bilan tekshiriluvchi eritma solingan idishdan iborat elektrokimyoviy yacheykada vujudga keladigan potensiallar ayirmasini o’lchashga asoslangan.
Bu guruhga oid usullar potensiometrik usullar deb ataladi. Potensiometrik usullarda elektrodlar muvozanat potensiallarining elektrodlardagi elektrokimyoviy reaksiyalarda potensiallarda ishtirok etuvchi ionlar konsentrasiyasiga bog’ltiq.
2. Qo’shimcha potensial beriladigan usullar, ular quyidagilarni o’lchashga asoslangan: a) eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash konduktometriya; b) eritmadan o’tgan elektr miqdorini o’lchash-konduktometriya; v) tok qiymatining berilgan potensialga bog’liqligini o’lchash- voltampermetriya. Tahlilning elektrokimyoviy usullari modda konsentrasiyasini 1,0 dan 10 mol/l gacha bo’lgan keng oraliq bilan avtomatlashtirish va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llash mumkin.
Elektroliz fizik-kimyoviy tahlil usullari orasida eng soddasi va shuning bilan birga eng ko’p tarqalgan usuldir. Bu usulda eritmalardan elektr toki vositada metallar yoki ularning oksidlari ajratib olinadi va so’ngra ajratilgan cho’kmalar tarozida tortiladi. Elektroliz tortma tahlil usuli qatoriga kiritish to’g’riroq bo’lar edi, unda ma’lum komponentni cho’kmaga tushirish uchun ishlatiladigan reagent sifatida elektr tokidan foydalaniladi. Lekin metallarni elektr toki ta’sirida ajratib olish ionlarining aloxida xossalari: ajralish potensiali, o’ta kuchlanish qva boshqalar bilan bog’liq bo’lgani sababli bu usul fizik-kimyoviy tahlilning bilvosita usuli sifatida talqin etiladi.
Har qanday elektrolit eritmasida manfiy va musbat zaryadlangan tartibsiz harakatlanuvchi kation va anionlar bo’ladi. Agar bunday eritmaga manfiy va musbat zaryadlangan elektrodlar botirilsa ionlar harakati tartiblanadi: kationlar manfiy qutbga-katodga, anionlar esa musbat qutbga-anodga tomon harakatlanadi. bunda katodda elektronlar metall elektroddan ionga o’tadi:
Me++e Me
anodda esa elektronlar iondan elektrodga o’tadi:
A-eA
Elektroliz jarayonida katodda qaytarilish sodir bo’ladi:
Zn+2+2eZn
Fe+3+eFe+2
Cu+2+2eCu
anodda esa oksidlanish jarayoni boradi:
SI -2eCI2
C2O42—2eCO2
Elektrolizning asosiy qonunlari Faradey qonunlaridir.
Elektrolizda ajralib chiqqan modda massasi eritma orqali o’tgan elektr miqdoriga mutanosibdir. Eritmadan bir xil miqdorda elektr o’tkazilganda elektrodlarda moddaning bir xil miqdordagi ekvivalentlari ajralib chiqadi. Bu qonunlar quyidagi formulalar bilan ifodalanadi.
QM ItM
m = -------- = ----------
96500 96500
Bu erda: M-elektrolizda ajralib chiqqan modda massasi;
Q-elektr miqdori;
M-modda ekvivalentining molyar massasi;
96500-Faradey soni modda ekvivalentining molyar massasini ajratib chiqarish uchun kerakli elektr miqdori;
I-tok kuchi;
t-elektroliz vaqti.
Elektrogravimetrik usulining ikki xili mavjud. Ulardan birinchisi keng tarqalgan bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri elektrogravimetrik usul deb ataladi. Bu usulda elektrodlarda moddalar tashqi manbadan (akkumlyator, to’g’rilagich) beriladigan doimiy tok ta’sirida ajralib chiqadi. Ikkinchi xilida tok tekshirilayotgan eritmaga gal’vaniq juftini botirish natijasida hosil bo’ladi va bu xolda tokning tashqi manbai talab etilmaydi.
Elektrogravimetrik tahlilda tahlil qilinayotgan modda elektroliz yo’li bilan eritmadan to’la ajratib olinadi va ajralib chiqqan metall yoki metall oksidining massasidan namunadagi aniqlanadigan elementning miqdori hisoblab topiladi.
Ichki elektroliz usulida tashqi elektr manbai talab etilmaydi. Bunda elektrod potensiallari musbatroq metallarning o’z tuzlarining eritmalaridan standart potensallarining qiymati kichikroq bo’lgan bo’lgan metallar ta’sirida erkin xolda ajralib chiqishidan foydalanidi.
Agar tekshirilayotgan metall tuzi eritmasiga ikkita plastinka biri platinadan, ikkinchisi esa aniqlanuvchi metallga nisbatan elektromanfiyroq metalldan yasalgan elektrodlar botirilsa va ularni eritmadan tashqarida metall o’tkazgich vositasida tutashtirilsa hosil bo’lgan zanjir orqali elektr toki o’ta boshlaydi. Bunda eritmadagi metall ionlari katodda (platinada) zaryadsizlanadi va metall cho’kmasini hosil qiladi.
Ichki elektroliz tahlil usulida ishlatuvchi asboblar turlicha tuzilgan bo’lishi mumkin. Asboblarning bir turida ikkala elektrod ham tekshiriluvchi eritmaga bevosita botirilgan bo’ladi (1-rasm).

1-rasm. Ichki elektroliz usuli bilan ishlash asbobi:
1-anod; 2-katod; 3-aralashtirgich; 4-platina spiral (yacheyka); 5-platina to`r.
Boshqa turdagi asboblarda anod fazasini katod fazasidan ajratib turadigan g’ovak diafragma bo’ladi. Katod qismiga tekshiriluvchi eritma anod qismiga esa biror mos elektrolit to’ldiriladi. Ichki elektroliz usuli asosan rangli metallar tahlilida ko’pincha ham miqdordagi begona aralashmalarni aniqlashda qo’llaniladi.
Elektroliz o`tkazish uchun ishlatiladigan qurilmaning sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Doimiy tok olish uchun, odatda, o`zgaruvchan tok to`grilagichidan yoki akkumulyator batareyasidan foydalaniladi. Qurilma kontakt 2 beriluvchi kuchlanishni rostlashga imkon beradi. Kuchlanish vol’tmetr bilan o`lchanadi. Tok kuchi ampermetr vositasida nazorat qilinadi. Me­tall ajratib olish kerak bo`lganida katod 5 odatda platina to`rdan yasaladi, anod 4 esa platina spiral yoki plastinkasidan tayyorlanadi; Oksidlar ajratib olishda elektrodlarning zaryad ishoralari almashinadi - plati­na to`r anod, spiral esa katod bo`lib qoladi. Eritma mexaniq yoki magnitli aralashtirgich 3 yordamida aralashtiriladi.
Turli elementlarni ajratish uchun turlicha sharoit (ma’lum temperatura, pH, elektrolit tarkibi, anod va katod orasidagi potensiallar ayirmasi va b.) talab qilinadi. Masalan, katodda mis metallini to`liq ajratish va qo`rg`oshinni anodda qo`rg`oshin (IV)-oksid ko`rinishida cho`ktirish nitrat kislotali muhitda yaxshi boradi, nikel esa bu muhitda ajralmaydi.
Elektroliz sharoitlarida bunday farq bo`lishiga sabab shuki, turli ionlarning elektrodlarda zaryadlarini berish yoki qabul qilish xususiyatlari turlichadir.


  1. Download 64.83 Kb.
  1   2   3




Download 64.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4- amaliy mashg`ulot. Elektrokimyoviy tahlil usulini o’rganish ishning maqsadi

Download 64.83 Kb.