• 1.1. YOy zaryadsizlanishida kechadigan hodisalar.
  • Ma’ruza № Payvand yoyining fizik mohiyati




    Download 56.44 Kb.
    bet1/4
    Sana27.02.2023
    Hajmi56.44 Kb.
    #43721
      1   2   3   4
    Bog'liq
    маруза-1
    2 5445390259216979225, 9- синф Ариза, Toxirjon, Адабиётлар, hisobot 2021, 12, Тўғ.Янги тақдимот 16 декабр (2)11, MUNDARIJA

    Ma’ruza № 1. Payvand yoyining fizik mohiyati.
    Reja:
    1.1. YOy zaryadsizlanishida kechadigan hodisalar.
    1.2. Gazlardagi elektr zaryadli zarralarning turlari.
    1.3. YOy oralig‘ida gazlarning ionizatsiyalanishi.
    1.4. Elektronlar emissiyasi.


    1.1. YOy zaryadsizlanishida kechadigan hodisalar. Turli materiallar elektr tokini turlicha o‘tkazadi. Har qanday materialning o‘tkazuvchanligi undagi erkin, elektr bilan zaryadlangan zarralar – elektronlar va ionlarning miqdoriga va bu elektr zaryadi tashuvchilarning qanday tezlik bilan harakatlanishiga bog‘liq. Binobarin, materialda zaryad tashuvchilar qancha ko‘p bo‘lsa va ular qanchalik harakatchan bo‘lsa, materialning qarshiligi shuncha kam bo‘ladi. Gazlar (shu jumladan havo) ham normal sharoitlarda elektr tokini o‘tkazmaydi. Bunga sabab shuki, odatdagi sharoitlarda ular zaryad tashimaydigan neytral molekula va atomlardan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibida elektronlar, musbat va manfiy ionlar bo‘lgandagina ular elektr o‘tkazuvchan bo‘ladi.
    Gazlarda elektronlar, musbat va manfiy ionlar ularga elektr maydoni, issiqlik ta’sir qilganida, gaz orqali ultrabinafsha, rentgen va kosmik nurlar o‘tganida, shuningdek, radioaktiv moddalar chiqaradigan nurlar tushganida paydo bo‘ladi.
    Elektr tokining gazlar orqali o‘tishi elektr gaz zaryadsizlanishi deb ataladi.
    Elektr gaz zaryadsizlanishlari ikki asosiy guruhga bo‘linadi: mustaqil va mustaqil bo‘lmagan gaz zaryadsizlanishlari. Mustaqil bo‘lmagan elektr gaz zaryadsizlanishida elektronlar va ionlar tashqi manbadan (masalan, gaz yoki havo oralig‘i alanga bilan qizdiriladi, u orqali nurlar o‘tadi, bu oraliqqa kuchli yorug‘lik energiyasi oqimi yoki kuchli elektr maydoni ta’sir qiladi), mustaqil elektr gaz zaryadsizlanishida elektronlar va ionlar tashqi manba yordamisiz hosil bo‘ladi (payvandlash yoyi shunday zaryadsizlanish hisoblanadi).
    Elektronlar va ionlar hosil bo‘lish jarayoni ionlashish, elektronlari va ionlari bo‘lgan gaz esa ionlashgan gaz deb ataladi. Elektr toki gaz oralig‘i orqali o‘tganida musbat ionlar manfiy qutbga (katodga), manfiy ionlar esa musbat qutb (anod) ga intiladi. Harakat vaqtida ba’zi ionlar va elektronlar to‘qnashib, neytrallashadi va neytrallangan atom va molekulalarni hosil qiladi. Neytral atomlar va molekulalarning hosil bo‘lish jarayoni qayta kombinatsiyalash (rekombinatsiya) deb ataladi. Qayta kombinatsiyalash vaqtida elektromagnit nurlanish tarzida energiya ajraladi. Elektr gaz zaryadsizlanishida elektrod manfiy qutbi (katod) sirtini ionlar bilan bombardimon qilganida, bu sirtga elektromagnit nurlanish ta’sir qilganida, yuqori temperatura ta’sirida va elektr maydoni qo‘yilganida manfiy qutb (katod) sirtidan tashqi muhitga elektronlar chiqadi. Manfiy qutb sirtidan tashqi muhitga elektronlar nurlanishi elektron emissiya deb ataladi. SHunday qilib, yoy zaryadsizlanishida ionlar hosil bo‘ladi, gazlarning ionlanishiga teskari protsess qayta kombinatsiyalash bilan birga elektron emissiya ham bo‘ladi.

    Download 56.44 Kb.
      1   2   3   4




    Download 56.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza № Payvand yoyining fizik mohiyati

    Download 56.44 Kb.