|
Porshenli va plunjerli nasoslar reja
|
bet | 1/2 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 26,85 Kb. | | #141108 |
Bog'liq 10-ma\'ruza
10-MAVZU: PORSHENLI VA PLUNJERLI NASOSLAR
REJA:
14.1. Porshenli va plunjerli nasoslarning tuzilishi hamda ishlatilish sohalari
14.2. Indikator diagramma
14.3. Porshenli nasoslarni foydali ish koeffitsientlari
14.4. So’rish grafigi va uni tekislash usullari
14.5. Porshenli kompressorlar
14.1. Porshenli va plunjerli nasoslarning tuzilishi hamda ishlatilish sohalari
Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi 14.1 – rasmda keltirilgan. Bu nasoslarda suyuqlikning so’rilishi va haydalishi porshenь yoki plunjerning (14.1-rasm) tsilindrdagi ilgarilanma– qaytma harakatiga asoslangan. Bunda porshenь 3 yoki plunjer 3 tarkibida shtok 2 bo’lgan krivoship shatunli mexanizm 1 yordamida harakat qiladi. Porshenь (plunjer) tsilindr ichida qaytma (orqaga) harakat qilganida uning oldidagi ish bo’lmasining hajmi ortib, siyraklanish hosil bo’ladi. Bu siyraklanish ma’lum bir chegaraga yetganida ish bo’lmasidagi bosim bilan tirgak klapan 7 ostidagi xropovikda bo’lgan bosim orasidagi farq so’rish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik so’rish Quvursi 6 orqali ish bo’lmasiga kiradi. So’rish jarayoni porshenь (plunjer) o’zining eng chekka so’rish chegarasiga yetguncha davom etadi. Bunda so’rish Quvursidagi siyraklanish so’rish klapani oldiga joylashtirilgan vakuumetr yordamida o’lchanadi. Ta’minlovchi idishdagi suyuqlik sathidan nasos tsilindrining eng yuqori sathigacha bo’lgan balandlik so‘rish balandligi (Ns ) deyiladi. So’rish balandligi chegaraviy so’rish balandligi (N skr)dan katta bo’lmasligi kerak. Porshenь (plunjer) ilgarilanma (oldinga) harakat qilganida esa ish bo’lmasidagi bosim ortib, so’rish klapani yopiladi. Bo’lmadagi bosim ortishida davom etib haydashga yetarli bosim R x ga yetganda haydash klapani ochilib, suyuqlik haydash Quvursi 9 ga uta boshlaydi.
Suyuqlikni
haydash porshenь engchekka chegarasiga yetguncha davom etadi. Nasosni ishga tushirganimizda u avval so’rish Quvursidagi havoni tortadi va suyuqlik so’rish
Quvursiga ko’tariladi Nasos bir oz vaqt ishlagandan so’ng so’rish Quvursi va tsilindrdagi havo xaydab chiqarilib, suyuqlik tsilindrni to’ldiradi.
SHundan so’ng nasos moslangan tartibda ishlay boshlaydi. Natijada ta’minlovchi idishdagi suyuqlik qabul qiluvchi idishga o’ta boshlaydiTSilindrdagi yuqori sath bilan suyuqlik ko’tarilgan eng yuqori sathning farqi
|
| |