• Tayanch iboralar
  • 7-mavzu. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi va bahorgi haydov. G’alladan bo‘shagan maydonlarda yerlarni haydash. Reja




    Download 21.27 Kb.
    bet1/3
    Sana12.05.2023
    Hajmi21.27 Kb.
    #58831
      1   2   3
    Bog'liq
    7-МАВЗУ
    Dasturiy mahsulotlarning tasnifi. Tizimli dasturiy ta`minot tush-fayllar.org, Norboyev Xisobot, 1651752819, Isaak Newton, Speaking by Speaking Answer Key @Aslanovs Lessons, 10-mavzu кичик ва катта-WPS Office, O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi q, Ataxanov Abrorbek amaliy dasturiy paketlar Prezentatsiya 1

    7-mavzu. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi va bahorgi haydov. G’alladan bo‘shagan maydonlarda yerlarni haydash.
    Reja:
    1.Ozuqabop ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda kuzgi shudgorning ahamiyati. Kuzgi shudgorni o‘tkazish muddatlari, chuqurligi. Yerni kuzda ikki yarusli plugda haydash. Haydash chuqurligini tabaqalashtirish, haydalma qatlam qalinligi va uni oshirish usullari.
    2.Bahorgi haydov. Bedapoyani haydash. Tuproq unumdorligini oshirishda bedapoyalarni haydashning ahamiyati, uni o‘tkazish muddati, chuqurligi. Bedapoyalarni haydashda yul qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari.
    3.Ang’iz va uni ishlash tizimi. G’alla ekinlaridan bo‘shagan yerlarni oziqabop ekinlar uchun shudgorlash muddati va uni sifatli qilib o‘tkazish tadbirlari.
    Tayanch iboralar: Oziqabop ekinlar, kuzgi shudgor, o‘tkazish muddati, chuqurligi, bahorgi haydov, bedapoyani haydash, ang’iz.
    Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A6; X1; X2; X3; Q1; Q2; Q3; Q4; Internet saytlari: 1; 2; 3; 4; 5.


    1.Ozuqabop ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda kuzgi shudgorning ahamiyati. Kuzgi shudgorni o‘tkazish muddatlari, chuqurligi. Yerni kuzda ikki yarusli plugda haydash. Haydash chuqurligini tabaqalashtirish, haydalma qatlam qalinligi va uni oshirish usullari.
    Yerni kuzda shudgorlash asosiy agrotexnika tadbirlaridan biri bo’lib, o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi hamda erta yetilishida va yuqori hosil olinishida muhim ahamiyatga ega. «Yer haydasang kuz hayda, kuz xaydamasang yuz xayda» degan naql bejiz aytilmagan.
    Ma’lumki, yerni xar qanday usulda xaydashda xam tuproqning ustki qatlamini mayin, donador xolatga keltirish; unda ko’proq nam to’plash va havo almashinishi uchun yetarli sharoit yaratish; begona o’tlar urug’ini hamda har xil zararkunanda va kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarni chuqurroq qatlamga ko’mish; haydashgacha yerga solingan mineral va mahalliy o’g’itlarni o’simliklar imkoniyati boricha samarali foydalanadigan qatlamga tushirish; erta bahorgi va ekin ekish oldidan bajariladigan tadbirlarni belgilangan muddatda, ekishni eng yaxshi agrotexnika muddatlarida amalga oshiradigan, erta ko’chat olinadigan va ekinlarning tez rivojlanishini ta’minlaydigan sharoit vujudga kelishi nazarda tutiladi.
    Kuzgi shudgorning eng muxim ahamiyatlari qo’yidagilardan iborat:
    1.Kuzda shudgor qilingan yerlar kuz-qish-bahor oylarida havo haroratining keskin o’zgarishi natijasida uvoqlanib, mayda va donador bo’lib qoladi;
    2.Sifatli shudgor qilingan dalalarda, yeg’in-sochin suvlari tuproqning pastki qatlamlariga singib, tuproqda nam to’planishini yaxshilaydi;
    3.Tuproqda havo almashinishini (aerasiya) yaxshilanadi, bu tufayli tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar aktivlashadi, ildiz qoldiqlari, barglar, go’ng va boshqalar tez chiriydi. Bunda organik moddalarning minerallashuvi tezlashadi va o’simliklarning oziqlanishi yaxshilanadi;
    4.Kuzgi shudgorda begona o’tlar, ayniqsa, ko’p yillik-ildizpoyali, ildiz bachkili o’tlar nobud bo’ladi, qishloq xo’jalik o’simliklarining kasallik tug’diruvchi va zararkunandalarining uyalari yo’qotiladi.
    5.Sifatli shudgorlangan yerlarda ekinlarni o’sishi va ularning rivojlanishi uchun yaxshi sharoit hosil bo’ladi.
    6.Yer ekin ekish oldidan yaxshi ishlanadi, ekishni optimal va qisqa muddatda o’tkazishga imkon beradi. Kuzgi shudgor bahorgi haydashga qaraganda paxta hosilini 15-20% oshiradi. Hosil erta va sifatli bo’lib etiladi.
    O’simliklarning o’sishi davrida o’tkazilgan tadbirlar va boshqa jarayonlar natijasida kuzda yerning ustki qatlamida pastki qatlamiga nisbatan qo’proq oziq elementlari to’planadi hamda yerni begona o’tlar va zararkunandalardan tozalash uchun eng qulay sharoit vujudga keladi.
    Yer kuzda shudgorlanganda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, urug’ tuproqning tabiiy namida unib chiqadi va gektarlarda to’liq ko’chatlar hosil bo’ladi. Kuzgi chuqur shudgorda begona o’tlar urug’i, har xil kasallik tarqatuvchi zararkunandalar to’proqning chuqur qatlamlariga tushadi, ildizpoyali ko’p yillik begona o’tlarning ildizpoyalari tuproq yuzasiga chiqib qolib muzlaydi va xayetchanligini yo’qotadi. Yer chimqirqarli, ya’ni ikki yarusli pluglar bilan o’z vaqtida chuqur xaydalsa, kuzgi shudgor sifatli o’tkazilgan bo’ladi.
    Kuzgi shudgor bahorda xaydashga qaraganda tashkiliy jixatdan ham kata ahamiyatga ega, chunki yer ekish oldidan yaxshi ishlanadi va ekinlar o’z vaqtida sifatli ekiladi. Bahorgi haydashda yerni qisqa vaqt ichida ekin ekishga tayerlash kerak. Texnika va ishchi kuchidan foydalanishda qiyinchilaklar tug’iladi, hamda ayrim tadbirlar sifatsiz bajariladi. Bahorgi xaydashda vegetasiya davridagi birinchi suvni kuzgi shudgorlashga nisbatan bir necha kun oldinroq berishga tug’ri keladi. Kuzgi shudgorning erta baxorgi haydashda yana bir afzalligi shundaki, kuzda shudgor qilingan yerlarda g’o’za doimo barvaqt etiladi va undan yuqori hosil olinadi.
    Kuzgi shudgorlash samaradorligi uni o’tkazish muddatiga, yerni haydash chuqurligiga va sifatiga bog’likdir. Kuzgi shudgorlashning sifati ham yerni xaydash sifatiga qo’yilgan talablar asosida aniqlanadi.
    Kuzgi shudgorning sifatli bo’lishi uni o’z vaqtida o’tkazishga, yani shudgorlash muddatlarini to’g’ri belgilashga bog’liq. Paxtakor xo’jaliklarda yerni kuzgi shudgorlash muddatlari hosilni yig’ib-terib olishga qarab belgilanadi va kuzgi barqaror sovuqlar yoki yeg’ingarchilikkacha, yani noqulay sharoit boshlanguncha yer shudgorlab bo’linishi zarur. Paxta yig’im-terimining cho’zilib ketishi, kuzgi shudgorlash muddatini kechiktirib yuboradi. Bu kelgusi yil hosiliga salbiy tasir ko’rsatadi. Kuzgi shudgor yer yetilganda tuproq yaxshi uvoqlanadigan vaqtda o’tkazilishi zarur. Tuproq namligi cheklangan dala nam sig’imiga nisbatan 40-60% bo’lganda yer sifatli haydaladi. Quruq va sernam tuproq haydalganda palaxsa va kesaklar hosil bo’ladi.
    Respublikamizning shimoliy mintaqasida noyabr oyi, markaziy mintaqasida 15 noyabrdan 5 dekabrgacha, janubiy mintaqada 20 noyabrdan 5 dekabrgacha bo’lgan vaqt paxtadan bo’shagan yerlarni kuzgi shudgorlash uchun eng qulay muddat hisoblanadi. Kuzgi shudgor ko’rsatilgan muddatlarda chuqur va sifatli qilib o’tkazilsa, yeg’in sochin suvlari tuproqda ko’proq jamg’ariladi, urug’lar tabiiy namida unib chiqadi, ko’chatlar to’liq bo’ladi va dastlabki suv kechroq beriladi.
    Yer kuzda chuqur shudgorlansa tuproqning suv o’tkazuvchanligi, havo almashinishi va oziqa rejimi yaxshilanadi hamda mikroorganizmlar faoliyati jadallashadi. Bularning hammasi o’z navbatida ekinlarning o’sishiga, rivojlanishiga va hosildorligiga ijobiy tasir etadi. Shuning uchun ham shudgorlash chuqurligi uning asosiy sifat belgilaridan biri hisoblanadi. Tuproq sharoitiga ko’ra yer 30-35 sm gacha chuqurlikda haydalishi mumkin. Yangi o’zlashtirilgan yerlar 20-22 sm chuqurlikda haydaladi. Yangi o’zlashtirilgan yerlarda keyinchalik haydash chuqurligi asta-sekin oshirib boriladi.
    Yerni ikki yarusli pluglarda haydash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun PYa-3-35, PUYa-3-35 rusumli pluglardan foydalaniladi. Ikki yarusli haydalganda ustki qatlam (0-15 sm) pastga, pastki qatlam (15-30 sm) tepaga chiqariladi. Ekinlar hosili malum darajada oshadi. Yer oddiy usulda PN-4-35 va P-5-35m markali pluglar bilan haydaladi.
    Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida yer, asosan 28-32 sm chuqurlikda haydaladi.Yerni har xil chuqurlikda haydash begona o’tlarni, zararkunandalarni, kasalliklarni kamaytirish va organik qoldiqlarni to’la chirishini taminlash uchun o’tkaziladi. Yer birinchi yili 30-32 sm, ikkinchi yili 22-24 sm, uchinchi yili 26-28 sm chuqurlikda haydalsa, yuqorida ko’rsatilgan chuqurlikdagi qatlamga tushgan zararli organizmlar hamda organik qoldiqlar uch yilgacha tuproq yuzasiga chiqarilmaydi. Natijada, zararli organizmlarni kamaytirishga va o’simlik qoldiqlarini to’la chirishiga erishiladi. To’rtinchi yili kuzgi shudgorlash vaqtida 30-32 sm chuqurlikda haydalganda birinchi yili haydashda ko’milgan organik qoldiqlar to’la minerallashgan, begona o’tlar urug’i va kasallik quzg’atuvchi zamburug’lar hayotchanligini yuqotgan qatlam ag’darilib, yer yuzasiga chiqariladi.
    Ilmiy tadqiqotlarga ko’ra, yerni 20 sm chuqurlikda xaydashga qaraganda 30 sm chuqurlikda haydash, tuproqning suv o’tkazuvchanligini gektariga 140-277 m3 ortiq bo’lishini ta’minlar ekan.
    Yerlarni chuqur shudgorlash tuproqdagi tuzlarning yuvilishiga ijobiy ta’sir etadi. Masalan. O’ZPITI tajribalarida yer 20 sm o’rniga 35 sm chuqurlikda shudgorlanganda, 0-20 sm qatlamda xlor miqdori 0,029 foiz, quruq qoldiq 0,062 % bo’lgan bo’lsa, 20-40 sm li hamda bir metrli qatlamda ham tuzlar shunga muvofiq kamayganligi aniqlangan.
    Respublikamizda har xil tuproq iqlim sharoitida yerni 15 sm dan 30-35 sm gacha chuqurlikda shudgorlash paxta hosilini yuqori bo’lishini ta’minlaydi, lekin yer birdaniga 45 sm chuqurlikda shudgorlansa 35 sm chuqurlikda shudgorlangandagiga qaraganda paxta xosili gektariga o’rtacha 0,6 s kamayadi, chunki bunda unumsiz pastki qatlam yuqoriga ag’darilib chiqib qoladi. Shuning uchun shudgorlash chuqurligini tuproqning hossalariga hamda ma’danli va maxalliy o’g’itlarni qo’llash usuliga qarab oshirish katta ahamiyatga ega.
    Ekinlardan yuqori hosil olishda unumdor haydalma qatlam qalin bo’lishining ahamiyati katta, chunki haydalma qatlam qancha qalin bo’lsa, tuproqning suv o’tkazuvchanligi, havo almashinishi, oziq rejimi, shuncha yaxshilanadi va mikrobiologik jarayonlar jadallashadi, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shuning uchun paxtakor xo’jaliklarda kuzgi shudgor chuqur o’tkaziladi.
    Ma’lumki, yer chuqur haydalganda, tuproqning umumiy va nokapilyar g’avakligi ortadi, suv va havoning pastki qatlamlariga o’tishi osonlashadi, aerob mikroorganizmlarni faoliyati yaxshilanadi va o’simliklar uchun oziq moddalar ko’proq to’planadi. Yer chuqur yumshatilganda (haydalganda), tuproq yuza qatlamining hajmi ortadi, ekinlarning ildizi tuproqning chuqur qatlamlariga oson o’tadi va suv hamda oziq moddalardan iloji boricha ko’plab foydalana oladigan bo’ladi.
    Yerni chuqur haydash begona o’tlarga, ekinlarni kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishda muhim tadbir hisoblanadi. Yer haydalganda begona o’tlar urug’i tuproqning chuqur qatlamlariga ko’milib ketib, ko’pchiligi yashovchanligini yuqotadi. Ko’p yillik begona o’tlarning ildizi chuqurroq kesilganda, yana kayta o’sib chiqmaydi. Ang’iz qatlami yaxshi ag’darilib, chuqur ko’milganda kasallik va zararkunandalarning ko’payish imkoniyati yuqotiladi. Yerni chuqur haydash tuproqda kuzgi va qishgi yeg’in-sochin suvlarining ko’proq to’planishiga imkoniyat yaratadi.
    Mexanik tarkibi og’ir, qadimdan dehqonchilik qilinayetgan, haydalma osti zich, qattiq, «
    Download 21.27 Kb.
      1   2   3




    Download 21.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi va bahorgi haydov. G’alladan bo‘shagan maydonlarda yerlarni haydash. Reja

    Download 21.27 Kb.