• Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha.
  • «TANISHUV» texnologiyasi
  • 10-mustaqil ish Simsiz aloqa tizimlarini yaratish tamoyillari Ped texnologiya “Tanishuv” «Tanishuv»




    Download 16.99 Kb.
    Sana15.06.2022
    Hajmi16.99 Kb.
    #23790
    Bog'liq
    10-mustaqil ish
    boshlang-ich-sinflarda-matematika-fanini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish-конвертирован

    10-mustaqil ish
    Simsiz aloqa tizimlarini yaratish tamoyillari
    Ped texnologiya
    Tanishuv”
    «Tanishuv» - jamoa ishtirokchilarini bir-biri bilan tanishtirish, ijodiy muhitni yuzaga keltirish,talabalarning shaxsiy sifatlarini ochish, auditoriyada ishlash uchun qulay sharoitni vujudga keltirish.
    Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha.
    Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilђor pedagogik texnologiya”, “zamonaviypedagogik texnologiya" iboralari keng qo’llanilmoqda. YuNESKO ning ta’rifi bo’yicha:
    "Pedagogik texnologiya - bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli uslubidir".
    Bu ta’rifdagi asosiy tushuncha "tizimli uslub” dir. Aynan tizimli yondoshuv
    pedagogik texnologiyani o’qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqada va bir-biri bilan boђliqlikda loyihalash - ko’pincha an’anaviy o’quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir. Masalan, ko’p hollarda ta’lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining
    bo’lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan boђliq bo’ladi.
    Pedagogik texnologiyaga o’quv jarayonini ro’yobga chiqarish davomida turli
    o’qitish uslublaridan foydalanishning muayyan umumiy me’yorlarini belgilovchi yo’llanma, go’yoki qolip sifatida qarash mumkin.
    «TANISHUV» texnologiyasi
    Darsda talabalarning faolligini oshirish uchun interfaol usullar,
    organayzerlardan foydalaniladi.
    Ta'lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish eng avvalo talabalarga
    tayyor bilimlarni berishni emas, balki ularga fikr-mulohaza yuritish, atrofdagilar
    bilan muloqot qilish madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrga ega bo'lish va biror
    zarur bilimni mustaqil ravishda izlash va muammoning yechimini topish
    malakalarini berishni nazarda tutadi.
    Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublarning soni juda
    ko'payib ketgan. Biz ularning ta'lim muassasalarida keng tarqalganlari, o'kitiladigan
    aniq fan va predmetlarda qo'llanilishi mumkin bo'lgan ba'zi pedagogik
    texnologiyalarning foydalanish uslubiyatini keltirib tahlil qilamiz.
    1) «TANISHUV» texnologiyasi (1-variant)
    Texnologiyaning maqsadi:
    o'quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birlari bilan tanishtirish, samimiy do'stona
    munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish; talabalarning ijodiy imkoniyati va
    shaxsiy sifatlarini ochish.
    Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:
    Mashg'ulot boshida o'qituvchi o'quv jarayoni qatnashchilarini kichik
    guruhlarga ajratadi. Har bir kichik guruhga yilning bir faslida tug'ilgan talabalarni
    kiritish mumkin. O'qituvchi guruhlarni joylariga o'tkazib, ularga quyidagi
    topshiriqni beradi:
    - o'z tug'ilgan faslingizga xarakteristika bering (badiiy - musiqiy, sahnali, hazil-mutoyibali va hokazo ko'rinishda);
    - yilning shu faslida tug'ilganlarning umumiy xarakteri bilan hamda guruh
    qatnashchilarining umumiy o'xshashliklari va o'ziga xos tomonlari bilan
    tanishtirish;
    - talabalarning bu fasldagi faoliyatini so'zlab berish;
    - boshqa fasldagi guruh katnashchilariga bag'ishlangan fikr yoki bag'ishlov
    yaratish va ijodiy tilaklar bildirish.
    Oxirida o'qituvchi quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
    - guruh qatnashchilari bir-birlari haqida nimalarni bilib olishdi;
    - auditoriyada bir-birlariga ko'nikish holati qanday o'zgardi;
    - qanday savollar va muammolar hal qilindi;
    - qatnashchilar dars davomida qanday sifatlarni ko'rsata oldilar;
    - har bir kishi o'zi uchun qanday xulosa chiqardi;
    - demak biz, qandaymiz?


    «Tanishuv» texnologiyasi
    O'qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratgach, har bir guruhga «Keling,
    tanishaylik!» mavzusi yozilgan quyidagi mazmundagi taxminiy materialni tarqatadi:
    Keling, tanishaylik!
    - Sizlar Kim va nima uchun bu yerga to'plangansizlar?
    - Sizlarni nima birlashtiradi?
    - Siz uchun eng qimmatli narsa nima?
    - Ishlashingizga nima yordam beradi?
    - Kimlarga g'amxo'rlik qilasizlar?
    - Kimlar bilan hamkorlik qilasizlar?
    - Nimalarni o'zingiz, nimalarni esa birgalikda hal etasizlar?
    - Sizning eng kuchli va kuchsiz tomonlaringiz nima?
    Guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialdagi savollarga javob berishga
    tayyorgarlik ko'radilar, tayyorlanish jarayonida ular bir-birlari bilan tanishib
    oladilar.

    Download 16.99 Kb.




    Download 16.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mustaqil ish Simsiz aloqa tizimlarini yaratish tamoyillari Ped texnologiya “Tanishuv” «Tanishuv»

    Download 16.99 Kb.