7-mavzu. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi va bahorgi haydov. G’alladan bo‘shagan maydonlarda yerlarni haydash. Reja




Download 21.27 Kb.
bet2/3
Sana12.05.2023
Hajmi21.27 Kb.
#58831
1   2   3
Bog'liq
7-МАВЗУ
Dasturiy mahsulotlarning tasnifi. Tizimli dasturiy ta`minot tush-fayllar.org, Norboyev Xisobot, 1651752819, Isaak Newton, Speaking by Speaking Answer Key @Aslanovs Lessons, 10-mavzu кичик ва катта-WPS Office, O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi q, Ataxanov Abrorbek amaliy dasturiy paketlar Prezentatsiya 1
plug tavoni» hosil bo’lgan yoki gips qatlami mavjud bo’lgan yerlar uchun chuqur haydashning ijobiy ta’siri yana ham katta. Chunki, yer doimo yuza haydalganda, plug tavon hosil bo’ladi va tuproqning chuqur qatlamlaridagi unumdorlikdan foydalanishga imkon bermaydi. Bunday haydashda hosildorlik pasayadi. Shuning uchun qalin, unumdor va madaniy qatlam hosil qilish, yerni ishlashning asosiy vazifasi hisoblanadi. Xar bir hududning tuproq-iqlim xususiyatlariga ko’ra yerni ishlashning qo’yidagi usullari qo’llaniladi:
1.Tuproqning qo’yi qatlamida, oz-ozdan qo’shib xaydab, yuqoriga chiqarish. Buning uchun rasmiy chimqirqari bor bo’lgan plugdan foydalanib, yerni haydash chuqurligi oshirib boriladi.
2.Haydalma qatlamni to’liq ag’darib, bir yo’la uning ostki qatlamini bir qismini yumshatadi. Buning uchun yerni yumshatuvchi moslamasi bo’lgan pluglardan foydalaniladi.
3.Yerni belgilangan chuqurlikda ag’darmasdan yumshatish. Buning uchun chimqirqarli va ag’dargichi olingan plugdan foydalaniladi.
4.Freza bilan ishlab, yerni haydash chuqurligini birdaniga oshirish.
5.Tuproqning genetik gorizontlarini dastlabki holda qodirib, 60 sm chuqurlikda ishlov berish.
Yerni bir, ikki va uch qatlam (yarusli) holida ishlash natijasida qalin xaydalma qatlam hosil qilish mumkin.
Yer bir qatlamlab ishlanganda, tuproqning gorizontlari aralashmaydi. Bunga yerni ag’darib va ag’darmasdan ishlov berish usullari ta’lluqlidir.
Yer ikki qatlamlab ishlanganda, yuqori qatlam ag’dariladi va qo’yi qatlam bir yo’la yumshatiladi yoki yuqori qatlam bilan qo’yi qatlamning o’rni almashtiriladi. Bunda chimqirqarli, ikki yarusli PYa-3-35 pluglaridan foydalaniladi.
Haydalma qatlam qalinligini oshirish tuproq iflosligini hisobga olgan holda olib boriladi. Qumli va shagalli qatlam sayez joylashgan yerlarda erta bahorda kolmataj usulida, yani yerga loyqa yetqizish yuli bilan haydalma qatlam qalinligi asta-sekin oshirib boriladi. Bu tadbir yetarli qalinlikda haydalma qatlam hosil bo’lgancha har yili bahorda bir necha marta takrorlanadi. Haydalma qatlam qalinligini oshirish uchun tepaliklar tuprog’i, go’ng va boshqa organik o’g’itlardan ham foydalanish mumkin. Malumki qadimdan sug’orib dehqonchilik qilinib kelayetgan yerlarda agroirrigasion yetqiziqlarning qalinligi 3-4 m dan ortadi. Ana shu yerlarda haydalma qatlam qalinligini bemalol oshirish mumkin. Akademik V.M. Muhammadjanov qadimdan sug’orilib dehqonchilik qilinayetgan haydalma qatlam osti zichlashgan hamma yerlarda har 3-4 yilda bir marta yerni 50-60 sm chuqurlikda ag’darib haydashni tavsiya qiladi. Bunda yer, kuzda yerni chuqur yumshatuvchi GR-2,7 rusumli qurollar va T-100, T-130 rusumli kuchli traktorlar bilan yumshatiladi, keyin oddiy plugda ag’darib haydaladi. Ana shunda, tuproqning suv o’tkazuvchanligi, nam to’plash, havo almashinish kabi fizik xossalari tubdan yaxshilanadi.
Professor A.Ermatov bedapoyani 60 sm chuqurlikda haydash va organo-mineral o’g’itlar solish, haydalma qatlam qalinligining oshirishda samarali usullardan ekanligini takidlaydi. Haydalma qatlam qalinligini oshirish va tuzilishini yaxshilanishi bedadan va undan keyin ekilgan ekinlardan yuqori hosil olishni taminlashni bu olim o’tkazgan tajribalarda ko’rsatib bergan.
2.Bahorgi haydov. Bedapoyani haydash. Tuproq unumdorligini oshirishda bedapoyalarni haydashning ahamiyati, uni o‘tkazish muddati, chuqurligi. Bedapoyalarni haydashda yul qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari.
Kuzgi shudgor tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligiga qanchalik ijobiy ta’sir etmasin, respublikamizning ayrim xududlarida yerga bahorda asosiy ishlov beriladi. Bunga paxta yetishtiriladigan eng shimoliy tumanlar, jumladan, Qoraqalpog’iston, Xorazm hamda Farg’ona viloyatining Quqon guruxi tumanlari misol bo’ladi.
Bahorgi haydashda, yerni ekish oldidan amalga oshiriladigan tadbirlar kuzgi shudgorlashdagi kabi muntazam ravishda bajarilmaydi. Chunki, yerni qisqa vaqt ichida ekin ekishga tayerlash kerak. Natijada texnikadan, qurol va ishchi kuchidan foydalanish jadallashadi hamda bahorgi g’animat damlarni boy bermaslik uchun ayrim tadbirlar to’liq bajarilmasdan qolib ketishi mumkin.
Yuqoridagi shirkat va fermer ho’jaliklarda yerlarni bahorda haydashga ularning geografik joylashishi va tuproq-iqlim sharoiti taqoza etadi. Xorazm viloyati va Qoraqalpog’istonning tuprog’i sho’r, sizot suvlari yuza joylashgan va yerlarning relefini tekisligidir. Yer sho’rini asosiy haydashdan oldin yuvish kerak, aks holda yer bahorda yetilmay ekinlarni ekish kechikib ketadi. Sho’rni kuzda yuvish, tashkiliy jihatidan ancha qiyin, chunki kuzda Amudarening suvi juda kamayib ketadi, ikkinchidan, sovuq barvaqt tushib, yerlar muzlaydi va uzoq vaqtgacha erimaydi. Hatto g’o’zapoyani yulib olishga ham ulgurmaydi. Shuningdek, paxta yig’im-terimining kech tugallanishi ham ekin maydonlari sho’rini kuzda, sovuq tushmasdan oldin yuvish imkonini bermaydi. Yerlarning relefi tekis bo’lsa, sug’orish shaxobchalarida irrigasion yetqiziqlar ko’plab cho’kib qolib, suv oqishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun erta bahordan boshlab sug’orish tarmoqlari suv yetqiziqlaridan tozalanadi, daladagi g’o’zapoya yulib olinib, polga bo’lib chiqiladi va shundan keyin sho’r yuvishga kirishiladi.
Bu joylarda yer 3-4, ayrim maydonlarning sho’ri 5-martagacha yuviladi. Shundan keyin, yer yetilishi bilan pollar tekislanib mahalliy va mineral o’g’itlar solinib PN-4-35, PYa-3-35 pluglarida haydaladi. Agar ko’klamda shamol ko’p bo’lsa yerni yuza qismi tez quriydi. Bunday paytda kesaklar ko’p hosil bo’ladi va pastki qatlamga ko’miladi, yerning ortiqroq ko’pchishi kuzatiladi. Yer yaxshi o’tirishmagan bo’ladi. Shuning uchun bahorgi haydovdan keyin yer bir necha marta chizellanadi, mola bostiriladi va zudlik bilan ekiladi. Baxorgi haydashdan keyin yer bir necha marta chizellanadi va har safargi chizellashdan so’ng og’ir mola bostiriladi. Yer haydalishi bilanoq ekin ekishga tayerlanib, ekin ekilaveradi. Aks holda tuproqning nami qochadi, keyin chigit suv berishga zaruriyat tug’iladi.
Almashlab ekishda beda, tuproq unumdorligini va donadorligini tiklovchi asosiy ekin hisoblanadi. Bedapoyani haydashda xo’jaliklarda kamchiliklarga yo’l qo’yilmokda. P-5-35m, PN-4-35 pluglarining chimqirqari asosiy korpus qamrov kengligini to’la kesib egat tubiga tashlamay, balki oldingi ag’darilgan qatlamning yenboshiga tashlaydi. Bunda ildiz shoxi, qatlam orasidagi 10-12 sm chuqurlikka tushadi va bahorda qayta ko’karib chiqadi.
Ayrim vaqtlarda kuzda shudgor qilingan bedapoyani bahorda yuza yumshatishga yoki kultivatorlar bilan yoppasiga ishlashga, ko’pchillik holda erta bahorda kultivasiya qilingan yoki chizellangan bedapoyadagi ildizlarni tirmalab yig’ib olishga to’g’ri keladi. G’o’zadan keyin beda ekishdan maqsad yerning unumdorligini oshirish, fizik xossalarini yaxshilash va beda ildiz massasini chirishini boshqarib, undan kamida 5-7 yil foydalanish ko’zda tutiladi.
Ma’lumki, uch yillik beda gektariga 300-500 kg dan ortiq biologik azot va 16-22 tonna ildiz massasini to’playdi. Yerni haydash texnologiyasi to’g’ri tashkil etilmasa, beda to’plagan organik massa tezda minerallashadi.
Beda ildizini bahorda ko’karib chiqishini oldini olish va organik massani chirishini sekinlashtirish uchun bedapoyani haydash texnologiyasini takomillashtirish kerak. Buning uchun, plugning ag’dargichlari olinib lemexlari o’tkirlanadi. Bedapoyani haydashdan 5-7 kun oldin yer ustki qismi 5-6 sm chuqurlikda ana shu ag’dargich olingan plug bilan haydaladi. Shunda bedaning ildiz bo’g’zi 5-6 sm chuqurlikda kesilib unuvchanligi yo’qoladi. Yer kuzda shudgorlanganda organik qoldiqlar tuproqning chuqur qatlamiga ko’miladi. Tajriba natijalari bu usulda haydalganda ildizni minerallashuvi sekinlashganligini ko’rsatgan.
Bedapoyani 20-25 oktyabrdan 10-15 noyabrgacha haydash kerak. Sizot suvlari chuqur joylashgan, yeri quruq va qattiq bedapoyani sifatli haydash uchun 7-10 kun avval yerni sug’orish kerak. Bedapoyani yarusli plugda chuqur haydash yana ham yaxshi natija beradi. Sayez ko’milgan ildizpoyalar g’o’zaning qator oralariga dastlabki ishlov berilganda uning sifatsiz bajarilishiga va ko’chat siyrak bo’lishiga sabab bo’ladi.
M.V. Muhammadjonovni yozishicha, 3 yillik bedapoya kuzda 40 sm haydalganda 7 yilda gektariga 49,3s, PU-2-35 plugda 3 qatlamga organik va mineral o’g’itlar solib ekilgan bedapoya uchinchi yili 60 sm chuqurlikda ag’darib haydalganda esa o’rtacha 53,09 s dan hosil olingan. Bunday bedapoya uchinchi yili yezda haydalib makkajo’xori ekilganda, undan keyin chigit ekilganda o’rtacha 54,8 s dan hosil olingan.
O’zPITI ma’lumotlariga ko’ra bedapoyani har yili har xil chuqurlikda haydash foydali ekan. Masalan: 1-yili 30-40 sm; 2-yili 30Cm; 4-yili 40Cm. Kuzgi shudgorlash chuqurligi o’zgartirib borilganda bir xil chuqurlikda haydashga qaraganda besh yilda g’o’zaning har gektaridan 28,6 s dan qo’shimcha hosil olingan.

Download 21.27 Kb.
1   2   3




Download 21.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-mavzu. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi va bahorgi haydov. G’alladan bo‘shagan maydonlarda yerlarni haydash. Reja

Download 21.27 Kb.