4- amaliy mashg`ulot. Elektrokimyoviy tahlil usulini o’rganish ishning maqsadi




Download 64.83 Kb.
bet2/3
Sana28.09.2022
Hajmi64.83 Kb.
#26522
1   2   3
Bog'liq
4-AMALIY
organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni
Ishni bajarish tartibi.

Elektrolizda ajralib chiquvchi cho`kmaning xossasi katta ahamiyatga ega. Tahlilda to`gri natijalar olish uchun elektrolizda ajralib chiqadigan cho`kmalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Cho`kmalar toza bo`lgani va tarkibida begona aralashmalar bo`lmasligi kerak. Mayda kristall cho`kmalar eng toza cho`kma hisoblanadi.
2. Cho`kmalar elektrodga yaxshi yopishadigan bo`lishi kerak. Aks xolda keyin elekgrodga ishlov berishda, yuvish, quritish va tarozida tortishda cho`kmaning bir qismi yo`qotiladi va noto`gri natija olinadi.
3. Ajralib chiqqan cho`kmaning tarkibi havo kislorodi ta’sirida o`zgarmasligi kerak.
Ichki elektroliz. Ichki elektroliz usulida tashki elektr manbai talab etilmaydi. Bunda elektrod potensiallari musbatroq metallarning o`z tuzlarining eritmalaridan standart potensiyallarining qiymati kichikroq bo`lgan metallar ta’sirida erkin xolda ajralib chiqishidan foydalaniladi.
Agar tekshirilayotgan metall tuzi eritmasiga ikkita plastinka biri platinadan, ikkinchisi esa aniqlanuvchi metallga nisbatan elektromanfiyroq metalldan yasalgan elektrodlar botirilsa va ularni eritmadan tashqarida metall o`tkazgich vositasida tutashtirilsa hosil bo`lgan zanjir orqali elektr toki o`ta boshlaydi. Bunda eritmadagi metall ionlari katodda (platinada) zaryadsizlanadi va metall cho`kmasini hosil qiladi. Jarayon eritmadagi metallardan elektr musbatrogi ajralishi bilan boshlanadi. Eritmada bir necha metallarning ionlari bo`lsa anodni tegishlicha tanlab (alyuminii, rux, kadmiy, temir, qo`rg`oshin), elementlarni bir-biridan to`la ajratishga muvaffiq bo`linadi.
Aniqlanuvchi elementning miqdori kam bo`lganida metallni platina katodda cho`ktirish qiyinchilik tugdirmaydi. Ammo konpentrasiyasi katta bo`lganda metall katodda cho`kish bilan bir qatorda anodda ham qisman ajralib chiqishi mumkin. Buning oldini olish uchun anodga yupka kollodiy pardasi qoplanadi yoki katod va anod g`ovak to`siq bilan ajratiladi.
Anodni almashtirib, potensiallari bir-biriga yaqin bo`lgan metallarni ajralishi uchun sharoit hosil qilish mumkin. Usulning muhim afzalliklaridan yana biri ish-latiluvchi apparatlarni soddaligi bo`lib, bu usulni deyarli har bir laboratoriyada qo`llash imkonini beradi.
Ichki elektroliz tahlil usulida ishlatiluvchi asboblar turlicha tuzilgan bo`lishi mumkin. Asboblarning bir turida ikkala elektrod ham tekshiriluvchi eritmaga bevosita botirilgan bo`ladi (2- rasm).

2-rasm. Ikkala elektrod ham tekshiriluvchi eritmaga bevosita botirilgan elektroliz asbobi. 1-anod; 2-idish; 3-klemma; 4-katod.


Boshqa turdagi asboblarda anod fazasini katod fazasidan ajratib turadigan g`ovak diafragma bo`ladi. Ka­tod qismiga tekshiriluvchi eritma, anod qismiga esa biror mos elektrolit to`ldiriladi.
Ichki elektroliz usuli asosan rangli metallar tahlilida, ko`pincha kam miqdordagi begona aralashmalarni aniqlashda qo`llaniladi.

Download 64.83 Kb.
1   2   3




Download 64.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4- amaliy mashg`ulot. Elektrokimyoviy tahlil usulini o’rganish ishning maqsadi

Download 64.83 Kb.