• 1.Mashinasozlikda detallarga mexanik ishlov berish haqida tushuncha va aniqligi
  • Reja: Mashinasozlikda detallarga mexanik ishlov berish haqida tushuncha va aniqligi




    Download 177.35 Kb.
    bet1/4
    Sana26.03.2024
    Hajmi177.35 Kb.
    #177427
      1   2   3   4
    Bog'liq
    3.Mashinasozlikda detallarga mexanik ishlov berish usullari.
    1-mavzu, 1-илова (анкета), 5-6-C tilida dastur tarkibi, 14, Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati-fayllar.org



    Reja:
    1.Mashinasozlikda detallarga mexanik ishlov berish haqida tushuncha va aniqligi
    2. Mashina detallari uchun xomashyo turlari.Mexanik ishlov berishda qo’yimlar va TAYANCH
    3. Mashinasozlikda detallarga mexanik ishlov berish usullari.

    1.Mashinasozlikda detallarga mexanik ishlov berish haqida tushuncha va aniqligi
    Mashina va mexanizmlarni loyihalashda kinematik, mustahkamlik, bikrlik, yemirilishga chidamlilik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari ham bajariladi. Aniqlik - bu har qanday mashina va asbobning asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Absolyut aniq detalni tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida turli xatoliklar tug’iladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda turli aniqliklarga erishiladi. Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo’lgan detalning aniqligi qator omillarga bog’liq bo’ladi va quyidagilar bilan ifodalanadi: a) detalning yoki uning alohida konstruktiv elementlarining to’g’ri geometrik shakldan og’ishi; b) detalning haqiqiy o’lchamlarini uning nominal o’lchamlaridan og’ishi; v) detalning yuzalarini, o’qlarini o’zaro aniq joylashishdan og’ishi (masalan: o’zaro paralellikdan og’ish, o’zaro perpendikulyarlikdan og’ish va shu kabilar). Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bog’liq bo’ladi. Detalning aniqligi qancha yuqori bo’lsa uning tannarxi ham shuncha yuqori bo’ladi. Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan bo’lib IT 01 dan IT 17 gacha. Aniqlik kvalitetining tartib raqami ortishi bilan uning dopusk maydoni ortib boradi. IT 01,0,1 tekis parallel yakuniy o’lchov vositalari uchun kvalitet aniqligi, IT 2,3,4 chegaraviy Silindrik detalni prizmada bazalash sxemasi: 1,2,3,4,5,6 – tayanch nuqtalari. Kalibrlar va alohida aniqlikka ega bo’lgan mahsulotlar uchun kvalitet aniqligi, IT 5 dan IT 12 gacha, yig’ish jarayonida boshqa detal yuzasi bilan tutashuvchi detallar o’lchamlari uchun va nihoyat IT 13 dan IT 17 gacha esa past aniqlikdagi o’lchamlar uchun. Yalpi va ko’p seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning aniqligi asosan dastgohlarni kerakli o’lchamga sozlash natijasida erishiladi. Kichik seriyali va donali ishlab chiqarish sharoitida esa qo’shimcha yakunlovchi operatsiyalar qo’llash hamda yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga ta’minlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida detalning aniqligi qator omillarga bog’liq 110 bo’lganligi uchun ularni olib bo’lishi mumkin bo’lgan aniqlik bo’yicha emas, balki iqtisodiy aniqlik bo’yicha tayyorlanadi. Iqtisodiy aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi bo’yicha normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi asboblar hamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida, ish turiga qarab normal malakali ishchi kuchidan foydalanib olinadigan detallar aniqligi tushuniladi. Olib bo’lishi mumkin bo’lgan aniqlik deganda alohida yaratilgan ishlab chiqarish sharoitida, yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay, mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan detal aniqligi tushuniladi. Detalni tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi: 1. dastgohning noaniqligi; 2. kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi; 3. dastgohni talab etilgan o’lchamga sozlash va kesuvchi asbobning o’rnatish xatoligi. 4. detalning o’rnatish va bazalash xatoligi; 5. kesish kuchi ta’sirida texnologik ishlov berish tizimining (TIBT) deformatsiyasi; 6. kesish jarayonida TIBT ning issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishi; 7. ishlov berishdan so’ng detalning tekshirish jarayonida uning o’lchamlarini o’zgarib qolishi holatlari; 8. O’lchashdagi xatoliklar. 9. Ish bajaruvchining xatolari. Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlari ishlab chiqarishni unumli tashkil qilgan holda metall kesish dastgohlari, kesuvchi asboblar, moslamalarning texnologik imkoniyatlari to’la foydalanilib, kam mehnat va vaqt sarflab mahsulotni minimal tannarxda tayyorlashga qaratilgan
    bo’lishi kerak

    Download 177.35 Kb.
      1   2   3   4




    Download 177.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Mashinasozlikda detallarga mexanik ishlov berish haqida tushuncha va aniqligi

    Download 177.35 Kb.