I mexanik yuritmaning kinematik xisobi




Download 2.61 Mb.
bet1/16
Sana02.04.2024
Hajmi2.61 Mb.
#185550
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Zanjirli uzatma uchun
ecological problem 110 gm, 0000620, PROC-0965-S06-18, jhkjhkjhjkhkjhkjhk, E639CBA1 9D9E 40F9 BC8E A96B0CC46121 8 amaliy Yer resurslarini boshqarish1, MOHINA . KURS ISHI, kuchlanish isrofi, Kuch transformatori, Abdixamidov Dilshod, YER RESURSLARINI BOSHQARISHGA OID QONUNLAR, NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR, diyorbek 11, Abdusalomova Sevara.pptx122254, 1-маъруза.Умумий коидалар

I. MEXANIK YURITMANING KINEMATIK XISOBI.
1.1. Yuritma xaqida tushuncha va yuritmani kinematik xisoblashda uzatmalarning axamiyati.
Mashinalarining mexanik energiya manbaidan ish bajaruvchi qismiga zarur bo‘lgan quvvatni, xamda xarakat tezligini moslashtirib uzatadigan mexanizmlar yig‘indisi mashinaning yuritmasi deb ataladi. Bordiyu, mashinaning ish bajaruvchi qismining vali bevosita elektrodvigatel vali bilan ulangan bo‘lsa (masalan, ventilator, kompressor va shu kabilar), u xolda elektrodvigatelning o‘zi mashina yuritmasi xisoblanadi.
Biroq mashinalarning yuritmalari elektrodvigateldan tashqari, bir necha pog‘onali xar xil mexanik uzatmalarni o‘z ichiga oladi. Eng oddiy bunday yuritma vallari o‘zaro mufta bilan ulangan reduktor va elektrodvigateldan tuzilgan bo‘ladi. Lekin, aksariyat xollarda ishlatiladigan yuritmalar tarkibida ko‘rsatilgan uzellardan tashqari, mavjud uzatmalarning xar xili bo‘ladi. Bu mashinalarning turiga, uning ish bajaruvchi qismida talab qilingan xarakat tezligi va quvvatiga bog‘liqdir. Masalan, lentali konveerning yuritmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, qiya tishli silindrik bir pog‘onali reduktor va muftadan tashkil topgan.
Shuning uchun ayrim uzatmalarni loyixalashdan ko‘ra, mashina yuritmasi tarkibidagi uzatmalarni loyixalash xollari ko‘proq uchraydi.
Bunday xollarda, eng muxim masala, yuritma tarkibidagi uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, joylashtirish va xisoblashdir. Buning uchun avvalo yuritmalarning kinematik xisobini bajarish lozim. Yuritmani kinematik xisoblash deganda, mashina uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qiluvchi uzel validagi quvvat, aylanish chastotasi bilan ish bajaruvchi qism valida talab qilingan aylanish chastotasi va quvvat miqdori maolum bo‘lgan xolda ko‘rsatilgan ikki qism oralig‘ida joylashgan uzatmalar tarkibidagi vallarning xar birini aylanish chastotasi va ulardagi quvvat bilan burovchi moment miqdorini aniqlash tushuniladi. Odatda, yuritmalarni loyixalashda beriladigan asosiy ko‘rsatkichlar, mashinaning ish bajaruvchi qismi validagi talab etilgan aylanishlar chastotasi va quvvati (yoki burovchi moment va burchak tezligi) berilishi mumkin. Yuritmaning kinematik xisobi misol tariqasida keyingi bo‘limda keltirilgan.

Download 2.61 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 2.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I mexanik yuritmaning kinematik xisobi

Download 2.61 Mb.