• ISLOHOTLARNI CHUKURLASHTIRISH SHAROITIDA ASOSIY VA AYLANMA FONDLARNI TAKROR ISHLAB CHIQARISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
  • Islohotlarni chukurlashtirish sharoitida asosiy va aylanma fondlarni takror ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish




    Download 59 Kb.
    bet1/3
    Sana30.01.2024
    Hajmi59 Kb.
    #148560
      1   2   3
    Bog'liq
    7- variant Islohotlarni chukurlashtirish sharoitida asosiy va aylanma fondlarni takror ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish.


    7- variant
    1. Islohotlarni chukurlashtirish sharoitida asosiy va aylanma fondlarni takror ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish.
    2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat ishlab chiqarishining milliy iqtisodiyot va jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni.
    3. Sanoat mahsulotlarini sotishning samarali tizimini tashkil etish.
    Tuzuvchi: dots.A.Yuldashev
    ISLOHOTLARNI CHUKURLASHTIRISH SHAROITIDA ASOSIY VA AYLANMA FONDLARNI TAKROR ISHLAB CHIQARISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
    Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalari ―ekspluatorlik belgisi‖ sifatida, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabul qilinar edi. Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralardi hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo‗l qo‗yilmas edi. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat o‗zgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va so‗nggi avlod texnikasiga o‗tish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. Shu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Yaponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar, sifat guruhlari tashkil qilingan, ya‘ni fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‗liq bo‗lmish universitetlar, ilmiy markaz va laboratoriyalar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Yaponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlarini yaratishda birinchi o‗rinlarda turishi ham bejiz emas. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko‗rsatish mumkin. Bundan tashqari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi, ya‘ni korxonaning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlod vakillarining ham mehnati mavjudligi bilan izohlash mumkin. Bozor sharoitlarida ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish zaruriyati haqida qayta ta‘kidlashga ehtiyoj yo‗q: birinchidan, bozor ―vakuumni‖, harakatsizlikni, xo‗jasizlikni va yo‗qotishlarni kechirmaydi, ikkinchidan, o‗z imkoniyatlari va resurslaridan yetarlicha foydalanmaydigan korxona istiqbolga ega bo‗lmaydi hamda bankrotga uchrashga asos yaratadi. Shu sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsa ishlab chiqarishning barcha bo‗g‗inlarida tejamkorlikka rioya qilish har bir korxona faoliyatining muvaffaqiyat qozonishining garovi hisoblanadi. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o‗ringa ega. Ularning ahamiyati ishlab chiqarish miqyosining o‗sishi va xo‗jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o‗rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish — konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinasiya qilishni kiritish mumkin. Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag‗batlantirishning usul va shakllarini, ya‘ni korxona faoliyatining butun xo‗jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi. Korxona rahbarining ish stili va usullari fantexnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur. Masalan, korxona direktori bilimi, tajribasi va kasbiy malakasiga ko‗ra, oddiy xodimlar va bo‗linma (xizmat) rahbarlaridan yuqori turishi lozim. Aks holda u jamoani kerakli tarzda boshqara olishi hamda muvaffaqiyatga erishishi va imidjga ega bo‗lishi qiyin. Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko‗rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta‘minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‗z navbatida korxonadagi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni, rejalashtirish va iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda zamonaviy kompyuter texnikasi va uning reja iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yaxshi biluvchi, savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi. Korxona faoliyatining samarali bo‗lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o‗rinni egallaydi. Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‗or usullaridan foydalanish orqali erishiladi. Albatta, yuqorida keltirib o‗tilgan omillarni amalga oshirish ma‘lum bir resurslar va vaqt sarflashni talab qiladi. Biroq bu muammolarning mohiyati va ahamiyatini o‗zgartirmaydi. Amaliyot shuni ko‗rsatadiki, zamon bilan hamnafas holda harakat qiluvchi, barcha faoliyat turlarida tejamkorlikka rioya etuvchi, o‗z salohiyatidan unumliroq foydalanuvchi, zamonaviy fan va texnika yutuqlariga tayanuvchi korxona o‗zining bugungi kundagi muvaffaqiyatlaridan tashqari, kelajakda ham muvaffaqiyatlarga erishishini, jumladan, bozordagi o‗z o‗rni va raqobatchilik muhitida qulay ahvolda bo‗lishini ta‘minlaydi. Ishlab chiqarish va korxona faoliyatining samaradorligi «moda»ga ergashish yoki avvalgi rejali iqtisodiyotning aks-sadosi emas. Korxonaning muvaffaqiyati va iqtisodiy jihatdan barqarorligi samarali xo‗jalik yuritishga asoslanadi..

    Download 59 Kb.
      1   2   3




    Download 59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islohotlarni chukurlashtirish sharoitida asosiy va aylanma fondlarni takror ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish

    Download 59 Kb.