SANOAT MAHSULOTLARINI SOTISHNING SAMARALI TIZIMINI TASHKIL ETISH




Download 59 Kb.
bet3/3
Sana30.01.2024
Hajmi59 Kb.
#148560
1   2   3
Bog'liq
7- variant Islohotlarni chukurlashtirish sharoitida asosiy va aylanma fondlarni takror ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish.

SANOAT MAHSULOTLARINI SOTISHNING SAMARALI TIZIMINI TASHKIL ETISH.

Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining qimmatlashganligi, chakana narxlar isloh qilinishi sababli aholiga beriladigan kompensatsiya to‘lovlari oshganligi munosabati bilan va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining normal xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. 1992-yil 1-yanvardan boshlab ko‘mir, neft, gaz qazib chiqaruvchi, gazni qayta ishlovchi sanoat, energetika tarmoqlari mahsulotlarining, yuk tashishlar, paxta ip va shtapel ip ulgurji narxlari va tariflarining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
2. O‘zbekiston Davlat narxlar qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda mahsulotlarning tegishli guruhlariga yangi ulgurji narxlar va tariflar preyskurantlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularning 1992-yil 1-yanvardan boshlab amal qilishini joriy etsin. 1992-yil 1-yanvardan boshlab ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar va xizmatlarni realizatsiya qilish yangi narxlar va tariflar bo‘yicha amalga oshirilishini nazarda tutib, bu preyskurantlarning chiqarilishini hamda manfaatdor korxonalar va tashkilotlarga yetkazilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat narxlar qo‘mitasiga respublikaga boshqa mintaqalardan mahsulotlarni rentabelli ishlab chiqarishni ta’minlamaydigan narxlar bo‘yicha xomashyo va moddiy-texnika resurslari yetkazib berilgan taqdirda tasdiqlangan narxlarga vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning ta’limi bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish yuklatilsin.
4. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlar realizatsiya qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarga yangi ulgurji narxlar va tariflarni 1992-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish yuzasidan tezlik bilan chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
5. Korxonalar, tashkilotlar, konsernlarga belgilab qo‘yilgan ulgurji narxlar va tariflar belgilangan mahsulotlar va xizmatlarni respublika tashqarisida Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha realizatsiya qilishga ruxsat berilsin.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha xomashyo resurslarining respublikada qazib olinadigan va ishlab chiqariladigan muhim turlari (rangli va nodir metallar, gaz, nitron, kaprolaktam va boshqalar) respublika tashqarisiga faqat jahon narxlariga tatbiqan shartnoma narxlarida realizatsiya qilinishi kerak
Download 59 Kb.
1   2   3




Download 59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SANOAT MAHSULOTLARINI SOTISHNING SAMARALI TIZIMINI TASHKIL ETISH

Download 59 Kb.