Reja: 1 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni




Download 180.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.03.2024
Hajmi180.91 Kb.
#177771
Bog'liq
Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati-fayllar.org
1-mavzu, 3.Mashinasozlikda detallarga mexanik ishlov berish usullari., 1-илова (анкета), 5-6-C tilida dastur tarkibi, 14


Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati
KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATI.
Reja:
6.1 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni.
6.2. Korxonalarda asosiy fondlarning eskirishi, ularni baholash va
ta’mirlash.
6.3. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va
ko’rsatkichlari.
6.4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati.
6.1. Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni.
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol
qiymati ko’rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab
chiqarishning moddiy-buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi.
Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida
yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir
ko’rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo’jaligi miqyosida
asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi. Asosiy
fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo’lib,
ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o’zining
natural-moddiy holatini yo’qotmaydi hamda o’z qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o’tkazib beradi. Asosiy
fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o’tkazish jarayoni
amortzisiya deb, ushbu jarayonda to’plangan mablag’lar esa
amortizasiya ajratmalari deb ataladi. Iqtisodiy maqsadlariga ko’ra,
asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga
taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z mohiyatiga ko’ra,
korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
uzatish qurilmalari;
quvvat mashinalari va uskunalari;
ishchi mashinalar va uskunalar;
transport vositalari;
o’lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
foydalanish muddati bir yildan kam bo’lmagan va qonunchilikda
belgilab qo’yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish
inventari.


Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo’lgan
barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning
ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo’lib, shu sababli
o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazmaydi. Bular qatoriga asosan
korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona,
profilaktoriya, klub, bolalar bog’chasi va yaslilar, sport-
sog’lomlashtirish va boshqa ob`yektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy
va sog’lomlashtirish yo’nalishidagi noishlab chiqarish asosiy
fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari bilan foydalanish muddati,
natural shaklning saqlanishi, o’z qiymatini sekin-asta yo’qotishi
kabi ko’p jihatlari bilan o’xshashdir.
6.1.1- rasm. Korxona asosiy fondlarining tarkibi.
Korxona asosiy fondlari tarkibini quyidagi 6.1.1-rasm ko’rinishida
aks ettirish mumkin.
Mehnat predmetiga o’tkazuvchi ta’siriga ko’ra, asosiy ishlab
chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo’linadi. Asosiy ishlab
chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga
esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar,
transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron-bir turdagi
mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va
ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko’plab
korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog’i ortadi,
ularning tarkibi va ko’rinishi o’zgaradi, asosiy fondlar guruh va
turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati
tezlashadi.
Ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va boshqa ijobiy o’zgarishlar
sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi
mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va
hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro’y berganda korxona
shartnoma asosida o’ziga kerakli bo’lgan asosiy fondlarni yollaydi
va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga
oluvchi o’rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb
ataladi (ingl. Lease - ijara).
Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat
bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha
tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o’lchanadi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi
o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni


ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor
bo’lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo’ladi va
aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p
jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali,
jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi
ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan
avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar
bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va
konsentrasiya qilish darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi. Yirik
korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta
korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik
korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq
bo’lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta
qurollantirish osonroq kechadi.
«Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatasiya qilinayotgan asosiy
fondlarning yoshi, birinchi o’rinda mashina va asbob-uskunalarning
yoshi katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat
uskunalarini yosh bo’yicha guruhlashda taxminan quyidagi
muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10
yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va
hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatasiya muddati qanchalik
yuqori bo’lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik
past bo’ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va
talofatlar ko’payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-
uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun
ham ko’p xarajatlar sarflanadi.
6.2. Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash.
Xo’jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko’rinishida
hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarni natural baholash-ishlab
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va
zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni
ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo’yicha grafiklar
tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo’lgan ehtiyojni
aniqlash imkonini bersa, qiymat bo’yicha baholash esa, asosiy
fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud
hajmini aniqlash, amortizasiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish
va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang’ich


qiymat bo’yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun
sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki
ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli
holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan-ularni keltirish, o’rnatish
kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.Masalan,
bitta mashina yoki uskunaning boshlang’ich qiymati – bu,
korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib
olgan va bu haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish
narxidir.
Tiklanish qiymati bo’yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir
qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari
va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga
olgan holda baholash. Baholashning bu usuli obyektning hozirgi
paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko’rsatadi.
Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va
inventarizasiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri
sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga
oshiriladi.
Qoldiq qiymati bo’yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga
olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq
ko’rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy
fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan
qismidir.
Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki
sotib yuborish mo’ljallangan asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiq
qiymati bo’yicha, mazkur xo’jalik yilidagi narxlarda baholanadi.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi chizma
ko’rinishda aks ettirish mumkin.
Iqtisodiyotning globallashuvi hamda hisob va hisobotlarning
mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon
standartlari talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy
vositalar, asosiy fondlarning pul ko’rinishidagi ifodasi sifatida
avvaldan qo’llanib kelgan bo’lsada, hayotimizga “asosiy kapital”,
“asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib
kelmoqda.
6.2.1 -rasm. Korxona asosiy fondlarini baholashning turlari
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va
hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang’ich, belgilangan
tartibda o’tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish),
hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy
vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan
eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi


anglashaladi.
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi
buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab
chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (Fo’r) belgilanib, u
quyidagi formula asosida aniqlanadi:
;
Bu yerda:
Fn – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati;
Fp – yil davomida kelib tushgan (foydalanishga topshirilgan) asosiy
ishlab chiqarish fondlari qiymati;
Fv – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo’q qilingan)
asosiy fondlar qiymati;
T1- foydalanishga topshiriluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari
amalda bo’luvchi o’rtacha muddati (oylarda), qabul qilingandan
keyingi oydan boshlab;
T2 –ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo’q qilingan) asosiy ishlab
chiqarish fondlari foydalanilmaydigan o’rtacha muddat (oylar)
chiqarilgan oydan to yil oxirigacha).
Asosiy fondlarni boshlang’ich yoki tiklanish qiymati bo’yicha
baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy
fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini
ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida
yo’qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir xilda kechmaydi hamda ko’p
jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish
qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham
bog’liq bo’ladi.
Jismoniy eskirishni (IF) quyidagi formula asosida hisoblab topish
mumkin:
yoki
Bu yerda:
Tf - asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qiluvchi muddati;
Tn - asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo’lgan normativ muddat;
I - hisoblangan amortizasiya summasi (eskirish summasi);
Ps – asosiy fondlarning boshlang’ich (qayta tashkil qilish) qiymati.
Ma’naviy eskirish - asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik
jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo’qotilishidir. U ikki
shaklda yuzaga keladi: birinchi shaklda asosiy fondlar ularning
ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida qadrsizlansa,
ikkinchi shaklda asosiy fondlarning qadrsizlanishi yangi, fan-texnika
taraqqiyoti ta’siri ostida, yanada samaraliroq fondlarning paydo
bo’lishi natijasida ro’y beradi. Asosiy fondlar ma’naviy
eskirishining yuqorida keltirilgan shakllarini quyidagi tarzda
aniqlash mumkin:


Bu yerda:
P - asosiy fondlarning to’liq boshlang’ich qiymati;
V - asosiy fondlarning tiklanish qiymati;
Pn- yangi texnikaning unumdorligi.
6.2.2-rasm. Asosiy fondlarning eskirish turlari
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy
jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o’rnini iqtisodiy to’ldirish
uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizasiya ajratmalarni
ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida
mahsulot tannarxiga kiritiladi. Amortizasiya ajratmalari quyidagi
formula asosida aniqlanuvchi amortizasiya normalari (Na) asosida
amalga oishiriladi:
Bu yerda:
A - amortizasiya ajratmalari;
P - asosiy fondlarning to’liq boshlang’ich qiymati.
Yillik amortizasiya ajratmalari (AO) miqdori quyidagi formula asosida
aniqlanadi:
Bu yerda:
Rk – asosiy fondlar xizmat qilgan muddat davomida kapital
ta’mirlashga sarflangan xarajatlar;
M - uskuna, mashina va qurilmalarni, ular xizmat qilgan davr
mobaynida modernizasiya qilishga sarflangan xarajatlar;
O - asosiy fondlarning qoldiq (likvidasion) qiymati;
T - asosiy fondlarning xizmat qilish muddati, yil.
Amalda amortizasiya mablag’lari asosiy fondlarni to’liq qayta
tiklash (renovasiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni
modernizasiya qilish uchun alohida ravishda yo’naltiriladi. Bundan
kelib chiqqan holda amortizasiya normasi ikki qismdan - fondlarni
renovasiya qilish (Nv) hamda kapital ta’mirlash va modernizasiya
qilish (Nr) uchun ajratiluvchi mablag’dan iborat bo’ladi.
Birinchi holda amortizasiya normasi quyidagi formula:
ikkinchi holda esa:
asosida aniqlanadi
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan
eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali


tiklash zaruriyati tug’iladi. O’z vaqtida ta’mirlash asosiy
fondlar muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi hamda
ularning xizmat qilish muddati va unumdorligini oshiradi. Asosiy
fondlarni ta’mirlash kapital, o’rta va joriy turlarga bo’linadi.
Bino va inshootlarni ta’mirlash o’z mazmuni, talab qilinuvchi
muddat va mablag’larga ko’ra, mashina va uskunalarni ta’mirlashdan
farq qiladi. Masalan, mashina va asbob-uskunalarni kapital
ta’mirlashda ular to’liq qismlarga bo’linadi va eskirgan qismlar
almashtiriladi. Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi
muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga
ko’ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
O’rtacha ta’mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish
hajmi va davriyligiga ko’ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi
hamda sarflanuvchi mablag’, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab
etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan
foydalanuvchi korxonaning o’zida amalga oshirilishi mumkin.
Joriy ta’mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi,
tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni
uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
Asosiy fondlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish majmuasi
rejali-oldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va
korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir
korxonada ROOT o’tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo’lib,
ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini o’tkazish tartibi va
grafigi belgilab qo’yiladi.
Asosiy fondlarni yaratish
Korxona
Asosiy fondlar amortizasiyasi
Asosiy fondlarni iste’mol qilish (foydalanish)
Asosiy fondlarni sotib olish va shakllantirish


Asosiy fondlarni qayta tiklash va ularni qoplash
6.2.3-rasm. Korxona asosiy fondlarini qayta ishlab chiqarish bosqichlari.
Ta’mirlash ishlari tufayli korxona asosiy fondlarning joriy
ekspluatasiyaga tayyorligini ta’minlaydi. Biroq shu bilan bir
qatorda korxona asosiy fondlarni yaratish, foydalanish, amortizasiya,
qayta tiklash kabi bosqichlarni o’z ichiga oluvchi takror ishlab
chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim. Bu
bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish mumkin (6.2.3-
rasm).
Takror ishlab chiqarish siklida asosiy fondlarni yaratish jarayoni
korxonadan tashqarida amalga oshiriladi hamda asosan qurilish sohasi,
mashinasozlik, asbobsozlik hamda asosiy fondlarni yaratish bilan
shug’ullanuvchi boshqa sohalar bilan bog’liq bo’ladi. Asosiy
vositalarni takror ishlab chiqarishning qolgan bosqichlari korxona
hududida amalga oshiriladi. Biroq barcha hollarda ham asosiy
fondlarni takror ishlab chiqarish tufayli korxonalar ishlab
chiqarishni modernizasiya qilish hamda rivojlanib borayotgan bozor
munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy va texnik barqarorlikka
erishishlarini ta’minlaydi.
6.3. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatkichlari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil
ko’rsatkichlari mavjud bo’lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga
bo’lish mumkin:
birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko’rsatkichlari bo’lib,
ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada
baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va bashorat qilish
imkonini yaratadi. Bunday ko’rsatkichlarga fond qaytimi, fond
sig’imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin.


ikkinchi guruh - xususiy va natural ko’rsatkichlar bo’lib, ko’proq
asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina
va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog’liq.
Ko’rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:
asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan
ekstensiv foydalanish koeffisiyenti, ulardan vaqt bo’yicha
foydalanganlik darajasini aks ettiradi;
asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan
intensiv foydalanish koeffisiyenti, ulardan quvvat bo’yicha
foydalanganlik (unumdorlik) darajasini aks ettiradi;
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish
koeffisiyenti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda
foydalanishni hisobga oladi.
Ko’rsatilgan ko’rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil
ma’noga ega bo’lib, turli maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi.
Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan vaqt bo’yicha qanday
foydalanilganligini (ekstensiv foydalanish) baholash asbob-
uskunalarning smenalik koeffi-siyenti, uskunalarni koeffisiyenti,
smena davomida uskunalarning bekor turib qolishi, uskunalardan
smenalarda foydalanish koeffisiyenti kabi ko’rsatkichlar
qo’llaniladi.
Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffisiyenti mazkur
uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja
bo’yicha foydalanish muddatiga nisbati orqali aniqlanadi.
Bu yerda:
txak – uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar;
trej – uskunalarning normaga asosan foydalanish muddati, soatlar.
Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta’mirlash uchun 1 soat
rejalashtirilib, amalda 5 soat sarflangan bo’lsa, u holda ekstensiv
foydalanish koeffisiyenti 0,71 (5
(8-1)) ni tashkil qiladi. Bu esa
asbob-uskunalardan smena davomida faqat 71 % foydalanilganligini
anglatadi.
Korxonalarda bunday uskunalarning bir emas, bir nechta – o’nta yoki
yuztasidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan uskunalarning smenalik
koeffisiyenti - sutka davomida mashina-smenalarning o’rnatilgan
uskunalarning umumiy soni yoki ishchi o’rinlariga nisbatini aniqlash
zaruriyati tug’iladi. Bu holda smenalilik koeffisiyenti quyidagi
formula asosida aniqlanadi:
Bu yerda:
MS - sutka davomida haqiqiy ishlangan mashina-smenalar yig’indisi;
Ko - o’rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni.
Misol. Korxonada 200 dona metall qirquvchi stanok sutka mobaynida 360


mashina-smena, 60 ta temir presslovchi stanok 50 mashina-smena, 40 ta
quyuv stanoklari esa 30 mashina-smena ishlagan. Ushbu holda barcha
stanoklardan foydalanishning smenalilik koeffisiyenti quyidagicha
topiladi:
Uskunalarning smenalilik koeffisiyentini aniqlashning yana bir yo’li bo’lib, unga ko’ra
korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning
barchasidan ham to’liq foydalanilmasligi ko’zda tutiladi. Masalan, sexda 270 dona
uskuna o’rnatilgan bo’lib, birinchi smenada ulardan 200 tasi, ikkinchi smenada esa
190 tasi ishlagan. Bu holda uskunalarning smenalilik koeffisiyenti 1,44
(200 190) 270) ni tashkil qiladi.
Uskunalarni yuklanish koeffisiyenti ham uskunalardan vaqt bo’yicha
foydalanishni tavsiflaydi. Smenalilik koeffisiyentidan farqli
ravishda, u mahsulotning mehnat sig’imini hisobga oladi. U mazkur
uskunada tayyorlangan barcha mahsulotlar mehnat sig’imining uning
ishlash vaqti fondiga nisbati orqali aniqlanadi. Mazkur misolda ushbu
koeffisiyent quyidagicha bo’ladi:
Korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni to’liq
baholash uchun ekstensiv ko’rsatkichlardan tashqari, ularning quvvat
bo’yicha yuklanish tabiatini o’rganish ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu yerda yuqorida aytib o’tilganidek, texnologik uskunalar
amaldagi unumdorligining, ya’ni texnik asoslangan progressiv
unumdorlikning normativ unumdorlikka nisbati asosida, ya’ni
uskunalardan intensiv foydalanish koeffisiyentidan foydalanish, uni
quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
Bu yerda: VF
vaqt birligida uskunada ishlab chiqarilgan haqaqiy
mahsulot miqdori;
VP
vaqt birligida uskunada texnik jihatdan asoslangan mahsulot
ishlab chiqarish normasi.
Misol. Pasport ma’lumotlari bo’yicha dastgohda bir soatda 100 ta
detal yasash mumkin, amalda esa shu vaqt ichida faqat 80 ta detal
tayyorlandi. U holda Kintq0,8 (80:100), ya’ni dastgohdan quvvat
bo’yicha foydalanish 80
foizni tashkil qildi.
Uskunadan integral foydalanish koeffisiyenti uskunadan ekstensiv va
intensiv foydalanish koeffisiyentlarining ko’paytmasi orqali
aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo’yicha band bo’lishini
(foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi.
Bizning misolimizda Keks q 0,71 va Kint q 0,8 bo’lganligi tufayli,
uskunadan integral foydalanish koeffisiyenti quyidagiga teng bo’ladi:
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning


umumiy va qiymat ko’rsatkichlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan
holda, avvalo fond qaytimi haqida to’xtalib o’tish kerak. U asosiy
fondlar birligiga (qiymati bo’yicha) to’g’ri kelgan mahsulot
ishlab chiqarishni xarakterlaydi.
U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (V) asosiy ishlab
chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida
aniqlanadi:
Mahsulotning fond sig’imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo’lib,
quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Fond sig’imi kapital qo’yilmalari (investisiyalar)ni tejash yoki
ko’paytirish bilan uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. Masalan,
mahsulot fond sig’imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy
yoki o’suvchi bo’lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo’yilmalarini
tejash uchun imkoniyat tug’iladi. Uni topish uchun quyidagi
formuladan foydalaniladi:
Bu yerda:
Ek – kapital qo’yilmalarni tejash, so’m;
Fe – hisobot yilida mahsulot fond sig’imining o’tgan yildagiga
nisbatan o’zgarishi, so’m.
Har bir korxona o’z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish
fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga
fondlarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish
va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni
kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda
jamiyatning o’tmishda narsa holiga aylangan mehnati
mujassamlanganligi ham zaruriyat tug’diradi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni
yaxshilashning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni
ko’rsatish mumkin:
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning
oldini olish;
uskunalarning smenalik koeffisiyentini oshirish;
bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli
ravishda amalga oshirish;
uskunalarni ekspluatasiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
-ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni
yaxshilash.
6.4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati.


Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish
darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi.
U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda
korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab
chiqarish bo’yicha potensial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir
vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish
va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish
mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga
ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda,
ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari
o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati
bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar
quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona
ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi
ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni;
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy
norma (normativ) lari;
uskunalarning ishlash vaqti fondi;
ishchilar soni;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti
(turlari va xilma-xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida),
yakuniy (yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari
mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi.
Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish
davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli
amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati
bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab
chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan
tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir
sexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati
ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi
vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim
ahamiyatga ega bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab
qilinadi.
Korxona bosh bo’g’inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish
quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:


Bu yerda:
M -sex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab
chiqarish quvvati;
n - sex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni;
Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat,
soat;
Mt –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi,
soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini
hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik
hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish
fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda
mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’lgan maksimal darajani
tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa,
ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini
aniqlaydi. Demak, ular o’rtasidagi prinsipial farq shundaki,
birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan
mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur
davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga
mos kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish
quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan
foydalaniladi:
Bu yerda:
Mo’r.yil – korxonaning o’rtacha yillik quvvati;
Mn – korxonaning yil boshidagi quvvati;
Mv – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
Ml – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q
qilinuvchi) quvvat;
n1 , n2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki
tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil
oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan
bog’liq bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish
quvvatlari balansini tuzish yo’li bilan amalga oshirilib,
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash
manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.
KORXONANING AYLANMA MABLAG`LARI.
Reja :
7.1. Aylanma mablag’lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona
faoliyatidagi ahamiyati.
7.2.Aylanma mablag’larning tuzilmasi, harakati hamda ularning korxona


iqtisodiyotiga ta’siri.
7.3.Aylanma mablag’larni normalashtirish.
7.4.Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari va ularning aylanishini
tezlashtirish yo’llari.
7.1. Aylanma mablag’lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona
faoliyatidagi ahamiyati.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat
qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma
mablag’larga ham ega bo’lishlari zarur. Aylanma mablag’lar ishlab
chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga
mo’ljallangan pul mablag’laridan iborat. Aylanma mablag’lar,
qoidaga ko’ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko’rinishida
jamg’ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy
fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan
bog’liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan
mahsulotlari turlari ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar shunchalik
ko’p talab qilinadi. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarish va uning
uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
“Aylanma mablag’lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital”
iborasi ham ko’p qo’llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va
xo’jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Mohiyatiga
ko’ra, aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir
qismi bo’lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir siklida
ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkaziladi hamda ushbu tovarni
sotgandan so’ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko’pincha
korxonaning pul mablag’lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish
jarayonida pul mablag’lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari
qatoriga kiritiladi.
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish
jarayonidagi o’rniga ko’ra, “aylanma mablag’lar” va “aylanma
kapital” o’rtasida sezilarli farq yo’q. Korxona doimiy
kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg’i,
energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi,
shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq
to’lashga bo’nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag’larga
bo’lgan qo’shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga
qoplanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag’larga
yetarli tarzda ega bo’lishi ularning normal faoliyat yuritishi
garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ishlab
chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material,
yoqilg’i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatmagan


holda qanchalik kam bo’lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda
aylanma mablag’lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish
samaradorligi yuqori bo’ladi.
Korxonalarning aylanma mablag’lari aylanma fondlari va muomala
fondlariga taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning
moddiy
buyumlashgan tuzilishidan tashqari, ishlab chiqarish jarayoni
va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki asosida
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni
tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalarida aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini
aniqlashda katta rol o’ynaydi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari
korxona ishlab chiqarish
fondlarining bir qismi bo’lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida
sarflanadi hamda natural shaklini o’zgartirib, o’z qiymatini
to’lig’icha tayyor mahsulot tannarxiga o’tkazadi. Shu sababli
aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining
majburiy elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi
hisoblanadi.
Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga xom ashyo va
materiallar zahirasi, yarim tayyor mahulotlar, yoqilg’i va
energetika resurslari, qadoqlash va o’rov materiallari, ehtiyot
qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelajakdagi xarajatlarni
kiritish mumkin. Rejalashtirish, sistemali hisob va hisobotni tashkil
qilish uchun qulaylik yaratish maqsadida aylanma ishlab chiqarish
fondlari uch guruhga bo’linadi:
ishlab chiqarish zahiralari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar;
kelgusi davr xarajatlari.
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish
uchun mo’ljallangan pul mablag’lari, shuningdek, chek va veksellar,
aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va
kassalarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan iborat bo’ladi.
Muomala fondlari va aylanma ishlab chiqarish fondlari majmuasi,
korxonaning aylanma mablag’lari (kapitali)ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishda band bo’lgan aylanma mablag’lar kattaligini
belgilovchi asosiy omillar
bu, mahsulot tayyorlashning ishlab
chiqarish sikli uzunligi, mehnatni tashkil qilish, texnika va
texnologiyaning rivojlanish darajasi, mehnat predmetlari va
qurollaridan foydalanish normalaridir. Aylanma mablag’lar kattaligi,
shuningdek, mahsulotlarni sotish sharoitlari, ta’minot va mahsulotni
sotish tizimini tashkil qilish darajasi bilan ham bog’liq bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda shuni aytish
mumkinki, aylanma mablag’lardan quyidagi hollarda foydalaniladi:


xom ashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil
qilishda zarur bo’lgan boshqa mehnat predmetlari;
ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi,
yoqilg’i kabi resurslar uchun haq to’lash;
korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi
to’lanishi;
soliq va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash.
Bozor munosabatlari va deyarli barcha resurslar taqchilligi
sharoitlarida aylanma mablag’lar, birinchi o’rinda moddiy
resurslardan rasional foydalanish va ularni shakllantirish
zahiralarini izlab topish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa
hisoblanadi. Bunda zahira deganda, moddiy va pul resurslarini
yaxshilashning yuzaga kelgan yoki yuzaga kelayotgan, lekin hali
foydalanilmagan (to’liq yoki qisman) imkoniyatlarini tushunish lozim.
Bu zahiralar kelib chiqishi va foydalanilishiga ko’ra xalq
xo’jaligiga va tarmoqlarga tegishli yoki tarmoqlararo, ishlab
chiqarish ichidagi (zavod, sex va hokazo) turlariga bo’linadi.
«Korxona iqtisodiyoti»da ichki ishlab chiqarish zahiralari - ishlab
chiqarish jarayonlarini tashkil qilish hamda texnika va texnologiyani
takomillashtirish, mahsulotlarning yangi va yanada mukammal turlarini
o’zlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish
bilan bevosita bog’liq bo’lgan moddiy resurslardan foydalanishni
yaxshilash imkoniyatlari, katta ahamiyat kasb etadi. Zahiralar
shuningdek, moddiy resurslarni sarflashni normallashtirish, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning mehnat sig’imini kamaytirish,
mehnatni tashkil qilishning rasional usullarini qo’llash natijasida
ham aniqlanadi. Qisqacha aytganda har bir korxona, ayniqsa, yirik va
mashinasozlik korxonalari hamda ularga yaqin bo’lgan korxonalar,
moddiy va pul resurslaridan, ya’ni xususiy kapital va boshqa
aktivlardan rasional foydalanish bo’yicha puxta ishlab chiqilgan
chora-tadbirlar majmuasiga ega bo’lishi zarur.
Resurslardan samarali foydalanishning texnik-ishlab chiqarish
yo’nalishlari qatoriga, birlamchi xom ashyoni ishlab chiqarishda
foydalanishga sifatli ravishda tayyorlash,mashina va uskunalar
konstruksiyasini takomillashtirish, xom ashyo, material,
yoqilg’ilarning tejamkor turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish
chiqitlarini kamaytiruvchi hamda ikkilamchi resurslardan maksimal
darajada foydalanish va barcha turdagi yo’qotishlarning oldini
olishni ta’minlovchi yangi texnika va texnologiyalarni joriy
qilishni kiritish mumkin.
Resurslardan oqilona foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy
yo’nalishlari qatoriga, mahsulotlar material sig’imini
rejalashtirish va normalashtirishning ilmiy darajasini oshirish,
resurslarni sarflashning texnik jihatdan asoslab berilgan norma va


normativlarini ishlab chiqish, “eski” va “yangi” mahsulot ishlab
chiqarish o’rtasida progressiv proporsiyalarni belgilash, mehnatni
tashkil qilishning samarali usullarini rag’batlantirish bilan
bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar kiritiladi.
Aylanma mablag’lar va ularning tarkibiy qismlaridan samarali
foydalanishning asosiy yo’nalishlari ish joylarida (brigada, sex va
ishlab chiqarish uchastkalarida) bitta miqdordagi xom ashyo va
materiallardan tayyorlanuvchi yakuniy mahsulotlarni
ko’paytirishdadir. U ishlab chiqarishni texnik jihatdan ta’minlash,
xodimlarning malakasi, moddiy-texnika ta’minoti, moddiy resurslar
zahiralarini sarflash normalariga bog’liq bo’ladi.
7.2. Aylanma mablag’larning tuzilmasi, harakati hamda ularning korxona
iqtisodiyotiga ta’siri.
Aylanma tuzilmalarni rejalashtirish va boshqarishning hozirgi
paytdagi amaliyotida ushbu mablag’larning tarkibi va tuzilmasini
baholash va tahlil qilishga, shuningdek, ularning funksional roli va
harakatiga katta e’tibor qaratiladi. Aylanma ishlab chiqarish
fondlari korxona aylanma mablag’larining eng faol qismi bo’lsa,
muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok
etmaydi hamda yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Bu yerda umumiy
qoida shundayki, aylanma mablag’lar doimo aylanishda bo’lishi zarur
- ularning samaradorligi va korxona iqtisodiyotiga ta’siri aynan
shunda ko’zga tashlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag’larining
asosiy va salmoqli qismi sifatida o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab
oladi:
ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlab
chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan hamda xom ashyo, asosiy va
yordamchi materiallar, yoqilg’i, xarid qilinuvchi yarim tayyor
mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o’rov materiallari,
asosiy fondlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, yoqilg’i-moylash
materiallaridan tashkil topuvchi mehnat predmetlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga
topshirilgan hamda ishlov berish va yig’uv jarayonida bo’lgan,
lekin ishlab chiqarish jarayoni to’liq tugallanmagan hamda ushbu
korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo’lgan mehnat
predmetlari;
kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin
kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo’lgan yangi turdagi mahsulotlarni
tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni
qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va


loyihalashtirishga sarflanuvchi xarajatlar va boshqalar).
Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki
elementlari o’rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o’zaro munosabatlar
aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o’rtasidagi
xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona aylanma
mablag’larining tuzilmasi deb ataladi. 7.1 - chizmada korxona
aylanma mablag’larining taxminiy (namunaviy) tuzilmasi ko’rsatilgan.
Chizmadan ko’rish mumkinki, ishlab chiqarish zahiralari aylanma
ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq
bozor iqtisodiyoti, ayniqsa, barcha resurslar taqchilligi
sharoitlarida ishlab chiqarish zahiralarining haddan tashqari oshirib
yuborilishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilishidan tashqari,
resurslarni “bog’lab” qo’yadi hamda ularning yo’qotilishiga olib
keladi. Shu sababli aylanma mablag’lar hajmini optimallashtirish va
ularni mahsulot ishlab chiqarish dasturlariga mos holga keltirish
korxonaning tejamkorlik rejimida faoliyat yuritishi katta ahamiyatga
ega bo’ladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma
mablag’lari ishlab chiqarishning texnologik tashkil etish
xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlarning
xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi,
ixtisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizasiya qilish sharoitlari
va shu kabilar bilan izohlanadi.
Aylanma fondlar tuzilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida,
hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o’zida ham farqlanadi. Bunday
farqlanishga turli xildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish
texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik
joylashuvi, ishlab chiqarishning tashkil etilishi va mehnat taqsimoti,
moddiy-texnika ta’minoti sabab bo’lishi mumkin.
Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va tuzilmasiga xo’jalik
yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari
katta ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni korxona ishlab chiqarish
zahiralarini va aylanma mablag’larning ta’minlanganligini haddan
tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik
berishicha, bu, resurslarning halok bo’lishiga va sun’iy
tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Shu sababli xom ashyo
va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish,
ularni saqlashni to’g’ri yo’lga qo’yish, chiqitlar va
yo’qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan
foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan
foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib
chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o’rinda ishlab chiqarishdagi
hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va


boshqa omillar bilan ham bog’liq bo’ladi. Korxona iqtisodiyotiga
aylanma mablag’larning tarkibi va tuzilmasidan tashqari, ularni
ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli
bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko’rsatadi. Aylanma
mablag’larning to’liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo’lib, bu
jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy
boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul -
tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash
jarayonini o’z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va
birinchi o’rinda aylanma fondlar tugallanmagan ishlab chiqarish va
yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida
muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
7.1 -chizma. Korxona aylanma mablag’larining namunaviy tuzilmasi.
Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o’tib, to’liq
aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Shuni qayd qilib o’tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari
bir vaqtning o’zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab
chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va
tayyor mahsulotlar ko’rinishida mavjud bo’lishi mumkin.
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi
Aylanma
fondlarning guruh
va elementlari
Butun
sanoat
Qora
metallurgiya
Mashina-
sozlik
Energetika
Yengil
sanoat
Oziq-
ovqat
sanoati
1. Ishlab
chiqarish
zahiralari –
jami
70,2
65,0
55,3
98,3
90,0
78,8


Jumladan:
xom ashyo va
asosiy
materiallar,
yarim tayyor
mahsulotlar
46,2
23,8
37,5
-
76,7
52,2
Yordamchi
materiallar
6,6
11,0
2,3
24,1
5,7
6,1
Yoqilg’i
1,7
2,0
0,7
37,4
0,5
1,6
Ta’mirlash uchun
ehtiyot qismlar
3,9
11,0
2,0
23,0
1,7
2,0
Qadoqlash va
o’rov
materiallari
3,0
0,5
0,6
0,3
1,2
11,3
Instrumentlar,
xo’jalik
asboblari va
qimmat
bo’lmagan, tez
eskiruvchi boshqa
predmetlar
9,8
16,7
12,2
19,5
3,2
5,6
2. Tugallanmagan
ishlab chiqarish
va korxonada
tayyorlangan
yarim tayyor
mahsulotlar
24,0
18,3
42,2
0,5
9,8
19,5
3. Kelgusi davr
xarajatlari va
boshqa mehnat
5,8
16,7
2,5
1,2
0,2
1,7


predmetlari
Jami aylanma
ishlab chiqarish
fondlari
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida
ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha
bosqichlarida oqilona foydalanishni ko’zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish
aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib
kelishi mumkin.
7.3. Aylanma mablag’larni normalashtirish.
Shakllanish manbaiga ko’ra, aylanma mablag’lar xususiy va qarzga
olingan turlarga bo’linadi.
Xususiy aylanma mablag’lar doimo korxona ixtiyorida bo’lib, xususiy
resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy
aylanma mablag’lari qatoriga ish haqi bo’yicha qarzlar,
ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari, buyurtmachilarning
tayyorlangan mahsulot uchun to’lagan pullari kabilarni kiritish
mumkin. Bu mablag’lar xususiy mablag’larga tenglashtirilgan
mablag’lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag’lar doimo harakatda bo’lmaydi hamda
korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar
boyliklar bilan ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini
oshirib bajarish va boshqa vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun
foydalaniladi. Ular qatoriga bank kreditlari, kreditorlik qarzlari
(tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin.
Aylanma mablag’larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish
jarayonining uzluksizligini ta’minlashda aylanma mablag’lardan
iloji boricha kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona
aylanma mablag’lari aylanishining barcha bosqichlarida mos ravishda
minimal, lekin yetarli tarzda rasional taqsimlanishi zarurligini
anglatadi. Bu vazifa o’z navbatida moddiy resurslar zahiralari va
xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga
oshirilmoqda.
Aylanma mablag’larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi
ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin
yetarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo’lgan pul
mablag’larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash,
ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish va tayyor


mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi. Biroq amaliyotda
korxonalarning barcha aylanma mablag’lari ham normalashtirilmaydi.
Shu sababli aylanma mablag’lar normalashtiriluvchi va
normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor
munosabatlari sharoitlarida ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar qatoriga korxona
omborlaridagi ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar,
yoqilg’i, unchalik qimmat bo’lmagan predmetlar va jihozlar),
tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va ombordagi
tayyor mahsulotlar kiritiladi. Normalashtirilmaydigan aylanma
mablag’lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki
tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag’laridir.
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag’lar salmog’ida 70-
80%ni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar asosiy
o’rin tutadi. Aylanma mablag’larni normalashtirish tejamkorlik
rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini
yaratadi.
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag’larning norma
va normativlari belgilanadi.
Aylanma mablag’larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining
minimal zahiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan
mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi pul o’lchovida, zahira kunlari
va zahira normalarida hisoblanadi.
Aylanma mablag’larning normativi aylanma mablag’lar normasini,
normasi aniqlangan ko’rsatkichga ko’paytirishni ifodalaydi hamda
qoidaga ko’ra, pul ko’rinishida o’lchanadi. U quyidagi formula
asosida hisoblanishi mumkin:
Nay.mqNich.z Q Nt.ich Q Nt.m
Bu yerda:
Nich.z - ishlab chiqarilgan zahiralar normasi;
Nt.ich – tugallanmagan ishlab chiqarish normasi;
Nt.m - tayyor mahsulot normasi.
Aylanma mablag’larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni
sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish
lozim:
normalarning progressivligi va dinamikligi;
normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish
texnikaviy jihatdan
asoslanganligi;
xom ashyo, material, yoqilg’i, elektr energiyasi va boshqa resurslar
o’lchamini to’g’ri tanlash;
chiqit va yo’qotishlarning oldini olish;
eskirgan normalarni qayta ko’rib chiqish hamda ularni fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.
Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar


qo’llaniladi. Amaliyotda quyidagi usullar ko’proq uchraydi:
1. O’tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar
to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini o’rganish hamda bir necha
yillar davomida ro’y bergan pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi
statistika-tajriba usuli.
2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar
va yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda
qo’llaniluvchi -laboratoriya
texnikaviy usuli.
3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa
korxonalarning ilg’or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish
imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni
normalashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi – hisob-tahliliy
usuli.
Korxona aylanma mablag’larini normalashtirish tadbirlari ishlab
chiqarish zahiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan
ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va
kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog’liq vazifalarni
yechishga olib keladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz
faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar
ishlab chiqarish zahiralari normativlardan past bo’lsa, ishlab
chiqarish jarayonining izdan chiqishi, ishchi kuchi va uskunalarning
bekor turib qolishi, korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy
ko’rsatkichlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir
paytda, ishlab chiqarish zahiralarining belgilangan norma va
normativlardan oshib ketishiga ham yo’l qo’ymaslik kerak, chunki bu
mablag’larning “muzlab” qolishiga va natijada korxona va
davlatning zarar ko’rishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish zahiralari joriy, sug’urta (kafolatli), tayyorlov
(texnologik) va mavsumiy turlarga bo’linadi.
Joriy zahira
bu, materiallar yetkazib berish oralig’ida ishlab
chiqarishni moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun zarur bo’lgan
zahiradir. Joriy zahiralar material yetkazib berish davri, oralig’i
hamda xom ashyo va boshqa materiallarning sutkalik sarflanishiga
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi.
Misol. Non kombinati bir sutkada 10 tonna un sarflaydi, tegirmondan
esa bir oyda bir marta un qabul qiladi. Ya’ni yetkazib berish
oralig’i 30 kunni tashkil qiladi. Demak, unning maksimal darajadagi
joriy zahirasi 300 (10x30) tonnani, o’rtacha joriy zahirasi 150
(10x30:2) tonnani, un har o’n kunda yetkazib berilgandagi minimal
joriy zahirasi esa 50 (10x10:2) tonnani tashkil qiladi.
Shu tariqa joriy zahiralar hajmi ko’p jihatdan yetkazib berish
oralig’iga bog’liq bo’ladi: oraliq qanchalik kichik bo’lsa,
zahira shunchalik kam bo’ladi. Bundan kelib chiqqan holda joriy


zahira miqdorini quyidagi formula asosida topish mumkin:
Zmax q Mo’r x Tt.s
Bu yerda:
Mo’r – ushbu materialdan o’rtacha sutkalik foydalanish miqdori (T.,
dona);
Tt.s – yetkazib berish oralig’i yoki ta’minot sikli, kunlar.
Sug’urta (kafolat) zahirasidan ta’minotda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uzilishlar
yoki ko’zda tutilmagan holatlarda foydalanish mo’ljallanadi. Ko’pincha sug’urta
zahirasining miqdori joriy zahira normasining 50% miqdorida belgilanadi hamda
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Zstr q Mo’r x (T1 Q T2 Q T3 Q T4)
Bu yerda:
T1 – materialni yuklash uchun ketadigan vaqt;
T2 – materiallar yo’lda bo’ladigan vaqt;
T3 – materiallarni omborga qabul qilish vaqti;
T4 – materiallarni foydalanishga tayyorlash vaqti.
Sug’urta zahirasi omborda joriy zahira bilan birgalikda saqlanadi
hamda undan umuman farq qilmasada, alohida hisobga olinadi va faqat
korxona rahbariyatining ruxsati bilangina sarflanadi.
Tayyorlov (texnologik) zahirasidan xom ashyo va materiallarni ishlab
chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi.
Bunday zahiralar ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari va
texnologiyalariga ega bo’lgan korxonalardagina yaratiladi. Bunday
korxonalar qatoriga yog’-moy kombinati, yog’ochni qayta ishlash
korxonasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur hollarda tayyorlov
zahirasi miqdori tayyorlov texnologiyasi va operasiyalariga mos holda
normaga solinadi.
Mavsumiy zahiralar asosan uchta sababga ko’ra yuzaga keladi:
birinchidan, xom ashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni
iste’mol qilishning mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni
yetkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zahiralar hajmi xuddi
joriy zahiralar hajmi kabi, o’rtacha bir sutkada iste’mol qilish va
mavsumiy zahiralar yaratilishi lozim bo’lgan vaqtga asosan
aniqlanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, ishlab chiqarishda
qo’llaniluvchi har bir mehnat predmeti (xom ashyo va materiallar,
yordamchi materiallar va boshqalar) uchun alohida amalga oshiriladi
hamda bu o’z navbatida ishlab chiqarish zahiralarini yaratishda
aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojni aniqlashga asos bo’lib
xizmat qiladi.
Misol. Poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonada (xarajatlar smetasiga
ko’ra) 1 chorak uchun180 ming so’m miqdordagi xom ashyo va asosiy


materiallarni 30 kunlik zahira normasida; 54 ming so’m miqdordagi
yordamchi materiallarni 40 kun zahira normasida; 27 ming so’m
miqdoridagi qadoqlash va o’rov materiallaridan 20 kun zahira
normasida sarflash ko’zda tutilgan. Bunday sharoitlarda asosiy
vositalar normativi (ehtiyoji) quyidagicha bo’ladi:
Xom ashyo va asosiy materiallar bo’yicha
Qo’shimcha materiallar bo’yicha
Qadoqlash va o’rov materiallari bo’yicha
Tugallanmagan ishlab chiqarishni normalashtirish. Tugallanmagan
ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar normativini aniqlash
korxona faoliyatidagi eng murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchi
jarayon hisoblanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida ishlab
chiqarishning turli bosqichlarida - xom ashyoni texnik nazorat
bo’limi (TNB) tomonidan qabul qilishdan to tayyor mahsulot omboriga
topshirgunga qadar ishlov berilayotgan mahsulotlarni ko’rsatshi
mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar
normativi miqdori quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
1.Mahsulot ishlab chiqarish hajmi.
2.Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi joriy xarajatlar,
ya’ni tannarx.
3.Xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish vaqtidan to
tayyor mahsulot chiqishigacha bo’lgan ishlab chiqarish siklining
davomiyligi. Ishlab chiqarish siklining davomiyligini topishda
quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu yerda:
ttexn - mahsulot ishlab chiqarishdagi barcha operasiyalarga
sarflanuvchi vaqti;
ttan - operasiyalar oralig’idagi vaqt (tanaffuslar);


ttrans – transportda tashish vaqti;
tkontr - mahsulotni yig’ish, qabul qilish va TNBga topshirish vaqti.
Tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan aylanma
mablag’larning o’sishi xom ashyo va materiallarni ishlab
chiqarishga kiritish bilan boshlanadi hamda ishlab chiqarish sikli
yakunida (tayyor mahsulot omborga topshirilganda) eng yuqori
nuqtasiga chiqadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish normativini
hisoblashda ishlab chiqarish sikli kunlarda belgilanadi hamda bunda
quyidagi formuladan foydalaniladi:
Nt.ich q Mk x Tich.s x Kx.o’.
Bu yerda:
Mk - o’rtacha bir kunlik xarajatlar, so’mlarda;
Tich.s - ishlab chiqarish sikli davomiyligi, kunlarda;
Kxo’ - xarajatlarning o’sish koeffisiyenti.
Xarajatlarning o’sish koeffisiyenti asosiy materiallar (Ma) to’liq
qiymatda olinuvchi kattalik sifatida hisoblanadi. Ishlab chiqarish
xarajatlari (Mich) butun ishlab chiqarish sikli mobaynida bir xil
suratda o’sib boradi hamda 50% qiymatda hisobga olinadi:
Knz q (Ma Q 0,5Mich) : S
Bu yerda:
S - mahsulot birligining rejadagi tannarxi.
Agar keyingi xarajatlar (Mich) bir xil surat bilan o’zgarmasa, u
holda o’sish koeffisiyenti quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Kx.o’ q (Ma Q k·Syaf Q k·Sbut Q 0,5Mich) : S
Bu yerda:
k, k – yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarni mos ravishda
pasaytiruvchi koeffisiyentlari;
Syaf - yarim tayyor mahsulotlar qiymati;
Sbut - butlovchi qismlar qiymati.
Pasaytiruvchi koeffisiyentlar yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi
qismlarga ishlov berilgan kunlarning ishlab chiqarish sikli
davomiyligiga nisbatini ifodalaydi. Masalan, agar ishlab chiqarish
sikli 20 kun bo’lib, butlovchi qismlar 8 kun davomida ishlab
chiqarishda bo’lgan bo’lsa, pasaytiruvchi koeffisiyent 0,4 (8:20)
ga teng bo’ladi.
Tayyor mahsulot qoldiqlarini normalashtirish. Ishlab chiqarish
jarayoni tugallangandan so’ng mehnat predmetlari tayyor mahsulot
ko’rinishida muomalaga kiritiladi.
Aylanma mablag’larning tayyor mahsulotga aylanish normativi miqdori,
o’rtacha bir sutkalik ishlab chiqarilgan mahsulotning (tannarxi
bo’yicha) aylanma mablag’larning kunlardagi tayyor mahsulot
normasiga sifatida, ya’ni tayyor mahsulotning korxona omborida
saqlanish muddati sifatida aniqlanadi:
Gn q V : T x Nt.m


Bu yerda:
Gn – tayyor mahsulot normativi;
V - rejalashtirilgan davrda rejadagi tannarx bo’yicha ishlab
chiqarilgan mahsulot;
Ngn – tayyor mahsulotlardagi aylanma mablag’lar zahiralari normasi,
kunlarda;
T - rejadagi davrda kalendar kunlar miqdori.
Tayyor mahsulotning omborda saqlanish muddati tayyor mahsulotni
transportirovka qilish va sotishga bog’liq bo’ladi. Aylanma
mablag’larning ushbu normasidagi kunlar soni mahsulotni tayyorlash,
yuklash, hujjatlarni tayyorlash va ularni bankka topshirish uchun
zarur bo’lgan kunlardan iborat bo’ladi.
Kelgusi davr xarajatlarni normalashtirish. O’sib borayotgan fan-
texnika taraqqiyoti sur’atlari aylanma mablag’larning kelgusi davr
xarajatlari ahamiyatini oshirmoqda. Bu xarajatlar korxonaning maxsus
buxgalteriya hisobida uchta manba: yangi texnikani o’zlashtirish
fondi (agar korxonada shunday fond mavjud bo’lsa), bank krediti va
foyda (xarajatarni mahsulot tannarxiga kiritish yo’li bilan)
hisobiga yig’iladi. Aylanma mablag’larning kelgusi davr xarajatlari
(Nkd) normasini hisoblashda quyidagi formulaga amal qilinadi:
Nkd q R Q Rich Q Rt
Bu yerda:
R - yil boshida kelgusi davr xarajatlari uchun sarflanishi
mo’ljallangan mablag’lar miqdori (buxgalteriya hisoboti bo’yicha);
Rich – rejadagi yilda loyiha-smetalarda ko’zda tutilgan ishlab
chiqarish xarajatlari;
Rt - o’zlashtirilayotgan mahsulot tannarxiga kiritiluvchi hamda
smetalarda ko’zda tutiluvchi yoki maxsus manbalar hisobiga
qoplanuvchi xarajatlar.
7.2-jadval
Aylanma mablag’larning kelgusi davr xarajatlari normativini
hisoblash bo’yicha misol
Xarajatlar turi
yoki guruhi
Yil boshiga
qoldiq, ming
so’m
Bir yillik
xarajatlar, ming
so’m
Bo’lishi
kerak
Yil
oxiriga
qoldiq,
ming so’m
Yangi turdagi
mahsulotlarni
180
348
448
80


o’zlashtirish
bo’yicha
xarajatlar, jami
Jumladan:
A mahsulot
90
148
238
-
B mahsulot
90
200
210
80
Alohida elementlar bo’yicha aylanma mablag’lar xarajatlari normalari aniqlangandan
so’ng, aylanma mablag’larga bo’lgan umumiy ehtiyojlar (normativ) miqdori
hisoblanadi. Korxona aylanma mablag’lariga bo’lgan umumiy ehtiyoj, ishlab chiqarish
zahiralari (xom ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yarim tayyor
mahsulotlar, xarid qilinuvchi mahsulotlar, qadoqlash va o’rov materiallari, yoqilg’i va
hokazolar), tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va kelgusi davr
xarajatlaridan iborat bo’ladi.
7.4. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari va ularning
aylanishini tezlashtirish yo’llari.
Aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtirish nafaqat korxona uchun,
balki butun xalq xo’jaligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. U
resurslarning nisbiy ozod qilinishi, ijtiomiy xarajatlarning
kamaytirilishiga ko’maklashadi va iqtisodiy rejalashtirish
sur’atini oshiradi.
Korxona aylanma mablag’laridan samarali foydalanish uchta asosiy
ko’rsatkichni tavsiflaydi:
1)aylanish koeffisiyenti;
2)aylanma mablag’larning yuklanish koeffisiyenti;
3)vositalarning bir marta aylanishi davomiyligi.
Aylanish koeffisiyenti korxona aylanma mablag’larining ma’lum bir
vaqt (yil, chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi
yoki aylanma mablag’larning har 1 so’miga to’g’ri keluvchi
sotilgan mahsulotlarni ko’rsatadi. U quyidagi formula asosida
hisoblab topiladi:
Ka q Rm : Sa
Bu yerda:
Rm –sotilgan mahsulot hajmi, pul o’lchovida;
Sa –aylanma mablag’larning o’rtacha qoldiq hajmi, pul o’lchovida
(aylanma mablag’lar normativi).


Misol. Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 800
mln so’mni tashkil qiladi. Bu holda aylanma mablag’lar normasi 200
mln so’mni tashkil qiladi. Demak Ka q 4,4 (880:200).
Aylanma mablag’larni yuklanish koeffisiyenti aylanish
koeffisiyentiga teskari bo’lgan qiymatdir. U sotilgan har 1 so’m
mahsulotga sarflangan aylanma mablag’larni tavsiflaydi hamda
quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Kyu q Sa : Rm
Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o’lchanadi hamda shu
davrdagi kunlar sonini aylanish koeffisiyentiga nisbati orqali
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
T q D : Ka
Bu yerda:
D - shu davrdagi kunlar soni (360, 90).
Aylanma mablag’larning to’liq aylanish muddati qanchalik kichik
yoki bu aylanishlar soni qanchalik ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar
shunchalik kam talab qilinadi va aksincha, aylanma mablag’lar
qanchalik tez aylanishda bo’lsa, shunchalik samarali ishlatiladi.
Bugungi kunda aylanma mablag’larda, ayniqsa, korxonalarning moddiy-
tovar boyliklarida band bo’lgan yirik miqdordagi pul mablag’lari
ularning to’liq saqlanishiga e’tibor qaratish, ulardan maqsadlarga
muvofiq va samarali foydalanish, shuningdek, ularning aylanishini
tezlashtirishni talab qiladi. Korxonalar oldiga qo’yilgan
vazifalarni bajarish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo’llash;
ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan
norma va normativlar tizimini yaratish;
korxonalarni uzoq muddatli xo’jalik aloqalari yuritishga o’tkazish
va kooperasiya qilishni rivojlantirish;
mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat
balansini tuzish;
boshqarish tizimini tashkil etishning va rag’batlantirishning
optimal shakllarini qo’llash.
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun kurashda har
bir korxona ularning ishlab chiqarish va muomalada bo’lish muddatini
qisqartirishga erishishi zarur. Gap shundaki, aylanma mablag’larning
muomala sohasida sekin harakatlanishi korxonaning bu vositalardan
ishlab chiqarishda foydalanishda erishgan yutuqlarini yo’qqa
chiqarishdan tashqari, ularning umumiy aylanishini ham
sekinlashtirishi mumkin. Shu sababli tayyor mahsulotni iste’molchiga
yetkazib berishni tezlashtirish yoki mahsulotni realizasiya qilish
muddatini qisqartirish ham aylanma mablag’larning aylanishini
tezlashtirishning muhim yo’li hisoblanadi.
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish samarasi, ulardan


foydalanishni yaxshilash tufayli kamroq iste’mol qilinishi yoki
qisman ozod qilinishida aks etadi. Aylanma mablag’lar mutlaq yoki
nisbiy ozod qilinishi mumkin.
Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan
ehtiyojini kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan
rasional foydalanishga oid turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar
hisobiga amalga oshiriladi.
Misol. Korxona aylanma mablag’larining o’rtacha miqdori 2000 yilda
100 mln so’mni tashkil qiladi. 2001 yilda ishlab chiqarish hajmini
o’zgartirmagan holda 90 mln so’m miqdorida ehtiyoj
rejalashtirilmoqda. Bu holda asosiy vositalarning mutlaq ozod
qilinishi 10 mln so’mni tashkil qiladi.
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag’lari hajmining o’zgarishi hamda
sotilgan mahsulot hajmining o’zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash
uchun hisobot yilida aylanma mablag’larga ehtiyojni, mahsulotni
mazkur davr mobaynida sotish bo’yicha haqiqiy aylanish hamda o’tgan
davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda hisoblash zarur.
Ular o’rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi.
http://fayllar.org

Download 180.91 Kb.




Download 180.91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: 1 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni

Download 180.91 Kb.
Pdf ko'rish