1 – amaliy mashg’ulot Temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari. Inshoot va qurilmalarga qo’yilgan umumiy talablar. Gabarit




Download 132.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.03.2024
Hajmi132.33 Kb.
#178844
  1   2   3   4
Bog'liq
ETTFQ 1 amaliy sirtqi



1 – amaliy mashg’ulot 
 Temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari. 
Inshoot va qurilmalarga qo’yilgan umumiy talablar. Gabarit 
 
1.1. Harakat xavfsizligi va tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlagan holda yo’lovchilar va 
yuklarning tashishlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish, texnik vositalaridan samarali foydalanish, 
atrof muhitni asrash talablariga amal qilish temiryo’l transporti xodimlarining asosiy vazifalari 
hisoblanadi. 
1.2. Poyezd harakati bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim o’z vazifalari doirasida Texnik 
foydalanish qoidalarining bajarilishi va harakat xavfsizligi uchun javob beradi. 
Temiryo’l transporta xodimlarining Texnik foydalanish qoidalariga amal qilishi bo’yicha 
javobgarlik tegishli bo’linmalarning rahbarlariga yuklatiladi. 
Temiryo’l transporti xodimlarining Texnik foydalanish qoidalarini buzishi amaldagi 
qonunchilik bo’yicha javobgarlikka tortilishiga olib keladi. 
1.3. Temiryo’l transportining har bir xodimi inson hayoti va salomatligi yoki harakat 
xavfsizligiga xavf tug’diruvchi vaziyatlarda poyezd yoki manyovrdagi tarkibga to’xtash ishoraini 
uzatishi va ularni to’xtatish uchun kerakli choralarni ko’rishi kerak. Qurilma va inshootlarda 
Harakat xavfsizligiga xavf soluvchi yoki atrof muhitning ifloslanishiga olib keluvchi nosozliklar 
aniqlanganida xodim tezkorlik bilan xavfli joyni to’sib qo’yish va nosozliklarning bartaraf etish 
uchun choralar ko’rishi kerak. 
1.4. Temiryo’l transporti xodimlari yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlashlari, ular uchun kerakli 
qulayliklar yaratishlari, vokzal va poyezdlarda madaniyatli xizmat ko’rsatishlari, temiryo’l 
transporti xizmatlaridan foydalanuvchi barcha shaxslar bilan muloqotda xushmuomalali bo’lishlari 
va, shu bilan birga, ulardan amaldagi temiryo’l transporti qoidalarini bajarishlarini talab qilishlari 
kerak. 
1.5. Temiryo’l transporti xodimlari ish joylarini va ularga ishonib topshirilgan texnik 
vositalarni tartibda saqlashlari kerak. 
Xodimlar uchun kasb kiyimi va ajratish nishonlari belgilangan bo’lsa, ular “UTY” AJning 
temiryo’l transporti xodimlarining intizomi haqidagi nizomga ko’ra kasb kiyimi bo’yicha 
kiyinishlari kerak. 
Temiryo’l transportining har bir xodimi bajarayotgan ishlariga qarab belgilangan texnika 
xavfsizligi, yong’in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha qoidalar va 
yo’riqnomalarga amal qilishlari kerak. Bu qoida va yo’riqnomalarning ijro etilishiga javobgarlik 
tegishli bo’linmalarning ijrochi va rahbarlariga yuklatiladi. 
1.6. 
Lokomotivlar, motorvagon poyezdlar, avtomotrisa, drezina va boshqa harakat 


birliklarining boshqaruv kabinalariga, ishora, strelka, apparat, mexanizm va boshqa poyezdlar 
harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarni, shuningdek, ishora va shu kabi qurilmalarni 
boshqarish xonalariga kirish huquqi bo’lmagan shaxslarning kiritilishi man etiladi. 
Lokomotivlar, motorvagon poyezdlar, avtomotrisalar, drezina va boshqa harakat birliklari, 
ishora, apparat, mexanizm va boshqa poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarni 
boshqarishni, shuningdek, strelkalarni o’tkazishni shu ishlarga javob beruvchi xodimlargina o’z 
xizmat vazifalari vaqtida bajarish huquqiga egadirlar. 
Belgilangan tartibda ikkinchi shaxs sifatida tajriba oshirayotgan temiryo’l transporti xodimlari 
lokomotivlar, motorvagon poyezdlar, avtomotrisa, drezina va boshqa harakat birliklari, ishora, 
strelka, apparatlar, mexanizm va boshqa poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq. 
qurilmalarni boshqarishga bevosita shu qurilmalarda xizmat qiluvchi xodimlarning shaxsiy 
javobgarligi va ularning kuzatuvi ostida qo’yilishi mumkin. 
1.7. Temiryo’l transportiga poyezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan ishga qabul qilinuvchi 
shaxslar kasb ta’limi olishlari kerak, lokomotiv brigadalar esa, bundan tashqari, kasbiy saralash, 
sinovdan o’tishlari va keyinchalik quyidagilarni bilishlari davriy tekshirilib turishi kerak: 
ushbu Texnik foydalanish qoidalari; 
Kompaniya temir yo’llaridagi ishoraizatsiya bo’yicha yo’riqnoma; 
Kompaniya temir yo’llarida poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma; 
lavozim yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlar; 
texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha qoida va yo’riqnomalar; 
temiryo’l transporti xodimlarining intizomi haqidagi nizomlar. 
Qolgan barcha xodimlar ushbu Qoidalarda ko’zda tutilgan temiryo’l transporti xodimlarining 
umumiy vazifalari, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha qoidalar, lavozim 
yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa xujjatlarni bilishlari kerak. 
Ish kunini zichlashtirish yoki o’rindoshlik bo’yicha poyezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan 
qo’shimcha vazifalar yuklatilgan temiryo’l transporti xodimlari tegishli qoida va yo’riqnomalar 
bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazilgandan so’ng bu ishlarga qo’yiladi. 
Xodimlarning sinovlardan o’tishi kerak bo’lgan ushbu moddada ko’rsatilgan lavozim va 
kasblarning ro’yxati, har bir lavozim uchun bilim hajmi, ishga qabul qilishdagi sinov va davriy 
sinovlarni olib borish tartibi AJ raisi qarori bilan belgilanadi. 
1.8. Temiryo’l transportiga poyezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan lavozimlarga ishga 
keluvchi shaxslar tegishli ishlarni bajarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy ko’rikdan 
o’tishlari kerak. Keyinchalik ushbu xodimlarning davriy tibbiy ko’riqdan o’tishlari «UTY» AJ raisi 
o’rnatgan tartibda amalga oshirilishi kerak. 
18 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar bevosita poyezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan quyidagi 


lavozim va kasblarga qo’yilmaydi: lokomotiv, motorvagon poyezdlar, avtomotrisalar, harakatdagi 
yuk ko’taruvchi kranlarning mashinistlari va ularning yordamchilari drezina haydovchilari va 
ularning yordamchilari, dispetcherlar, bekat, park navbatchilari, saralash operatorlari, bekat 
navbatchilari oldidagi operatorlar, poyezd konduktorlari, tuzuvchi brigada xodimlari, vagonlar 
harakat tezligini muvofiqlashtiruvchilar, ishorachilar, markazlashtirilgan post operatorlari, strelka 
posti navbatchilari, yo’l, ko’prik va er osti yo’li ustalari, yo’l brigadirlari, obxodchiklar, yo’l 
montyorlari (ikkinchi va undan yuqori razryadlar), kesishma yo’l navbatchilari, SMB va saralash 
kontakt qurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi elektrmexaniklar va elektrmontyorlar, vagon 
ta’mirlovchi-tekshiruvchilar, vagon tekshiruvchilari, vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punkti 
operatorlari, yo’lovchi poyezdlari boshliqlari (mexanik brigadirlar), vagon kuzatuvchilari, vagonlar 
ajratilmaydigan ta’mirlashdagi usta va ishchilar, poyezd elektrmexaniklari, elektr ta’minoti 
masofasi ustasi va elektrmexaniklari, refrijerator poyezd va sektsiya mexaniklari, defektoskop va 
yo’l o’lchash vagonlarining sozlovchilari, yo’l mashina va mexanizmlari mashinistlari, defektoskop 
aravachalarning operatorlari, yo’l o’lchovlari bo’yicha operatorlar va ularning yordamchilari. 
1.9. Temiryo’l transporti xodimlari ularga ishonib topshirilgan temiryo’l mulkini va 
tashilayotgan yuklarni asrashlari kerak. 
1.10. Temiryo’l transporti xodimlarining alkogol, toksik va narkotik kayf ostida o’z 
vazifalarini bajarishlari man etiladi. Bu holda aniqlangan shaxslar darhol ishdan chetlashtirilib, 
javobgarlikka tortiladi. 

Download 132.33 Kb.
  1   2   3   4




Download 132.33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 – amaliy mashg’ulot Temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari. Inshoot va qurilmalarga qo’yilgan umumiy talablar. Gabarit

Download 132.33 Kb.
Pdf ko'rish