Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘G‘risida




Download 47.27 Kb.
bet1/10
Sana06.04.2024
Hajmi47.27 Kb.
#189738
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO
Akaboyeva Munojat rivojlanish psixologiyasi, Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari, 5, 6426271, 6426456 (1), Ravshan aka pasport, Жадвал, Диплом, Pop tuman 2-SM Jihozlar 2023, Поп 2-Спорт мактаб, 1681241510, maruza 1

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Davlat mulkini ijaraga berish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davaktiv agentligi) tomonidan davlat mulkini ijaraga berish, ijara shartnomalarining monitoringi va tushumlarni nazorat qilish bo‘yicha “online-ijara.uz” axborot tizimi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat mulkini ijaraga berish qoidalari;
davlat mulkiga ijara to‘lovi miqdorini belgilash tartibi;
ijara shartnomasini tuzish va ijara to‘lovlari hisob-kitobi tartibi;
balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari;
ijaraga berilayotgan davlat mulklari hisobini yuritish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Davaktiv agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
“E-ijara” elektron tizimini “online-ijara.uz” axborot tizimi bilan integratsiya qilsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti 2-bandining o‘n yettinchi xatboshisi.

davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni undirish va ularning taqsimotini “E-ijara” elektron tizimi orqali amalga oshirish tartibi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
2024-yil 1-martdan boshlab davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari bo‘yicha ijara to‘lovlarini undirish va ularning taqsimoti “E-ijara” elektron tizimi orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘ysin.
4. Budjetdan moliyalashtiriladigan davlat muassasalari va ularning hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish guruhlari davlat mulki bo‘lgan binolar va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
5. Belgilansinki, bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan Davaktiv agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali bepul o‘tkaziladi.
6. Davaktiv agentligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlik uchun balansda saqlovchilarning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.

Download 47.27 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 47.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘G‘risida

Download 47.27 Kb.