• Bu хо r о – 200 7 yil
  • 1 -MAVZU. DAVLATNING KELIB CH IQIS H I MOHIY A TI, BELGILARI, S H AKLLARI.
  • Davlat va huquq nazariyasining predmeti va metodlari.
  • F uqarolik jamiyati va davlat tushun c hasi.
  • Davlatning kelib c hiqishi va shunga doir nazariyalar
  • Davlat va uning belgilari, shakllari.
  • Huquqiy davlat va uning belgilari
  • Mavzuni takrorlash u c hun savollar
  • 2- MAVZU. HUQUQNING PAYDO BO`LIS H I, MOHIY A TI BELGILARI, TIZIMI VA MANBALARI
  • Huquq, uning belgilari va vazifalari
  • Huquqning kelib c hiqishiga doir nazariyalar
  • Ijtimoiy normalar tizimida huquqning o`rni.
  • «huquqshunоslik» fаnidаn ма`ruzаlаr маtni buхоrо – 2007yil




    Download 0,61 Mb.
    bet1/8
    Sana29.12.2019
    Hajmi0,61 Mb.
    #6208
      1   2   3   4   5   6   7   8

    О`ZBЕКISTОN RЕSPUBLIКАSI ОLIY VА O`RТА МАХSYS ТА`LIМ VАZIRLIGI


    BUХОRО ОZIQ-ОVQАT VА YENGIL SАNОАT ТЕХNОLОGIYASI INSТIТYТI

    « IJTIMОIY FАNLАR » КАFЕDRАSI



    «HUQUQSHUNОSLIK» FАNIDАN

    МА`RUZАLАR МАTNI


    Buхоrо – 2007yil
    Ushbu ma`ruzalar matni 2005 yilda O`zbekiston Milliy Universiteti 3huquqshunoslik fakulteti tomonidan ishlab chiqilgah namunaviy dastur asosida tayorlandi. Unda davlat va huquq nazariyasi, ma`muriy huquq, fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat huquqi, iste`molchilar huquqi, jinoyat huquqi masalalari yangi adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar asosida yoritilgan. Ma`ruzalar matni barcha yo`nalishdagi bakalavriat mutaxassisliklar talabalariga mo`ljallangan.

    Buxoro oziq –ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi yig`ilishida muhokama qilindi va qo`llanma sifatida institut uslubiy kengashi muhokamasiga tavsiya etildi.


    Bayonnoma № 12 2006 yil 13 - yanvar

    Bux OO va ESTI uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan

    N....... sonli majlis bayoni, 2006 yil ..........

    Tuzuvchi: Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi

    instituti dotsenti, tarix fanlari nomzodi,

    Beshim Tangriyevich Mirzaqulov

    Taqrizchi: Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi

    instituti katta o`qituvchisi Latofat Saydullayevna

    Sultonova
    Buxoro Davlat Universiteti katta o`qituvchisi

    Madina Qurbonovna Janobilova

    K I R I SH
    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin oldimizda iqtisodiy taraqqiyotning qaysi yo`lini tanlash masalasi turgan edi. Bu masalada hech qanday ikkilanishlarsiz yurtboshimiz O`zbekistonning o`ziga mos, o`ziga xos ravishda bozor munosabatlari tizimini qaror toptirish yo`lini e`lon qildi. Bu borada eng muhim vazifalardan biri –bu bozor munosabatlarining huquqiy asosini yaratish edi. Chunki bozor tizimi nafaqat iqtisodiy munosabatlar, balki bu munosabatlar sub`yektlari hatti harakatlarini tartibga soluvchi yuridik me`yorlar ham hisoblanadi.

    Konstitutsiyaning 53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirish iqtisodiyotning asosiy yo`nalishi sifatida belgilab qo`yildi va uni huquqiy ta`minlash tamoyillari ham o`z ifodasini topdi. Binobarin, Asosiy Qonunimiz bu borada yetakchi manba hisoblanadi.

    Demokratik huquqiy davlatni vujudga keltirishning asosiy shartlaridan biri jamiyat a`zolarida zarur darajadagi huquqiy madaniyatni shakllantirishdir. Ayniqsa, talaba yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish bu borada o`zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Talaba yoshlarning huquqiy madaniyati haqida gap borganda, birinchidan, uning o`z huquq va majburiyatlarini bilishi, tushunishi va to`g`ri anglashi, ikkinchidan, bulardan amaliy faoliyatida foydalanish haqida fikr yuritmoq lozim. Talabalar huquqiy madaniyatining asosiy elementlaridan biri-bu huquqiy faollikdir. Huquqiy faoliyat yoshlarning huquqiy savodxonlik, huquq va qonunlarga bo`lgan hurmatiga tayanadi. Huquq jamiyatdagi barcha munosabatlarni tartibga solar ekan, huquqiy hulq-atvor va faoliyat kelajakda respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini rivojlantirishda muhim rolь o`ynaydi. U yoshlarimizga o`zlarining mehnat, dam olish, siyosiy va madaniy hayotdagi shaxsiy huquqlari, qiziqishlarini qondirishda qonunlardan foydalanishga imkon yaratadi.

    Oliy maqsadimiz adolatli demokratik jamiyat barpo etish ekan, eng avvalo, har bir fuqaro o`z huquq va burchlarining mazmun-mohiyatini, qonunlarning manfaatimizga xizmat qilishini chuqur anglab olib, haq-huquqlarimizdan to`g`ri va odilona foydalana bilishimiz kerak.

    Prezidentimiz I.Karimov “O`zbekiston-kelajagi buyuk davlat” asarida shunday yozgan: “Endilikda inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmatini va boshqa ajralmas huquqi hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolar jamiyatini shakllantirish siyosatimizning oliy maqsadidir”. Demak, bunday davlatni vujudga keltirish uchun butun aholini huquqiy ongini yanada yuksaltirish, huquqiy madaniyatni har tomonlama rivojlantirish, huquqiy faollikni oshirish lozim. Zero, demokratiyaning eng muhim tamoyillaridan biri qonuniy-huquqiy zamin yaratilishidir.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, huquqni o`rganish, uning turli sohalarini chuqur tahlil eta bilish va huquqiy xulosa chiqara olish bugunning muhim vazifalaridan biridir. Huquqshunoslik fanini o`rganish bu vazifani ado etishda talaba-yoshlarga yaqindan yordam beradi degan umiddamiz.


    1 -MAVZU. DAVLATNING KELIB CHIQISHI

    MOHIYATI, BELGILARI, SHAKLLARI.

    Reja:


    1. Davlat va huquq fanining predmeti va vazifalari.

    2. Fuqarolik jamiyati va davlat tushunchasi.

    3. Davlatning kelib shiqishi, unga doir nazariyalar.

    4. Davlatning belgilari, shakllari va funksiyalari.

    5. Huquqiy davlat tushunchasi.
    Tayanch iboralar;

    Davlat, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, davlatning belgilari, davlatning shakllari, davlatning funksiyalari, davlat mexanizmi, davlatning kelib chiqishiga oid nazariyalar.


    Davlat va huquq nazariyasining predmeti va metodlari. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqqa tegishli bilimlar tizimidir. Uning predmeti davlat va huquqqa tegishli hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va o`zgarishi to`g`risidagi qonuniyatlarni o`rganishdir. Davlat va huquq nazariyasining ob`yektini o`rganish ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozga yuz tutishi jarayonlarini tahlil etish hamda davlat va huquq to`g`risidagi hodisalarning vujudga kelishidan boshlanadi, so`ngra davlat va huquq asosisda yotuvchi mukammalroq munosabatlar o`rganiladi.

    Davlat va huquq nazariyasining universal metodlari – bu tarixiylik va mantiqiylik prinsiplaridir. Ushbu prinsiplarning uyg`unlikda amalga oshirilishi davlat va huquqqa oid hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va o`zgarishiga doir jarayonlarni asl holda aks ettirishni talab qiladi.

    Davlat va huquq nazariyasining xususiy ilmiy metodlari:

    1) Sotsiologik usul – so`rovnoma, kuzatishlar olib borish orqali hodisa va jarayon o`rganiladi.

    2) Statistik usul – statistik( hisob-kitob) ma`lumot asosida o`rganiladi.

    3) Kibernetik usul – matematik-modellashtirish, algoritmlar, kompьyuterdan foydalanib o`rganiladi.

    4) Qiyosiy-huquqiy usul-qiyoslash, solishtirish orqali o`rganiladi.

    5) Rasmiy-yuridik usul-yuridik tushunchalarga ta`rif va tasnif beriladi, sharhlanadi.



    Fuqarolik jamiyati va davlat tushunchasi. Fuqarolik jamiyati – haqiqiy fuqarolardan, ya`ni uzviy bog`liqlikda bo`lgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning a`zolari bo`lmish fuqarolarning o`zlari orqali saqlab turiladigan va qat`iy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o`zini o`zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta`siri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida bo`lishi kerak, chunki davlat – fuqarolik jamiyatning “yollanma xizmatkori”. Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud bo`ladi. Mazkur jamiyat nafaqat o`zining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb bo`lmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish ko`rsatkichidir.

    I.A.Karimov ta`biri bilan aytganda, davlat boshqa narsa, fuqarolar jamiyati boshqa narsa. Bunday jamiyatda davlat tashkilotlaridan ko`ra jamoat tashkilotlarining qadri balandroq turadi. Bizning asosiy maqsadimiz – bir kishi yoki jamoat tashkilotlarining fikri davlat tuzilmalarining fikridan ustunroq bo`ladigan fuqarolar jamiyati qurishdan iborat.(Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. T. 4.Toshkent, 1996, 90- bet.)

    Ma`lumki, davlat, huquq va jamiyat bir- biriga bog`liq tushunchalardir. Bularning ichida jamiyat eng keng ma`noga ega tushuncha. Davlat hokimiyatning ichida mavjud bo`lib huquqni keltirib chiqaradi. O`z o`rnida huquq ham davlatni shakllantiradi va yo`naltiradi. Davlat va huquq ta`siri bilan jamiyat o`zgaradi. Huquq davlat uchun ham jamiyat uchun ham muhim bo`lgani holda hamma uchun majburiy hisoblanadi.

    Jamiyat va davlat o`zaro aloqador, ammo teng ahamiyatga ega emas. Mohiyati jihatidan ular aynan bir narsa emas. Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qanchalik mukammal bo`lsa, jamiyat va davlatning funksiyalari shunchalik aniq ajralib turadi. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat uyg`unlashgan munosabatga ega. Jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga oid ko`plab muammolarni davlatning yordamisiz hal qiladi. Huquqiy davlat jamiyatning o`zi eplaydigan masalalarda fuqarolik jamiyatiga vasiylik qilish ehtiyojiga ega emas. Demak, fuqarolik jamiyati o`zini o`zi boshqaradi va huquqiy davlat siyosatiga, undagi huquqiy tizimga hal qiluvchi ta`sir o`tkaza oladi. “Demokratik jamiyat- deydi I.Karimov –bu, eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni – shaxslararo,millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg`unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati tinch-totuv yashaydi”.

    Fuqarolik jamiyati qurilishi – bu faqat siyosiy tizimni demokratlashtirish emas, balki iqtisodda huquqiy prinsiplarni tiklash, xo`jalik faoliyatini demokratik asoslarda tubdan qayta qurish hamdir.

    Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo`lib, u insonning o`z-o`zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi.



    Davlatning kelib chiqishi va shunga doir nazariyalar. Davlat birdaniga yuzaga kelmadi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar o`rtasidagi ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo bo`ldi. Insoniyat davlat paydo bo`lguniga qadar o`z taraqqiyotida uzoq yo`lni bosib o`tgan. Davlat ham, huquq ham bo`lmagan ibtidoiy jamiyat bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan yovvoyillik, varvarlik va sivilizatsiya kabi uch bosqichni o`tgan. Davlat hali urug`chilik tizimi ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman o`zgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil bo`lgan, bu esa xususiy mulkshillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashg`uloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat bo`lgan maxsus guruhlar vujudga kelgan . Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urug` va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli bo`lgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Agar davlat paydo bo`lgunicha mavjud bo`lgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning shaxsiy obro`si bo`lsa, davlat hokimiyatining mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei o`zgargan. Oldin uning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa, endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilangan. Davlatning paydo bo`lishi turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U o`zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo`lni bosib o`tgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila bo`lgan.

    Davlatning kelib chiqishi to`g`risida quyidagicha nazariyalar mavjud:

    1) Teologik nazariya – davlatni xudo yaratgan degan g`oyani ilgari suradi, teokratik davlat tarafdorlari fikrini aks ettiradi.

    2) Patriarxal nazariya – davlat kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Nazariya dastlab Yunonistonda paydo bo`lgan va Aristotel asarlarida asoslab berilgan. XVII asrga kelib ingliz olimi Filьmerning “Patriarx” asarida rivojlantirilgan.

    3) Shartnoma nazariyasi – XYII- XYIII asrlarda tarqalgan bo`lib, unga ko`ra davlat-o`zaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti bo`lib, ana shu shartnoma asosida ular o`zlarining erkinliklari va hokimiyatning bir qismini davlatga beradilar. Nazariyani Grotsiy, Spinoza, Lokk, Gobbs, Russo, Radishshev rivojlantirgan.

    4) Zo`rlik nazariyasi – davlatning kelib chiqishi zo`rlikka asoslanadi, bir xalqning boshqa xalqni bosib olishi bilan davlat tashkil topgan deb tushuntiriladi. Uning asoschilari – Gumplovish, Kautskiy.

    5) Irrigatsiya nazariyasi – Qadimgi Sharqda yirik irrigatsiya inshootlari qurilishi jarayonida davlat paydo bo`lgan deb tushuntiradi. Nemis olimi Vittfogelning “Sharq istibdodi” asarida bayon etilgan.

    6) Sinfiylik nazariyasi – davlat jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralichi tufayli kelib chiqqan deb tushuntiradi. Asoschilari – K.Marks, F.Engelьs, V.I.Lenin.



    Davlat va uning belgilari, shakllari. Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud: 1) Ijtimoiy yondashuv; 2) Sinfiy yondashuv; 3) Siyosiy-huquqiy yondashuv. Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning o`zaro munosabatini tartibga soladi – ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli bo`lib xizmat qiladi – sinfiy yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning o`zining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir – siyosiy-huquqiy yondashuv.

    Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo`lgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo`lgan yagona siyosiy tashkilotdir.

    Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va o`zaro munosabatini tashkil etuvchi, yo`naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir.

    Davlat-hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali o`z siyosatini amalga oshiradi.

    Davlatning asosiy belgilari:

    1. Davlat hokimiyatining, ya`ni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining mavjudligi.

    2. Aholining hududlar bo`yicha uyushganligi. Ma`muriy-hududiy birliklarda yashash.

    3. Suverenitet-ishki va tashqi siyosatda to`la mustaqil bo`lish.

    4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy bo`lgan normalar, hulq-atvor qoidalari.

    5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam ta`minlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni to`plash.

    6. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qo`riqlash, jinoyatshilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.

    Davlatning asosiy funksiyalari:

    1) Ichki funksiyalar-davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo`nalishlari:

    a) regulyativ ( tartibga solish, boshqarish);

    b) qo`riqlash (saqlash, muhofaza qilish).

    2) Tashqi funksiyalar – davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo`nalshilari;

    a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat;

    b) Mudofaa va xavfsizlik.

    Davlatning shakllari:

    I. Boshqaruv shakli: monarxiya va respublika. Monarxiya mutlaq va cheklangan shakllarda bo`ladi (absolyut va konstitutsion). Respublika prezidentlik va parlamentar respublika ko`rinishida bo`ladi. Masalan, Saudiya Arabistoni (mutlaq monarxiya) Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya (cheklangan monarxiya, konstitutsion). AQSH, O`zbekiston Respublikasi (Prezidentlik) Avstriya, Italiya,Germaniya (Parlamentar).

    II. Davlat tuzumi shakli:

    - unitar; oddiy, yaxlit davlat.

    - federativ, murakkab, ittifoqdosh davlat.

    - konfederativ; ma`lum bir maqsad yo`lida birlashgan davlatlar ittifoqi.

    Masalan, AQSH, GFR, RF, Braziliya, Hindiston davlatlari – federativdir.

    Shveysariya ( 1848 yilgacha), Evropa Ittifoqi – konfederativ.

    O`zbekiston – unitar davlat.

    III. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari.

    - Demokratik ( vakillik demokratiyasi, bevosita demokratiya).

    - Antidemokratik (fashistik, totalitar).

    Davlat mexanizmi. Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi ( organi) – davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda o`z tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo`yisha aniq belgilangan vakolatiga ega bo`lgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda bo`lgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir.

    Davlat idoralari 3 turga bo`linadi.

    1.Vakillik idoralari:

    a) Qonun shiqaruvchi;

    b) Mahalliy hokimiyat va o`zini o`zi boshqarish idoralari.

    2.Ijroiya idoralari:

    a) Markaziy idoralar;

    b) Davlat boshlig`i ( monarx, prezident);

    v) Hukumat;

    g) Vazirlik va davlat qo`mitalari;

    d) Mahalliy idoralar.

    3. Sud, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va konstitutsiyaviy nazorat idoralari:

    a) sudlar;

    b) prokuratura;

    v) ichki ishlar vazirligi va uning organlari;

    g) adliya vazirligi;

    d) milliy xavfsizlik xizmati

    Huquqiy davlat va uning belgilari. Huquqiy davlat – huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta`minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo`linish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlat g`oyalarining ildizi juda chuqur. Uning boshida xalq hokimiyati tashkil etilishining nazariy asoslarini ko`rgan Salon, Aristotelь, Sitseron turgan edi. XVII asrning mutafakkiri D. Lokk huquqning hukmronligi qonun hukmronlik qiladigan davlat ko`rinishida tasavvur qildi. Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy asosini I.Kant ifodalab berdi. “Davlat- bu huquqiy qonunlarga bo`ysundirilgan juda ko`p odamlarning birlashuvidir” ( I.Kant.Asarlar, 4-tom,233-bet). Huquqiy davlat g`oyasining mohiyati-ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustun bo`lishidadir. Huquqiy davlat belgilari:

    1) Huquqning hukmronligi;

    2) Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi;

    3) Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish, ta`minlash;

    4) Davlat va fuqaroning o`zaro mas`uliyati;

    5) Hokimiyat vakolatlarining bo`linishi;

    6) Sudning mustaqilligi;

    7) Huquqni muhofaza qilish organlarining samarali ishlashi;

    8) Huquqiy madaniyatning yuqori ekanligi;

    9) Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.


    Mavzuni takrorlash uchun savollar.

    1. Fuqarolik jamiyatining mohiyatini tushuntirib bering

    2. Davlat va huquq asoslari fanining predmeti va vazifalarini aytib bering

    3. Fuqarolik jamiyati va davlat tushunchalarining o`zaro aloqadorligini izohlang

    4. Davlatning mohiyati nimada?

    5. Davlatning kelib chiqishiga oid nazariyalarni tushuntirib bering

    6. Davlatning belgilarini ko`rsating?

    7. Davlatning shakllarini sharhlang

    8. Davlat mexanizmi nima?

    9. Huquqiy davlat tushunchasini izohlang

    10.Huquqiy davlat belgilarini ayting
    Adabiyotlar.

    - Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3.Toshkent,1996. 6- 363-betlar.

    - Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. T.4.Toshkent, 1996. 80-bet.

    - Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.Toshkent,1997. 173 bet

    - Davlat va huquq asoslari. Toshkent, 1995yil.

    - Saidov A, Tadjixanov U. Davlat va huquq asoslari. Toshkent, 1999 yil

    - Huquqshunoslik. O`quv qo`llanma. Toshkent, 2002 yil

    2- MAVZU. HUQUQNING PAYDO BO`LISHI, MOHIYATI

    BELGILARI, TIZIMI VA MANBALARI.

    Reja:


    1. Huquqning belgilari, vazifalari.

    2. Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar.

    3. Huquq va axloq. Huquq normalari, tizimi.

    4. Huquq manbalari.

    5. Huquqbuzarlik, belgilari, turlari.
    Tayanch iboralar;

    Huquq, huquq va axloq, huquqqa amal qilish, huquqiy munosabatlar, huquqiy normalar, huquq tizimi, huquq manbasi, huquqbuzarlik.


    Huquq, uning belgilari va vazifalari. Huquq – butun jamiyatning umummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimida ifodalangan irodasidir. Huquq atamasi bir tomondan ijtimoiy mazmunga, ikkinchi tomondan yuridik mazmunga egadir. Shaxsning xulq-atvori axloq, urf-odatlar, an`analar nuqtai nazaridan asoslangan hollarda umumijtimoiy ma`nodagi huquq to`g`risida so`z boradi. Huquq to`g`risida yuridik hodisa sifatida so`z borganda erkinlik, shuningdek xulq-atvor majburiyati davlat hokimiyatining kuchi bilan mustahkamlanishi, normativ ahamiyatga ega bo`lishi, qonunlar, boshqa davlat-hokimiyat hujjatlari bilan mustahkamlanishi nazarda tutiladi.

    Yuridik tushuncha sifatida huquq ob`yektiv va sub`yektiv huquqlarga bo`linadi.Ob`yektiv huquq-umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig`indisi. Sub`yektiv huquq-muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo`lgan huquq.

    Huquq normalari yuridik kuchga ega bo`ladi, doimo tegishli normativ aktda mujassamlashadi va umummajburiy xulq-atvor qoidalari hisoblanadi. Lekin bu o`xshashlik tashqi tomondan, ya`ni hodisalar yuzasida qalqib turgan va ko`zga tashlanadigan holatlardir. Ularning bir butun birlashtiruvchi ichki bog`liqligi davlatning huquq normalari tizimida taqdim etilgan va ifodalangan butun jamiyatning irodasi hisoblanadi. Bu iroda huquqning mohiyatini tashkil etadi. Demak, davlat irodasi huquqning mohiyatini tashkil etadi va hodisalar yuzasida yuridik normalar tizimi ko`rinishida taqdim etiladi.

    Huquq davlat bilan chambarshas bog`langan. Davlatsiz huquq bo`lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. Davlat ham huquqsiz mavjud bo`lishi mumkin emas.

    Huquqning asosiy belgilari:

    1) barcha uchun majburligi;

    2) huquq normalarining qonunlar va boshqa manbalarda ifodalanishi;

    3) sub`yektiv huquqlar orqali harakat qilish;

    4) davlat tomonidan ta`minlanganligi.

    Huquqning asosiy funksiyalari:

    1) tartibga solish funksiyasi – amaldagi ijtimoiy aloqalar va tartibni mustahkamlash orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va u yoki bu sub`yektning faol xulqini ta`minlash.

    2) muhofaza qilish funksiyasi – huquqiy himoya va yuridik javobgarlik choralarini belgilash, shaxslarning zimmasiga mas`uliyat yuklash tartibini o`rnatish.



    Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar.

    1. Tabiiy huquq nazariyasi – huquq tabiatan mavjud, uni hech kim o`ylab topmagan, u xuddi insonning o`zi kabi tabiiydir deb hisoblaydi. Tabiiy huquq – davlatning huquq ijodkorligi intilishi zarur bo`lgan o`ziga xos ideal.

    2. Huquqning tarixiy nazariyasi – huquq tarixan paydo bo`lgan va rivojlanadi deb hisoblaydi. Huquq tabiatdan kelib chiqmaydi. U yoki bu xalqning tarixiy hayoti huquqni qanday ko`rinishga keltirsa, u shunday bo`lib qoladi.

    3. Huquqning psixologik nazariyasi – huquqning kelib chiqishi va rivojlanishini shaxs yoki shaxslar guruhining psixologiyasi bilan izohlaydi. Bunda, huquq psixologik yo`nalishlar, turli kechinmalar, hissiyotlar va institutlarning mahsuli, deb qaraladi.

    4. Huquqning ijtimoiy nazariyasi-huquqning kelib chiqishini jamiyatda turli xil ijtimoiy qatlamlarning shakllanishi bilan bog`laydi.

    5. Huquqning sinfiylik nazariyasi – huquqning kelib chiqishini jamiyatdagi hukmron sinf irodasining qonun darajasiga ko`tarilishi bilan izohlaydi. Bu iroda mazkur sinf hayotining moddiy sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.



    Ijtimoiy normalar tizimida huquqning o`rni.

    Jamiyatda normalarning ikki tizimi mavjud: 1) texnikaviy; 2) ijtimoiy.

    Texnikaviy normalar “ inson-mashina” munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy normalar-odamlar va ularning birlashmalari o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bo`lib, ular “ inson-inson” munosabatlarini tartibga soladi.

    Axloq normalari – ezgulik va yovuzlik, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik haqidagi axloqiy tushunchalarga mos ravishda jamiyatda o`rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir.

    Jamoat birlashmalari normalari – jamoat birlashmalarining o`z faoliyatini tartibga solish uchun va tashkilotlarning a`zolari o`rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun o`rnatgan xulq-atvor qoidalaridir.

    Odat normalari – kishilarning ko`p marta takrorlanganligi uchun odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o`tib kelayotgan xulq-atvor qoidalaridir. An`ana normalari-ilg`or an`analarni asrash munosabati bilan yuzaga kelgan umumlashgan va barqaror hulq-atvor qoidasi.

    Marosim normalari – kishilarning ma`lum rasm-rusmlarni bajarishdagi xulq-atvor qoidalaridir.Diniy normalar. Siyosiy normalar – alohida shaxslar va siyosiy birlashmalarining hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari. Huquq normalari-umummajburiy xulq-atvor qoidalari.


    Download 0,61 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «huquqshunоslik» fаnidаn ма`ruzаlаr маtni buхоrо – 2007yil

    Download 0,61 Mb.