• 8-MAVZU: EKOLOGIY A HUQUQLARI ASOSLARI.
  • Ekologik , huquq uning tashkiliy asoslari
  • Davlat ekologik ekspertizasi , jamiyatning ekologik x avfsizligini ta`minlash huquqiy ta`minlashning alohida shakli
  • Ekologik me`yorlash tizimi
  • Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunni buzganligi uchun huquqiy javobgarlik.
  • Ye r q onun c hiligi. Ye rdan foydalanishni huquqiy tartibga solish.
  • Mavzuni takrorlash u c hun savollar
  • 9-MAVZU: JINOY A T HUQUQI ASOSLARI.
  • Jinoyat huquqi tushun c hasi
  • Jinoiy javobgarlik . Jinoyat tushun c hasi
  • «huquqshunоslik» fаnidаn ма`ruzаlаr маtni buхоrо – 2007yil




    Download 0,61 Mb.
    bet6/8
    Sana29.12.2019
    Hajmi0,61 Mb.
    #6208
    1   2   3   4   5   6   7   8

    Mavzuni takrorlash uchun savollar.

    1. Oila huquqi tushunchasini tushuntiring

    2. Oila huquqi predmeti nimadan iborat?

    3. Oila huquqining manbalariga nimalar kiradi?

    4. Nikoh tushunchasini izohlab bering

    5. Nikoh shartlariga nimalar kiradi?

    6. Nikoh tuzish tartibini tushuntiring

    7. Nikoh shartnomasi nima?

    8. Er va xotinning umumiy mulki.

    9. Er va xotinning har birining mulki nimalardan iborat?

    10.Nikohni bekor qilish asoslarini ayting

    11.Ota-onalik nima?

    12.Bolaning asosiy huquqlarini ayting?

    13.Ota-onalik huquqidan mahrum qilish nimani anglatadi?

    14.Aliment majburiyatlari nima?
    Adabiyotlar:

    - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent., 2003 yil

    - I.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. Toshkent.,1996 yil

    - Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar. Toshkent., 2001 yil

    - O`zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. Toshkent., 1998 yil

    - F.Otaxo`jaev. Nikoh va uning huquqiy tartibga solinishi.Toshkent., 1995 yil

    - G.Abdumajidov. Fuqarolik va Oila munosabatlari.

    - Huquqshunoslik. O`quv qo`llanmasi. Toshkent., 2002 yil.


    8-MAVZU: EKOLOGIYA HUQUQLARI ASOSLARI.

    Reja:


    1. Ekologiya huquqi tushunchasi va uning mohiyati.

    2. Ekologiya huquqi ob`yektlari

    3. Ekologik huquqiy javobgarlik

    4. Yerdan, suvdan, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish


    Tayanch iboralar:

    Ekologiya huquqi, ekologik huquq ob`yektlari, ekologik huquqbuzarlik, ekologik huquqiy javobgarlik, tabiatni muhofaza qilish.


    Ekologik, huquq uning tashkiliy asoslari . BMT nizomi va xalqaro inson huquqlari prinsiplariga mos keluvchi «XXI asr kun tartibi» strategik dasturining 3-tamoyilida «Rivojlanish huquqiga shunday rioya qilinishi lozimki, bu hozirgi va kelajak avlodlarning qulay atrof-muhitga ega bo`lishi huquqi va taraqqiyot sohasidagi ehtiyojlarini teng ravishda ta`minlab bersin» deyiladi. Fuqarolar ekologik huquqlarining tamoiliy-huquqiy asosi deganda fuqarolarni xavfsiz va qulay tabiat muhitga bo`lgan talabini qondirish borasida davlat, jamoa va mansabdor shaxslarning ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi yuridik jihatdan mustahkamlangan harakatlari majmuasini tushunamiz. Ushbu harakatlar tizimining nazariy asosi prezidentimizning asarlarida xususan, «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot omillari» nomli asarida atrofiysha yoritib berilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining mahsus qarorlari bilan tasdiqlangan «1999-2005 yillarda O`zbekiston Respublikasining atrof-muhitini muhofaza qilish dasturi»da, «O`zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishini Ekologik ta`minlashning Milliy harakatlar rejasi»da, «O`zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigienasi bo`yicha milliy harakatlar dasturi»da, «Biologik rang-baranglikni saqlash bo`yicha milliy strategiya va harakatlar rejasi»da ifoda etilgan.

    Tabiatni muhofaza qilish organlari, shuningdek, tabiatdan foydalanuvchilar zimmasiga ikkilamshi hom ashyo hamda tabiiy resurslarning hisob-kitobini yuritish vazifasi yuklatilgan. Zero, atrof-muhit tozaligini samarali boshqarish, tabiat resurslarining barcha turlari miqdori va sifat ko`rsatgishlari to`g`risida aniq tasavvurga ega bo`lishni taqozo etadi. Qonunga binoan, tabiatni muhofaza qilish davlat idoralari oldiga yagona davlat kadastrlarini ishlab chiqish va yuritish vazifasi qo`yilgan.



    Davlat ekologik ekspertizasi, jamiyatning ekologik xavfsizligini ta`minlash huquqiy ta`minlashning alohida shakli. Ekologik ekspertiza to`g`risidagi qonunga binoan, smeta bahosi va tegishliligi, shuningdek, lisenziyalar va sertifikatlarning ekologik asoslaridan qat`iy nazar, O`zbekiston hududida amalga oshirilishi ko`zda tutilgan barcha reja va loyihalar davlat ekostik ekspertizasidan o`tkazilishi lozim. Bu ishni o`tkazilishining majburiyligi tamoyili falokatlar va tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar tizimining muhim elementi sifatida qaralishi kerak.

    Ekologik sug`urta tizimi tabiiy falokatlar oqibatida fuqarolar sog`ligi yoki mulkiga yetadigan zararni qoplashni kafolatlashga yo`naltirilgan. Bundan tashqari, fuqarolar sog`ligi majburiy va ixtiyoriy sug`urta ob`yektidir. «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonun»ning 23-moddasiga ko`ra, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar, ularning mulklari va foydalari, ekologik, tabiiy ofatlardan, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda davlat ekologik sug`urtasi bilan kafolatlanib qo`yiladi.

    Fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo`lish huquqini ta`minlashning kompleks chora-tadbirlaridan biri sifatida meditsina xizmati samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq bo`lishi uchun esa Ekologik xavfsizlikni ta`minlash borasidagi qonun va me`yorlarni, sanitariya-gigiena me`yorlarining amaldagi tizimini yanada takomillashtirmsh lozim.

    Aholiga ekologik ta`lim-tarbiya berish fuqarolarning ekologik huquqini aniq ta`minlashning ishonchli kafolatlarini yaratishda muhim imkoniyatdir.

    Fuqarolarning ekologik huquqi tegishli ekologik talab va qonunlarga rioya etish, atrof-muhitni muhofoza qilish bo`yicha huquqiy majburiyatlarni ijro etish hamda toza atrof muhitga ega bo`lish sub`yektiv huquqidan foydalanish kabi yo`llar bilan amalga oshiriladi.

    Ekologik huquq ob`yektlari. O`zbekiston qonunshiligiga ko`ra, tabiatning huquqiy muhofaza ob`yekti tabiiy muhit, ya`ni tabiatdir.U ob`yektiv tarzda, insondan tashqarida mavjuddir, uning ongiga bog`lik emasdir. U inson yashaydigan makon, uning hayotining shart-sharoitlari va vositasidir. Xo`sh, ekologik huquq ob`yektlariga nimalar kiradi? Bularga yer usti va yer osti suvlari, atmosfera havosi, nodir va qimmatbaho mineral konlari, baliq xo`jaligi, o`rmonlarning qo`riqlanadigan mintaqalari, tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog`lari, botanika va hayvonot bog`lari, o`simlik va hayvonot dunyosi, dendrariylar hamda O`zbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilab qo`yiladigan tartib asosidagi boshqa hududlar hamda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi.

    Ushbu ob`yektlar o`zining mazmun-mohiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1)tabiat resurslari; 2) tabiiy muhitning tarkibiy qismi.

    Iste`mol manbai bo`lgan va inson tomonidan foydalaniladigan tabiat unsurlariga tabiat resurslari deyiladi.

    Davlat milliy tabiat bog`lari tabiatni muhofaza qilish muassasalari bo`lib, ularning hududlari alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo`lgan, madaniy maqsadlarda foydalanishga mo`ljallangan tabiat majmui.

    Davlat tabiat yodgorliklari deb, ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o`rnini to`ldirib bulmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo`lgan ob`yektlarga aytiladi.

    O`z navbatida tabiiy resurslar ham ikki xil bo`ladi: tugaydigan va tugamaydigan. Tugaydigan tabiiy resurslar qayta tiklanmaydigan va tiklanadigan turlarga bo`linadi. Birinchisiga neftь ikkinchisiga torf qatlamini kiritish mumkin.

    Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv, iqlim, fazo kiradi. Biroq bu nisbiy baho. Atrofimiizdagi tabiiy muhitda bunga misollar ko`p. Masalan Orol, Amudaryo, Sirdaryo, Dneprning suvining kamayishi.



    Ekologik me`yorlash tizimi. Ekologik me`yor biz tomondan iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitga ko`rsatiladigan salbiy ta`sirlarni tartibga solsa, ikkinchi tomondan insonning qulay yashash sharoitini ta`minlaydigan tabiat boyliklarini asrashdir.

    Ekologik me`yor tabiiy muhit va uning ob`yektlariga ko`rsatiladigan zararli ta`sirlarning oldini olish hamda qulay atrof muhitga bo`lgan inson huquqini amalga oshirish imkonini yaratadi. Atrof tabiiy muhit tozaligini belgilovshi vakolatli davlat organlari tomonidan ta`qiqlanadigan texnik me`yorlardir.

    Odatda ekologik me`yorlar alohida tabiiy resurslar va ularga ta`sir ko`rsatish turlariga qarab belgilanadi. Ushbu me`yorlar quyidagicha ko`rsatgichlardan iborat bo`lishi mumkin:

    - Tabiiy resurslardan foydalanish hajmini belgilash.

    - Tabiiy ob`yektlarning umumiy sifat ko`rsatkishlari.

    - Tabiiy ob`yektlarga zararli ta`sir ko`rsatish miqdorlari.



    Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunni buzganligi uchun huquqiy javobgarlik. Tabiatni muhofaza qilish huquqiy javobgarligi – bu huquqiy javobgarlikning tarkibiy qismi bo`lib, huquqiy javobgarlik uchun mansub barcha shakllar, usullar va shartlar ham unga xosdir. Shuning bilan birga uning o`ziga xos jihatlari ham mavjud.

    Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir qonunni buzganlik uchun huquqiy javobgarlik quyidagi holatlarda amal qiladi:

    - tabiat qo`riqxona fondi hududlari va ob`yektlaridan o`z o`rnida foydalanmaslikda, muhofaza etiladigan hududlarni barpo etish va ularning ishini yo`lga qo`yish loyihalari talablari buzilganda;

    - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ularning muhofaza etiladigan chegaralari doirasida man etilgan xo`jalik faoliyati bilan shug`ullanganda;

    - muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ob`yektlari va muhofaza etiladigan chegaralarida oldindan ekologik ekspertiza o`tkazmay turib yoki bunday ekspertiza xulosalarini buzganda xo`jalik faoliyati yo`lga qo`yilganda;

    - muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda faoliyatlarning ekologik oqibatlari va boshqa zararli ta`sirlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari ko`rilganda;

    - tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning ko`rsatmalari bajarilmaganda;

    - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish to`g`risidagi iltimosnomalarni qarab chiqish muddatlari va tartibi buzilganda;

    - muhofaza etiladigan hududlardan foydalanish tartiblari buzilganda; tabiiy boyliklardan o`zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarilmaganda, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishda ashyoviy, fizik, biologik va boshqa ta`sirlar yo`l qo`yiladigan me`yordan oshib ketganda, bunday hududlarni istifoda etish uchun berilgan ruxsatnomalarning talablari buzilganda;

    - muhofaza etiladigan tabiiy ob`yektlarning tabiiy majmualari hamda ularning tarkibiga kiritishni mo`ljallab asrab qo`yilgan joylar buzilganda ularga shikast yetkazilganda yoki ular yo`q qilinganda;

    - muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegarasi o`zboshimchalik bilan o`zgartirilganda, bunday hududlarni o`z bilganicha boshqa ehtiyojlar uchun ajratib berganlikda aybdor bo`lgan shaxslar ma`muriy, jinoiy, moddiy va javobgarlikka tortiladilar.

    Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir qonunni buzgaligi uchun quyidagi ma`muriy javobgarlik turlari qo`llaniladi:

    1. jarima solish;

    2. ma`muriy tartibni buzishga sababchi bo`lgan qurollarni olib ko`yish;

    3. Qonunga xilof ravishda ma`muriy tartib buzish sababchisi bo`lgan qurollarni musodara qilish;

    4. ma`muriy qamoqqa olish.

    O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 8-bobida javobgarlik turlari aniq ko`rsatilib berilgan. 82-moddada shunday deyiladi: Davlat qo`riqxonasi tartibini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ush baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha jarima solishga sabab bo`ladi.

    74-moddada suvdan foydalanish qoidalarini buzish – fuqarolarga eng kam ish haqining 3/1 qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi deb yozib qo`yilgan. Yer osti boyliklaridan foydalanish talablarini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. Tabiatni muhofaza qilishda intizomiy javobgarlik ham qo`llaniladi. Bunda aybdor xulqida noo`rin hatti-harakat mavjudligi inobatga olinadi.

    Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunni buzganlik uchun intizomiy, ma`muriy, jinoiy, moddiy javobgarliklar quyidagi holatlarda sodir bo`ladi:

    - davlatning tabiat manbalariga nisbatan egalik huquqi buzilganda;

    - tabiiy boyliklardan o`zboshimchalik bilan foydalanilganda;

    - davlat ekologiya ekspertizasi talablari bajarilmaganda;

    - atrof muhitni ifloslagani uchun belgilangan haqni to`lashdan bosh tortganda;

    - alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ob`yektlarning huquqiy tartiboti buzilganda;

    - atrof muhitga zararli ta`sirni hisobga olish qoidalari buzilganda:

    - atrof muhit holati va uning resurslaridan foydalanish to`g`risida o`z vaqtida va to`g`ri axborot berishdan bosh tortganda.



    Yer qonunchiligi. Yerdan foydalanishni huquqiy tartibga solish.

    Qonunlar yerga oqilona munosabatda bo`lish, asrab avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabini qo`yadi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda uni himoya qiladi. Mazkur huquqiy chora-tadbirlar jinoyat, fuqarolik, mehnat, yer kodekslari me`yorlarida uz ifodasini topgan. Jumladan, «Ma`muriy javobgarlik to`g`risida»gi kodeksninig 60-moddasida yerdan o`z boshimchalik bilan foydalanish yoki yerga egalik huquqiga zid bitimlar tuzish, yerdan foydalanish huquqini boshqalarga berish, yer uchastkalarini o`z boshimchalik bilan egallab olish, eng kam ish haqining besh baravaridan o`n besh baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma`muriy qamoq bilan jazolanadi. Ushbu kodeksning 65-moddasida ko`rsatilishicha yerdan xo`jasizlarcha foydalangan fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ush baravarigacha jarima solinadi. Mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh barvarigcha miqdorda jarima solinadi. Yer berish tartibini buzgan mansabdor shaxsga eng kam ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha miqdorida jarima solinadi.

    Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qaroridan:

    - Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari.

    - yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari o`z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

    - yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni belgilangan tartibda tekshirish;

    - yerga oid qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga va yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog`liq tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalar berish;

    - aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni belgilangan tartibda ma`muriy javobgarlikka tortish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash haqida da`volar kiritish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxsni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga taqdimnomalar yo`llash va materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish.

    2002 yil 13 dekabrda O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Yer osti boyliklari to`g`risida» gi Qonuni qabul qilindi.

    Qonunning 32-moddasida yer qa`ridan foydalanuvchilarning huquqlari, 33-moddasida esa yer qa`ridan foydalanuvchilarning majburiyatlari ko`rsatib berilgan. Qonunning 34- moddasiga binoan yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqi cheklanishi to`xtatib turilishi yoki muddatdan ilgari tugatilishi mumkin.

    - Hammasi yer osti uchastkalaridan foydalanish bilan bog`lik ishlar ta`siri doirasidagi aholi hayotiga, sog`ligiga yoki atrof muhitga ta`ziq yuzaga kelganda.

    - Agar yer ostidan foydalanuvchi bir yil mobaynida yer usti uchastkasidan foydalanishga kirishmagan bo`lsa.

    - Yer ostidan foydalanganlik uchun to`lovlar muntazam ravishda to`lanmagan taqdirda.

    - Yer ostidan foydalanuvchi litsenziyaning asosiy shartnomalarini buzganda.


    Mavzuni takrorlash uchun savollar:

    1. Ekologiya huquqi tushunchasini izohlang

    2. Ekologiya huquqi manbalariga nimalar kiradi?

    3. Ekologik huquq ob`yektlarini ko`rsating

    4. Ekologik huquqiy javobgarlikni tushuntirib bering

    5. Ekologik jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqi nimada?

    6. Yerdan foydalanish huquqi nima?

    7. Yerni muhofaza qilishning huquqiy tamoyillari

    8. Tabiatni muhofaza qilish tushunchasini izohlab bering.
    Adabiyotlar:

    - O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi. 8-2003 yil

    - O`zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida»gi qonuni. Toshkent., 1992 yil.

    - O`zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to`g`risida»gi qonun. Toshkeht., 1993 yil 6 may

    - O`zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi». Toshkent, 1991 yil.

    - Xolmo`minov J.T. Ekologiya va qonun. Toshkent, 2000 yil.

    - Hayitboev E.R. Ekologiya huquqi o`quv qo`llanmasi. Toshkent,2001 yil.
    9-MAVZU: JINOYAT HUQUQI ASOSLARI.

    Reja:


    1. Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifalari va tamoyillari.

    2. Jinoiy javobgarlik, jinoyatchilik tushunchasi.

    3. Jinoyatning tarkibiy unsurlari.

    4. Jazo tushunchasi, jazo turlari,jinoiy javobgarlikdan va jinoiy jazodan ozod qilish asoslari.


    Tayanch iboralar:

    Jinoyat huquqi, jinoyat belgilari, jinoyat tarkibi, jinoyat unsurlari, jinoiy javobgarlik, jinoiy jazo.


    Jinoyat huquqi tushunchasi. Jinoyat huquqi – qilmishning jinoiyligini va jazolanishni belgilovchi normalarni, jinoiy javobgarlik asoslarini, jazo tizimini, ularni tayinlash tartibi va shartlarini, shuningdek, jinoiy javobgarlikdan va jazolanishdan ozod qilish asoslarini aks ettiruvchi huquq tarmog`idir.

    Jinoyat huquqi deganda hozirgi vaqtda jamiyatda qabul qilingan me`yorlarni qo`pol ravishda buzganligi uchun fuqarolarni jazolovshi (qoralovchi) huquq tushuniladi.

    Jinoyat huquqi boshqa huquq sohalaridan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

    Birinchidan: jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir tomondan, jamiyat,davlat, ikkinchi tomondan esa jinoyat sodir etgan shaxs sub`yekt bo`ladi; Ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo`yilgan ta`qiqlarni buzganlik uchun, odatda, sud davlat nomidan qo`llaydigan jinoiy jazo beriladi.

    Jinoyat huquqi jinoyat-huquqiy munosabatlar doirasida vujudga keladigan ijtimoiy aloqalarni tartibga soladi. Jinoyat huquqiy munosabatlarning o`ziga xos xususiyati shundaki, u faqat jinoyat qonunni buzgan fuqarolar bilan davlat o`rtasida yuzaga keladi.

    Jinoyat huquqi predmeti. Jinoyat alomatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat huquqining predmetini tashkil etadi. Bu ijtimoiy xavfli qilmishlarga quyidagilar kiradi:

    - shaxsga qarshi jinoyatlar;

    - jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar;

    - iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar;

    - jinoyat qonuni bilan ta`qiqlangan huquqqa xilof ijtimoiy xavfli qilmishlar.

    Jinoyat huquqining vazifalari:

    1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini saqlash va himoya qilish.

    2. Shaxs, uning huquq va erkinliklarini, jamoat tartibi va ijtimoiy xavfsizlikni muhofaza etish.

    3. Jinoiy tajovuzlardan fuqarolar hayoti va sog`ligini saqlash.

    4. Insoniyatning tinchligi va xavfsizligini ta`minlash.

    5. Jinoyatlarning oldini olish.

    6. Fuqarolarni O`zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash.

    Jinoyat huquqining funksiyalari:

    1. Himoyalovchi funksiya.

    2. Oldini oluvchi funksiya (preventiv).

    3. Tarbiyaviy (axloq tuzatish) funksiya.

    4. Rag`batlantiruvchi funksiya.

    Jinoyat huquqining tamoyillari:

    1. Qonuniylik tamoyili.

    2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyili.

    3. Demokratizm tamoyili.

    4. Insonparvarlik tamoyili.

    5. Odillik tamoyili.

    6. Ayb uchun javobgarlik tamoyili.

    7. Javobgarlikning muqarrarligi tamoyili.

    Jinoyat huquqi huquqning bir qancha boshqa sohalari, jumladan, jinoyat-prosessual huquqi, axloq tuzatish, mehnat huquqi, ma`muriy huquq bilan uzviy bog`liqdir.



    Jinoyat qonunlari. O`zbekiston Respublikasining jinoyat qonunlari Jinoyat Kodeksi hamda ayrim jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunlardan iboratdir. Jinoyat kodeksi ko`p qirrali qonun bo`lib, unda jinoyat huquqining barcha masalalari tartibga solingan.

    Moddada jinoyatning alomatlari ko`rsatiladigan qismi dispozitsiya deb, jazolar ko`rsatiladigan qismi esa sanksiya deb yuritiladi. Dispozitsiyalar tavsifiy, oddiy, blanketiy, daliliy bo`ladi. Jinoyatni eng muhim belgilarining keng tavsifi berilgan dispozitsiya tavsifiy dispozitsiya deyiladi. Sanksiya (ruxsat)lar 3 turga bo`linadi:

    1) nisbiy-aniq; 2) muqobil; 3) mutlaq-aniq . Nisbiy aniq sanksiyalar jazo chorasini muayyan chegaralarda belgilaydi. Muqobil sanksiya jazolarning bir necha turlaridan birini imkonini beradi. Mutlaq-aniq sanksiya jazoning faqat bitta turini va bitta chorasini belgilaydi. Bu sanksiya hozir amalda bo`lgan Jinoyat Kodeksda aks etmagan.

    Jinoiy javobgarlik. Jinoyat tushunchasi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 14-moddasida “Aybli ijtimoiy xavfli qilmish(harakat yoki harakatsizlik) jazo qo`llash tahdidi bilan jinoyat” deb belgilangan. Bu esa jinoyat-ijtimoiy xavfli qilmish ekanligini anglatadi, chunki u sodir etilganda (yoki sodir etilishi mumkin bo`lganda) ijtimoiy munosabatlarga jiddiy putur yetkaziladi. Qilmish jinoyat deb topilishi uchun uning ijtimoiy xavfli bo`lishi va qonun bilan qo`riqlanadigan ob`yektlarga zarar yetkaziladigan yoki shunday zarar yetkazishi real bo`lishi shart.

    Jinoyatning belgilari:

    1. Ijtimoiy xavflilik. Bu belgining o`zi 4ga bo`linadi:

    a) Ijtimoiy xavf katta bo`lmagan;

    b) Uncha og`ir bo`lmagan;

    v) Og`ir;

    g) O`ta og`ir.

    2. Huquqqa xiloflik.

    3. Aybning mavjudligi.

    Jinoiy javobgarlik.Jinoiy javobgarlik deyilganda jinoyat qonunida muayyan qilmishning jinoyat sifatida ifodalangan baholanishini va aybdorning uni sodir qilganlik uchun jamiyat oldida javob berishini tushunish kerak. Jinoiy javobgarlik jinoyat oqibati bo`lgan jazo bilan uzviy bog`liqdir. Jinoiy javobgarlik jinoyat qonunining buzilichidan boshlanadiki, bu esa davlatning qonun buzuvchini sodir qilingan qilmishi uchun javobgarlikka tortish, unga jinoyat qonunida ko`zda tutilgan jazoni tayinlash huquqi va burshini vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik qonun bilan qat`iy belgilangan vaqt chegaralarida mavjuddir. U muayyan shaxs jinoyat sodir qilgan fursatdan boshlanadi va jinoiy javobgarlikka tortish davrining muddati tugagani, yo bu avf umumiy yoki gunohidan o`tish aktlari munosabati bilan to`xtaydi.

    Jinoyat tarkibi- bu qonun tomonidan aniqlangan alomatlar yig`indisi bo`lib, ularning mavjudligi jinoyat sifatini tavsiflaydi. Jinoyat tarkibi – bu ijtimoiy xavfli qilmishning ob`yektiv va sub`yektiv unsurlari yig`indisidan iborat.

    Jinoyat tarkibining elementlari:

    1. Jinoyat ob`yekti-jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardan iborat. Uning 3 turi mavjud:

    a) umumiy ob`yekti;

    b) maxsus ob`yekti;

    v) jinoyatning bevosita ob`yektlari.

    2. Ob`yektiv tomon – bu ob`yektiv voqelikda qilmishni amalga oshiruvchi shaxsning ongli irodali harakati bo`lib, atrof dunyoda muayyan o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.

    Uning belgilari quyidagilar:

    a) ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik;

    b) jinoiy oqibat;

    v) sababiy bog`lanish;

    g) jinoyat sodir etilgan vaqt;

    d) jinoyat sodir etilgan joy;

    e) jinoyat sodir etilgan muhit;

    yo) jinoyatni sodir etish usuli;

    j) jinoyatni sodir etish quroli;

    z) jinoyatni sodir etish vositasi.

    3. Jinoyat sub`yekti – jinoyat qonuni bilan belgilangan muayyan yoshga yetgan va jinoyat kodeksi Maxsus qismining konkret normalarida mustahkamlangan alomatlarga ega bo`lgan, o`z qilmishiga o`zi javob bera oladigan jismoniy shaxs.

    Jinoyat sub`yektining belgilari:

    a) jismoniy shaxs;

    b) aqli rasolik;

    v) jinoiy javobgarlik yoshiga yetganlik (16 yosh-barcha jinoyatlar uchun javobgarlik,

    14 yosh-o`ta og`ir jinoyat uchun javobgarlik, 13 yosh-aybni og`irlashtiruvchi holatlarda

    odam o`ldirganlik uchun javobgarlik).

    4. Jinoyatning sub`yektiv tomoni. Uning belgilariga quyidagilar kiradi:

    a) ayb;

    b) ayb shakllari;



    v) sabab;

    g) maqsad.

    Jinoyatlar tarkiblari. Ijtimoiy xavflilik darajasiga bog`liq ravishda jinoyat tarkiblari quyidagi turlarga bo`linadi:

    1) Jinoyatning asosiy tarkibi;

    2) Yengillashtiruvchi holatlari bo`lgan jinoyat tarkibi (imtiyozli);

    3) Og`irlashtiruvchi holatlari bo`lgan jinoyat tarkibi (kvalifikatsiyalashtirilgan);

    4) Alohida kvalifikatsiyalashtirilgan jinoyat tarkibi.

    Bayon etish usuliga ko`ra jinoyat tarkiblari 3ga bo`linadi:

    1) oddiy; 2) murakkab; 3) muqobil.

    Tuzilishiga ko`ra jinoyat tarkiblari quyidagilarga bo`linadi;

    a) moddiy tarkib jinoyati

    b) formal tarkib jinoyati

    v) kesik tarkibli jinoyatlar


    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «huquqshunоslik» fаnidаn ма`ruzаlаr маtni buхоrо – 2007yil

    Download 0,61 Mb.