Mаvzuni tаkrоrlаsh uchun sаvоllаr




Download 0,61 Mb.
bet8/8
Sana29.12.2019
Hajmi0,61 Mb.
#6208
1   2   3   4   5   6   7   8

Mаvzuni tаkrоrlаsh uchun sаvоllаr
1. Хаlqаrо huquq tushunchаsini izохlаb bening

2. Хаlqаrо huquq tаmоyillаrini аytib bering

3. Хаlqаrо huquq me`yorlаrigа nimаlаr kirаdi?

4. Хаlqаrо huquq sub`yektlаrini tushuntiring

5. Хаlqаrо huquq mаnbаlаrigа nimаlаr kirаdi?

6. Хаlqаrо huquq sоhаlаrini ko`rsаtib bering

7. Хаlqаrо huquqiy jаvоbgаrlik nimа?

8. O`zbekistоn Respublikаsining tаshqi siyosаti vа diplоmаtiyasi

9. Хаlqаrо huquqiy munоsаbаtlаr tushunchаsi

10.Хаlqаrо shаrtnоmаlаr.


Аdаbiyotlаr

- O`zbekistоn Respublikаsi Kоnstitutsiyasi. Tоshkent. 2003 yil. 6-bet

- Insоn huquqlаri to`g`risidа хаlqаrо bill. Tоshkyent. Аdоlаt, 1992 yil

- Mejdunаrоdnыye Kоnventsii pо tаmоjennоmu delu. Sbоrnik

mejdunаrоdnых dоkumentоv. Tаshkyent. « Shаrk». 1995g.

- O`zbekistоn Respublikаsi Qоnunchiligi аsоslаri. “Аdоlаt”, 2000y. Tоshkent.

642-646 betlаr

- R.А.Tuzmuхаmyedоv., R.T.Хаkimоv. Хаlqаrо huquq аsоslаri. Tоshkent.



1998y (O`quv qo`llаnmа)

Huquqiy atamalar izohi va tayanch tushunchalar
Ajrim – prosessual akt. Jinoyat, Fuqarolik yoki xo`jalik ishi bo`yicha, shuningdek, kassatsiya yoki nazorat bosqichida chiqariladigan, ishning mohiyatini hal qilmaydigan, ya`ni hukm yoki qarorni o`zgarishsiz qoldirish, unga o`zgartirishlar kiritish, bekor qilish singarilar bo`yicha qaror.

Ayblanuvchi – qonunda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxs. U sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilgandan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi.

Ayblov – jinoyat prosessida vakolatli organlar va shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs aybdorligini isbotlashdan iborat faoliyati. Uning uch turi mavjud: davlat ayblovi, jinoyat ayblovi va xususiy ayblov.

Aybsizlik- prezumpsiyasi – jinoyat prosessi huquqida ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning aybi dalillar asosida to`liq isbotlanmaguncha uning aybsiz ekanligini e`tirof etish.

Alibi – ayblanuvchi yoki ayblanuvchi deb gumon qilingan shaxsning jinoyat sodir bo`lgan paytda boshqa joyda bo`lish holati.

Amnistiya – jinoyat sodir qilgan shaxslarni javobgarlikdan to`liq yoki qisman jazodan ozod qilish, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o`tab bo`lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. U normativ xususiyatga ega, ya`ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qo`llaniladi.

Apellyatsiya – bir qancha xorijiy mamlakatlar huquqida hali qonun kuchiga kirmagan sud hukmlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish. Apellyatsiya sudi ishdagi mavjud isbotlarni taftish etib, yangi isbotlarni ko`rib chiqadi, hukmni tasdiqlaydi yoki yangi hukm chiqaradi.

Avf etish – jazodan ozod qilishning bir turi. O`zbekiston Konstitutsiyasiga ko`ra, bunday huquq O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga berilgan.

Axloq tuzatish koloniyalari – O`zbekiston Respublikasida axloq tuzatish muassasasining turlaridan biri. U jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq voyaga yetgan sudlanganlarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tashlari uchun mo`ljallangan. Ular manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bo`linadi.

Aqliy zaiflik – intellektdagi kamchilik. U ikki xil bo`ladi: tug`ma va orttirilgan.

Aqliy norasolik – shaxsning surunkali ruxiy hastaligi. Ruhiy faoliyatning vaqtincha buzilishi, aqliy zaiflashuv yoki biron-bir kasallik oqibatida o`z hatti-harakatlaridan o`ziga hisob berishga yoki o`z hatti-harakatlarini boshqarishga layoqatsizligi. Maxsus tibbiy ekspertizasi tomonidan aqli norasoligi aniqlangan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Bir taraflama bitim – FKning 102-moddasiga muvofiq, bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga ko`ra, bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo`lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi. Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlarni keltirib chiqaradi.

Bir umrga ozodlikdan mahrum etish – jinoiy jazo turi. Faqat hayotga suiqasd qiluvchi o`ta og`ir jinoyat uchun belgilangan o`lim jazosiga muqobil chora sifatida nazarda tutiladi va sud so`nggi jazo chorasini qo`llamaslik mumkin deb hisoblangan hollarda belgilanadi. O`zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o`lim jazosining bekor qilinishi bilan jazo chorasi sifatida qo`llanishi nazarda tutilmoqda.

Bitim – fuqarolik huquqida fuqaro va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o`rnatish, o`zgartirish va tugatishga qaratilgan harakat.

Boshqaruv shakli – kompleks konstitutsiyaviy-huquqiy institut bo`lib, bunda hokimiyatning rasmiy manbai va amalga oshirilish shakli anglanadi. Boshqaruv shaklining asosiy, belgilovchi alomati davlat boshlig`ining huquqiy maqomidir. Hozirgi zamon davlatlaridagi boshqaruv shaklining ikki turi mavjud: respublika va monarxiya.

Bo`linadigan va bo`linmaydigan ashyo – bo`linadigan ashyo deganda bajaradigan vazifasini bo`lish mumkin bo`lgan narsalar, bo`linmaydigan ashyo deganda esa – shu tariqa bo`lina olmaydigan narsalar tushuniladi. Shunday qilib, don va ko`mir-bo`linadigan, televizor va avtomobilь esa bo`linmaydigan ashyodir.

Vakolat – fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi shaxsga beriladigan faoliyat doirasi. Fuqarolik qonunlariga ko`ra, vakolat bir shaxs tomonidan vakillikni amalga oshirish chog`ida beriladi va vakolat berilgan shaxsning huquq doiralari belgilab qo`yiladi.

Vasiylik – FKning 32-moddasiga muvofiq, vasiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to`liq layoqatli bo`lmagan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Vasiylar o`z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.

Vasiqa – O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, mol-mulkka egalik qilishni tasdiqlovchi dalolatnoma, hujjat.

Vasiyatnoma – qonunda belgilangan tartibda fuqaroning o`ziga tegishli mol-mulkni yoki mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi va bu istakni aks ettiruvchi hujjat. Vasiyatnoma uni tuzish vaqti va joyi ko`rsatilgan holda yozma tuzilgan bo`lishi, vasiyat qiluvchining o`z qo`li bilan imzolanishi va notarial tasdiqlanishi lozim.

Vindikatsion da`vo – mulkdorning o`zganing noqonuniy egalik qilishidan ashyoni talab qilib olish haqidagi yoki boshqacha aytganda, mulkiga egalik qilmayotgan mulkdorning egalik qilayotgan mulkdordan mol-mulkni qaytarish haqidagi da`vosi.

Voris – qonun bo`yicha yoki vasiyat orqali merosxo`r bo`lish yoki merosxo`r huquqiga ega bo`lish.

Voyaga yetganlik yoshi – qonunda belgilangan yosh bo`lib, fuqaro shu yoshga yetgach to`laligicha huquqiy layoqatli deb sanaladi. O`zbekiston Respublikasida 18 yosh voyaga yetganlik yoshi deb belgilangan.

Garov- 1) Fuqarolik huquqida majburiyatlar bajarilishini ta`minlashning asosiy usullaridan biri. 2) Jinoyatlarning oldini olish choralari. Garov sudning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining chaqiruvi bo`yicha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishini ta`minlashda tashkilot yoki boshqa yuridik shaxs tomonidan yohud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan sud depozitsiyasiga qo`ygan qimmatliklar yoki pullarda ifodalanadi.

Guvoh – biror-bir jinoyat yoki fuqarolik ishi bo`yisha o`tadigan biron-bir holatni o`z ko`zi bilan ko`rgan shaxs.

Gumon qilinuvchi – O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual Kodeksining 47-moddasiga ko`ra-jinoyat sodir etishda ishtirok etganligini ko`rsatuvchi asoslar mavjud bo`lgan holda tergovga chaqirilgan yoki prokuror tomonidan qaror asosida gumon qilinuvchi sifatida tan olingan jismoniy shaxs.

Davlat nazorati – davlat hokimiyatini amalga oshirishning davlat organlari chiqaradigan qonunlarga va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etilishini ta`minlaydigan shakllaridan biri.

Dalolatchi – O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 28-moddasida belgilangan ishtirokshilikning bir turi. Dalolatchilik o`zga shaxsni jinoyat sodir etishga undash yoki jinoiy faoliyatda qatnashishga qiziqtirishda ifodalanadi.

Da`vo – buzilgan yoki cheklangan huquqni yoki qonun tomondan muhofaza qilinadigan manfaatni sud (xo`jalik sudi) orqali himoya qilish vositasi. Da`voning ikki tomoni farqlanadi: moddiy-huquqiy va prosessual-huquqiy.

Da`vo muddati – fuqarolik huquqida shaxs o`zining buzilgan huquqini da`vo qo`zg`atish yo`li bilan himoya qilishi mumkin bo`lgan muddat. Fuqarolik Kodeksining 150-moddasiga muvofiq umumiy da`vo muddati 3 yil.

Dispozitsiya – huquq normasining huquq sub`yekti hatti-harakatidagi yuridik ahamiyatga ega mazmunni ochib beruvshi tarkibiy qismi.

Jabrlanuvshi – O`zbekiston Respublikasi JPKning 54-moddasiga ko`ra, yetarlicha dalillarga asoslangan hamda jinoyat oqibatida moddiy , ma`naviy, jismoniy zarar yetkazilgan shaxs. Jabrlanuvchi tariqasida ishga jalb qilish surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qarori bilan amalga oshiriladi.

Jinoiy jazo – davlatning majburlash chorasi: jinoyat qilgan shaxslarga sud hukmi bilan qo`llaniladi.

Jazo – jinoyat qonunchiligiga asosan, jazo jinoyat sodir etichda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo`llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.

Jinoiy javobgarlik – yuridik javobgarlik turlaridan biri. Jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati bo`lib, aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov chorasini qo`llashdan iborat.

Jinoyat – Jinoiy Kodeks bilan taqiqlangan, aybli, ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo`llash tahdidi bilan jinoyat deb hisoblanadi.

Jinoyat motivi – jinoiy qilmich sodir etishga ahd qildiruvchi anglab yetilgan tuyg`udir. Motiv doimo jinoyatdan oldin paydo bo`ladi va uning maqsadini aniqlaydi.

Jinoyat tarkibi- O`zbekitson Respublikasi jinoyat huquqining nazarda tutilgan, sodir qilingan ijtimoiy xavfli harakatni aniq jinoyat turi sifatida tavsiflaydigan ob`yektiv va sub`yektiv belgilar yig`indisi.

Jinoyat huquqi – ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimi uchun xavfli bo`lgan qilmishning jinoiyligini va jazolanishishni belgilovchi yuridik normalar yig`indisidan iborat huquq tarmog`i.

Jismoniy shaxs – 1) O`zbekiston fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslar. 2) Fuqarolik huquqida jamoani tashkil etuvchi yuridik shaxsdan farqli o`laroq, fuqarolik huquqining sub`yekti bo`lgan alohida fuqaro( xorijlik fuqaro, fuqaroligi bo`lmagan shaxs).

Zakalat – majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash usullaridan biri FK bo`yicha shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta`minlash uchun shartnoma yuzasidan ikkinchi tarafga to`laydigan pulidan beradigan pul summasi zakalat deb tushuniladi.

Zarar – fuqarolik huquqida bir shaxsning qonunga xilof harakati bilan ikkinchi bir shaxsga yetkazilgan pul shaklidagi ziyon.

Ijtimoiy xavflilik – jinoyatning ob`yektiv xususiyatlarini aks ettiruvshi belgi. Ijtimoiy xavflilik huquqiy himoya ob`yektlariga zarar yetkazuvchi yoki zarar yetkazishga real xavf tug`diruvchi qilmishlarni jinoyat toifasiga kiritish kerakliligidan iboratdir.

Intellektual mulk – ijodiy faoliyat va individuallashtirish vakolatlariga bo`lgan mutlaq huquqlar yig`indisini bildiruvchi tushuncha. U adabiy, badiiy va ilmiy asarlarga, artistlarning ijro faoliyatiga , ovoz yozish, radio va televizion eshittirishlarga, ixtirolarga, sanoat namunalariga, tovar belgilariga, firma nomlariga bo`lgan huquqni qamrab oladi.

Intizomiy javobgarlik – yuridik javobgarlikning bir turi. Mehnat intizomini buzuvchiga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llashda namoyon bo`ladi. 1) hayfsan; 2)o`rtacha ish haqining 20% idan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima; 3) mehnat shartnomasini bekor qilish.

Intizomiy qismlar – sudlangan harbiy xizmatchilar jazo o`tashi uchun mo`ljallangan maxsus harbiy qismlar (batalonlar, rotalar).

Iste`mol buyumlari – ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarda, maishiy yoki ishlab chiqarish jarayonida qo`llaniladigan buyumlar.

Ish vaqti – mehnat huquqida kalendar vaqtining bir qismi, bu vaqt mobaynida ishchi yoki xizmatchi o`ziga ko`rsatilgan joyda topshirilgan ishini yoki boshqa ish majburiyatlarini bajarishi kerak. Bir haftalik ish vaqti 40 soatdan oshmasligi lozim.

Ish haqidan ushlab qolish – O`zbekiston Respublikasi mehnat huquqiga asosan ma`muriyatning topshirig`i bo`yicha qonunda nazarda tutilgan hollardagina amalga oshiriladi, masalan: ish haqi hisobidan berilgan avans (bo`nak)ni qaytarish uchun; Hisob-kitobdagi xatolar oqibatida ortiqcha to`langan pulni qaytarish uchun; xodimning aybi bilan yetkazilgan zararni qoplash chog`ida. Har bir ish haqini to`lash vaqtida ushlab qolinadigan mablag`ning umumiy hajmi ish haqining 20% dan, qonunlarda maxsus nazarda tutilgan ayrim hollarda yoki bir necha ijroiya hujjatlar bo`yicha ushlab qolish chog`ida esa – ish haqining 50% dan oshmasligi kerak.

Ishdan chetlashtirish – oylik maoshini ushlab qolgan holda hodimni vaqtincha ishdan chetlashtirish. MKning 113-moddasiga muvofiq, xodimni ishdan chetlashtirishga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari yo`l qo`yilmaydi. Alkagolli ichimlikdan, narkotik yoki zaharli modda ta`siridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qo`yilmaydi

Kassatsiya instansiyasi – fuqarolik prosessual va jinoyat prosessual huquqlaridan birinchi instansiya sudining qarorlari, hukmlari ustidan kasatsion shikoyat yoki protest va ajrimlari hamda qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan xususiy shikoyatlar (protestlar) bo`yisha ishni ko`rib chiquvchi ikkinchi sud instansiyasi.

Kassatsiya instansiyasi sudi –qaror, hukm chiqargan sudga nisbatan bevosita yuqori turuvchi sud.

Kafillik – majburiyatlar bajarilishini ta`minlashning bir shakli. FKning 292-moddasiga asosan, kafillik shartnomasi bo`yicha kafil boshqa shaxs o`z majburiyatlarini to`la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o`z zimmasiga oladi. U kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta`minlash uchun ham tuzilishi mumkin.

Kontraktatsiya – mahsulot yetishtiruvchi bilan davlat yoki bosh xaridor o`rtasida tuziladigan qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetkazib berish to`g`risidagi shartnoma.

Majburiyat –FKning 234-moddasiga binoan, fuqarolik huquqiy munosabati bo`lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko`rsatish, pul to`lash yoki muayyan harakatdan o`zini saqlashga majbur bo`ladi, kreditor esa qarzdordan o`zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo`ladi.

Mansabdor shaxslar – hokimiyat vakili funksiyasini doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo`yicha amalga oshiruvshi yohud davlat organlarida, mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlarida, davlat munisipal muassasalarida , O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida tashkiliy, taqsimot, ma`muriy-xo`jalik funksiyalarini bajaruvchi shaxslar.

Mafiya – shantaj, zo`rlik va o`ldirishga asoslangan, yashirin holatda ish olib boradigan jinoiy guruh, birlashma.

Mehnat daftarchasi – O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 81-moddasiga binoan, xodimning mehnat faoliyati to`g`risidagi asosiy hujjat. U korxona, muassasa, tashkilotlarda 5 kundan ortiq ishlayotgan xodimlarning hammasiga yuritiladi.

Mehnat yoshi – inson mehnat qilish qobiliyatiga, mehnat qilish huquqiga ega bo`ladigan yosh. O`zbekiston Respublikasida mehnat yoshi erkaklar uchun 16-60 yosh, ayollar uchun 16-55 yosh qilib belgilangan.

Moddiy javobgarlik – mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki xodim) mehnat sohasidagi vazifalarini bajarishi munosabati bilan boshqa tarafga yetkazgan zararini FK va mehnat to`g`risidagi boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi.

Mualliflik huquqi – muallifning fan, madaniyat, adabiyot, san`at sohasida yaratgan yangiliklarga berilgan huquqi.

Neustoyka –qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to`lashi shart bo`lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.

Nikoh – erkak va ayol oila qurishining tarixan shakllangan va qonun bilan yoki din tomonidan mustahkamlangan shakli. O`zbekistonda nikohning dunyoviy-demokratik shakli-erkak va ayollarning teng huquqliligini e`tirof etishga asoslangan monogam nikoh o`rnatilgan.

Normativ huquqiy akt – vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilingan yuridik hujjati. U umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o`z ichiga oladi.

Otalikni sud tartibida aniqlash – otalik faktini sud tartibida aniqlash tadbiri. O`zaro nikohda bo`lmagan ota-onalarning farzandi tug`ilganda va ota-onalarining birgalikdagi arizasi yoki otasining arizasi bo`lmaganda bolaning muayyan shaxsdan kelib chiqishi (otalik) ota-onalardan birining, bolaning vosiysi (homiysi) yoki bolani o`z qaramog`iga olgan shaxsning arizasiga ko`ra, shuningdek, voyaga yetgan bolaning o`zi yozgan arizasi bo`yicha sud tartibida aniqlanadi.

Regress da`vo – qarzdorning aybi bilan ushinchi shaxsga to`langan pulni qaytarish to`g`risidagi qarshi talabnoma.

Sanksiya – qat`iy chora va tadbir. Huquqda sanksiya to`rt asosiy turga bo`linadi: 1) jinoiy-huquqiy. 2) ma`muriy-huquqiy. 3) ijtimoiy-huquqiy.4) mulkiy

Sinov muddati – a) ishga qabul qilishda belgilanadi. Uning muddati 3 oydan oshmasligi kerak. b) sud tomonidan shartli hukm qilishda.

Sub`yektiv huquq – fuqaroviy tashkilotning o`z manfaatlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan maqsadiga erishish yo`lida amalga oshirishi mumkin bo`lgan hatti harakatlari qonun orqali ta`minlangan chorasi. Uning dastlabki sharti-huquqiy layoqatlilik, ya`ni umumiy huquqqa ega bo`lish layoqati asosida yuzaga keladi.

Tabiiy huquq-davlat va huquq nazariyasida inson tabiatidan kelib chiquvchi va shu tufayli muayyan davlatning qonunlar orqali tan olishga yoki tan olmasligiga bog`liq bo`lmagan prinsiplar, qoidalar, huquq va qadriyatlar majmuasini bildiruvchi tushuncha.

Umumiy huquq- XIII-XIV asrlarda Angliyada shakllangan huquqiy tizim. Uning asosiy manbai deb sud presedenti e`tirof etiladi. Qonunlar ayrim sohadagi munosabatlarni tartibga soladi, lekin yagona tizimga keltirilmagan.

Umumiy mulk – fuqarolik qonunlariga binoan, ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo`lgan mol-mulk, ularga umumiy mulk asosida tegishli bo`ladi. FKning 216-moddasiga binoan, mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo`yilgan holda umumiy mulk bo`lishi mumkin.

Unitar korxona – o`ziga biriktirib qo`yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot .

Fuqarolik jamiyati – konstitutsiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy va siyosiy borlig`ining shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta`minlanadigan ijtimoiy tuzum. U jamiyatga xizmat qiluvchi davlatni nazorat qiladi.

Fuqaroning muomala layoqati – fuqaroning o`z harakati bilan fuqarolik huquqlarini olish va amalga oshirish, o`zi uchun fuqarolik majburiyatlarini yaratish va ularni bajarish qobiliyati. U to`la hajmida shaxsning balog`at yoshiga, ya`ni 18 yoshga to`lishi bilan yuzaga keladi.

Shartnoma – fuqarolik huquqida ikki yoki undan ortiq shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki to`xtatish to`g`risidagi kelishuvi, bitimning turi. Uning sinonimi – kontrakt.

Yuridik akt – muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi, yuridik holatni yaratuvchi va ijtimoiy munosabatlarni boshqarishga qaratilgan rasmiy yozma hujjat.

Huquqbuzarlik – jamiyatda o`rnatilgan va qonun asosida belgilangan tartib yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish.

Huquqiy layoqat – fuqarolarning mavjud huquq va burchlarga ega bo`lish layoqati.

Huquqiy normalar – davlat tomonidan qonun bilan belgilangan va barcha uchun bajarilishi majbur hisoblangan axloqiy qoidalar.

M U N D A R I J A:


Kirish .................................................................... 3

1-Mavzu. Davlatning kelib chiqishi, mohiyati, belgilari, shakllari........4

2-Mavzu. Huquqning paydo bo`lishi, mohiyati, belgilari, tizimi va

manbalari......................................................................................................13

3-Mavzu. Ma`muriy huquq asoslari.............................................................21.

4-Mavzu. Fuqarolik huquqi asoslari...........................................................32

5-Mavzu. Iste`molchilar huquqini himoyalash asoslari.............................46

6-Mavzu. Mehnat huquqi...............................................................................52.

7-Mavzu. Oila huquqi asoslari......................................................................62

8-Mavzu. Ekologiya huquqi asoslari..............................................................74

9-Mavzu. Jinoyat huquqi asoslari................................................................82

Huquqiy atamalar izohi va tayanch tushunchalar...........................................91







Download 0,61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mаvzuni tаkrоrlаsh uchun sаvоllаr

Download 0,61 Mb.